Apteka.uz
SavatKirish

Turbo

Turbo chiqarilish shakllari

TURBO gel 100ml
TURBO gel 100ml
Gruziya
•100 ta dorixonada bor
Narxi
73 800 so'm dan
TURBO MIKRON G tabletkalari N60
Retseptsiz
TURBO MIKRON G tabletkalari N60
Ispaniya
Ishlab chiqaruvchi:
DJI EM Farmasyutikals, OOO, Gruziya proizvedeno: KERN FARMA, S.L.
•117 ta dorixonada bor
Narxi
187 800 so'm dan
- Turbo qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Turboning tarkibi
- Turbo ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Turbo narxi Toshkent dorixonalarida

Turbo haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

Soʻrilishi

Peroral qabul qilinganidan soʻng Turbo mikron G ichakda, u yerdagi flora taʼsirida tez transformatsiyaga uchraydi va aglikon shaklida, yaʼni diosmetin shaklida soʻriladi. Preparat peroral qabul qilinganida uning biokiraolishligi taxminan 57,9% ni tashkil etadi.

Taqsimlanishi

Diosmetin 62,1 l taqsimlanish hajmi bilan toʻqimalarga ekstenziv ravishda taqsimlanadi.

Biotransformatsiyasi

Diosmetin glitsin bilan konyugatsiyalangan fenol kislotalari va ularning hosilalarigacha tez va intensiv ravishda parchalanadi, ular siydik bilan chiqariladi. Odamda eng ustun turadigan metaboliti gidroksifenilpropionat kislotasi hisoblanadi, u asosan konyugatsiyalangan shaklda chiqariladi. Kamroq miqdorlarda aniqlanadigan metabolitlariga boshqa fenol kislotalari, shu jumladan 1-gidroksi-4-metoksibenzoy kislotasi va 3-metoksi-4-gidroksifenilsirka kislotasi va 3,4-digidroksibenzoy kislotasi kiradi.

Eliminatsiyasi

Odamlarda eliminatsiyasi nisbatan tez yuz beradi. Tadqiqotlarda radiofaol izotop bilan nishonlangan diosminning 34% siydik bilan va axlat bilan birinchi 24 soat davomida chiqarilgan va taxminan 86% siydik va axlat bilan birinchi 48 soat davomida chiqarilgan.

Toʻgʻri proporsionallik / teskari proporsionallik

Turbo mikron G ning farmakokinetikasi toʻgʻri proporsional hisoblanadi.

Farmakologik ta'siri

Turbo mikron G flebotonik preparat va vazoprotektor vosita hisoblanadi (vena qon tomirlarni torayishini, venoz qarshilikni oshishi va oʻtkazuvchanligini pasayishini chaqiradi).

Eksperimental modellarda diosmin venoz qon oqimiga ikkilamchi taʼsir koʻrsatadi:

venalar va venulalarda: u qon-tomirlar devorining tonusini oshiradi va dimlanishga qarshi taʼsir koʻrsatadi;
mikrotsirkulyatsiya darajasida: kapillyarlarning oʻtkazuvchanligini normallashtiradi va kapillyarlarning rezistentligini kuchaytiradi.
Odamlarda quyidagi pletizmografik venoz koʻrsatkichlar: vena qon-tomirlari hajmi, choʻziluvchanligi va qonni venadan chiqish vaqti boʻyicha preparatning dozaga bogʻliq boʻlgan statistik ahamiyatli samarasi koʻrsatilgan. Dozasi va samarasining eng yaxshi nisbati 2 tabletka qabul qilinganida olingan.

flebotonik taʼsiri: diosmin venoz tonusni oshiradi. Simobli tenziometrik datchik yordamida oʻtkazilgan okklyuzion pletizmografiya, qonni venadan chiqish vaqtini qisqarishini koʻrsatdi.
mikrotsirkulyator faolligi: kapillyarlarning moʻrtligi belgilari boʻlgan patsiyentlarda davolash kapillyarlarning rezistentligini oshiradi, bu angiostereometriya usuli bilan oʻlchanganida tasdiqlangan.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Turbo gel va boshqa mahalliy qoʻllaniladigan vositalarni bir vaqitda qoʻllash tavsiya etilmaydi

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Kunniga ikki mahal (ertalab va kechqurun) gelning oz miqdoribir meʼyorida teriga surtiladi.

Toʻgʻri qoʻllash uchun qoʻllanma:

- birinchi marotaba qoʻllashda, tubani ogʻzini ochish uchun qopqoqning tashqi tomonidan foydalaning;

- Teriga yaxshiroq soʻrilishi uchun gelni yengil uqalovchi xarakatlar bilan suriting;

- har gal gelniqoʻllagandan soʻng qoʻllarni yuvish kerak.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Turbo preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Turbo narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №24
Yakkasaroy tumani, Qushbegi massiv, 3 uy, 72 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
189 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №28
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 51 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
189 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №10
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 15 uy, 12-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
189 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №6
Yunusobod tumani, 7 Mavzesi, 48 uy, 3 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
189 900 so'm
Bron qilish

Turbo haqida savollar

Turbo haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil