Ташкент
logo
SavatKirish

Venoteks

Venoteks chiqarish shakllari

VENOTEKS tabletkalari N30
Retseptsiz
VENOTEKS tabletkalari N30
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
VENOTEKS tabletkalari N10
Retseptsiz
VENOTEKS tabletkalari N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
- Venoteks qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Venoteksning tarkibi
- Venoteks ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Venoteks narxi Toshkent dorixonalarida

Venoteks qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
O'zbekiston
Kategoriya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Venoteks quyidagi holatlarda qo'llanilmasin: preparat tarkibiga kiruvchi faol komponentlar yoki yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik, laktozani o'zlashtira olmaslik, 18 yoshgacha bo'lgan shaxslarda qo'llash mumkin emas. Emizikli ayollarga preparat qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Farmakokinetikasi

Preparat faol metabolizmga uchraydi, bu siydikda fenol kislotalarining mavjudligi bilan tasdiqlanadi. Yarim chiqarilish davri (T½) 11 soatni tashkil qiladi.

Peroral qabul qilinganda, preparat organizmdan ichak orqali asosan axlat bilan chiqariladi. Buyraklar orqali siydik bilan preparatning qabul qilingan dozasini o'rtacha 14% chiqariladi.

Farmakologik ta'siri

Venoteks o'z tarkibida gesperidinning diosmin bilan majmuasini saqlaydi va venalarni tonuslovchi hamda angioprotektiv xususiyatlarga ega.

Preparat venalar cho'ziluvchanligi va venalar dimlanishini kamaytiradi, mikrosirkulyasiyada – kapillyarlar o'tkazuvchanligini pasaytiradi va ularning chidamliligini oshiradi, venalar gemodinamikasini yaxshilaydi

Quyidagi pletizmografik ko'rsatkichlarga ta'sir ko'rsatadi: venalar hajmi, venalar cho'ziluvchanligi, venalarning bo'shashish vaqti.

“Doza-samara" maqbul nisbati 2 tabletka qabul qilinganda kuzatiladi.

Venoteks venalar bo'shashish vaqtining kamayishi hisobiga venalar tonusini oshiradi. Mikrosirkulyasiyaning yaqqol buzilishlari belgilariga ega bemorlarda kapillyar chidamlilikning oshishi kuzatiladi.

Venoteks preparati oyoqlar venalarining surunkali kasalliklarini davolashda, shuningdek bavosilni davolashda samarador.

Dozirovkasi

Qo'llash usuli va dozalari

Venoteks preparatini doim davolovchi shifokoringiz tavsiyalariga muvofiq ravishda aniq qo'llang. Agar siz biror narsaga ishonchingiz komil bo'lmasa, shifokoringiz yoki farmasevtdan so'rang.

Ovqatlanish vaqtida ichga qabul qilinsin.

Vena-limfa etishmovchiligida tavsiya qilingan doza – sutkada 2 tabletka (bir yoki ikki mahal qabul qilish bilan): ertalab, kunduzi va/yoki kechqurun.

Davolanish kursi davomiyligi bir necha oyni tashkil qilishi mumkin (hatto 12 oygacha). Simptomlar takroriy paydo bo'lgan holatda, shifokor tavsiyasiga ko'ra, davolanish kursi takrorlanishi mumkin.

O'tkir bavosilda tavsiya qilingan doza– sutkada 6 tabletka: 3 tabletkadan ertalab va 3 tabletkadan kechqurun 4 kun davomida, so'ngra sutkada 4 tabletkadan: 2 tabletkadan ertalab va 2 tabletkadan kechqurun keyingi 3 kun davomida.

Surunkali bavosilda tavsiya qilingan doza– sutkada 2 tabletka (bir yoki ikki mahal qabul qilish bilan).

Dozani oshirib yuborilishi

Sizga tayinlanganiga nisbatan yuqoriroq doza qabul qilinganda, darhol shifokorga yordam so'rab murojaat qiling!

Dozani oshirib yuborish holatlari keltirilmagan.


Maxsus saqlash sharoitlari

Preparat tarkibida laktoza mavjud bo'lganligi tufayli, ushbu preparat galaktozemiya, glyukoza yoki galaktoza so'rilishining buzilishi yoki laktaza tanqisligida (moddalar almashinuvining kam uchraydigan buzilishlari) qo'llash mumkin emas.

Pediatriyada qo'llanishi

Muvofiq klinik tajribaning yo'qligi tufayli, 18 yoshgacha qo'llash mumkin emas.

Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi

Agar siz Venoteksni qabul qilayotgan vaqtda homilador ekanligingizni bilib qolsangiz, bu haqda zudlik bilan shifokoringizga xabar bering, faqat u davolashni davom ettirish zaruriyati haqidagi masalani hal etishi mumkin.

Hayvonlardagi tadqiqotlar teratogen samaralarni aniqlab bermagan. Hozirgi kungacha preparatni homilador ayollar tomonidan qo'llanilishida nojo'ya samaralar haqida xabarlar berilmagan.

Ko'krak sutiga chiqarilishi haqida ma'lumotlar yo'qligi tufayli, emizish davrida ushbu preparatni qabul qilishning oldini olish kerak.

Preparatni transport vositalarni va mexanizmlarni boshqarishga ta'siri

Venoteks avtomobilni yoki mashinaviy uskunalarni boshqarish qobiliyatiga hech qanday ta'sir ko'rsatmaydi yoki ahamiyatsiz ta'sir qiladi.



Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Iltimos, har qanday boshqa preparatlarni qabul qilayotgan yoki yaqin orada qabul qilinganligingiz haqida, hatto agar ular reseptsiz berilgan taqdirda ham, shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering.

Diosmin epinefrin, norepinefrin, serotoninning qon tomirlarni toraytiruvchi ta'sirni kuchaytiradi.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: diosmin – 450 mg, gesperidin – 50 mg;

yordamchi moddalar: makkajo'xori kraxmali, mikrokristallik tsellyuloza, laktoza monogidrat, aerosil, talk, magniy stearati, natriy kraxmal glikolyati;

qobiq tarkibi: gidroksipropilmetilsellyuloza, talk, propilenglikol, temir II oksidi, temir III oksidi, polietilenglikol 6000, titan dioksidi.

Nojo'ya samaralari

Har qanday preparat kabi, Venoteks xam nojo'ya reaktsiyalarni chaqirishi mumkin, lekin ular hammada ham namoyon bo'lavermaydi.

Quyidagi me'yoriy-huquqiy faoliyat bo'yicha tibiy lug'at (MedDRA) tasnifi bilan muvofiq ravishda tizim-a'zoli sinflar bo'yicha bo'lingan nojo'ya samaralar keltirilgan. Nojo'ya samaralarning uchrash tez-tezligini ko'rsatish uchun BSST tasnifidan foydalanilgan: juda tez-tez (≥10%), tez-tez (≥1% va <10%), tez-tez emas (≥0.1% va <1%), kam (≥0.01% va <0.1%), juda kam (<0.01%), tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida nojo'ya samaraning uchrash tez-tezligini aniqlashning iloji yo'q).

Alohida holatlarda quyidagi nojo'ya reaktsiyalar ehtimoli bor:

- asab tizimi tomonidan: kam - bosh aylanishi, bosh og'rishi, umumiy lohaslik;

- me'da-ichak yo'llari tomonidan: tez-tez - diareya, dispepsiya, ko'ngil aynishi, qusish; tez-tez emas – kolit; tez-tezligi noma'lum – qorin og'rishi;

- teri va teri osti to'qimalar tomonidan: kam - toshma, qichishish, eshakemi; tez-tezligi noma'lum – cheklangan yuz, lablar, ko'z qovoqlari shishi. Yakka holatlarda angionevrotik shish kuzatilishi mumkin.

Agar sizda ushbu yo'riqnomada keltirilmagan har qanday boshqa nojo'ya ta'sirlar qayd etilsa, iltimos, o'zingizning shifokoringiz, farmasevt yoki ishlab chiqaruvchiga xabar bering.

Qo'llanilishi

Venoteks venalarning surunkali kasalliklari simptomlarini muolaja qilishda qo'llaniladi (simptomlarni bartaraf etish va engillashtirish).

Vena-limfa etishmovchiligi simptomlarini muolaja qilish:

- og'riq;

- oyoqlar tirishishi;

- oyoqlarda og'irlik hissi va shishlar;

- oyoqlardagi "charchoq".

Vena-limfa etishmovchiligi alomatlarini muolaja qilish:

- oyoqlar shishi;

- teri va teri osti kletchatkasining trofik o'zgarishlari;

- venalarning trofik yaralari.

O'tkir va surunkali bavosilning simptomatik muolajasi.

Venoteks barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Venoteks savollari

Venoteks fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil