Apteka.uz
SavatKirish

DIOSPERIDIN

DIOSPERIDIN chiqarilish shakllari

DIOSPERIDIN tabletkalari 450mg+50mg N30
Retseptsiz
DIOSPERIDIN tabletkalari 450mg+50mg N30
Gretsiya
Ishlab chiqaruvchi:
HELP S.A.
- DIOSPERIDIN qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- DIOSPERIDINning tarkibi
- DIOSPERIDIN ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- DIOSPERIDIN narxi Toshkent dorixonalarida

DIOSPERIDIN haqida qo'llanma

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

DIOSPERIDIN

DIOSPERIDIN

 

Preparatning savdo nomi: Diosperidin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): diosmin, gesperidin

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: diosmin – 450 mg, gesperidin – 50 mg;

yordamchi moddalar: natriy kraxmalglikolyat, mikrokristall sellyuloza, jelatin, talk, magniy stearati.

Qobiq quyidagilarni saqlaydi: gliserin, gipromelloza 2910, makrogol 6000, natriy laurilsulfati, temir (III) oksidi, temir (II) oksidi (Ye172), titan dioksidi (Ye171), magniy stearati.

Ta‘rifi: pushti-och jigar rang, oval shaklli, ikki tomonlama qavariq, sindirish chiziqchasi bilan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: angioprotektorlar va majmuadagi mikrosirkulyasiya korrektorlari.

ATX kodi: S05SA53

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Diosperidin venalarning tonusini oshiruvchi va angioprotektiv xususiyatlarga ega. Venoz darajada – venalarning cho‘ziluvchanligini va venoz dimlanishni kamaytiradi. Mikrosirkulyasiya darajasida – o‘tkazuvchanlik, kapillyarlarning mo‘rtligini kamaytiradi va ularning rezistentligini oshiradi. Kapillyarlarning yuqori mo‘rtligi belgilari bo‘lgan pasientlarda preparat bilan davolagandan keyin kapillyarlarning angiostereometrik usulda aniqlangan rezistentligi oshgan. Venoz tonusni oshiradi: venoz okklyuzion pletizmografiya yordamida venosh bo‘shalish vaqtini kamayishi namoyish etilgan. Oyoqlarning funksional va organik surunkali venoz yetishmovchiligida, shuningdek proktologiyada gemorroyni davolaganda terapevtik samaradorligi isbotlangan.

Diosmin – bioflavonoiddir. Gesperidin bilan majmuada venalarning tonusini oshiruvchi va angioprotektiv ta‘sir ko‘rsatadi. Venalarning tonusini oshiradi va cho‘ziluvchanligini kamaytiradi, bu venoz dimlanishni kamayishiga olib keladi; kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini kamaytiradi va ularning rezistentligini oshiradi; mikrosirkulyasiya va limfani oqimini yaxshilaydi. Gesperidin bilan birga oyoqlarning surunkali venoz yetishmovchiligini, surunkali gemorroy va o‘tkir gemorroidal xurujlarni davolash uchun qo‘llanadi.

Farmakokinetikasi

Me‘da-ichak yo‘llarida tez so‘riladi. Preparat asosan axlat bilan chiqariladi. Preparatning qabul qilingan miqdorining taxminan 14% siydik bilan chiqariladi.

Yarim chiqarilish davri 11 soatni tashkil qiladi. Preparat yuqori darajadagi metabolizmga ega, bu siydikda fenol kislotalarining mavjudligi bilan namoyish etilgan.

Qo‘llanilishi

  • oyoqlarning organik va funksional tabiatli surunkali veno limfatik yetishmovchiligi (shishlar, og‘riq, oyoqlarda og‘irlik);
  • o‘tkir va surunkali gemorroyda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Peroral qo‘llash uchun buyuriladi.

Surunkali venolimfatik yetishmovchilikni davolash (shishlar, og‘riq, oyoqlarda og‘irlik, tungi tirishishlar, trofik yaralar, limfadema va boshqalar): sutkada 2 tabletka (ikki marta qabul qilish) ovqatlanish vaqtida buyuriladi. Bir xafta qo‘llagandan keyin sutkada 2 tabletkadan ovqat bilan birga qabul qilish mumkin.

Surunkali gemorroy: sutkada 2 tabletka (ikki marta qabul qilish) ovqatlanish vaqtida buyuriladi. Bir xafta qo‘llagandan keyin sutkada 2 tabletkadan ovqat bilan birga qabul qilish mumkin.

O‘tkir gemorroy: birinchi 4 kun davomida sutkada 6 tabletka va keyingi 3 kun davomida sutkada 4 tabletkadan buyuriladi. Ovqatlanish vaqtida qo‘llanadi. Tabletkalarning sutkalik miqdorini 2-3 marta qabul qilishga bo‘linadi.

Davolash kursi va dozasi qo‘llashga ko‘rsatmalar, kasallikning kechishiga bog‘liq va shifokor tomonidan belgilanadi. Davolashning o‘rtacha davomiyligi 2-3 oyni tashkil qiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan (diareya, ko‘ngil aynishi, qusish) va neyrovegetativ buzilishlar (bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, umumiy lohaslik); kam hollarda  – toshma, qichishish, eshakemi. Preparatni bekor qilishni talab etuvchi jiddiy nojo‘ya samaralar kuzatilmagan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatga ma‘lum yuqori sezuvchanlik;
  • bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik va laktasiya davri

Homiladorlikning birinchi uch oyida preparatni qo‘llashdan saqlanish kerak.

Preparatni ko‘krak suti bilan ajralishi yuzasidan ma‘lumotlarni yo‘qligi tufayli, preparatni emizikli onalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Kuzatilmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Gemorroy zo‘rayganida ushbu preparatni buyurish boshqa buzilishlarni spesifik davolashning o‘rnini bosmaydi. Davolash davomiyligi “Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limida ko‘rsatilgan muddatlardan oshmasligi kerak. Agar qisqa muddat davolagandan keyin simptomlar bartaraf etilmasa, proktologik tekshiruv o‘tkazish va qo‘llanilayotgan davolashni qayta ko‘rib chiqish kerak.

Venoz qon aylanishining buzilishlari bo‘lganida davolashning maksimal samarasi quyoshda uzoq vaqt bo‘lishdan saqlanish, tana vaznini kamaytirish, piyoda yurish va ayrim hollarda qon mikrosirkulyasiyasini yaxshilovchi maxsus paypoqlarni taqishni o‘zi ichiga oluvchi muvofiqlashtirilgan sog‘lom turmush tarzi bilan ta‘minlanadi.

Transport vositalari yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparat transport vositalari yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi holatlari kuzatilmagan.

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan 15 tabletka PVX blisterda. 2 PVX blister tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

O‘ramida ko‘rsatilgan.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

·      препаратга маълум юқори сезувчанлик;

·      болаларда қўллаш мумкин эмас.

 

Farmakodinamikasi

Диосперидин веналарнинг тонусини оширувчи ва ангиопротектив хусусиятларга эга. Веноз даражада – веналарнинг чўзилувчанлигини ва веноз димланишни камайтиради. Микроциркуляция даражасида – ўтказувчанлик, капиллярларнинг мўртлигини камайтиради ва уларнинг резистентлигини оширади. Капиллярларнинг юқори мўртлиги белгилари бўлган пациентларда препарат билан даволагандан кейин капиллярларнинг ангиостереометрик усулда аниқланган резистентлиги ошган. Веноз тонусни оширади: веноз окклюзион плетизмография ёрдамида венош бўшалиш вақтини камайиши намойиш этилган. Оёқларнинг функционал ва органик сурункали веноз етишмовчилигида, шунингдек проктологияда геморройни даволаганда терапевтик самарадорлиги исботланган.

Диосмин – биофлавоноиддир. Гесперидин билан мажмуада веналарнинг тонусини оширувчи ва ангиопротектив таъсир кўрсатади. Веналарнинг тонусини оширади ва чўзилувчанлигини камайтиради, бу веноз димланишни камайишига олиб келади; капиллярларнинг ўтказувчанлигини камайтиради ва уларнинг резистентлигини оширади; микроциркуляция ва лимфани оқимини яхшилайди. Гесперидин билан бирга оёқларнинг сурункали веноз етишмовчилигини, сурункали геморрой ва ўткир геморроидал хуружларни даволаш учун қўлланади.

Farmakokinetikasi

Меъда-ичак йўлларида тез сўрилади. Препарат асосан ахлат билан чиқарилади. Препаратнинг қабул қилинган миқдорининг тахминан 14% сийдик билан чиқарилади.

Ярим чиқарилиш даври 11 соатни ташкил қилади. Препарат юқори даражадаги метаболизмга эга, бу сийдикда фенол кислоталарининг мавжудлиги билан намойиш этилган.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Ҳомиладорликнинг биринчи уч ойида препаратни қўллашдан сақланиш керак.

Препаратни кўкрак сути билан ажралиши юзасидан маълумотларни йўқлиги туфайли, препаратни эмизикли оналарда қўллаш тавсия этилмайди.


Dozani oshirib yuborilishi

Дозани ошириб юборилиши ҳолатлари кузатилмаган.

Maxsus ko‘rsatmalari

Геморрой зўрайганида ушбу препаратни буюриш бошқа бузилишларни специфик даволашнинг ўрнини босмайди. Даволаш давомийлиги “Қўллаш усули ва дозалари” бўлимида кўрсатилган муддатлардан ошмаслиги керак. Агар қисқа муддат даволагандан кейин симптомлар бартараф этилмаса, проктологик текширув ўтказиш ва қўлланилаётган даволашни қайта кўриб чиқиш керак.

Веноз қон айланишининг бузилишлари бўлганида даволашнинг максимал самараси қуёшда узоқ вақт бўлишдан сақланиш, тана вазнини камайтириш, пиёда юриш ва айрим ҳолларда қон микроциркуляциясини яхшиловчи махсус пайпоқларни тақишни ўзи ичига олувчи мувофиқлаштирилган соғлом турмуш тарзи билан таъминланади.

Транспорт воситалари ёки потенциал хавфли механизмларни бошқариш қобилиятига таъсири

Препарат транспорт воситалари ёки потенциал хавфли механизмларни бошқариш қобилиятига таъсир кўрсатмайди.

Препарат болалар ололмайдиган жойда сақлансин ва яроқлилик муддати ўтгач қўлланилмасин.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Кузатилмаган

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Перорал қўллаш учун буюрилади.

Сурункали венолимфатик етишмовчиликни даволаш (шишлар, оғриқ, оёқларда оғирлик, тунги тиришишлар, трофик яралар, лимфадема ва бошқалар): суткада 2 таблетка (икки марта қабул қилиш) овқатланиш вақтида буюрилади. Бир хафта қўллагандан кейин суткада 2 таблеткадан овқат билан бирга қабул қилиш мумкин.

Сурункали геморрой: суткада 2 таблетка (икки марта қабул қилиш) овқатланиш вақтида буюрилади. Бир хафта қўллагандан кейин суткада 2 таблеткадан овқат билан бирга қабул қилиш мумкин.

Ўткир геморрой: биринчи 4 кун давомида суткада 6 таблетка ва кейинги 3 кун давомида суткада 4 таблеткадан буюрилади. Овқатланиш вақтида қўлланади. Таблеткаларнинг суткалик миқдорини 2-3 марта қабул қилишга бўлинади.

Даволаш курси ва дозаси қўллашга кўрсатмалар, касалликнинг кечишига боғлиқ ва шифокор томонидан белгиланади. Даволашнинг ўртача давомийлиги 2-3 ойни ташкил қилади.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. DIOSPERIDIN preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

DIOSPERIDIN haqida savollar

DIOSPERIDIN haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil