AFLUBIN gomeopatik tomchilar 100ml

AFLUBIN gomeopatik tomchilar 100ml qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Aflubin preparatining ta'siri uning tarkibiy qismlarining umumiy ta'siri natijasidir, shuning uchun kinetik kuzatuvlarni o'tkazish imkoni yo'q; barcha tarkibiy qismlarni markerlar yoki biotadqiqotlar yordamida kuzatib bo'lmaydi. Xuddi shu sababga ko'ra preparat metabolitlarini aniqlashning ham imkoni yo'q.
Nojo'ya samaralari
Kam hollarda: so'lak ajralishining oshishi.
Bemor boshqa nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lganda shifokorga murojaat qilish kerakligi haqida xabardor qilinishi kerak.
Maxsus saqlash sharoitlari
Aflubin preparati gomeopatik tomchilar shaklida o'simlik tabiiy komponentlarini saqlaganligi sababli, saqlash jarayonida eritmaning biroz xiralashishi yoki hidi va ta'mining kuchsizlanishi kuzatilishi mumkin, bu preparat samaradorligining pasayishiga olib kelmaydi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
— preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Aflubin preparatining boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatli o'zaro ta'siri aniqlanmagan.
Dozirovkasi
Yoshi Doza (bir martalik) Qabul qilish chastotasi Qo'llash usuli
O'RK yoki gripp kasalligining 1 - 2 kuni
Kattalar va o'smirlar 10 tomchi Kuniga 3 dan 8 martagacha (ko'p emas)
Ichga toza holda yoki bir osh qoshiq suvda eritib, ovqatdan 30 daqiqa oldin yoki 1 soat keyin, yutishdan oldin og'izda bir oz ushlab turgan holda.
1 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar 5 tomchi
O'RK yoki grippning klinik ko'rinishlarini keyingi davolash
Kattalar va o'smirlar 10 tomchi Kuniga 3 marta. 5-10 kun
Ichga toza holda yoki bir osh qoshiq suvda eritib, ovqatdan 30 daqiqa oldin yoki 1 soat keyin, yutishdan oldin og'izda bir oz ushlab turgan holda.
1 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar 5 tomchi
Sovuq fasl boshida yoki gripp epidemiyasidan oldin kasallik zo'rayishini rejali profilaktikasi
Kattalar va o'smirlar 10 tomchi Kuniga 2 marta. 3 hafta
Ichga toza holda yoki bir osh qoshiq suvda eritib, ovqatdan 30 daqiqa oldin yoki 1 soat keyin, yutishdan oldin og'izda bir oz ushlab turgan holda.
1 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar 5 tomchi
Shoshilinch profilaktika – gripp yoki O'RK bilan kasallangan bilan aloqa qilgandan yoki qattiq sovuq qotishdan so'ng darhol o'tkaziladi
Kattalar va o'smirlar 10 tomchi Kuniga 2 marta. 2 kun
Ichga toza holda yoki bir osh qoshiq suvda eritib, ovqatdan 30 daqiqa oldin yoki 1 soat keyin, yutishdan oldin og'izda bir oz ushlab turgan holda.
1 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar 5 tomchi
Bo'g'im og'riq sindromi bilan kechuvchi yallig'lanish va revmatik kasalliklarni davolash
Kattalar va o'smirlar 10 tomchi
Davolash boshida kuniga 3-8 marta (1-2 kun), keyingi davolash 1 oy davomida kuniga 3 marta
Ichga toza holda yoki bir osh qoshiq suvda eritib, ovqatdan 30 daqiqa oldin yoki 1 soat keyin, yutishdan oldin og'izda bir oz ushlab turgan holda.
Kasallik boshida, shuningdek simptomlarni tezda susaytirishni talab qiladigan hollarda, preparatni holat yaxshilangunga qadar har yarim soat – soatda 8-10 tomchidan qabul qilish mumkin, lekin 8 martadan ko'p emas, shundan so'ng kuniga 3 marta qabul qilinadi.Dozani oshirib yuborishHozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborish holatlari qayd etilmagan.
Hajm/og'irlik
AFLUBIN gomeopatik tomchilar 100ml o'xshash dorilari



Aflubin boshqa chiqarish shakllari








