Ташкент
logo
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Qon va qon aylanishi  / AKUMIN NEFRO infuziya uchun eritma 250ml N1

AKUMIN NEFRO infuziya uchun eritma 250ml N1

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Faol modda:Aminokisloti
Ishlab chiqaruvchi:Aculife Healthcare Pvt. Ltd
ATX kodi:B05BA01
Barcha AKUMIN dorilari
1 ta dorixonada bor
Narxi 126 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 1 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

AKUMIN NEFRO infuziya uchun eritma 250ml N1 o'xshash dorilari

TRANEKSAM tabletkalari 250mg N30
Retseptli
TRANEKSAM tabletkalari 250mg N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
EVAMOKS eritma 250ml N1
Retseptli
EVAMOKS eritma 250ml N1
Xitoy
Vakil:
NUTRIMED
Ishlab chiqaruvchi:
Guangdong Litai Pharmaceutical Co Ltd
Narxi
82 800 so'm dan
TRANEKSAM inyeksiya uchun eritma 5ml 50mg/ml N10
Retseptli
TRANEKSAM inyeksiya uchun eritma 5ml 50mg/ml N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS

AKUMIN NEFRO infuziya uchun eritma 250ml N1 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

1000 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
Faol moddalar:
L-izoleytsin – 5,1 g, L-leytsin – 10,3 g, L-lizin monoatsetati – 7,10 g L-lizinga ekvivalent, L-metionin – 2,8 g, L-fenilalanin – 3,8 g, L-treonin – 4,8 g, L-triptofan – 1,9 g, L-valin – 6,2 g, L-arginin – 4,9 g, L-gistidin – 4,3 g, Glitsin – 3,2 g, L-alanin – 6,3 g, L-prolin – 4,3 g, L-serin – 4,5 g, atsetil sistein– 0,37 g L-tsisteinga ekvivalent, L-olma kislotasi – 1,5 g, kontsentratsiyalangan sirka kislotasi – 1,38 g;
Yordamchi moddalar: natriya gidroksidi – ye.m., in'ektsiya uchun eritma – 1000 ml gacha.

Farmakodinamikasi

Akumin Nefro – parenteral oziqlantirish uchun mo'ljallangan L- aminokislotalarning infuzion eritmasidir. Akumin Nefro oqsil sintezi uchun kerak bo'ladigan aminokislotalar va kaloriya bilan ta'minlaydi, bu hujayra metabolizmini yaxshilanishiga olib keladi. Ushbu komponentlarni yuborilishi buyrak funktsiyasi buzilgan patsiyentlarda qonda mochevina azotini o'sish tezligini pasayishiga olib keladi.
Akumin Nefro 7% li bilan davolash o'tkir buyrak yetishmovchiligi (O'BE) bo'lgan patsiyentlarning qon zardobida kreatininning darajasini pasayishiga olib keladi va shu orqali buyrak funktsiyasini yanada ertaroq tiklanishiga olib keladi.
Akumin Nefroning 1 litr eritmasida 70 g aminokislota, 10, 80 g umumiy azot saqlanadi. Akumin Nefro barcha sakkizta almashinmaydigan aminokislota, shuningdek shartli almashinmaydigan L-Arginin, L-Gistidin, L-Serin va L-TSistein aminokislotalarini saqlaydi. L-aminokislotalar anabolik jarayonlarda (oqsillar sintezida) ishtirok etadi, katabolik jarayonlarni sekinlashtiradi, reparatsiya jarayonlarini tezlashtiradi, organizmning ekstra- va intratsellyulyar suyuqliklarining gomeostazini boshqaradigan bufer tizimining bir qismi hisoblanadi.

Farmakokinetikasi

Buyrak yetishmovchiligi (BE) da oqsillar va aminokislotalar almashinuviga buyrakning o'zining metabolik funktsiyasini buzilishi ta'sir qiladi. Turli aminokislotalar buyraklar tomonidan sintezlanadi va hosil bo'ladi va qong oqimiga: sistein, metionin, tirozin, arginin va serinlar ajralib chiqadi. Bunda buyrak funktsiyasini buzilishi BE da aminokislotalar pulini o'zgarishiga olib kelishi mumkin: Arginin, Tirozin, Sistein va Serin kabi aminokislotalar almashinadigan aminokislotalardan shartli almashinmaydigan aminokislotalarga aylanadi. Ayrim peptidlar tubulyar apparatda filьtrlanadi va katabolizmga uchraydi, bunda hosil bo'lgan aminokislotalar qayta so'riladi va qon oqimiga qaytadan tushadi. Buyrak yetishmovchiligida shuningdek gormonlarning katabolizmi sekinlashadi. Almashinmaydigan va shartli almashinmaydigan aminokislotalarning manbai sifatida parenteral oziqlantirilganda buyraklarning ushbu metabolik funktsiyasi yaxshilanadi.
Taqsimlanishi
Preparat vena ichiga yuborilganida organizmga tushadigan aminokislotalar anabolik ravishda utilizatsiya bo'ladilar va mavjud energetik substratlarda organizmdagi oqsillarning tarkibiga kirishadilar. Vena ichiga yuborilganida biokiraolishligi 100% ni tashkil etadi.
Vena ichiga yuborilganida aminokislotalarni taqsimlanishi aminokislotalar organizmga MIY dan tushganida ovqatdagi oqsillar gidrolizga uchraganidagi taqsimlanishi bilan bir xil bo'ladi.
Metabolizmi va chiqarilishi
Preparat tavsiya etilgan tezlikda yuborilganida organizmga tushgan aminokislotalarning faqat ahamiyatsiz qismigina siydik bilan chiqariladi.

Nojo'ya samaralari

Yuborish texnikasi, tavsiya etilgan dozalar va qo'llash mumkin bo'lmagan holatlarga rioya qilinganida nojo'ya samaralar kuzatilmagan.
Kam holatlarda har qanday aminokislota eritmalari yuborilganida: eozonofillarning darajasini oshishi, mushaklarda og'riqlar, sklerodermiya, qo'l-oyoqlarni shishi, nafas faoliyatini qiyinlashishi bo'lishi mumkin.

Maxsus saqlash sharoitlari

Zardobdagi elektrolitlar, suyuqliklar muvozanati va buyrak funktsiyasini nazorat qilish kerak.
Gipokaliyemiya va/yoki giponatriyemiya holatlarida bir vaqtda kaliy va/yoki natriyni yetarli miqdorda berish kerak.
Aminokislota eritmalari folat kislotasini o'tkir tanqisligiga olib kelishi mumkin, shuning uchun folat kislotasini har kuni qabul qilishni buyurish kerak.
Aminokislotalarni uglevodlarsiz yuborish qonda keton tanachalarini to'planishiga olib kelishi mumkin. Ushbu ketonemiyani korrektsiyasiga uglevodlarni yuborish orqali erishish mumkin.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi
Buyrak funktsiyasini buzilishlari bo'lgan patsiyentlarni parenteral oziqlantirishda aminokislotalarni yuborish hayotiy jihatdan muhim bo'lishi kerak. Zarurat bo'lganida aminokislota eritmalarini homiladorlikda va emizish davrida buyurish mumkin, bunda kutiladigan foyda va kuzatilishi mumkin bo'lgan havfni baholash kerak. Akumin Nefro homilador ayolga faqat juda zarur bo'lgan holatdagina buyurish kerak. Akumin Nefro preparatini yangi tug'ilgan chaqaloqlarga qo'llash mumkin emas.

Qo'llanilishi

buyrak funktsiyasini buzilishlari bo'lgan patsiyentlarni to'liq yoki qisman parenteral oziqlantirishda, shuningdek o'tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligida, shu jumladan gemo- yoki peritoneal dializdagi patsiyentlarni parenteral oziqlantirishda aminokislotalarni yuborish;
gemo- yoki peritoneal dializda yo'qolgan aminokislotalarni to'ldirish;
katta sohali chuqur kuyishlarda (ayniqsa kuyish oqibatida ozib ketganda);
jarohatlar, sinishlarda, yiringli jarayonlar, sepsisda;
surunkali buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlarda oqsilning miqdori past bo'lgan parhezni to'ldirish uchun qo'llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

аминокислоталар алмашинувини туғма бузилишлари;
шокнинг ўткир босқичида;
инфузион даволаш учун умумий қарши кўрсатмалар: ўткир ўпка шиши, гипергидратация, декомпенсацияланган юрак етишмовчилиги, декомпенсацияланган гипотоник дегидратация;
препаратнинг компонентларига юқори сезувчанликда қўллаш мумкин эмас.
Гипонатриемияси бўлган, қоннинг осмолярлиги ошган пациентларга препаратни эҳтиёткорлик билан қўллаш керак.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Hozirgi kunda hech qanday o'zaro ta'sirlari ma'lum emas.

Dozirovkasi

Preparat vena ichiga yuboriladi. Preparatning dozasini patsiyentning individual ehtiyojiga qarab tanlash kerak.
Akumin Nefro uchun tavsiya etiladigan doza.
O'tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi bo'lgan, gemo- yoki peritoneal dializda bo'lmagan patsiyentlarga: sutkada tana vazniga 0,5 g aminokislota buyuriladi.
O'tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi bo'lgan, gemo- yoki peritoneal dializda bo'lgan patsiyentlarga: sutkada tana vazniga 1 g gacha bo'lgan dozada aminokislota buyuriladi.
Maksimal dozasi: sutkada tana vazniga 1,5 g gacha bo'lgan dozada aminokislotani tashkil etadi.
Vena ichiga yuborish tezligi minutiga 20 tomchidan oshmasligi kerak.
Davolashning davomiyligi
O'tkir buyrak yetishmovchiligida davolashning davomiyligi bir necha kundan 2 haftagacha bo'lgan muddatni tashkil etadi.
Akumin Nefro preparatini patsiyentga parenteral oziqlantirish talab etilgan yoki yo'qolgan aminokislotalarni o'rnini to'ldirish zarur bo'lgan muddatgacha qo'llash mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi

Akumin Nefro preparatini dozasini oshirib yuborilishi haqida ma'lumotlar taqdim etilmagan.

AKUMIN NEFRO infuziya uchun eritma 250ml N1 boshqa chiqarish shakllari

AKUMIN NEFRO infuziya uchun eritma 500ml N1
Retseptli
AKUMIN NEFRO infuziya uchun eritma 500ml N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Aculife Healthcare Pvt. Ltd
AKUMIN GEPA infuziya uchun eritma 500ml 8% N1
Retseptli
AKUMIN GEPA infuziya uchun eritma 500ml 8% N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Aculife Healthcare Pvt. Ltd
Narxi
124 800 so'm dan

AKUMIN NEFRO infuziya uchun eritma 250ml N1 analoglari

AKUMIN NEFRO infuziya uchun eritma 250ml N1 savollari

AKUMIN NEFRO infuziya uchun eritma 250ml N1 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil