AKVA MARIS DLYA DETEY tomchilar 10ml N1

AKVA MARIS DLYA DETEY tomchilar 10ml N1 qo'llanmasi
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Dengiz suvi – 30 %;
Tozalangan suv – 70 %.
Adriatika dengizi suvining sterillangan izotonik eritmasi.
NaCl tarkibi 9 g/l dan kam emas.
Adriatika dengizining tabiiy suvi Cl-, Na+, SO42-, Mg2+, Ca2+, K+, HCO3 -, Br – ionlari, shuningdek rux, selen, yod, temir, marganes va boshqa mikroelementlarni saqlaydi.
Konservantlar va kimyoviy qo’shimchalar saqlamaydi.
Chiqarilish shakli va qadoqlanishi
10 ml eritma himoya qopqoqchali polietilen flakon-tomizgichda. Bittadan flakon-tomizgich tibbiyotda qo’llanilishiga doir yo’riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Farmakodinamikasi
Sterillangan izotonik dengiz suvi burun shilliq qavatini namlantiradi va uni normal fiziologik holatini tutib turishga yordam beradi, shilliqni suyultirishga va uni burun bo’shlig’idagi shilliq qavatda qadahsimon hujayralarda ishlab chiqarilishini normallashtirishga yordam beradi.
Adriatika dengizi suvi mikroelementlari miltillovchi epiteliy funksiyasini yaxshilaydi, burun bo’shlig’ini shilliq qavatiga rag’batlantiruvchi, tiklovchi, tozalovchi, yallig’lanishga qarshi ta’sir ko’rsatadi, uni patogen mikroorganizmlar kirishiga chidamliligini oshiradi.
Kalsiy va magniy ionlari burun bo’shlig’idan mikroorganizmlar va yot zarrachalarni chiqarib tashlashga yordam beruvchi shilliq qavatning «kiprikchali hujayralar» harakatini rag’batlantiradi, va shilliqni reologik xususiyatlarini normallashtiradi.
Yod, natriy ionlari va xlorid-ionlari antiseptik ta’sir ko’rsatadi, shuningdek himoya shillig’ini ishlab chiqarishni faollashtiradi.
Rux va selen ionlari burun va burun oldi bo’shliqlari shilliq qavatining mahalliy immunitetini rag’batlantiradi.
Kalsiy ionlari allergiyaga qarshi ta’sirga ega.
Karbonatlar, sulfatlar, xloridlar nazal shillig’ini ishlab chiqarilishini normallashtiradi.
AKVA MARIS, bolalar uchun nazal tomchilari burun shilliq qavatidan viruslar, bakteriyalar, allergenlar va yot zarrachalarni yuvilishi va chiqib ketishiga, mahalliy yallig’lanish jarayonini kamaytirishga yordam beradi.
Gigiyenik maqsadlarda qo’llaniluvchi AKVA MARIS, bolalar uchun nazal tomchilari, shilliq qavatni unga o’tirib qolgan ko’cha va xona changidan tozalashga yordam beradi.Dori shakli
Nazal tomchilar
Nojo'ya samaralari
Qo'llanilishi
AKVA MARIS, bolalar uchun nazal tomchilari, shilliq qavatni namlash va ajratmalarni olib tashlash uchun burun shilliq qavatiga qo’llash uchun mo’ljallangan.
Qo'llaniladi:
˗ chayish va namlash uchun;
˗ viruslar, bakteriyalar va yot zarrachalarni olib tashlash uchun;
˗ burun shilliq qavati mahalliy maydonlaridagi qichishish va yallig’lanishlarni kamaytirish uchun;
˗ burun shilliq qavatini tiklanishi uchun.
- burun bo’shlig’ini kunlik parvarishi (namlantirish, «qobiqlarni» olib tashlash);
- o’tkir respirator infeksiyalarni (O’RVI) oldini olish;
- rinitni oldini olish;
- burun bo’shlig’i shilliq qavatini quruqligi;
- shilliq qavatni nazal preparatlar qabul qilinishiga tayyorlash.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Aniqlanmagan.
Ta'rifi
Hidsiz rangsiz tiniq eritma.
Dozirovkasi
O’RVI va rinitni oldini olish va burun bo’shlig’ini har kunlik gigiyenasi uchun: bolalarga xayotining birinchi kunidan boshlab har bir burun teshigiga 1-2 tomchidan kuniga bir necha marta, zaruriyat bo’lganda yanada tez-tez qo’llash mumkin.
Burun bo’shlig’ida quruqlik va qichishishni yo’qotish uchun: bolalarga xayotining birinchi kunidan boshlab har bir burun teshigiga 3-4 tomchidan kuniga bir necha marta, zaruriyat bo’lganda yanada tez-tez qo’llash mumkin.
Qo'llanilishi bo'yicha ko'rsatmalar
AKVA MARIS, bolalar uchun nazal tomchilari, tumovni davolash uchun ishlatiladigan barcha vositalar bilan mos tushadi.
Qo’llash davomiyligi cheklanmagan.Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Hajm/og'irlik
AKVA MARIS boshqa chiqarish shakllari









AKVA MARIS DLYA DETEY tomchilar 10ml N1 haqida savollar
AKVA MARIS DLYA DETEY tomchilar 10ml N1 haqida fikr-mulohazalar
Ishlab chiqaruvchining dorilari










