AKVALOR FORTE DUSH 150ml

AKVALOR FORTE DUSH 150ml qo'llanmasi
Farmakologik ta'siri
Akvalor forte va Akvalor forte mini burun bo'shlig'i, burun yondosh bo'shliqlari va burun-halqumning o'tkir va surunkali yallig'lanish kasalliklarini (infektsion, allergik, atrofik) oldini olish va majmuaviy davolash, burun bo'shlig'i va burun yondosh bo'shliqlaridagi jarrohlik aralashuvlaridan keyingi holatlar, shamollash kasalliklari ko'tarilishi davrida qo'llaniladi.
Vosita shilliqni olib tashlash, ajralmalarni kamaytirish, qaloqlarni yumshatish va olib tashlash, burun bo'shlig'i shilliq qavatini namlash uchun mo'ljallangan.
Akvalor forte va Akvalor forte mini vositalarini qo'llash burun bo'shlig'i va burun-halqum shilliq qavatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, burun bitishini kamaytirishga va burun orqali nafas olishni tiklashga yordam beradi.
Dengiz suvining gipertonik eritmasi osmotik bosim farqi hisobiga hujayralararo bo'shliqdan ortiqcha suyuqlikni olib tashlash orqali burun bo'shlig'i shilliq qavati shishini kamaytirishni ta'minlaydi.
Burun bo'shlig'ini Akvalor forte yoki Akvalor forte mini vositasi bilan yuvgandan so'ng, burun bo'shlig'i shilliq qavatiga surtiladigan dori vositalarining terapevtik samaradorligi oshadi, respirator kasalliklar davomiyligi qisqaradi, infektsiyaning burun yondosh bo'shliqlari va quloq bo'shlig'iga tarqalish xavfi kamayadi.
Maxsus saqlash sharoitlari
Akvalor forte va Akvalor forte mini individual qo'llash uchun va tibbiyot muassasalari sharoitida mo'ljallangan.
Vosita konservantlar saqlamaydi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
— komponentlarga individual toqatsizlik.
Dozirovkasi
Vosita intranazal qo‘llaniladi.
Akvalor forte va Akvalor forte mini 1 yoshdan oshgan bolalar va kattalarda qo‘llaniladi.
Tibbiy buyumni ishlatishdan oldin anatomik nasadkani qaynoq suv yoki etil spirti eritmasi bilan yuvish zarur.
Qo‘llash usuli
Kichik yoshdagi bolalarda (2 yoshgacha) burunni yuvish yotgan holda o‘tkaziladi:
- bola boshini yonboshga burish;
- ballon uchini tepada joylashgan burun yo‘liga kiritish, bir necha soniya davomida burun bo‘shlig‘ini yuvish;
- yuvuvchi suyuqlik qoldiqlarini aspirator yordamida olib tashlash, zarurat bo‘lganda muolajani takrorlash.
Muolajani boshqa burun yo‘li bilan o‘tkazish.
2 yoshdan oshgan bolalar va kattalarda burunni yuvish:
- boshni yonboshga egish;
- ballon uchini tepada joylashgan burun yo‘liga kiritish, bir necha soniya davomida burun bo‘shlig‘ini yuvish;
- yuvuvchi suyuqlik qoldiqlarini bolada aspirator yordamida olib tashlash/qoqib tashlash, zarurat bo‘lganda muolajani takrorlash.
Muolajani boshqa burun yo‘li bilan o‘tkazish.
Hajm/og'irlik
AKVALOR FORTE DUSH 150ml xususiyatlari
Akvalor boshqa chiqarish shakllari













{
"data": {
"id": 57103,
"stores_apteka_id": null,
"slug": "akvalor-forte-sprey",
"stores_apteka_slug": null,
"name": "AKVALOR FORTE DUSH 150ml",
"brand_name": "AKVALOR FORTE DUSH",
"image": "uploads/iblock/c75/c75834bbe36342fff1fab219d840a915.webp",
"atx_code": null,
"drug_form_id": null,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "non_prescription",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Nijfarm-Stada CIS",
"representative": {
"id": 13732,
"slug": "nizhpharm-ao",
"name": "IP MChJ \"STADA SUBSIDIARY\""
},
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": true,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 500,
"slug": "lekarstvennye-preparaty",
"name": "Dori vositalari",
"external_link_title": "",
"external_link": ""
},
"drug_group": {
"id": 9597,
"slug": "akvalor",
"name": "Akvalor"
},
"is_purchasable": false,
"country": {
"id": 20,
"slug": "rossiya",
"name": "Rossiya Federatsiyasi"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 6897,
"slug": "gipertonicheskaya-morskaya-voda",
"name": "gipertonicheskaya morskaya voda"
}
],
"tags": [
{
"id": 144,
"slug": "ot-nasmorka",
"name": "Tumovdan"
},
{
"id": 103,
"slug": "kapli-v-nos",
"name": "Burun tomchilari"
}
]
}
}




