Akvalor
Akvalor chiqarilish shakllari



Akvalor haqida qo'llanma
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- Burun va burun-halqum kasalliklarida, O'RVIda: 2 yoshdan katta bolalarga, shuningdek kattalarga – har kuni har bir burun yo'liga 4-6 marta yuvish (zarurat bo'lganda ko'proq). Preparatni uzoq vaqt (7 kundan bir necha oygacha) ishlatish mumkin.
- Burun bo'shlig'i, burun yondosh bo'shliqlari va burun-halqumning o'tkir va surunkali yallig'lanish kasalliklarining (infektsion, allergik, atrofik) oldini olish va kompleks davolash:
- o'tkir va surunkali rinitlar (tumov);
- o'tkir va surunkali sinusitlar (sh.j. gaymorit);
- o'tkir va surunkali adenoiditlar;
- allergik va vazomotor rinitlar;
- subatrofik rinitlar (shilliq qavat quruqligi).
- O'RVI va grippni kompleks davolash, epidemiyalar davrida profilaktika.
- Burun bo'shlig'i va burun yondosh bo'shliqlari jarrohlik aralashuvlaridan keyin tiklanish.
- Burun bo'shlig'i va burun-halqumning kundalik gigienasi.
- Burun bo'shlig'i shilliq qavatini dori surishga tayyorlash.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- Qo‘llash uchun cheklovlar yo‘q. Homiladorlik va ko‘krak suti bilan boqish qo‘llash uchun qarshi ko‘rsatma emas.
- Agar preparat operatsiyadan keyin qo‘llanilsa, shifokor maslahati zarur.
Tarkibi
- NaCl tarkibi 21 g/l (gipertonik eritma).
- Dengiz suvining barcha faol moddalari va mikroelementlarini saqlaydi: K, Mg, Na, Cl, Se, I, Ca, Zn, Cu, Fe va b.
- Qo‘shimcha ravishda aloe vera va rim moychechagi ekstraktlarini saqlaydi
- Purkash - oqim
Farmakologik ta'siri
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homiladorlik davrida va emizishga zararli ta'siri yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalari
Akvalor bebi va Akvalor bebi mini yakka tartibda va tibbiyot muassasalari sharoitida qo'llash uchun mo'ljallangan.
Vosita konservantlarni saqlamaydi.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Vositani intranazal qo'llash kerak.
Akvalor bebi va Akvalor bebi mini tug'ilgandan boshlab bolalarga qo'llaniladi.
Tibbiy buyumdan foydalanishdan oldin anatomik uchlikni qaynagan suv yoki etil spirti eritmasi bilan tozalash kerak.
Qo'llash usuli
Kichik yoshdagi bolalarda (2 yoshgacha) burunni yuvish yotgan holda o'tkaziladi:
- bola boshini yonboshga burish;
- ballon uchini tepada joylashgan burun yo'liga kiritish, bir necha soniya davomida burun bo'shlig'ini yuvish;
- yuvuvchi suyuqlik qoldiqlarini aspirator yordamida olib tashlash, zarurat bo'lganda muolajani takrorlash.
Boshqa burun yo'li bilan muolajani o'tkazish.
2 yoshdan katta bolalar va kattalarda burunni yuvish:
- boshni yonboshga egish;
- ballon uchini tepada joylashgan burun yo'liga kiritish, bir necha soniya davomida burun bo'shlig'ini yuvish;
- bolada yuvuvchi suyuqlik qoldiqlarini aspirator yordamida olib tashlash/burunni qoqish, zarurat bo'lganda muolajani takrorlash.
Boshqa burun yo'li bilan muolajani o'tkazish.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)
















