×
×
  • AMOKSISILLIN kapsulalar  0,5 g N10

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AMOKSISILLIN kapsulalar 0,5 g N10

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- NOVO FARM KOMPLEKT ООО
ATX kodi:
- J01CA04
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 9 ta dorixonasida topildi

O'xshash dorilar

LEVOFLOKSASIN eritma 100ml 0,5% Reka-Med Farm, СП ООО O'zbekiston
6 570 s`om dan
AUGMENTIN tabletkalari 375mg N20 GlaxoSmithKline Export Limited, Великобритания произведено: SmithKline Beecham Limited Buyuk Britaniya
DOKSILAN tabletkalari 100mg N10 Валеант, ООО, Россия произведено: G.L. Pharma GmbH Avstriya
41 400 s`om dan
VRAGDIAREYa tabletkalari 400mg N100 Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Pharmaceuticals Ltd. Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
AMOKSISILLIN kapsulalar 0,5 g N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

AMOKSISILLIN

AMOXICILLIN

 

Preparatning savdo nomi: amoksisillin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): amoksisillin

Dori shakli: kapsula.

Tarkibi:

har bir amoksisillin 500 mg kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 500 mg amoksisillin amoksisillin trigidratiga ekvivalent;

yordamchi moddalar: magniy stearati, talk.

har bir amoksisillin 250 mg kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 250 mg amoksisillin amoksisillin trigidratiga ekvivalent;

yordamchi moddalar: magniy stearati, talk.

Ta‘rifi: qopqog‘i olcha rangli, korpusi sariq rangli qattiq jelatin kapsulalar. Kapsula tarkibi – oqdan biroz sarg‘ish ranggacha bo‘lgan kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: Antibiotik (penisillinlar guruhi).

ATX kodi: J01CA04

Farmakologik hususiyatlari

Amoksisillin – keng ta‘sir doirali antibiotik bo‘lib, aminopenisillin kislotasining hosilasidir. Antabakterial, bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi. Transpeptidazani ingibirlaydi, petidoglikainning sintezini bo‘linish va o‘sish davrida buzadi, mikroorganizmlarning lizisini chaqiradi.

Grammusbat va grammanfiy kokklar, ba‘zi grammanfiy tayoqchalarga nisbatan faol. β-laktamazalar tomonidan parchalanadi, shuning uchun r-laktamaza ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlar amoksisillinning ta‘siriga chidamli.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul kilinganida tez va deyarli to‘liq (93%) so‘riladi. 250 mg amoksisillin ichga qabul qilinganidan so‘ng plazmadagi maksimal konsentratщyasiga (3,5-5 mkg/ml) 1-2 soatdan keyin erishiladi. Nordon muxitda barqaror, ovqat qabul qilish so‘rilishiga ta‘sir qilmaydi. Turli to‘qima va a‘zolarga kiradi, gistogematik to‘siqlardan oson o‘tadi (o‘zgarmagan gematoensefalik to‘siq bundan mustasno). Yarim chiqarilish davri 1-1,5 soatni tashkil qiladi, buyraklarning faoliyati buzilganida yarim chiqarilish davri A12,6 soatgacha uzayadi. Nofaol metabolitlarni hosil qilib, qisman metabolizmga uchraydi. O‘zgarmagan ko‘rinishda (50-70%) buyraklar orqali chiqariladi. Ko‘p bo‘lmagan miqdorda ko‘krax suti bilan chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

Preparatta sezgar mikroorganizmlar chaqirgan infeksion-yallig‘lanish kasalliklari:

– nafas azolarining infeksiyalari;

– siydik-jinsiy tizimi a‘zolarining infeksiyalari;

– MIY a‘zolarining infeksiyalari;

– teri va yumshok to‘qimalarning infeksiyalari.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat ichga qabul qilinadi. Dozalash tartibi kasallikning og‘irligi, qo‘zg‘atuvchining preparatta sezgirligi, pasientning yoshini hisobga olib shaxsiy belgilanadi. Kattalar uchun bir martalik doza 0,5 g kuniga uch marta. Kasallikning og‘ir kechishida doza 1,0 g gacha, sutkada 3 marta oshiriladi. 5 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 0,25 g dan kuniga 3 marta buyuriladi;

– 2 yoщdan 5 yoshgacha – 0,125 g dan kuniga 3 marta;

– 2 yoshgacha – kg tana vazniga 0,02 g hisobidan, hisoblangan sutkalik doza 3 qabulga bo‘linadi. Davolash kursi 5-12 kun. Asoratlanmagan gonoreyani davolash uchun 3 g preparat qabulga buyuriladi; amoksisillin bilan bir vaqtda 1,0 g probenisid buyurish maqsadga muvofiq. Buyraklar faoliyati buzilgan pasientlarda preparatning dozasi 15-50% ga kamaytiriladi yoki qabullar orasidagi interval 24 soatgacha oshiriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

MIY tomonidan: kam – diareya, anus soxasida qichishish; dispepsiya bo‘lishi mumkin; ayrim xollarda — psevdomembranoz va gemorragik kolitlar.

Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: kam — interstisial nefrit rivojlanishi;

Qon yaratish a‘zolari tomonidan: kam – agranulositoz, trombositopeniya.

Allergik reaksiyalar: teri reaksiyalari, asosan spesifik makulopapulyozli toshma ko‘rinishida; kam – ko‘pshaklli eritma, Stivens-Djonson sindromi; ayrim kollarda — anafilaktik shok, angionevrotik shish.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatga va boshqa beta-laktam antibiotiklarga yuqori sezuvchanlik; infeksion mononukleoz va limfatik turdagi leykemoid reaksiyalar.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Probenisid, fenilbutazon, oskifenbutazon, kamrok, darajada – asetilsalisil kislotasi va sulfinpirazon penisillinlar qatori preparatlarning naychalar sekresiyasini bostiradi, bu yarim chiqarilish davrining va plazmada amoksisillinning konsentrasiyasini oshishiga olib keladi. Amoksisillin faqat ko‘payayotgan mikroorganizmlarga ta‘sir qiladi, shuning uchun uni bakteriostatik ta‘sir qiluvchi, mikroblarga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas. Qo‘zg‘atuvchining amoksisillinga sezgirligini musbat sinamalari bo‘lganida, boshqa bakterisid antibiotiklar (sefalospirinlar, aminogikozidlar) bilan majmuada qo‘llash mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Buyraklarning og‘ir buzilishlarida (kreatinin klirensi 10 ml/min dan kam) yuborishlar orasidagi intervalni 12-24 soatgacha oshirish kerak. Eshakemi va toshmali isitmada extiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Uzoq muddat davolash jarayonida jigar, buyraklar faoliyatini va gemopoezni vaqti-vaqti bilan nazorat qilish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, suv-elektrolit muvozanatini buzilishi.

Davolash: medani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir, tuzli surgilarni buyurish, suv- elektrolit muvozanatini to‘g‘rilash, gemodializ.

Chiqarilish shakli

10 kapsuladan PVX plyonka va alyumin folga blisterda.

10 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AMOKSISILLIN kapsulalar 0,5 g N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AMOKSISILLIN kapsulalar 0,5 g N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AMOKSISILLIN kapsulalar 0,5 g N10 dori vositasi NOVO FARM KOMPLEKT ООО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AMOKSISILLIN kapsulalar 0,5 g N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AMOKSISILLIN kapsulalar 0,5 g N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
AMOKSISILLIN kapsulalar 0,25 g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NOVO FARM KOMPLEKT ООО
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9