Apteka.uz
SavatKirish

UROFOS poroshok 3g N1

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Turkiya
Kategoriya:Antibiotiklar
Ishlab chiqaruvchi:GM Pharmaceuticals Ltd, OOO, Gruziya proizvedeno: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
Vakil:GMP
ATX kodi:J01XX01
Barcha Urofosfabol dorilari
1 ta dorixonada bor
Narxi 59 800 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

UROFOS poroshok 3g N1 haqida qo'llanma

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Faol modda: 5,631 g fosfomitsin trometamoli (3 g fosfomitsinga ekvivalent).
Yordamchi moddalar: saxaroza (maydalangan), suvsiz kolloid kremniy dioksidi, apelsin essensiyasi, mandarin essensiyasi, natriy saxarini.

Qo'llanilishi

Har bir paketcha 5,631 g fosfomitsin trometamoli (3 g fosfomitsinga ekvivalent) saqlaydi. UROFOS tizimli qoʻllash uchun antibiotiklar guruhiga kiritilgan. UROFOS 8 g li bir yoki ikki paketcha koʻrinishida taqdim etilgan. 3 g fosfomitsin granulalari fosfomitsinga sezgir patogenlar chaqirgan ayollarda quyi siydik chiqarish yoʻllarining oʻtkir asoratlanmagan infeksiyalarini davolashda buyuriladi. Shuningdek UROFOS diagnostik va jarroxlik muolajalarida profilaktika uchun buyuriladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

agar sizda faol modda yoki UROFOS ning boshqa komponentlariga allergiya (oʻta yuqori sezuvchanlik) boʻlsa;
agar sizda oʻtkir buyrak yetishmovchiligi boʻlsa, agar siz gemodializda boʻlsangiz;
agar sizda fruktozani oʻzlashtiraolmaslikning tugʻma muammolari, glyukozo-galaktoz malabsorbsiya va sukroza-izomaltaza tanqisligi boʻlsa, UROFOS ni qabul qilishdan oldin davolovchi shifokoringizga murojaat eting.


UROFOS ni qabul qilganda quyidagi holatlarda ehtiyotkorlikka rioya qiling:

agar sizda diabet boʻlsa, har bir paket 2,173 g saxaroza saqlanishini eʼtiborga oling;
agar sizda yuqori siydik yoʻllarining infeksiyasi, masalan buyrakni yalligʻlanishi (nefrit, piyelonefrit va boshqalar) boʻlsa UROFOS tavsiya etilmaydi;
agar sizda davolash vaqtida yoki davolagandan keyin ogʻir va oʻtib ketmaydigan diareya boʻlsa, sizda ehtimol ichak yalligʻlanishi (soxtamembranoz kolit) boʻlishi mumkin.
Anamnezda yoki hozirda yuqorida koʻrsatilgan simptomlar boʻlganida, bu haqida davolovchi shifokoringizga xabar bering.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Dispepsiyani davolashda qoʻllanadigan metoklopramid fosfomitsin bilan birga qoʻllanilgan hollarda zardobda fosfomitsinning konsentratsiyasini va uni siydikka chiqarilishini pasayishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun metoklopramidni UROFOS bilan birga qoʻllash mumkin emas.

Dispepsiya yoki meʼda yarasida qoʻllanadigan simetidin UROFOS bilan birga qoʻllanilgan hollarda fosfomitsinning farmakokinetikasi va siydikdagi konsentratsiyasiga taʼsir koʻrsatmaydi.

UROFOS MIY peristaltikasini kuchaytiruvchi preparatlar bilan majmuada qabul qilingan vaqtida diareyaga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Qanday preparatlar qabul qilayotganligingiz yoki yaqinda qabul qilganligingiz, hatto bu preparatlar retseptsiz berilsa ham, har doim shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.

Dozirovkasi

Ovqat fosfomitsin trometamolining soʻrilishini sekinlashtiradi va qisqartiradi, bu qon va siydikda konsentratsiyasini pasayishiga olib keladi.

UROFOS ni och qoringa (ovqat qabul qilgandan keyin 2-3 oʻtgach), qovuq boʻshatilgandan keyin uyqudan oldin qabul qilgan afzal.

Bolalar uchun qo'llanilishi

Chaqaloqlar va 12 yoshgacha boʻlgan bolalarda xavfsizligi va samaradorligi nazoratlangan tadqiqotlarda aniqlanmaganligi tufayli, UROFOS ni chaqaloqlar va 12 yoshgacha boʻlgan bolalarni davolash uchun tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.



Preparatni homiladorlik vaqtida qabul qilish haqida yetarli maʼlumotlar yoʻq.



Agar siz davolash vaqtida homiladorligingiz aniqlansa, darhol shifokor yoki farmatsevtga xabar bering.



Laktatsiya davri

Preparatni qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

Fosfomitsinni koʻkrak sutiga oʻtishi mumkinligi haqida maʼlumotlar yoʻq. Koʻpgina dori preparatlarini koʻkrak sutiga oʻtishi natijasida va UROFOS ni qabul qilish tufayli emizikli bolalarda jiddiy nojoʻya reaksiyalar potensiali tufayli, preparatni ona uchun muhimligini hisobga olib preparatni qabul qilishni toʻxtatish yoki qabul qilmaslik haqida qaror qabul qilinishi kerak.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. UROFOS poroshok 3g N1 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

UROFOS poroshok 3g N1 o'xshash dorilari

MOLOKS-IN eritma 250ml 400mg/250ml N1
Retseptli
MOLOKS-IN eritma 250ml 400mg/250ml N1
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
CCL Pharmaceuticals (Pvt) Ltd
Narxi
115 964 so'm dan
AZIDIAR 500 tabletkalari 500mg N3
Retseptli
AZIDIAR 500 tabletkalari 500mg N3
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
•9 ta dorixonada bor
Narxi
14 500 so'm dan
AVIFLOKS tabletkalari 500mg N5
Retseptli
AVIFLOKS tabletkalari 500mg N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd.
•34 ta dorixonada bor
Narxi
9 400 so'm dan
AZIADJIO 200 suspenziya 15ml 200mg/5ml
Retseptli
AZIADJIO 200 suspenziya 15ml 200mg/5ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
•1 ta dorixonada bor
Narxi
32 500 so'm dan
Analoglar UROFOS poroshok 3g N1
Analoglari yo'q

UROFOS poroshok 3g N1 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Top-Pharm №4
Chilonzor tumani, 9 kvartal, Cho'pon ota ko'ch., 17 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
60 800 so'm
Top-Pharm №7
Sergeli tumani, Yangi sergeli, 2A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
61 800 so'm
Top-Pharm №16
Mirzo Ulug'bek tumani, Sayram ko'ch., 35 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
61 900 so'm
Top-Pharm №3
Bektemir tumani, Husayn Boyqaro ko'ch, 35
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
61 900 so'm

UROFOS poroshok 3g N1 haqida savollar

UROFOS poroshok 3g N1 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil