Ташкент
logo
SavatKirish

Urofosfabol

Urofosfabol chiqarish shakllari

UROFOS poroshok 3g N1
Retseptli
UROFOS poroshok 3g N1
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
GM Pharmaceuticals Ltd, OOO, Gruziya proizvedeno: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
•1 ta dorixonada bor
Narxi
59 800 so'm dan
- Urofosfabol qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Urofosfabolning tarkibi
- Urofosfabol ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Urofosfabol narxi Toshkent dorixonalarida

Urofosfabol qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Turkiya
Kategoriya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

agar sizda faol modda yoki UROFOS ning boshqa komponentlariga allergiya (oʻta yuqori sezuvchanlik) boʻlsa;
agar sizda oʻtkir buyrak yetishmovchiligi boʻlsa, agar siz gemodializda boʻlsangiz;
agar sizda fruktozani oʻzlashtiraolmaslikning tugʻma muammolari, glyukozo-galaktoz malabsorbsiya va sukroza-izomaltaza tanqisligi boʻlsa, UROFOS ni qabul qilishdan oldin davolovchi shifokoringizga murojaat eting.


UROFOS ni qabul qilganda quyidagi holatlarda ehtiyotkorlikka rioya qiling:

agar sizda diabet boʻlsa, har bir paket 2,173 g saxaroza saqlanishini eʼtiborga oling;
agar sizda yuqori siydik yoʻllarining infeksiyasi, masalan buyrakni yalligʻlanishi (nefrit, piyelonefrit va boshqalar) boʻlsa UROFOS tavsiya etilmaydi;
agar sizda davolash vaqtida yoki davolagandan keyin ogʻir va oʻtib ketmaydigan diareya boʻlsa, sizda ehtimol ichak yalligʻlanishi (soxtamembranoz kolit) boʻlishi mumkin.
Anamnezda yoki hozirda yuqorida koʻrsatilgan simptomlar boʻlganida, bu haqida davolovchi shifokoringizga xabar bering.

Bolalar uchun qo'llanilishi

Chaqaloqlar va 12 yoshgacha boʻlgan bolalarda xavfsizligi va samaradorligi nazoratlangan tadqiqotlarda aniqlanmaganligi tufayli, UROFOS ni chaqaloqlar va 12 yoshgacha boʻlgan bolalarni davolash uchun tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.



Preparatni homiladorlik vaqtida qabul qilish haqida yetarli maʼlumotlar yoʻq.



Agar siz davolash vaqtida homiladorligingiz aniqlansa, darhol shifokor yoki farmatsevtga xabar bering.



Laktatsiya davri

Preparatni qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

Fosfomitsinni koʻkrak sutiga oʻtishi mumkinligi haqida maʼlumotlar yoʻq. Koʻpgina dori preparatlarini koʻkrak sutiga oʻtishi natijasida va UROFOS ni qabul qilish tufayli emizikli bolalarda jiddiy nojoʻya reaksiyalar potensiali tufayli, preparatni ona uchun muhimligini hisobga olib preparatni qabul qilishni toʻxtatish yoki qabul qilmaslik haqida qaror qabul qilinishi kerak.

Dozirovkasi

Ovqat fosfomitsin trometamolining soʻrilishini sekinlashtiradi va qisqartiradi, bu qon va siydikda konsentratsiyasini pasayishiga olib keladi.

UROFOS ni och qoringa (ovqat qabul qilgandan keyin 2-3 oʻtgach), qovuq boʻshatilgandan keyin uyqudan oldin qabul qilgan afzal.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Dispepsiyani davolashda qoʻllanadigan metoklopramid fosfomitsin bilan birga qoʻllanilgan hollarda zardobda fosfomitsinning konsentratsiyasini va uni siydikka chiqarilishini pasayishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun metoklopramidni UROFOS bilan birga qoʻllash mumkin emas.

Dispepsiya yoki meʼda yarasida qoʻllanadigan simetidin UROFOS bilan birga qoʻllanilgan hollarda fosfomitsinning farmakokinetikasi va siydikdagi konsentratsiyasiga taʼsir koʻrsatmaydi.

UROFOS MIY peristaltikasini kuchaytiruvchi preparatlar bilan majmuada qabul qilingan vaqtida diareyaga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Qanday preparatlar qabul qilayotganligingiz yoki yaqinda qabul qilganligingiz, hatto bu preparatlar retseptsiz berilsa ham, har doim shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Faol modda: 5,631 g fosfomitsin trometamoli (3 g fosfomitsinga ekvivalent).
Yordamchi moddalar: saxaroza (maydalangan), suvsiz kolloid kremniy dioksidi, apelsin essensiyasi, mandarin essensiyasi, natriy saxarini.

Qo'llanilishi

Har bir paketcha 5,631 g fosfomitsin trometamoli (3 g fosfomitsinga ekvivalent) saqlaydi. UROFOS tizimli qoʻllash uchun antibiotiklar guruhiga kiritilgan. UROFOS 8 g li bir yoki ikki paketcha koʻrinishida taqdim etilgan. 3 g fosfomitsin granulalari fosfomitsinga sezgir patogenlar chaqirgan ayollarda quyi siydik chiqarish yoʻllarining oʻtkir asoratlanmagan infeksiyalarini davolashda buyuriladi. Shuningdek UROFOS diagnostik va jarroxlik muolajalarida profilaktika uchun buyuriladi.

Urofosfabol barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Urofosfabol savollari

Urofosfabol fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil