ANZIBEL tabletkalari N30

ANZIBEL tabletkalari N30 o'xshash dorilari



ANZIBEL tabletkalari N30 qo'llanmasi
Benzokain – kimyoviy tuzilishiga ko'ra 4-aminobenzoy kislotasining murakkab efiri bo'lgan mahalliy anesteтик, ko'pchilik mahalliy anestetiklar kabi, og'iz bo'shlig'i va tomoq shilliq qavati orqali tez so'riladi, asosan qon plazmasida va kamroq darajada jigarda esteraza fermenti ta'sirida gidrolizlanadi, oz miqdori plazma oqsillari bilan bog'lanadi.
Xlorgeksidin, o'zining kation faol tabiati tufayli, teri, shilliq qavat va boshqa to'qimalar bilan mustahkam bog'lanadi va shu tariqa juda yomon so'riladi. Ichga qabul qilingandan so'ng qon plazmasida xlorgeksidin kontsentratsiyasi aniqlanmaydi.
Enoksolon – glitsirrizin kislotasidan ajratib olingan kompleks triterpen bo'lib, yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi.
Shimish uchun tabletkalar ANZIBEL xlorgeksidinning antiseptik samarasi, enoksolonning bukkofaringeal (yonoq-halqum) shilliq qavatiga yallig‘lanishga qarshi samarasi va benzokainning mahalliy anesteziya qiluvchi samarasi hisobiga og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning rotoglotka sohasida mahalliy ta’sirlanish ko‘rinishida namoyon bo‘luvchi infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun qo‘llaniladi.
Kamdan-kam hollarda:
- ovqat hazm qilish, ta'mning buzilishi, tish pigmentatsiyasi;
- gipertenziya;
- yuqori sezuvchanlik reaksiyasi: toshma, qichishish, teri shishi, nafas olishning qiyinlashishi (benzokainga, prokain, tetrakain kabi 4-aminobenzoy kislotasi hosilalari bo'lgan boshqa preparatlarga yuqori sezuvchanligi bo'lgan bemorlarda).
Preparat tarkibida sportchilarda doping-testining ijobiy natijasini berishi mumkin bo'lgan benzokain borligini nazarda tutish kerak.
ANZIBEL shimish uchun har bir tabletkasi sorbitol saqlaydi, u me'da shilliq qavatining ta'sirlanishini va diareyani chaqirishi mumkin.
Preparatni fruktozani nasliy o'zlashtiraolmasligi bo'lgan bemorlar qabul qilmasliklari kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davri
ANZIBEL shimish uchun preparatining homiladorlik va laktatsiya davridagi ta'siri o'rganilmagan.
Dori vositasining transport vositasini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirining o'ziga xosligi
Davolash davrida avtomobilni boshqarish yoki boshqa potensial xavfli mexanizmlar bilan bog'liq faoliyatga qandaydir cheklovlar zarurligidan dalolat beruvchi ma'lumotlar yo'q.
- preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- fenilketonuriya;
- 6 yoshgacha bo'lgan bolalar;
- homiladorlik va laktatsiya davri;
- irsiy fruktoza o'zlashtiraolmaslik.
ANZIBELning boshqa dori preparatlari bilan o'zaro ta'sir holatlari qayd etilmagan. Preparatni og'iz bo'shlig'ida shimish uchun mo'ljallangan boshqa antiseptiklar bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga:
Tabletka og'iz bo'shlig'ida 2-3 soatlik oraliq bilan sekin shimiladi (chaynalmaydi). Og'iz bo'shlig'i va halqumning o'tkir yallig'lanish kasalliklari va surunkali kasalliklar zo'rayishida maksimal sutkalik doza - sutkasiga 8 tabletka. Davolash kursi 7 kundan oshmasligi kerak.
6 dan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga:
Tabletka og'iz bo'shlig'ida 4-5 soatlik oraliq bilan sekin shimiladi (chaynalmaydi). Og'iz bo'shlig'i va halqumning o'tkir va surunkali yallig'lanish kasalliklari zo'rayishini davolash va oldini olishda maksimal sutkalik doza - 6 tabletka. Davolash kursi 7 kundan oshmasligi kerak.
Anzibel boshqa chiqarish shakllari




ANZIBEL tabletkalari N30 analoglari









