Apteka.uz
SavatKirish

ASESOL infuziya uchun eritma 250ml

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:

Tuzli eritma

Ishlab chiqaruvchi:Jurabek Laboratories OT MChJ
ATX kodi:B05BB
Barcha Atsesol dorilari
17 ta dorixonada bor
Narxi 3 400 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 17 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

ASESOL infuziya uchun eritma 250ml haqida qo'llanma

Sotish shartlari

Retsept bo‘yicha.

Tarkibi

faol moddalar: natriy atsetati trigidrati – 2,0 g, natriy xloridi – 5,0 g, kaliy xloridi – 1,0 g. yordamchi modda: in’eksiya uchun suv -1 l gacha

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi: faol moddalar: natriy atsetati trigidrati – 2,0 g, natriy xloridi – 5,0 g, kaliy xloridi – 1,0 g.

yordamchi modda: in’eksiya uchun suv -1 l gacha

Chiqarilish shakli

Infuziya uchun eritma 250, 400 ml dan flakonlarda.

Farmakodinamikasi

Gemodinamik va dezintoksikatsion ta’sir ko‘rsatadi: Gipovolemiyani kamaytiradi, qonning quyuqlashishini va metabolik atsidozni oldini oladi, kapillyar qon aylanishini yaxshilaydi, diurezni ko‘paytiradi.

Farmakokinetikasi

Preparat qonda qisqa vaqt ushlanadi. Qondan tez chiqariladi va interstitsial va xujayra ichi bo‘shliqqa o‘tadi. Diurezni kuchaytirib, buyraklar orqali chiqariladi.

Dori shakli

Infuziya uchun eritma

Nojo'ya samaralari

Giperkaliyemiya rivojlanishi mumkin. Preparatning xar qanday komponentlariga alohida yuqori sezuvchanlikda allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalari

Davolash gematokrit va elektrolitlar konsentratsiyasi nazorati ostida o‘tkaziladi. Buyrakning ajratib chiqarish faoliyati buzilgan bemorlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi Homiladorlik davrida preparatni qo‘llash, agar onada kutilayotgan davo ta’siri, homila va bolaga bo‘lgan xavfdan yuqori bo‘lganda mumkin (homilador va emizikli ayollarda foydalanish xavfsizligini adekvat va qat’iy nazorat qilish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan). Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Preparatning transport vositalarini boshqarish va psixomotor reaksiyalarning tezligini va e’tiborning yuqori konsentratsiyasini talab qiladigan boshqa xavfli faoliyatlar bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta’sirini baholash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Qo'llanilishi

Turli kasalliklarda (o‘tkir dizenteriya, ovqat toksikoinfeksiyalari, xolera va b.) paydo bo‘ladigan organizmning degidratatsiyasi va intoksikatsiyasida qo‘llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- preparat komponentlariga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik - giperkaliyemiya, gipernatriyemiya; - alkaloz; - surunkali buyrak va jigar yetishmovchiligi; - Organizmga katta miqdorda suyuqlik yuborishga qarshi ko‘rsatma bo‘lganda (gipergidratatsiya, o‘pkalar, miya shishi va boshqalar) qo‘llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Giperkaliyemiya xavfi (qonda kaliy darajasining oshishi) rivojlanishi tufayli kaliy preparatlari yoki kaliy saqlovchi diuretiklar bilan “Atsesol” eritmasini buyurish tavsiya etilmaydi. Atsesol eritmasi gemodinamik kolloid qon o‘rnini bosuvchilar bilan mos keladi (o‘zaro davolash ta’sirini oshiradi).

Ta'rifi

Rangsiz, tiniq suyuqlik.

Dozirovkasi

Vena ichiga oqim bilan yoki tomchilab yuboriladi. Eritmani qo‘llashdan oldin +36-380S gacha isitiladi. Kasallikning og‘ir shakllarida 1 soat davomida bemorning tana vazniga 7-10% miqdorda, oqim bilan yuboriladi, so‘ngra oqim bilan yuborishni minutiga 40-120 tomchi tezlikda 24-48 soat davomida tomchilab yuborishga almashtiriladi. Kasallikning yengilroq shakllarida preparatni tomchilab yuborish bilan cheklanish mumkin. Eritma suyuqlik hajmini tiklanishi uchun yetarli miqdorda yuboriladi. Preparatni qo‘llash gematokrit va qondagi elektrolitlar konsentratsiyasini nazorati ostida o‘tkaziladi. Yuborilgan va yo‘qotilgan suyuqlikning muvozanati har 6 soatda aniqlanadi. Yuborilgan eritmaning umumiy miqdori, najas, qusiq massasi, siydik va ter bilan ajralgan suyuqlik xajmi bilan mos kelishi kerak. Bolalar Bolalarda preparatni qo‘llash bo‘yicha cheklovlar haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Rejimni laboratoriya ko‘rsatkichlari va bolaning tana vazniga qarab moslash kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Belgilari: surunkali buyrak kasalligi yoki organizmdan kaliy ajralishining buzilishi bilan kechadigan har qanday kasalliklarda yoki preparatni v\i ga juda tez yuborilganda giperkaliyemiya rivojlanishi mumkin. Giperkaliyemiyaning erta klinik ko‘rinishlari (R-tishining o‘tkirlashishi,U tishininig yo‘qolishi, ST segmentining pasayishi va QT intervalining cho‘zilishi) odatda zardobda kaliy konsentratsiyasi 7 dan 8 mekv/l gacha bo‘lganda paydo bo‘ladi. O‘limga olib keladigan giperkaliyemiya tez rivojlanishi va simptomsiz kechishi mumkinligini e’tiborga olish kerak. Davolash: preparatni bekor qilish, giperkaliyemiya holatlarida - preparat elektrolit muvozanati normallashguncha "Disol" eritmasi bilan almashtiriladi. Zarur bo‘lganda gemodializ va peritoneal dializ amalga oshiriladi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. ASESOL infuziya uchun eritma 250ml preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

ASESOL infuziya uchun eritma 250ml o'xshash dorilari

TIVOMAKS-DARNISA infuziya uchun eritma 100ml 42mg/ml
Retseptli
TIVOMAKS-DARNISA infuziya uchun eritma 100ml 42mg/ml
Ukraina
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
CHAO «Farmasevticheskaya firma «Darnisa».
Narxi
38 000 so'm dan
TIVOMAKS-DARNISA infuziya uchun eritma 100ml 42mg/ml
Retseptli
TIVOMAKS-DARNISA infuziya uchun eritma 100ml 42mg/ml
Ukraina
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
CHAO «Farmasevticheskaya firma «Darnisa».
Narxi
38 000 so'm dan
NEFROTEKT infuziya uchun eritma 250ml
Retseptli
NEFROTEKT infuziya uchun eritma 250ml
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Germaniya Fresenius Kabi Austria GmbH, Avstriya
•1 ta dorixonada bor
Narxi
157 500 so'm dan
NATALSID suppozitorii 250mg N10
Retseptsiz
NATALSID suppozitorii 250mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
•1 ta dorixonada bor
Narxi
108 700 so'm dan

Atsesol boshqa chiqarish shakllari

ASESOL eritma 250ml
Retseptli
ASESOL eritma 250ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Samarkand England Ecomedical, SP OOO
Narxi
3 400 so'm dan
ASESOL eritma 200ml
Retseptli
ASESOL eritma 200ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, NPP
Narxi
2 400 so'm dan

ASESOL infuziya uchun eritma 250ml analoglari

ASESOL eritma 250ml
Retseptli
ASESOL eritma 250ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Samarkand England Ecomedical, SP OOO
Narxi
3 400 so'm dan
ASESOL eritma 200ml
Retseptli
ASESOL eritma 200ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, NPP
Narxi
2 400 so'm dan

ASESOL infuziya uchun eritma 250ml narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Target Farm №7
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk ipak yo'li ko'ch., 299 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
8 500 so'm
Bron qilish
Target Farm №1
Mirzo Ulug'bek tumani, Yuzrabot ko'ch., 1A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
8 500 so'm
Bron qilish
Ifor Pharma №3
Mirzo Ulug'bek tumani, Oqqo'rg'on ko'ch., 26 uy, 1 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
5 000 so'm
Top-Pharm №7
Sergeli tumani, Yangi sergeli, 2A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
5 200 so'm
Top-Pharm №14
Olmazor tumani, Qoraqamish 2/4 ko'ch., 8A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
6 400 so'm
Barokat Farm №2
Mirobod tumani, Chexov ko'ch., 10-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
7 000 so'm
Top-Pharm №3
Bektemir tumani, Husayn Boyqaro ko'ch, 35
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
7 900 so'm
Top-Pharm №16
Mirzo Ulug'bek tumani, Sayram ko'ch., 35 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
7 900 so'm
Azizbek-Farm-Plyus
Yangihayot tumani, Qo'rg'ontepa ko'ch., 23 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-22:00
9 000 so'm
Dorixona 4+
Yunusobod tumani, 11 daha, Ahmad Donish ko'ch., 9 savdo rastasi
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:30
10 000 so'm

ASESOL infuziya uchun eritma 250ml haqida savollar

ASESOL infuziya uchun eritma 250ml haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil