Ташкент
logo
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Antibiotiklar  / AZIDIAR suspenziya 200mg/5ml 15ml N1

AZIDIAR suspenziya 200mg/5ml 15ml N1

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Kategoriya:Antibiotiklar
Faol modda:Azitromisin
Ishlab chiqaruvchi:Isshaan Healthcare Pvt. Ltd.
ATX kodi:J01FA10
Barcha AZIDIAR dorilari
2 ta dorixonada bor
Narxi 24 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 2 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

AZIDIAR suspenziya 200mg/5ml 15ml N1 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Qahrabo rangli PET flakonda. Har bir flakon o'lchov pipetkasi va tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.

Farmakodinamikasi

Azitromisin makrolid antibiotiklar guruhining vakili – azalid hisoblanadi. Preparat keng ta'sir doirasiga ega. Azitromisinning ta'sir mexanizmi – 50S-ribosomal subbirliklar bilan bog'lanishi orqali bakteriyalardagi oqsillar sintezini ingibitsiya qilishdan iborat.

Azitromisin grammusbat va grammanfiy bakteriyalarning keng doirasiga nisbatan faol:

Grammusbat kokklar: Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes (β-gemolitik streptokokklarning A guruhi), Staphylococcus aureus, Staphylococcus epidermidis,. Grammusbat tayoqchalar: Clostridium perfringens (eritromisinga nisbatan faolroq); Corynebacterium diphtheriae; Listeria monocytogenes; Bacillus anthracis, Propionobacterium acnes, Nocardia spp. (ba'zi shtammlari).

Grammanfiy mikroorganizmlar: Legionella pneumophila, Campylobacter jejuni va Bordetella pertussis, Haemophilus influenzae (eritromisin i klaritromisinga nisbatan faolroq), Haemophilus ducrei, Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitides, Pasteurella multocida, Borrelia spp., Brucella spp. ni ba'zi shtammlari, Flavobacterium spp.

Escherichia coli ni ko'pchilik shtammlari, Salmonella spp. ni turlari (S. enterica), Shigella spp. i Aeromonas spp., Bacteroides fragilis.

Mikoplazmalar: Mycoplasma pneumoniae va hominis, Ureaplasma urealyticum; Chlamydia trachomatis, C. pneumoniae; spiroxetalar (Treponema pallidum); ba'zi grammanfiy anaeroblar: Actinomyces spp. ni ba'zi shtammlari.

Mycobacterium scrofulaceum i M. kansasii.

Stafilokokklar, enterokokklar va streptokokklarning eritromisinga chidamli ko'pchilik shtammlari, S. aureus ni metisillinga chidamli shtammlari, azitromisinga ham chidamlidir. Pseudomonas aeruginosa, Klebsiella spp. Enterobacter spp., Citrobacter spp., Proteus spp., Providencia spp., Morganella spp., Serracia spp. larning ba'zi turlari azitromisinga chidamli.

Farmakokinetikasi

Azitromisin og'iz orqali qabul qilinganida tez so'riladi va butun tana bo'ylab keng tarqaladi. Dori vositasi plazmada taxminan 0,4 mkg/ml cho'qqi kontsentrasiyasiga ichga qabul qilinganidan so'ng 2-3 soatdan keyin erishiladi. Azitromisinni to'qimalarga tez taqsimlanishi va hujayralardagi yuqori kontsentrasiyasi to'qimalarda plazma yoki zardobdagiga nisbatan ahamiyatli darajada yuqori kontsentrasiyalarda bo'lishiga olib keladi. Ko'p bo'lmagan miqdori jigarda dimetillanish yo'li bilan metabolizmga uchraydi, metabolitlari o't bilan, asosan, o'zgarmagan holda chiqariladi. Preparatning ko'p bo'lmagan miqdori (dozasining 12%) siydik bilan chiqariladi. Yakuniy yarim chiqarilish davri 68 soatni tashkil etadi.

Nojo'ya samaralari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, meteorizm, diareya, qorinda og'riq, jigar fermentlari faolligini tranzitor oshishi, kam hollarda – xolestatik sariqlik;

Allergik reaktsiyalar: kam hollarda – teri toshmasi, Kvinke shishi, eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz;

Dermatologik reaktsiyalar: kam hollarda – fotosensibilizasiya;

MNT tomonidan: bosh aylanishi, bosh og'rig'i, kam hollarda – uyquchanlik, holsizlik;

Qon yaratish tizimi tomonidan: kam hollarda – leykopeniya, neytropeniya, trombositopeniya;

Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: kam hollarda – ko'krakda og'riq;

Siydik jinsiy tizim tomonidan: vaginit, kam hollarda – kandidoz, nefrit, mochevinani qoldiq azotini oshishi;

Boshqalar: kam hollarda – giperglikemiya, bo'g'imlarda og'riq.

Maxsus saqlash sharoitlari

Azidiar preparatini ovqatlanishdan kamida bir soat oldin yoki ikki soat keyin qo'llash kerak. Alyuminiy va magniy saqlovchi antasidlar va azitromisinni bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi. Azitromisin jigar orqali chiqariladi, shuning uchun azitromisin jigar funktsiyasi buzilgan pasientlarga qo'llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Qo'llanilishi

Azidiar preparatini quyidagi kasalliklarni davolashda qo'llash mumkin:

‒    yuqori nafas yo'llarining infektsiyalari: bakterial faringit/tonzillit, sinusit va o'rta quloq otiti;

‒    quyi nafas yo'llarining infektsiyalari: bakterial bronxit, surunkali bronxitni o'tkir zo'rayishi, interstisial va alveolyar pnevmoniya;

‒    teri va yumshoq to'qimalarning infektsiyalari: migrasiyalanuvchi eritema (Laym kasalligini birinchi bosqichi), saramas, impetigo va ikkilamchi piodermiya;

‒    venerik kasalliklar: asoratlanmagan uretrit/tservisit;

‒    me'da va o'n ikki barmoqli ichakni, HelicobacterPylori chaqirgan yarasi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Azitromisin preparatini azitromisin, eritromisin va har qanday boshqa makrolidlarga ma'lum o'ta yuqori sezuvchanligi bo'lgan pasientlarga qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Azitromisin quyidagi preparatlar bilan bir vaqtda qo'llanganida quyidagi samaralar kuzatilishi mumkin:

-     Shoxkuya alkaloidlari: ergotizm bo'lish havfini istisno qilish mumkin emas;

-     Varfarin: varfarinning samarasini kuchayganligi ta'riflangan;

-     Digoksin yoki digitoksin: plazmada yurak glikozidlarining kontsentrasiyasini va glikozidlar bilan zaharlanishni sezilarli oshirishi mumkin;

-     Dizopiramid: qorinchalar fibrillyasiyasi hollari xaqida ta'riflangan;

-     Lovastatin: rabdomiolizni bir necha hollari ta'riflangan;

-     Rifabutin: neytropeniya va leykopeniyaning havfini oshiradi;

-     Tsiklosporin: tsiklosporinning metabolizmi buziladi, bu Tsiklosporin tomonidan chaqirilgan noxush va toksik reaktsiyalar havfini oshiradi.

Ta'rifi

sariq rangli suspenziya. 

Dozirovkasi

Kichik yoshdagi bolalar: dozasi va qo'llash tez-tezligi infektsiyani og'irligiga qarab aniqlanishi kerak.

Infektsiyalar

Tavsiya etilgan dozasi / davolash davomiyligi

O'tkir o'rta quloq otiti

10 mg/kg kuniga bir marta 3 kun davomida

O'tkir bakterial sinusit

10 mg/kg kuniga bir marta 3 kun davomida

Kasalxonadan tashqari pnevmoniya

10 mg/kg birinchi kun bir martalik doza ko'rinishida, so'ngra kuniga 5 mg/kg 2 dan 5 kungacha




Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi ko'rishni xiralashishini chaqirishi mumkin va infektsiyani takroran yuqish ehtimoli mavjud. Agar sizda infektsiyani takroran yuqishini biron bir belgilari paydo bo'lsa, shifokorga xabar bering.

     

 

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Azitromisin yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi. Homiladorlik vaqtida uni faqat ona uchun kutiladigan foyda homila uchun potentsial havfdan ustun bo'lgan hollardagina qo'llash mumkin. 

Homiladorlik va emizish vaqtida preparatni qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing. 


AZIDIAR boshqa chiqarish shakllari

AZIDIAR 250 tabletkalari 250mg N6
Retseptli
AZIDIAR 250 tabletkalari 250mg N6
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
•11 ta dorixonada bor
Narxi
17 000 so'm dan
AZIDIAR 500 tabletkalari 500mg N3
Retseptli
AZIDIAR 500 tabletkalari 500mg N3
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
•8 ta dorixonada bor
Narxi
21 300 so'm dan

AZIDIAR suspenziya 200mg/5ml 15ml N1 haqida savollar

AZIDIAR suspenziya 200mg/5ml 15ml N1 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilari

AZIDIAR suspenziya 200mg/5ml 15ml N1
AZIDIAR suspenziya 200mg/5ml 15ml N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd.
•2 ta dorixonada bor
Narxi
24 000 so'm dan
RIVISHAN kapsulalar  N30
RIVISHAN kapsulalar N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd.

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil