Apteka.uz
SavatKirish

BISILLIN 3 poroshok 1200000ed N50

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya:Antibiotiklar
Ishlab chiqaruvchi:Sintez AKOMPiI,OAO ("Sintez" OAO)
ATX kodi:J01CE30
Barcha Benzilpenitsillin dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

BISILLIN 3 poroshok 1200000ed N50 haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

Mushak ichiga yuborilgandan so'ng depodan benzilpenitsillin ajralib chiqishi bilan sekin so'riladi. Bir marta yuborilganda o'rtacha terapevtik kontsentratsiyada 6-7 sutka saqlanib turadi. Plazmada maksimal kontsentratsiyaga (TCmax) erishish uchun zarur bo'lgan vaqt - in'ektsiyadan so'ng 12--24 soat. 2,4 mln TB yuborilgandan so'ng 14-kuni qon zardobidagi kontsentratsiya 0,12 mkg/ml ni tashkil qiladi; 1,2 mln TB yuborilgandan so'ng 21-kuni - 0,06 mkg/ml (1 TB = 0,6 mkg). Suyuqliklarga o'tishi yuqori, to'qimalarga - past. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi - 40-60%. Yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi, ona sutida aniqlanadi. Arzimas darajada metabolizmga uchraydi, asosan buyraklar orqali o'zgarmagan holda chiqariladi.

Nojo'ya samaralari

Allergik reaksiyalar: eshakemi, angionevrotik shish, ko'p shaklli ekssudativ eritema, kam hollarda anafilaktik shok.

Artralgiya, isitma, eksfoliativ dermatit; stomatit, glossit; anemiya, trombotsitopeniya, leykopeniya, gipokoagulyatsiya.

Uzoq muddatli terapiyada - chidamli mikroorganizmlar va zamburug'lar keltirib chiqargan superinfektsiya.

Maxsus ko‘rsatmalari

Har qanday allergik reaksiya paydo bo'lganda davolashni darhol to'xtatish talab etiladi.

Teri ostiga, vena ichiga, endolyumbal, shuningdek tana bo'shliqlariga yuborish mumkin emas.

Tasodifan tomir ichiga yuborilganda o'tkinchi tushkunlik hissi, xavotir va ko'rish buzilishi (uane sindromi) qayd etilishi mumkin. Tomir ichiga yuborishdan saqlanish uchun m/i in'eksiya o'tkazishdan oldin ignaning tomirga tushish ehtimolini aniqlash maqsadida aspiratsiya qilish tavsiya etiladi.

Tanosil kasalliklarini davolashda, agar zaxmga shubha bo'lsa, terapiyani boshlashdan oldin va keyin 4 oy davomida mikroskopik va serologik tekshiruvlar o'tkazish zarur.

Zamburug'li shikastlanishlar rivojlanishi mumkinligi munosabati bilan B guruhi vitaminlari va askorbin kislotasini, zarurat tug'ilganda esa - nistatin va levorinni, infeksiya generalizatsiyasi belgilarida - flukonazolni tayinlash maqsadga muvofiq.

Shuni hisobga olish kerakki, preparatni yetarli bo'lmagan dozalarda qo'llash yoki davolashni juda erta to'xtatish ko'pincha qo'zg'atuvchilarning rezistent shtammlari paydo bo'lishiga olib keladi.

Kamdan-kam hollarda anafilaktik shok rivojlanishi mumkin. Anafilaktik shokning birinchi belgilari paydo bo'lganda bemorni ushbu holatdan chiqarish uchun shoshilinch choralar ko'rilishi kerak: norepinefrin, glyukokortikosteroidlar yuborish, zarurat tug'ilganda o'pkaning sun'iy ventilyatsiyasini o'tkazadilar.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Penicillin guruhi preparatlari va boshqa beta-laktam antibiotiklarga, prokain (novokain)ga yuqori sezuvchanlik.

Ehtiyotkorlik bilan: homiladorlik, laktatsiya davri, buyrak yetishmovchiligi, allergik kasalliklar, shu jumladan bronxial astma, pollinoz (shu jumladan anamnezda), soxtamembranoz kolit.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Bakteritsid antibiotiklar (shu jumladan sefalosporinlar, vankomitsin, rifampitsin, aminoglikozidlar) sinergik ta'sir ko'rsatadi; bakteriostatiklar (shu jumladan makrolidlar, xloramfenikol, linkozamidlar, tetratsiklinlar) - antagonistik.

Peroral kontratseptivlar va etinilestradiol samaradorligini pasaytiradi - "yorib o'tuvchi" qon ketishlar rivojlanish xavfi.

Diuretiklar, allopurinol, fenilbutazon, nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar naychalar sekretsiyasini kamaytirib, penitsillinlar konsentratsiyasini oshiradi. Allopurinol allergik reaksiyalar (teri toshmasi) rivojlanish xavfini oshiradi

Dozirovkasi

DozalashDumba mushagining yuqori tashqi kvadrantiga chuqur mushak ichiga 300 ming XB dozada yuboriladi. 2 ta in'ektsiya zarur bo'lganda, ular turli dumbalarga qilinadi. Takroriy in'ektsiyalar oldingi in'ektsiyadan keyin 4-sutkada amalga oshiriladi.

600 ming XB dozada 6 kunda 1 marta yuboriladi.

Birlamchi va ikkilamchi zaxmni davolashda preparatning bir martalik dozasi 1.8 mln XB ni tashkil qiladi. Davolash kursi 7 ta in'ektsiyadan iborat. Birinchi in'ektsiya 300 ming XB dozada o'tkaziladi, ikkinchi in'ektsiya - 1 sutkadan keyin to'liq bir martalik dozada, keyingi in'ektsiyalar haftada 2 marta to'liq bir martalik dozada o'tkaziladi.

Ikkilamchi qaytalanuvchi va yashirin erta zaxmni davolashda birinchi in'ektsiya uchun 300 ming XB doza, keyingi in'ektsiyalar uchun - 1.8 mln XB ishlatiladi. In'ektsiyalar haftada 2 marta o'tkaziladi. Davolash kursi - 14 in'ektsiya.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. BISILLIN 3 poroshok 1200000ed N50 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

BISILLIN 3 poroshok 1200000ed N50 o'xshash dorilari

LEVOFEV eritma 100 ml
Retseptli
LEVOFEV eritma 100 ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd
•16 ta dorixonada bor
Narxi
50 000 so'm dan
GENTAMISIN K inyeksiya uchun eritma 80mg/2ml N10
Retseptli
GENTAMISIN K inyeksiya uchun eritma 80mg/2ml N10
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
•86 ta dorixonada bor
Narxi
64 900 so'm dan
AZIADJIO 200 suspenziya 15ml 200mg/5ml
Retseptli
AZIADJIO 200 suspenziya 15ml 200mg/5ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
•1 ta dorixonada bor
Narxi
32 500 so'm dan
Analoglar BISILLIN 3 poroshok 1200000ed N50
Analoglari yo'q

BISILLIN 3 poroshok 1200000ed N50 haqida savollar

BISILLIN 3 poroshok 1200000ed N50 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil