BISILLIN 3 suspenziya 3600000ed N50

BISILLIN 3 suspenziya 3600000ed N50 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Mushak ichiga yuborilgandan so'ng depodan benzilpenitsillin ajralib chiqishi bilan sekin so'riladi. Bir marta yuborilganda o'rtacha terapevtik kontsentratsiyada 6-7 sutka saqlanib turadi. Plazmada maksimal kontsentratsiyaga (ТСmах) erishish uchun zarur bo'lgan vaqt - in'ektsiyadan so'ng 12-24 soat. 2,4 mln TB yuborilgandan so'ng 14-kuni qon zardobidagi kontsentratsiya 0,12 mkg/ml ni tashkil qiladi; 1,2 mln TB yuborilgandan so'ng 21-kuni - 0,06 mkg/ml (1 TB = 0,6 mkg). Suyuqliklarga o'tishi yuqori, to'qimalarga - past. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi - 40-60%. Yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi, ona sutida aniqlanadi. Arzimas darajada metabolizmga uchraydi, asosan buyraklar orqali o'zgarmagan holda chiqariladi.
Nojo'ya samaralari
Allergik reaksiyalar: eshakemi, angionevrotik shish, ko'p shaklli eritema, anafilaktik shok, artralgiya, isitma, eksfoliativ shish.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: stomatit, glossit.
Qon ivish tizimi tomonidan: anemiya, trombotsitopeniya, leykopeniya, gipokoagulyatsiya.
Boshqalar: uzoq muddat qo'llanilganda - superinfektsiya, mikozlar.
Maxsus saqlash sharoitlari
Allergik reaksiyalar rivojlanganda davolashni darhol to'xtatish kerak.
Anafilaktik shok rivojlanganda shokka qarshi terapiyani o'tkazish ko'rsatilgan (norepinefrin, GKS yuborish, O'SV o'tkazadilar).
Vena ichiga va endolyumbal yuborishga yo'l qo'yilmaydi, chunki Uane sindromi (tushkunlik, xavotir, paresteziyalar, ko'rish buzilishi) rivojlanishi mumkin.
Tanosil kasalliklarini davolashda, zaxmga shubha qilinganda, terapiyani boshlashdan oldin va keyin 4 oy davomida mikroskopik va serologik tekshiruvlar o'tkazish zarur.
Zamburug'li shikastlanishlar rivojlanishi mumkinligi sababli, zamburug'larga qarshi preparatlar (nistatin, levorin), shuningdek askorbin kislotasi va B guruhi vitaminlarini tayinlash maqsadga muvofiqdir.
Shuni hisobga olish kerakki, preparatni yetarli bo'lmagan dozalarda qo'llash yoki davolashni erta to'xtatish qo'zg'atuvchilarning rezistent shtammlari paydo bo'lishiga olib keladi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
—penitsillinlar va prokain (novokain)ga yuqori sezuvchanlik;
—bronxial astma;
—pichan isitmasi;
—boshqa allergik kasalliklar.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Bakteritsid antibiotiklar (shu jumladan sefalosporinlar, sikloserin, vankomitsin, rifampitsin, aminoglikozidlar) bilan bir vaqtda qo'llanilganda ta'sir sinergizmi qayd etiladi; bakteriostatik antibiotiklar (shu jumladan makrolidlar, xloramfenikol, linkozamidlar, tetratsiklinlar) bilan - antagonizm.
Bitsillin-3 peroral kontratseptivlar va etinilestradiol samaradorligini pasaytiradi (yorib o'tuvchi qon ketishlar rivojlanish xavfi).
Bitsillin-3 allopurinol bilan bir vaqtda qo'llanilganda allergik reaksiyalar rivojlanish xavfi ortadi.
Farmakokinetik o'zaro ta'sir
Bir vaqtda qo'llanilganda diuretiklar, allopurinol, fenilbutazon, NYAQV naychalar sekretsiyasini pasaytiradi va penitsillin konsentratsiyasini oshiradi.
Dozirovkasi
Preparat 600 000 XB dozada 6 kunda 1 marta yuboriladi.
Birlamchi va ikkilamchi zaxmni davolashda preparatning bir martalik dozasi 1.8 mln XB ni tashkil qiladi. Davolash kursi - 7 in'ektsiya. Birinchi in'ektsiya 300 000 XB dozada o'tkaziladi, ikkinchi in'ektsiya - 1 sutkadan keyin to'liq dozada (1.8 mln XB). Keyingi in'ektsiyalar haftada 2 marta o'tkaziladi.
Ikkilamchi qaytalanuvchi va yashirin erta zaxmni davolashda birinchi in'ektsiya uchun 300 000 XB doza, keyingi in'ektsiyalar uchun - 1.8 mln ishlatiladi. In'ektsiyalar haftada 2 marta o'tkaziladi. Davolash kursi - 14 in'ektsiya.
Preparatni vena ichiga yuborish taqiqlanadi.
Eritmani tayyorlash va yuborish qoidalari
Bitsillin-3 suspenziyasi bevosita ishlatishdan oldin tayyorlanadi. Preparatli flakonga 2-3 ml in'ektsiya uchun steril suv yoki izotonik natriy xlorid eritmasi yuboriladi. Flakondagi aralashma bir xil suspenziya (yoki quyqa) hosil bo'lguncha 30 soniya davomida (uzunlamasi o'q yo'nalishida) chayqatiladi, so'ngra dumbaning yuqori tashqi kvadrantiga chuqur mushak ichiga yuboriladi. In'ektsiyadan keyin dumbani ishqalash tavsiya etilmaydi.
BISILLIN 3 suspenziya 3600000ed N50 o'xshash dorilari

Benzilpenitsillin boshqa chiqarish shakllari









BISILLIN 3 suspenziya 3600000ed N50 analoglari


{
"data": {
"id": 31172,
"stores_apteka_id": null,
"slug": "bitsillin-3-600000ed-n50-flak-por-d-susp-v-m",
"stores_apteka_slug": null,
"name": "BISILLIN 3 suspenziya 3600000ed N50",
"brand_name": "BISILLIN 3",
"image": "uploads/iblock/623/6235aabba16d4f3213813dbaa3dae905.webp",
"atx_code": "J01CE30",
"drug_form_id": 5,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "prescription",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Sintez AKOMPiI,OAO ("Sintez" OAO)",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 480,
"slug": "antibiotiki",
"name": "Antibiotiklar",
"external_link_title": null,
"external_link": null
},
"drug_group": {
"id": 8787,
"slug": "benzilpenitsillin",
"name": "Benzilpenitsillin"
},
"is_purchasable": false,
"country": {
"id": 20,
"slug": "rossiya",
"name": "Rossiya Federatsiyasi"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 6498,
"slug": "benzatina-benzilpenitsillin",
"name": "Benzatina benzilpenisillin"
},
{
"id": 6509,
"slug": "benzilpenitsillin-prokaina",
"name": "Benzilpenisillin prokaina"
}
],
"tags": []
}
}






