VRAGDIAREYa suspenziya 60ml N1



VRAGDIAREYa suspenziya 60ml N1 qo'llanmasi
Suspenziyaning har 5 ml quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: 100 mg norfloksasin, 100 mg tinidazol;
yordamchi moddalar: natriy karmelloza, kaliy polakril, ksantan kamedi, suyuq sorbitol, metilgidroksibenzoat, propilgidroksibenzoat, natriy benzoat, natriy tsitrat, suvsiz limon kislotasi, saxaroza, natriy xlorid, sukraloza, mentol, sariq xinolin, banan xushbuyi, tozalangan suv.
60 ml qaxrabo rangli PET flakonlarda. Har bir flakon tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.
Tinidazol
Ichga qabul qilingandan keyin miy dan tez va deyarli to'liq so'riladi. Tinidazol Cmax (maksimal kontsentrasiyasi) ga 2 soat davomida erishiladi.
Organizmning barcha to'qimalariga yaxshi taqsimlanadi, yo'ldosh to'sig'i va GET, orqali o'tadi, ko'krak suti bilan ajralib chiqadi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi – taxminan 12%. Tinidazol jigarda biotransformasiyaga uchraydi. Taxminan 60-65% buyraklar orqali (shu jumladan 20-25% – o'zgarmagan holda), 12% – ichak orqali chiqariladi.
Norfloksasin
Ichga qabul qilinganida norfloksasin me'da-ichak yo'llaridan tez so'riladi, lekin to'liq emas. So'rilishi ovqat bilan birga qabul qilinganida sekinlashadi. Preparat 400 mg dozada qabul qilinganidan keyin 1-2 soat o'tgach qonda maksimal kontsentrasiyaga erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi 14% ni tashkil qiladi.
Norfloksasin organizmga taqsimlanib, qon zardobida, periferik to'qimalarda va siydikda terapevtik kontsentrasiyalarga erishiladi. O't-safro, buyrak parenximasida va prostatada, qon plazmasidagiga nisbatan yuqori kontsentrasiyalarga erishadi. Norfloksasin jigarda biotransformasiyaga uchraydi va metabolitlarni hosil qiladi, ular kon'yugasiya bo'lmagan shaklda siydik bilan chiqariladi. T1/2 taxminan 4 soatni tashkil qiladi.
Vragdiareya norfloksasin va tinidazolning majmuasi bo'lib va aralash ichak infektsiyalari, diareya va dizenteriyada keng antimikrob ta'sir doirasiga ega va samarali hisoblanadi.
Tinidazol sodda hayvonlar va anaerob bakterial infektsiyalar nisbatan faoldir, ularga qarshi norfloksasin nofaoldir.
Norfloksasin – keng ta'sir doirasiga ega bo'lgan antibakterial preparat, siydik-tanosil tizimi va me'da-ichak yo'llarining infektsiyalarini davolash uchun ishlatiladi. Uning antimikrob ta'sir doirasi aerob grammanfiy va aerob grammusbat bakteriyalarni o'z ichiga oladi.
Norfloksasin ftorxinolonlar guruhiga mansub bo'lgan, keng ta'sir doirasiga ega sintetik antibakterial agent hisoblanadi. U o'zining bakterisid samarasini DNK replikasiyasiga aloqador muhim ferment - DNK-girazaning α-subbirligini ingibitsiya qilishi hisobiga namoyon qiladi. Tinidazol mikroaerob sodda hayvonlar Giardia lamblia, Entamoeba histolytica va Trichomonas vaginalis va obligat anaerob bakteriyalarga qarshi mikroblarga qarshi ta'sir ko'rsatuvchi nitroimidazol hisoblanadi. Uning ta'siri DNK zanjirini shikastlanishi yoki ularning sintezini ingibitsiyasi bilan bog'liq.
Norfloksasin: Ayrim hollarda ko'ngil aynishi, bosh og'rig'i, bosh aylanishi, charchoqlik, toshmalar, qorinda og'riq, dispepsiya, uyquchanlik, depressiya, uyqusizlik, qabziyat, meteorizm va jig'ildon qaynashi kuzatilishi mumkin. Kamroq uchraydigan reaktsiyalar og'izni qurishi, diareya, isitma, qusish va eritemani o'z ichiga oladi.
Tinidazol: Og'izda metall ta'mi, ko'ngil aynishi, qusish, bosh og'rig'i, eshakemi, yuqori sezuvchanlik va erta leykopeniya bo'lishi mumkin.
Preparatni Markaziy nerv tizimini shikastlanishlari bo'lgan pasientlarda, anamnezida tirishishlar va buyrak yoki jigar faoliyatini buzilishlari bo'lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. 3 oydan kichik bolalarda preparatni qo'llashdan saqlanish kerak. Davolash vaqtida pasientlar to'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlarining ta'siridan saqlanishlari kerak. Bu misni qaytarish usuli yordamida siydikda glyukozani aniqlashda soxta-musbat reaktsiyasiga olib kelishi mumkin. Preparatni qonning patologik o'zgarishlari bo'lgan pasientlarda juda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Davolash vaqtida pasientlar suyuqlikni adekvat is'temol qilishlari kerak.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanishi
Preparatni homiladorlik vaqtida, ayniqsa birinchi uch oyligida va laktasiya davrida qo'llashdan saqlanish kerak.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi.
Amyobali, bakterial va aralash dizenteriya va diareyani davolash uchun qo'llanadi.
Ftorxinolonlar yoki nitroimidazollarga yuqori sezuvchanlik, qonning patologik o'zgarishlari, MNT ning faol kasalliklari, jiddiy nevrologik kasalliklar, tirishish xurujlari, alkogolizm, og'ir darajadagi jigar etishmovchiligi, laktasiya, tirishishlarda qo'llash mumkin emas.
Alkogol: Metronidazol, xabar berilganidek, ko'ngil aynishi, qusish, qorin og'rig'ini chaqirib, alkogol bilan disulfiramsimon o'zaro ta'sirga ega. Demak, tinidazol qabul qilayotgan pasientlar alkogol iste'mol qilishdan saqlanishlari kerak.
Probenesid: Norfloksasin bilan birga qo'llanganida probenesid norfloksasinni buyraklar orqali ekskresiyasini kamaytiradi.
Nitrofurantoin: Nitrofurantoin norfloksasinning antibakterial samarasini kamaytiradi.
Teofillin: norfloksasin bilan birga qo'llanganida plazmada teofillinning miqdori oshadi.
Peroral antikoagulyantlar: Norfloksasin, boshqa xinolonlar kabi, peroral antikoagulyantlarning samarasini kuchaytirishi mumkin.
Multivitaminlar: Polivitaminlar, temir va rux saqlovchi mahsulotlar, antasidlar yoki sukralfatni norfloksasin bilan bir vaqtda yoki norfloksasinni qabul qilishdan oldin 2 soat davomida yoki keyin buyurish mumkin emassariq rangli suspenziya.
2 yoshdan 5 yoshgacha bo'lgan bolalarga: 2.5-5 ml 3-4 mahal.
6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga: 5-10 ml 3-4 mahal.
Preparatning dozasi o'tkir oshirib yuborilganida qusishni chaqirish yoki me'dani yuvish yo'li orqali me'dani to'liq tozalash va pasient kuzatuv ostida bo'lishi va pasientning holatiga qarab simptomatik va tutib turuvchi davolashni o'tkazish kerak.
VRAGDIAREYa suspenziya 60ml N1 boshqa chiqarish shakllari

VRAGDIAREYa suspenziya 60ml N1 savollari
VRAGDIAREYa suspenziya 60ml N1 fikr-mulohazalari
Ishlab chiqaruvchining dorilar












