Ташкент
logo
SavatKirish

DENTASHAN gel 25g

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Kategoriya:Kamqonlik
Ishlab chiqaruvchi:Isshaan Healthcare Pvt. Ltd
Teglar:Milk uchun
ATX kodi:В03AВ
Barcha DENTASHAN dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

DENTASHAN gel 25g qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

1 g preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: metronidazol – 16 mg, xlorgeksidin – 2,50 mg;

yordamchi moddalar: karbopol, propilenglikol, PEG–400, gliserin, natriy saxarini, mentol, chinnigul moyi, natriy metilparaben, natriy propilparaben, tozalangan suv.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

25 g dan alyumin yig'ma tubalarda.

Farmakokinetikasi

Rozatseyasi bo'lgan 10 pasientda mahalliy qo'llash uchun 1 g Dentashan geli (7,5 mg metronidazol) mahalliy qo'llanganidagi Biokiraolishligi bo'yicha tadqiqotlarda bir pasientda qon zardobidagi maksimal kontsentrasiya 66 ng/ml ga etgan. Bu kontsentrasiya 250 mg metronidazol tabletkasini peroral bir marta qo'llashda erishiladigan kontsentrasiyadan taxminan 100 marta past. Metronidazolning zardobdagi kontsentrasiyasi ko'pchilik pasientlarda hamma vaqt diapazonlarida test sezgirligi darajasidan past bo'lgan. Uch pasientning qon zardobida metronidazol aniqlanmagan. Gelning klinik tadqiqotlarda qo'llanilgan o'rtacha dozasi 600 mg ni tashkil qilgan, bu bir qo'llashga 4,5 mg metronidazolga to'g'ri keladi. Shunday qilib, qo'llashning normal darajada metronidazolning zardobdagi kontsentrasiyasi minimal. Rozatseyani davolashda mahalliy qo'llash uchun Dentashan gelning (mahalliy qo'llash uchun metronidazol va xlorgeksidin geli) ta'sirining mexanizmlari noma'lum, ammo ehtimol u yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Farmakologik ta'siri

Preparatning samaradorligi uning tarkibiga kiruvchi ikki antibakterial komponentning xususiyatlari bilan bog'liq:

Metronidazol asosan bakteriyalar va sodda hayvonlar kabi obligat anaerob mikroorganizmlarga qarshi faol, antimikrob preparati hisoblanadi. 5-nitroguruhi qaytarilish transformasiyasiga uchraydi, bunda DNK sintezini ingibitsiya qilinishi hisobiga o'limga olib keladigan samara namoyon ko'rsatuvchi faol intermediatlar hosil bo'ladi. DNK sintezini ingibitsiya qilishdan tashqari qaytarilgan metabolitlari DNK spiralizasiyasini buzilishini chaqiradi. Anaerob organizmlarda kechuvchi boshqa oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari (masalan, klostridiylardagi fosforoliza reaktsiyasi) ingibitsiya qilinishi ham mumkin. Bu hujayralarning o'limiga ham olib kelishi mumkin. In vitro metronidazol taxminan minimal ingibitsiyalovchi kontsentrasiyaga teng minimal bakterisid kontsentrasiyada tez bakterisid samara ko'rsatgan.

Metronidazol odam normal hujayralarida DNK sintezini ingibitsiya qilmaydi, chunki kislorod 5-nitroguruhni tiklanishini oldini oladi. Ammo, uning elektronlarga yuqori yaqinligi tufayli gipoksik o'sma xujayralari uchun kimyoviy radiosensibilizator sifatida ishtirok etishi mumkin. Bundan tashqari, etil spirti bilan bir vaqtda qabul qilinganida disulfuramga o'xshash samara (ko'ngil aynishi, qusish, terini qizarishi, bosh og'rig'i) ko'rsatishi mumkin.

Xlorgeksidin – antiseptik va mikroblarga qarshi vositadir, grammanfiy va grammusbat aerob va anaerob bakteriyalar (Treponema spp., Neisseria gonorrhoeae, Trichomonas spp., Chlamydia spp., Ureaplasma spp., Bacteroides fragilis) nisbatan faol.

Preparatga Pseudomonas spp., Proteus spp. ayrim shtammlarga sezuvchanligi past va shuningdek kislotaga turg'un bakteriyalarga, bakteriyalar sporalariga turg'un. Laktobasillalar fnktsional faolligini buzmaydi.

Nojo'ya samaralari

Mahalliy qo'llash uchun metronidazol saqlovchi preparatlar odatda yaxshi o'zlashtiriladi. Ammo ayrim holatlarda fotosensibilizasiya reaktsiyalari kuzatilishi mumkin. Bunda toshmalar, qichishish, achishish va eritema kuzatilishi mumkin. Mahalliy qo'llash uchun metronidazol preparatlarini katta yuzalarda va uzoq vaqt davomida qo'llash hollarida tizimli nojo'ya samaralarini inkor qilib bo'lmaydi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Gelni kesilgan yoki ochiq jarohatlar yoki terini shikastlanishlari bo'lgan har qanday joyiga qo'yish mumkin emas. Gel quyilganidan keyin yuzasini bog'lov yoki plastir bilan yopish mumkin emas. Gelni yutib yuborish mumkin emas, gel ko'zga tushmasligi uchun ehtiyot bo'ling. Agar 2 hafta davomida simptomlar yaxshilanmasa yoki ular yomonlashsa darhol shifokorga murojaat qiling.

Ogohlantirish:

Ko'z, shilliq qavatlar va terining shikastlangan sohalariga tushishidan saqlanish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.

Qo'llanilishi

Parodont va og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining quyidagi infektsion-yallig'lanish kasalliklarida:

-     o'tkir va surunkali gingivit;

-     o'tkir va surunkali parodontit;

-     o'smirlar parodontiti;

-     gingivit bilan asoratlargan parodontoz;

-     stomatit;

-     protezlarni taqib yurishidagi og'iz bo'shlig'i shilliq qavatini yallig'lanishi;

-     postekstraktsion alveolit;

-     periodontit, periodontal abssess (majmuaviy davolash tarkibida);

-     infektsion xarakterli tish og'rig'ida qo'llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Gelni anamnezida preparatning har qanday ingredientlariga o'ta yuqori sezuvchanligi bo'lgan shaxslarda qo'llash mumkin emas. Xomiladorlik va emizish davri.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Alkogol bilan disulfiramsimon reaktsiya. Kumarin antikoagulyantlarining ta'sirini kuchaytiradi. Tsimetidin ta'sirida qondagi daraja oshadi. Fenobarbitalning ta'sirini pasaytiradi. Disulfiram bilan o'tkir psixozlar. Boshqa antimikrob preparatlari bilan additiv/sinergik samara.

Ta'rifi

oq yumshoq massa bosma yig'ma alyumin tubada.

Dozirovkasi

Standart davomiylikdagi davolash bilan (kursga 5-7 kun) kuniga 2-3 marta qo'yiladi.


Dozani oshirib yuborilishi

Mahalliy qo'llanganida dozani oshirib yuborish hollari qayd qilinmagan.

Xususiyatlar DENTASHAN gel 25g

DENTASHAN gel 25g savollari

DENTASHAN gel 25g fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilar

ISHALIV sirop 100ml
Retseptsiz
ISHALIV sirop 100ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd
Narxi
38 000 so'm dan
TRAVRELAKS sirop 100ml
Retseptsiz
TRAVRELAKS sirop 100ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd
Narxi
26 000 so'm dan
BOLNOL EKSTRA tabletkalari 500 mg+65 mg N100
BOLNOL EKSTRA tabletkalari 500 mg+65 mg N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd
VRAGDIAREYa suspenziya 60ml N1
VRAGDIAREYa suspenziya 60ml N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd
Narxi
26 406 so'm dan
ISHAGRA ZING PLYUS tabletkalari N4
Retseptli
ISHAGRA ZING PLYUS tabletkalari N4
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd
Narxi
25 000 so'm dan
VRAGGLIST PLYUS suspenziya 10ml 1,5mg/5ml
Retseptli
VRAGGLIST PLYUS suspenziya 10ml 1,5mg/5ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd
Narxi
22 000 so'm dan
LEVOFEV eritma 100 ml
Retseptli
LEVOFEV eritma 100 ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd
•16 ta dorixonada bor
Narxi
50 000 so'm dan
Narxi
26 000 so'm dan
KARDEL tabletkalari 40 mg N30
KARDEL tabletkalari 40 mg N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd
•2 ta dorixonada bor
Narxi
44 100 so'm dan

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil