Apteka.uz
SavatKirish

VRAGGRIPP KID tomchilar 15ml

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Kategoriya:Nazal vositalar
Farmakoterapevtik guruh:

O‘RK simptomlarini bartaraf etish uchun vositalar.

Ishlab chiqaruvchi:Isshaan Healthcare Pvt. Ltd
Teglar:Yuqori haroratda (shamollashda)
ATX kodi:R01AB01
Barcha Vraggrippkid dorilari
118 ta dorixonada bor
Narxi 15 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 118 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

VRAGGRIPP KID tomchilar 15ml haqida qo'llanma

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi:

Har ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 5 mg fenilefrin gidroxloridi, 2 mg xlorfeniramin maleati;

yordamchi moddalar: 70% li sorbitol eritmasi, saxaroza, natriy benzoati, vino kislotasi, aspartam, oq atirgul essentsiyasi, natriy sitrati, suvsiz limon kislotasi, tozalangan suv. 

Ichga qabul qilish uchun tomchilar 15 ml dan flakon-tomchilagichda. 1 flakon qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.



Farmakodinamikasi

Vraggripp Kid shamollash, gripp, yo'tal, isitma, shamollash bilan bog'liq Katar va yuqori nafas yo'llarining boshqa infektsion kasalliklari bilan assosiasiyalanadigan simptomlarini kamaytirish uchun tibbiy ingredientlarning majmuasi bo'lib hisoblanadi.

Fenilefrin gidroxloridi: shamollash, allergiya, isitma yoki grippda burunni bitishini vaqtincha pasaytirish uchun qo'llanadigan dekongestant.

Xlorfeniramin antigistamin vosita hisoblanadi. U organizmda tabiiy gistaminni bloklaydi. Xlorfeniramin qichishish, ko'z yoshini oqishi va tumov, boshqa allergik simptomlarni oldini oladi.

Farmakokinetikasi

Fenilefrin me'da-ichak yo'llarida to'liq so'riladi. Turli to'qimalar va suyuqliklarda taqsimlanadi, jigarda sekin metabolizmga uchraydi. O'zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi. Fenilefrin nomuntazam adsorbtsiyalanishi va jigarda birinchi o'tish natijasida past bioekvivalentlikka egadir.

Xlorfeniramin maleati me'da-ichak yo'llaridan yaxshi so'riladi. Og'iz orqali qabul qilinganidan so'ng 1-4 soatdan keyin plazmadagi cho'qqi kontsentrasiyaga erishiladi. Yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi va ona sutiga kiradi. Xlorfeniramin plazma oqsillari bilan yuqori bog'lanadi va organizmda metabolizmga uchraydi. Asosan siydik bilan metabolitlar ko'rinishida chiqariladi.

 

Farmakoterapevtik guruh

O‘RK simptomlarini bartaraf etish uchun vositalar.

Dori shakli

ichga qabul qilish uchun tomchilar

Nojo'ya samaralari

Fenilefrinning mumkin bo'lgan nojo'ya reaktsiyalari: asabiylik, uyqusizlik, bezovtalik, bosh og'rig'i, ko'ngil aynishi, me'dada achishishni o'z ichiga oladi. Bu reaktsiyalar kam uchraydi va hatto davolash to'xtatilganidan keyin ham uchrashi mumkin.

Xlorfeniraminning ko'proq uchraydigan umumiy nojo'ya reaktsiyasi bu holsizlikdir. Me'dadagi achishishni ovqatni suyuqlik yoki ichimliklar bilan qabul qilib bartaraf qilish mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalari

Preparat antigistamin komponent xlorfeniramin maleatini saqlaydi, uni sedativ samara ko'rsatuvchi preparatlar va alkogol bilan birga qo'llashda antigistamin komponentining sedativ samarasini oshirishi mumkin. MNT ni rag'batlantiruvchi preparatlar bilan qabul qilish mumkin emas, demak tavsiya qilingan dozani oshirish mumkin emas. Bu holsizlik, uyquchanlikka olib kelishi mumkin.

Homiladorlik va laktasiya davri

Shifokor tomonidan buyurilgan hollardan tashqari, homilador ayollar va laktasiya davrida onalarga, tavsiya qilinmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tganidan so'ng ishlatilmasin. 


Qo'llanilishi

Burun bitishi, tumov, allergik rinit, sinusitda, shuningdek gripp va O'RVI ni simptomatik davolash uchun qo'llanadi.


Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning biror-bir komponentiga o'ta yuqori sezuvchanlik, glaukoma, Mao preparatlarini qabul qiluvchi va jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarga qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Vraggripp Kid fenobarbital, varfarin, fenotiazid, monoaminoksidaza ingibitorlari, trisiklik antidepressantlar, bilvosita yoki aralash simpatomimetik vositalar, xavotirlik va uyquni davolash uchun qo'llanadigan vositalar, xinolonlar, depressiyani davolash uchun qo'llanadigan vositalarning ta'sirini kuchaytiradi.

      

Ta'rifi

tiniq rangsiz suyuqlik.

Dozirovkasi

Ichga qabul qilinadi.

1 oylikdan 5 oylikkacha bo'lgan chaqaloqlar: 5-9 tomchidan;

6 oylikdan 12 oylikkacha bo'lgan bolalar: 9-11 tomchidan;

1 yoshdan 4 yoshgacha bo'lgan bolalar: 11-16 tomchidan kuniga 3-4 marta yoki shifokor ko'rsatmasi bo'yicha tomiziladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Davolash preparatlarning dozasini oshirib yuborilishini davolashga bo'lgan talablariga asoslangan bo'lishi kerak. Agar preparat taxminan 1 soat oldin qabul qilingan bo'lsa faollashtirilgan ko'mirni buyurish kerak.


Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Shifokor tomonidan buyurilgan hollardan tashqari, homilador ayollar va laktasiya davrida onalarga, tavsiya qilinmaydi.

Sotuvi

Retseptsiz.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. VRAGGRIPP KID tomchilar 15ml preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

VRAGGRIPP KID tomchilar 15ml xususiyatlari

VRAGGRIPP KID tomchilar 15ml narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Target Farm №7
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk ipak yo'li ko'ch., 299 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
28 000 so'm
Bron qilish
D5
Olmazor tumani, Sag'bon ko'ch., 246 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
28 500 so'm
Bron qilish
D5 №4
Shayxontoxur tumani, Samarqand Darvoza ko'ch., 1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
28 500 so'm
Bron qilish
Target Farm №6
Olmazor tumani, Farobiy ko'ch., 28/6 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
29 000 so'm
Bron qilish
Target Farm №1
Mirzo Ulug'bek tumani, Yuzrabot ko'ch., 1A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
29 000 so'm
Bron qilish
Target Farm №9
Mirzo Ulug'bek tumani, Sayram ko'ch., 2 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
29 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Parket bozori 30
Mirzo Ulug'bek tumani, Parket ko'ch., 9 uy, 2 xonadon
24/7
29 500 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Kadisheva bozor 37
Yashnobod tumani, 3 mavze, 45/3 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
29 500 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Algoritm 19
Chilonzor tumani, Sharq dahasi, 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
29 500 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Bunyodkor 08
Chilonzor tumani, 6 mavze, 63 uy
24/7
29 500 so'm
Bron qilish

VRAGGRIPP KID tomchilar 15ml haqida savollar

VRAGGRIPP KID tomchilar 15ml haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilari

VRAGDIAREYa suspenziya 60ml N1
VRAGDIAREYa suspenziya 60ml N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd
Narxi
27 100 so'm dan
LEVOFEV eritma 100 ml
Retseptli
LEVOFEV eritma 100 ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd
•16 ta dorixonada bor
Narxi
50 000 so'm dan
TRAVRELAKS sirop 100ml
Retseptsiz
TRAVRELAKS sirop 100ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd
Narxi
23 000 so'm dan
ISHAGRA ZING PLYUS tabletkalari N4
Retseptli
ISHAGRA ZING PLYUS tabletkalari N4
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd
Narxi
31 100 so'm dan
ISHALIV sirop 100ml
Retseptsiz
ISHALIV sirop 100ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd
Narxi
38 000 so'm dan
VRAGGLIST PLYUS suspenziya 10ml 1,5mg/5ml
Retseptli
VRAGGLIST PLYUS suspenziya 10ml 1,5mg/5ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd
Narxi
22 000 so'm dan
Narxi
15 000 so'm dan
KARDEL tabletkalari 40 mg N30
KARDEL tabletkalari 40 mg N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd
•1 ta dorixonada bor
Narxi
67 100 so'm dan

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil