Apteka.uz
SavatKirish

Vraggrippkid

Vraggrippkid chiqarilish shakllari

VRAGGRIPP KID tomchilar 15ml
VRAGGRIPP KID tomchilar 15ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd
•117 ta dorixonada bor
Narxi
15 000 so'm dan
- Vraggrippkid qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Vraggrippkidning tarkibi
- Vraggrippkid ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Vraggrippkid narxi Toshkent dorixonalarida

Vraggrippkid haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning biror-bir komponentiga o'ta yuqori sezuvchanlik, glaukoma, Mao preparatlarini qabul qiluvchi va jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarga qo'llash mumkin emas.

Farmakodinamikasi

Vraggripp Kid shamollash, gripp, yo'tal, isitma, shamollash bilan bog'liq Katar va yuqori nafas yo'llarining boshqa infektsion kasalliklari bilan assosiasiyalanadigan simptomlarini kamaytirish uchun tibbiy ingredientlarning majmuasi bo'lib hisoblanadi.

Fenilefrin gidroxloridi: shamollash, allergiya, isitma yoki grippda burunni bitishini vaqtincha pasaytirish uchun qo'llanadigan dekongestant.

Xlorfeniramin antigistamin vosita hisoblanadi. U organizmda tabiiy gistaminni bloklaydi. Xlorfeniramin qichishish, ko'z yoshini oqishi va tumov, boshqa allergik simptomlarni oldini oladi.

Farmakokinetikasi

Fenilefrin me'da-ichak yo'llarida to'liq so'riladi. Turli to'qimalar va suyuqliklarda taqsimlanadi, jigarda sekin metabolizmga uchraydi. O'zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi. Fenilefrin nomuntazam adsorbtsiyalanishi va jigarda birinchi o'tish natijasida past bioekvivalentlikka egadir.

Xlorfeniramin maleati me'da-ichak yo'llaridan yaxshi so'riladi. Og'iz orqali qabul qilinganidan so'ng 1-4 soatdan keyin plazmadagi cho'qqi kontsentrasiyaga erishiladi. Yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi va ona sutiga kiradi. Xlorfeniramin plazma oqsillari bilan yuqori bog'lanadi va organizmda metabolizmga uchraydi. Asosan siydik bilan metabolitlar ko'rinishida chiqariladi.

 

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Shifokor tomonidan buyurilgan hollardan tashqari, homilador ayollar va laktasiya davrida onalarga, tavsiya qilinmaydi.

Dozani oshirib yuborilishi

Davolash preparatlarning dozasini oshirib yuborilishini davolashga bo'lgan talablariga asoslangan bo'lishi kerak. Agar preparat taxminan 1 soat oldin qabul qilingan bo'lsa faollashtirilgan ko'mirni buyurish kerak.


Maxsus ko‘rsatmalari

Preparat antigistamin komponent xlorfeniramin maleatini saqlaydi, uni sedativ samara ko'rsatuvchi preparatlar va alkogol bilan birga qo'llashda antigistamin komponentining sedativ samarasini oshirishi mumkin. MNT ni rag'batlantiruvchi preparatlar bilan qabul qilish mumkin emas, demak tavsiya qilingan dozani oshirish mumkin emas. Bu holsizlik, uyquchanlikka olib kelishi mumkin.

Homiladorlik va laktasiya davri

Shifokor tomonidan buyurilgan hollardan tashqari, homilador ayollar va laktasiya davrida onalarga, tavsiya qilinmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tganidan so'ng ishlatilmasin. 


Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Vraggripp Kid fenobarbital, varfarin, fenotiazid, monoaminoksidaza ingibitorlari, trisiklik antidepressantlar, bilvosita yoki aralash simpatomimetik vositalar, xavotirlik va uyquni davolash uchun qo'llanadigan vositalar, xinolonlar, depressiyani davolash uchun qo'llanadigan vositalarning ta'sirini kuchaytiradi.

      

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Ichga qabul qilinadi.

1 oylikdan 5 oylikkacha bo'lgan chaqaloqlar: 5-9 tomchidan;

6 oylikdan 12 oylikkacha bo'lgan bolalar: 9-11 tomchidan;

1 yoshdan 4 yoshgacha bo'lgan bolalar: 11-16 tomchidan kuniga 3-4 marta yoki shifokor ko'rsatmasi bo'yicha tomiziladi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Vraggrippkid preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Vraggrippkid narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Target Farm №7
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk ipak yo'li ko'ch., 299 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
28 000 so'm
Bron qilish
D5
Olmazor tumani, Sag'bon ko'ch., 246 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
28 500 so'm
Bron qilish
D5 №4
Shayxontoxur tumani, Samarqand Darvoza ko'ch., 1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
28 500 so'm
Bron qilish
Target Farm №6
Olmazor tumani, Farobiy ko'ch., 28/6 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
29 000 so'm
Bron qilish

Vraggrippkid haqida savollar

Vraggrippkid haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil