Ташкент
logo
SavatKirish

"Oltin yulduz" balzami

"Oltin yulduz" balzami chiqarish shakllari

BALZAM ZOLOTAYA ZVEZDA maz 4g
BALZAM ZOLOTAYA ZVEZDA maz 4g
Vetnam
Ishlab chiqaruvchi:
«Danapha Pharmaceutical Joint Stock Company»
•140 ta dorixonada bor
Narxi
8 200 so'm dan
ZOLOTAYA ZVEZDA INGASEPT sprey 15ml 0,3%
ZOLOTAYA ZVEZDA INGASEPT sprey 15ml 0,3%
Vetnam
Ishlab chiqaruvchi:
Danhson Trading & Pharma Co., Ltd, Vetnam proizvedeno: Danapha Pharmaceutical Joint Stock Company
ZOLOTAYA ZVEZDA INGASEPT sprey 30ml 0,15%
ZOLOTAYA ZVEZDA INGASEPT sprey 30ml 0,15%
Vetnam
Ishlab chiqaruvchi:
Danhson Trading & Pharma Co., Ltd, Vetnam proizvedeno: Danapha Pharmaceutical Joint Stock Company
ZOLOTAYA ZVEZDA INGASEPT sprey 30ml 0,15%
ZOLOTAYA ZVEZDA INGASEPT sprey 30ml 0,15%
Vetnam
Ishlab chiqaruvchi:
Danhson Trading & Pharma Co., Ltd, Vetnam proizvedeno: Danapha Pharmaceutical Joint Stock Company
ZOLOTAYA ZVEZDA INGASEPT sprey 15ml 0,3%
ZOLOTAYA ZVEZDA INGASEPT sprey 15ml 0,3%
Vetnam
Ishlab chiqaruvchi:
Danhson Trading & Pharma Co., Ltd, Vetnam proizvedeno: Danapha Pharmaceutical Joint Stock Company
ZOLOTAYA ZVEZDA balzam 5ml
ZOLOTAYA ZVEZDA balzam 5ml
Vetnam
Ishlab chiqaruvchi:
Danafa Farmasyutikal Djoynt Stok Kompani
•1 ta dorixonada bor
Narxi
10 000 so'm dan
ZOLOTAYA ZVEZDA burun uchun tomchilar 10ml 0,05%
ZOLOTAYA ZVEZDA burun uchun tomchilar 10ml 0,05%
Vetnam
Ishlab chiqaruvchi:
«Danapha Pharmaceutical Joint Stock Company»
- "Oltin yulduz" balzami qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- "Oltin yulduz" balzamining tarkibi
- "Oltin yulduz" balzami ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- "Oltin yulduz" balzami narxi Toshkent dorixonalarida

"Oltin yulduz" balzami qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

BALZAM ZOLOTAYA ZVEZDA

Preparatning savdo nomi: Balzam Zolotaya zvezda

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun surtma

Tarkibi:

4,0 g surtma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

Levomentol                                                  – 0,455 g;

Rasemik kamfora                                        – 0,910 g;

Qalampir yalpiz moyi                                 – 0,530 g (0,590 ml);

Evkalipt barglari moyi                           – 0,129 g (0,140 ml);

Chinnigul gullari moyi                             – 0,236 g (0,228 ml);

Xitoy dolchin moyi                                    – 0,056 g (0,053 ml)

yordamchi moddalar:

Asalari mumi                                              – 0,611 g;

Parafin                                                       – 0,842 g;

Suvsiz lanolin                                           – 0,084 g;

Vazelin                                                        – 0,063 g;

Suyuq parafin                                             – 0,084 g;

Xinolin sarig‘i bo‘yovchisi Ye104               – 0,0896 mg;

Jigarrang Solvent Red 3 bo‘yovchisi           – 0,0224 mg

Ta‘rifi: och sariqdan to jigarrang-sariq rangligacha bo‘lgan, efir moylariga xos hidli, qattiq bir xil konsistensiyali surtma.

Farmakoterapevtik guruhi: Tabbiy moddalardan olinadigan mahalliy ta‘sirlovchi vosita.

ATX kodi: R05X

 

Farmakologik xususiyatlari

Preparat mahalliy ta‘sirlovchi, chalg‘ituvchi, antiseptik ta‘sirga ega.

Qo‘llanilishi

O‘tkir respirator kasalliklar (O‘RK), shamollash, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, rinit (tumov), hashoratlar chaqishini kompleks davolashda simptomatik vosita sifatida qo‘llanadi.

Qo‘llash usullari va dozalari

Sirtga qo‘llash uchun buyuriladi. Bosh og‘rig‘ida va bosh aylanishida surtmani chakka va ensa sohalariga surtiladi. Rinitda (tumov), O‘RK da – burun qanotlariga, chakka sohalariga surtiladi. Hashoratlar chaqqanida surtma chaqqan joyiga surtiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin, ular paydo bo‘lganida preparatni qo‘llash to‘xtatilishi lozim. Surtmaning qolgan qismini namlangan salfetkalarda artish va ko‘p miqdordagi suv bilan yuvib tashlash kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Teri qoplamalarini shikastlanishlar, preparatni qo‘llash taxmin qilingan teri sohalarida teri kasalliklari (piodermiya, dermatit, ekzema) bo‘lganda qo‘llash mumkin emas.

Tutqanoq, tirishishga moyillik, spazmofiliya, bronxial astma, ko‘kyo‘talda qo‘llash mumkin emas.

2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Mavjud emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Surtmani ko‘z, burun va og‘iz shilliq qavatiga, shuningdek, shikastlangan teri sohasiga tushishdan saqlanishi lozim.

Fotosensibilizasiyani rivojlanish xavfini oldini olishda surtma surtilgandan so‘ng quyosh nurlaridan saqlanish lozim.

Balzamni shilliq qavatlarga tushgan holatlarda preparatni namlangan salfetkalarda artish va ko‘p miqdordagi suv bilan yuvib tashlash kerak.

Preparatni bolalarga shifokor maslahatisiz qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi

Homiladorlik va emizikli ayollarda qo‘llash tajribasi yo‘qligi sababli homiladorlik davrida va emizish vaqtida preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Xarakatlanuvchi mexanizmlarni va transport vositalarini boshqarishga ta‘siri

Preparat transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Bugungi kungacha dozani oshirib yuborilishi holatlari haqida xabarlar kelib tushmagan.

Preparatni tasodifan ichga qabul qilib yuborilganda dozani oshirib yuborilishi simptomlari: me‘da-ichak tomonidan (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorin sohasida og‘riq) va nevrologik buzilishlar (bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qizish xissi/“qizib ketish“ tirishish, nafas olishni susayishi va koma) o‘z ichiga oladi.

Davolash simptomatik.

Kichik yoshdagi bolalarda kamforani ingalyasiyasi va o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan laringospazmni rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan xavf borligi tufayli, qusishni chaqirish mumkin emas.

Balzam ichga qabul qilinganida zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.

Chiqarilish shakli

Sirtga qo‘llash uchun surtma.

Sirtga qo‘llash uchun surtma 4 g dan temir bankachalarda. Har bir bankachani qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Yaroqlilik muddati

5 yil.

Saqlash sharoiti

300S yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

"Oltin yulduz" balzami narxlari

"Oltin yulduz" balzami barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

"Oltin yulduz" balzami savollari

"Oltin yulduz" balzami fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil