logo
SavatKirish

Tempalgin

Tempalgin chiqarilish shakllari

TEMPALGIN tabletkalari 500mg/20mg N20
Retseptsiz
TEMPALGIN tabletkalari 500mg/20mg N20
Bolgariya
Ishlab chiqaruvchi:
Sopharma AD
•127 ta dorixonada bor
Narxi
24 000 so'm dan
- Tempalgin qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Tempalginning tarkibi
- Tempalgin ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Tempalgin narxi Toshkent dorixonalarida

Tempalgin qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Bolgariya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo‘llash ko‘rsatmalari
  • — o'rtacha yoki kuchsiz ifodalangan og'riq sindromi (sh.j. bosh og'rig'i, migren, tish og'rig'i, nevralgiya, ildizcha sindromi, mialgiya, artralgiya, algodismenoreya), ayniqsa yuqori nerv qo'zg'aluvchanligi bo'lgan bemorlarda; — visseral kelib chiqishli kuchsiz ifodalangan og'riqlar (sh.j. buyrak, jigar, ichak sanchig'i) spazmolitik terapiya bilan kombinatsiyada; — jarrohlik va diagnostik aralashuvlardan keyin og'riq sindromi (yordamchi vosita sifatida); — shamollash va boshqa infektsion-yallig'lanish kasalliklarida tana harorati ko'tarilishi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
  • — yaqqol jigar yetishmovchiligi; — yaqqol buyrak yetishmovchiligi; — surunkali yurak yetishmovchiligi; — arterial gipotenziya (sistolik AB darajasi 100 mm sim. ust. dan pastga tushishi); — qon yaratishning susayishi (granulotsitopeniya, leykopeniya, agranulotsitoz, tsitostatik yoki infeksion neytropeniya); — glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi; — "aspirin" astmasi; — homiladorlik; — laktatsiya davri (ko‘krak suti bilan boqish); — bolalar yoshi (14 yoshgacha); — metamizol natriyga, pirazolon hosilalariga yoki triatsetonamin-4-toluensulfonatga yuqori sezuvchanlik. Buyrak kasalliklarida (pielonefrit, glomerulonefrit, shu jumladan anamnezda), o‘rtacha og‘irlikdagi jigar/buyrak yetishmovchiligida, bronxial astmada, arterial gipotenziya rivojlanishiga moyillikda, uzoq vaqt spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilganda ehtiyotkorlik bilan tayinlanadi.
Tarkibi
  • metamizol natriy 500 mg triatsetonamin 4-toluensulfonat (tempidon) 20 mg Yordamchi moddalar: bug‘doy kraxmali, mikrokristall tsellyuloza, talk, magniy stearati, krospovidon (kollidon K25), titan dioksidi, polietilenglikol 400, kanakunjut moyi, glitserol, dibutilftalat, eudrajit L atseton 12.5, bo‘yoqchi yashil
Farmakokinetikasi
Tempalgin preparatining farmakokinetikasi to‘g‘risida ma'lumotlar taqdim etilmagan.
Farmakologik ta'siri
Majmuaviy tarkibga ega analgetik-antipiretik. Og'riq qoldiruvchi, isitma tushiruvchi, kuchsiz ifodalangan yallig'lanishga qarshi va sedativ ta'sir ko'rsatadi. Preparat tarkibiga norkotik bo'lmagan analgetik metamizol natriy va anksiolitik (trankvilizator) tempidon kiradi.
Nojo'ya ta'sirlar
  • Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda - epigastral sohada achishish hissi, og'iz qurishi, xolestaz, sariqlik, jigar transaminazalari faolligining oshishi, giperbilirubinemiya. MNT tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi; ayrim hollarda - gallyutsinatsiyalar. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: AB pasayishi yoki oshishi, taxikardiya, tsianoz. Qon yaratish tizimi tomonidan: agranulotsitoz, leykopeniya, trombotsitopeniya. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: yuqori dozalarda qo'llanilganda - buyrak funktsiyasining buzilishi (oliguriya, anuriya, proteinuriya, interstitsial nefrit); siydikning qizil rangga bo'yalishi. Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi (shu jumladan kon'yunktiva va burun-halqum shilliq qavatlarida), Kvinke shishi, ko'p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), bronxospazm, anafilaktik shok.
Dozirovkasi

Tabletkalar ichga, chaynamasdan, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan, ovqat vaqtida yoki undan keyin qabul qilinadi.

Kattalarga 1 tab. dan kuniga 1-3 marta tayinlanadi, samaradorlik yetarli bo'lmaganda yana 1 tab. qabul qilish mumkin. Maksimal bir martalik doza 2 tab., maksimal sutkalik - 6 tab. ni tashkil qiladi. Qabul qilish davomiyligi - 5 kundan ortiq emas. Sutkalik dozani oshirish yoki davolash davomiyligini uzaytirish faqat shifokor nazorati ostida mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi
Ko‘ngil aynishi, qusish, epigastriyada og‘riqlar, oliguriya, taxikardiya, AB ning pasayishi, hansirash, quloqlarda shovqin, uyquchanlik, ongning buzilishi, tirishishlar.
Dori shaklining ta'rifi
  • Yashil rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar, dumaloq, ikki tomonlama qavariq
Maxsus saqlash sharoitlari

Rentgenokontrast preparatlar, kolloid qon o'rnini bosuvchilar va penitsillinni metamizol natriy qo'llanilganda tayinlamaslik kerak.

Preparatni qabul qilish vaqtida spirtli ichimlik iste'mol qilmaslik kerak.

Sitostatiklar olayotgan bemorlarda preparatni qo'llash faqat shifokor nazorati ostida o'tkazilishi kerak.

Metamizol natriy qo'llash fonida agranulotsitoz rivojlanishi mumkin, shu munosabat bilan kelib chiqishi noma'lum harorat ko'tarilishi, qaltirash, tomoqda og'riq, yutish qiyinlashishi, stomatit aniqlanganda, shuningdek vaginit yoki proktit ko'rinishlari rivojlanganda preparatni bekor qilish zarur.

Preparat uzoq muddat (7 kundan ortiq) qabul qilinganda qon manzarasi va jigar funksional holatini nazorat qilish zarur.

Tempalginni qorindagi o'tkir og'riqlarni qoldirish uchun (sababi aniqlanguncha) qo'llash mumkin emas.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Preparatning anksiolitik ta'siri munosabati bilan Tempalgin qabul qilish davrida diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiladigan potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishdan saqlanish kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Tempalgin etanolning samaralarini kuchaytiradi. Tempalginni xlorpromazin yoki boshqa fenotiazin hosilalari bilan bir vaqtda qo‘llash yaqqol gipertermiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Sedativ vositalar va trankvilizatorlar preparatning og‘riqsizlantiruvchi ta’sirini kuchaytiradi. Bir vaqtda qo‘llanilganda tiamazol va sitostatiklar leykopeniya rivojlanish xavfini oshiradi. Metamizol natriy siklosporin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda oxirgisining qon plazmasidagi konsentratsiyasi pasayadi. Metamizol natriy peroral gipoglikemik preparatlar, bilvosita antikoagulyantlar, GKS va indometatsinni oqsil bilan bog‘lanishdan siqib chiqarib, ularning ta’sirini oshiradi. Bir vaqtda qo‘llanilganda barbituratlar, fenilbutazon va jigar mikrosomal fermentlarining boshqa induktorlari metamizol natriy ta’sirini susaytiradi. Metamizol natriyni boshqa noopioid analgetiklar, tritsiklik antidepressantlar, peroral kontraseptivlar bilan bir vaqtda qo‘llash
Nojo'ya samaralari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda - epigastral sohada achishish hissi, og'iz qurishi, xolestaz, sariqlik, jigar transaminazalari faolligining oshishi, giperbilirubinemiya.

MNS tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi; alohida hollarda - gallyutsinatsiyalar.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: AB pasayishi yoki oshishi, taxikardiya, tsianoz.

Qon yaratish tizimi tomonidan: agranulotsitoz, leykopeniya, trombotsitopeniya.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: yuqori dozalarda qo'llanilganda - buyrak funksiyasining buzilishi (oliguriya, anuriya, proteinuriya, interstitsial nefrit); siydikning qizil rangga bo'yalishi.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi (shu jumladan kon'yunktiva va burun-halqum shilliq qavatlarida), Kvinke shishi, ko'p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Jonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), bronxospazm, anafilaktik shok.

Tempalgin narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olmoq

Tempalgin barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Tempalgin haqida savollar

Tempalgin haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.8, 9 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil