Ташкент
logo
SavatKirish

Grippostad

Grippostad chiqarish shakllari

GRIPPOSTAD S kapsulalar  N10
Retseptsiz
GRIPPOSTAD S kapsulalar N10
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
STADA Arzneimittel AG
GRIPPOSTAD S kapsulalar  N10
GRIPPOSTAD S kapsulalar N10
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Shtada Arsnaymittel AG
GRIPPOSTAD poroshok 5g N5
Retseptsiz
GRIPPOSTAD poroshok 5g N5
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Stada Arzneimittel AG, Germaniya proizvedeno: Allphamed Pharbil Arzneimittel GmbH
- Grippostad qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Grippostadning tarkibi
- Grippostad ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Grippostad narxi Toshkent dorixonalarida

Grippostad qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GRIPPOSTAD® RINO

GRIPPOSTAD RHINO

 

Preparatning savdo nomi  Grippostad®  Rino

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ksilometazolin

Dori shakli  burun tomchilari (bolalar uchun)

Tarkibi

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: ksilometazolin gidroxloridi – 0,5 mg,

Yordamchi moddalar: benzalkoniy xloridi 50% li eritma, limon kislotasi monogidrati, natriy sitrati digidrati, gliserin 85% (gliserol), tozalangan suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsizdan biroz bo‘yalgangacha bo‘lgan, ko‘rinarli yot zarrachalardan holi, hidsiz eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: antikongestiv vosita – vazokonstriktor (alfa-adrenomimetik).

ATX kodi: R01AA07

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Ksilometazolin – imidazolin hosilasi, alfa2-adrenoreseptorlarining rag‘batlan-tiruvchisidir. Burun bo‘shlig‘i shilliq qavatining qon tomirlarining toraytiradi, buning natijasida shilliq qavatining shishi va giperemiyasi kamayadi. Rinitlarda burundan nafas olishni yengillashtiradi. Ta‘siri 5-10 minutdan keyin boshlanadi va 10 soatgacha davom etadi.

Nafas yo‘llarining shilliq qavatini kiprikli epiteliyining faoliyatini buzmaydi.

Farmakokinetikasi

Mahalliy qo‘llanganida amalda so‘rilmaydi, plazmadagi konsentrasiyasi shunchalik kamki, xatto uni zamonaviy tahlil usullari bilan aniqlashning iloji yo‘q.

 

Qo‘llanilishi

O‘tkir allergik rinit, rinit ko‘rinishlari bilan kechuvchi o‘tkir respirator kasalliklar, sinusit, pollinoz, o‘rta otit (burunxalqum shilliq qavatining shishini kamaytirish uchun). Bemorni burun yo‘llaridagi diagnostik muolajalarga tayyorlash.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Burun ichiga. Emizikli bolalar va 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – har bir burun yo‘ligi 0,05% li eritma 1-2 tomchidan kuniga 1 yoki 2 marta; kuniga 3 martadan ortiq qo‘llash mumkin emas.

Shifokor belgilagan hollardan tashqari hollarda, Grippostad®  Rino 5 kundan ortiq ishlatilishi mumkin emas. Preparatni birnecha kundan keyin takror ishlatish mumkin. Davolashning davomliligini shifokor belgilaydi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ko‘p marta (kuniga 4 martadan ortiq) va/yoki uzoq vaqt (7 kundan ortiq) qo‘llanganida – burunxalqum shilliq qavatining ta‘sirlanishi va/yoki qurishi, achishish, sanchiq, aksirish, gipersekresiya.

Kam – burun shilliq qavatining shishi, yurak urishi, taxikardiya, aritmiyalar, arterial bosimni oshishi, bosh og‘rig‘i, qusish, uyqusizlik, ko‘rishni buzilishi; depressiya.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, arterial gipertenziya, taxikardiya, yaqqol ateroskleroz, glaukoma, atrofik rinit, tireotoksikoz, bosh miya pardalaridagi jarrohlik aralashuvlari (anamnezdagi).

Qandli diabetda, feoxromositomada, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Monoaminooksidaza ingibitorlari va trisiklik antidepressantlar bilan nomutanosib.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Qo‘llashdan oldin burun yo‘llarini tozalash lozim.

Uzoq vaqt davomida (7 kundan ortiq), masalan, surunkali rinitda qo‘llash mumkin emas.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Preparat to‘g‘ri qo‘llanganida preparatning dozasini oshirib yuborish mumkin emas, chunki preparat mahalliy qo‘llanganida amalda so‘rilmaydi. Biroq tavsiya etilgan dozalar bir necha marta oshirilganida nojo‘ya ta‘sirlarining kuchayishi kuzatiladi.

Davolash: simptomatik.

 

Chiqarilish shakli

Grippostad® Rino, burun tomchilari 0,05% li eritma 10 ml dan polipropilen himoya qopqoqchali, pipetka bilan jihozlangan qahrabo rangli shisha flakonda. Har bir flakon preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

4 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ishlab chiqaruvchi

«SHTADA Arsnaymittel AG», Germaniya

Shtadashtarasse 2-18

D-61118 Bad Vilbel, Germaniya,

tel.: (+49) 6101-60 30,

faks: (+49) 6101-60 32 59

Internet: http:www.stada.de

 

Marketing va distribusiya

«NIJFARM» OAJ, Rossiya

Iste‘molchilarning e‘tirozlari quyidagi manzilga yuborilsin:

603950, Rossiya, Nijniy Novgorod sh.

GSP-459, Salganskaya ko‘ch., 7

tel. (8312) 278-80-88, faks (8312) 430-72-28

Internet: http//www.nizhpharm.ru

 

Ulashish:

Grippostad narxlari

Grippostad barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Grippostad savollari

Grippostad fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil