logo
SavatKirish

Tempalgin analoglari

Analoglarni taqqoslash
Taqqoslashga dori qo'shish

Tempalgin

Qo‘llash ko‘rsatmalari
  • — o'rtacha yoki kuchsiz ifodalangan og'riq sindromi (sh.j. bosh og'rig'i, migren, tish og'rig'i, nevralgiya, ildizcha sindromi, mialgiya, artralgiya, algodismenoreya), ayniqsa yuqori nerv qo'zg'aluvchanligi bo'lgan bemorlarda; — visseral kelib chiqishli kuchsiz ifodalangan og'riqlar (sh.j. buyrak, jigar, ichak sanchig'i) spazmolitik terapiya bilan kombinatsiyada; — jarrohlik va diagnostik aralashuvlardan keyin og'riq sindromi (yordamchi vosita sifatida); — shamollash va boshqa infektsion-yallig'lanish kasalliklarida tana harorati ko'tarilishi.
Nojo'ya ta'sirlar
  • Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda - epigastral sohada achishish hissi, og'iz qurishi, xolestaz, sariqlik, jigar transaminazalari faolligining oshishi, giperbilirubinemiya. MNT tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi; ayrim hollarda - gallyutsinatsiyalar. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: AB pasayishi yoki oshishi, taxikardiya, tsianoz. Qon yaratish tizimi tomonidan: agranulotsitoz, leykopeniya, trombotsitopeniya. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: yuqori dozalarda qo'llanilganda - buyrak funktsiyasining buzilishi (oliguriya, anuriya, proteinuriya, interstitsial nefrit); siydikning qizil rangga bo'yalishi. Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi (shu jumladan kon'yunktiva va burun-halqum shilliq qavatlarida), Kvinke shishi, ko'p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), bronxospazm, anafilaktik shok.
Batafsil

Retseptli

Mavjud chiqarilish shakllari
  • Tabletkalar
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Yuqori haroratda (shamollashda) 
scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil