Apteka.uz
SavatKirish

Farmazolin

Farmazolin chiqarilish shakllari

FARMAZOLIN tomchilar 10ml 0,1%
Retseptsiz
FARMAZOLIN tomchilar 10ml 0,1%
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Farmak, PAO
•102 ta dorixonada bor
Narxi
12 300 so'm dan
FARMAZOLIN tomchilar 10ml 0,05%
Retseptsiz
FARMAZOLIN tomchilar 10ml 0,05%
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Farmak, PAO
•113 ta dorixonada bor
Narxi
10 100 so'm dan
FARMAZOLIN N sprey 15ml 1mg/ml
Retseptsiz
FARMAZOLIN N sprey 15ml 1mg/ml
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Farmak, PAO
•77 ta dorixonada bor
Narxi
16 800 so'm dan
- Farmazolin qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Farmazolinning tarkibi
- Farmazolin ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Farmazolin narxi Toshkent dorixonalarida

Farmazolin haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, transsfenoidal gipofizektomiya yoki qattiq miya pardasining ochilishi bilan kechadigan transnazal/transoral jarrohlik aralashuvlari anamnezda mavjudligi.

Farmakologik ta'siri

Farmazolin® neselektiv alfa-adrenomimetiklarga kiradi, ular shilliq qavat tomirlarini mahalliy toraytiradi va yallig‘lanish jarayonlari yaqqolligini kamaytiradi. Burun shilliq qavatiga surtilganda shishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, giperemiya va ekssudatsiyani kamaytiradi, bu burun orqali nafas olishni yengillashtirishga, venoz sinuslarda qon oqimini kamaytirishga yordam beradi.
Preparat asosan mahalliy ta’sir ko‘rsatadi, odatdagidek foydalanilganda shilliq qavatlar orqali arzimas miqdorda so‘riladi. Preparatning ta’siri 5–10 daqiqadan keyin boshlanadi va 5-6 soat davomida saqlanib qoladi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Preparatni uzoq muddatlar davomida (ketma-ket 10 kundan ortiq), surunkali rinitlarda uzluksiz qo'llash mumkin emas. Preparat bilan uzoq muddat davolash teskari samara berishi mumkin.
Tavsiya etilgan dozalarni oshirmaslik kerak, ayniqsa bolalar va keksa odamlarni davolashda.
Preparatni yurak-qon tomir kasalliklari, arterial gipertoniya, yopiq burchakli glaukoma, qandli diabet, qalqonsimon bez kasalliklari bo'lgan bemorlarga, adrenergik preparatlar qo'llanilganda uyqusizlik, bosh aylanishi, tremor, yurak aritmiyasi, qon bosimi oshishi ko'rinishida namoyon bo'ladigan kuchli reaksiyalar yuzaga keladigan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak.
Preparatning tomir toraytiruvchi ta'siri munosabati bilan ko'z ichki bosimi oshishi mumkin.
Preparat tavsiya etilgan dozalarda qo'llanilganda transport vositalari va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Farmazolin® boshqa dori vositalari bilan faqat rezorbtiv ta’siri mavjud bo‘lganda o‘zaro ta’sir qiladi. Boshqa guruh adrenomimetik preparatlari Farmazolin® ta’sirini kuchaytiradi. Adrenolitiklar va simpatolitiklar, kalsiy antagonistlari uning samarasini susaytiradi. Preparat tritsiklik antidepressantlar va monoaminoksidaza ingibitorlarining yurak-qon tomir tizimiga gipertenziv ta’sirini kuchaytiradi.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Polietilen flakondan foydalanilganda birinchi marta qo'llashdan oldin qopqoq maksimal darajada buraladi. Bunda qopqoqning ichki tomonida joylashgan boshoq teshikni teshib o'tadi. Qopqoq burab ochiladi, olib tashlanadi va flakon korpusiga biroz bosib, eritma burunga tomiziladi.
Ochilishi nazorat qilinadigan polietilen flakondan foydalanilganda bevosita qo'llashdan oldin flakonni tana haroratigacha isitish uchun uni kaftda ushlab turish kerak. Tomizgandan so'ng qopqoqni qattiq burab yopish kerak.
Eritma 0,05 %
3 oylikdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga har bir burun yo'liga 1-2 tomchidan sutkasiga 1-2 marta (sutkasiga 3 martadan ko'p emas) tomiziladi. Davolash davomiyligi kasallik kechishiga bog'liq va ketma-ket 10 kundan oshmasligi kerak.
Eritma 0,1 %
Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga har bir burun yo'liga 2-3 tomchidan sutkasiga 3-4 marta tomiziladi.
Davolash kursi kasallik kechishiga bog'liq va ketma-ket 10 kundan oshmasligi kerak. Davolash kursi tugagandan so'ng preparatni faqat bir necha kundan keyin qayta tayinlash mumkin.
Farmazolin® 0,05 % ni ilgari qon tomir toraytiruvchi preparatlarni qo'llamagan bemorlarga va 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga tayinlash maqsadga muvofiqdir. Samaradorlik yetarli bo'lmagan taqdirda preparatning yuqoriroq konsentratsiyasiga (eritma 0,1 %) o'tiladi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Farmazolin preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Farmazolin narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Genetica Pharm
Yunusobod tumani, Bog'ishamol ko'ch., 22 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
14 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Axmad Donish 21
Yunusobod tumani, 13 mavze, 3 uy
24/7
14 500 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Parket bozori 30
Mirzo Ulug'bek tumani, Parket ko'ch., 9 uy, 2 xonadon
24/7
14 500 so'm
Bron qilish
D5 №4
Shayxontoxur tumani, Samarqand Darvoza ko'ch., 1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
14 500 so'm
Bron qilish

Farmazolin haqida savollar

Farmazolin haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil