logo
SavatKirish

Ingalipt

Ingalipt chiqarilish shakllari

INGALIPT aerozol 30ml
INGALIPT aerozol 30ml
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Farmstandart AO
•107 ta dorixonada bor
Narxi
14 000 so'm dan
INGALIPT aerozol 30ml
INGALIPT aerozol 30ml
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Farmstandart-Leksredstva, OAO
•107 ta dorixonada bor
Narxi
14 000 so'm dan
INGALIPT aerozol 30ml
INGALIPT aerozol 30ml
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Binnofarm ZAO
•107 ta dorixonada bor
Narxi
14 000 so'm dan
INGALIPT aerozol 30ml
INGALIPT aerozol 30ml
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Zdorove FarmFirma
•107 ta dorixonada bor
Narxi
14 000 so'm dan
INGALIPT aerozol 20ml
INGALIPT aerozol 20ml
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Flumed-Farm S.R.L
•40 ta dorixonada bor
Narxi
10 000 so'm dan
INGALIPT aerozol 30ml
INGALIPT aerozol 30ml
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Altayvitamini, ZAO
•107 ta dorixonada bor
Narxi
14 000 so'm dan
INGALIPT sprey 30ml
INGALIPT sprey 30ml
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
DAV Farm,OOO
•107 ta dorixonada bor
Narxi
14 000 so'm dan
INGALIPT ASP sprey 20ml N1
Retseptsiz
INGALIPT ASP sprey 20ml N1
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Aseptica, OOO
•2 ta dorixonada bor
Narxi
15 000 so'm dan
- Ingalipt qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Ingaliptning tarkibi
- Ingalipt ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Ingalipt narxi Toshkent dorixonalarida

Ingalipt qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo‘llash ko‘rsatmalari
  • halqum, og'iz bo'shlig'i va hiqildoqning o'tkir yallig'lanish kasalliklarini: tonzillit, laringit, shuningdek aftoz va yarali stomatitni davolash uchun
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
  • - sulfanilamidlar va efir moylariga yuqori sezuvchanlik - homiladorlik va laktatsiya - 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Tarkibi
  • Tozalangan suv, xlorgeksidin biglyukonati, yalpiz moyi, evkalipt moyi, glitserin eruvchan streptotsid 0,75 g, norsulfazol natriy 0,75 g. yordamchi moddalar: glitserin, etil spirti 96%, timol, yalpiz moyi, evkalipt moyi, tvin-80, qand, tozalangan suv. eruvchan sulfanilamid 750 mg sulfatiazol natriy 750 mg timol 15 mg evkalipt moyi 15 mg yalpiz moyi 15 mg Yordamchi moddalar: etanol 95%, natriy saxarin, glitserol, polisorbat, tozalangan suv, azot.
Farmakokinetikasi
Ingalipt-N mahalliy ingalyatsion qo‘llash uchun mo‘ljallangan va asosan yallig‘lanish o‘chog‘ida terapevtik konsentratsiyani hosil qiladi. Tizimli qon aylanishiga sulfanilamidlar (eriydigan streptotsid va natriy norsulfazol) qisman so‘riladi, ular qon oqsillari bilan bog‘lanadi: eriydigan streptotsid 12-14% ga, natriy norsulfazol 55% ga. Biotransformatsiya jarayonida sulfanilamidlarning asetillangan shakllari hosil bo‘ladi, ular shu ko‘rinishda buyraklar orqali chiqariladi. Eriydigan streptotsidning yarim chiqarilish davri 10 soatni, natriy norsulfazolniki – 1,2 soatni tashkil qiladi.
Farmakologik ta'siri
Ingalipt – N antibakterial va yallig'lanishga qarshi ta'sir, shuningdek sovutuvchi va chalg'ituvchi ta'sir namoyon qiladi. Antibakterial ta'sirni sulfanilamid guruhiga kiruvchi faol moddalar ko'rsatadi. Ularning ta'siri mikroblar rivojlanishi uchun zarur bo'lgan o'sish omillari - tarkibiga para-aminobenzoy kislotasi kiradigan foliy va digidrofoliy kislotalarining hosil bo'lishini buzishi bilan bog'liq. Sulfanilamidlar kimyoviy tarkibi bo'yicha para-aminobenzoy kislotasiga yaqin bo'lib, ular mikrob hujayrasi tomonidan para-aminobenzoy kislotasi o'rniga qamrab olinadi va shu bilan undagi almashinuv jarayonlari kechishini buzadi. Antiseptik, sovutuvchi va chalg'ituvchi ta'sirni yordamchi moddalar ko'rsatadi. Ko'rsatilgan farmakologik xususiyatlarning kombinatsiyasi yuqori nafas yo'llari va og'iz bo'shlig'i shilliq qavati yallig'lanish kasalliklarining kompleks patogenetik terapiyasini ta'minlaydi. Ingalipt-N organizmga ultserojen va umumiy toksik ta'sir ko'rsatmaydi.
Nojo'ya ta'sirlar
  • - allergik reaktsiyalar (teri toshmalari, qichishish, preparat bilan aloqa qilgan joylarda shish) - holsizlik hissi, bosh og'rig'i, ko'ngil aynishi va qusish, diareya.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasi oshirib yuborilishi teri toshmalari, qichishish, preparat bilan aloqa qilingan joylarda shish ko‘rinishidagi allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin.
Dori shaklining ta'rifi
  • aerozol Mahalliy qo'llash uchun aerozol Mahalliy qo'llash uchun aerozol och-sariqdan to'q-sariq ranggacha bo'lgan tiniq suyuqlik ko'rinishida; balondan chiqishda timol va mentolga xos hidli oqim hosil qiladi Mahalliy qo'llash uchun aerozol och-sariqdan to'q-sariq ranggacha bo'lgan tiniq suyuqlik ko'rinishida; balondan chiqishda timol va mentolga xos hidli oqim hosil qiladi. sprey
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Ingalipt-N para-aminobenzoy kislotasi hosilalari preparatlari (novokain, anestezin, dikain) bilan qo‘llanilganda sulfanilamidlarning antibakterial faolligi inaktivatsiyasi sodir bo‘ladi.
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

INGALIPT-ZDOROVE

INGALIPTZDOROVYE

 

Preparatning savdo nomi: Ingalipt-Zdorove

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN):

Dori shakli: og‘iz bo‘shlig‘i uchun sprey.

Tarkibi: 1 ballon 0,75 g eruvchi streptosid, 0,54 g natriy sulfatiazol suvsiz sulfatiazol natriyga qayta hisoblanganda, 0,015 g timol, 0,015 g evkalipt moyi, 0,015 g yalpiz moyi saqlaydi;

yordamchi moddalar: 96% li etanol, qand-rafinad, gliserin, polisorbat-80, tozalangan suv.

Ta‘rifi: och-sariqdan to‘q-sariq rangligacha bo‘lgan, o‘ziga xos hidli, tiniq suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Respirator tizimiga ta‘sir etuvchi moddalar. Tomoq kasalliklarida qo‘llanadigan preparatlar. Antiseptiklar.

ATX kodi: R02AA20.

 

Farmakologik xususiyatlari

Preparatning farmakologik samaralari uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning ta‘siri bilan belgilanadi.

Eruvchi streptosid va natriy sulfatiazol og‘iz bo‘shlig‘i va halqum kasalliklarini chaqiruvchi grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga nisbatan antimikrob ta‘sir ko‘rsatadi. Timol antiseptik, balg‘am ko‘chiruvchi va spazmolitik ta‘sirga ega. Evkalipt moyi yallig‘lanishga qarshi va antiseptik faollik namoyon qiladi. Shilliq qavatlariga qo‘yilganida yalpiz moyi o‘rtacha mahalliy og‘riqni qoldiruvchi samara namoyon qiladi.

Preparatning ko‘rsatilgan komponentlarining majmuasi og‘iz bo‘shlig‘i va yuqori nafas yo‘llari shilliq qavatini yallig‘lanish kasalliklarini majmuaviy patogenetik davolashni ta‘minlaydi. Preparat yallig‘lanishga qarshi, mikroblarga qarshi va zamburug‘larga qarshi samara ko‘rsatadi; grammusbat va grammanfiy bakteriyalar, shuningdek Candida urug‘i zamburug‘lariga nisbatan faoldir.

Qo‘llanilishi

LOR-a‘zolari va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini (tonzillit, faringit, laringit, aftoz va yarali stomatit) mahalliy davolashda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar va 3 yoshdan oshgan bolalarga preparatni 1-2 sekund davomida og‘iz bo‘shig‘iga sepib, chayish yo‘li bilan og‘iz bo‘shlig‘i va burun-halqumining shilliq qavatlariga mahalliy qo‘llaniladi.

Kattalarda chayish sutkada 3-4 marta o‘tkaziladi.

Agarda shifokorning maxsus ko‘rsatmasi bo‘lmasa, 3 yoshdan oshgan bolalarda chayish sutkada 1-2 marta o‘tkaziladi.

Preparatni qo‘llashning davomiyligi kasallikni kechishiga bog‘liq va odatda
3-10 sutkani tashkil qiladi.

Qo‘llashning davomiyligi va tez-tezligini shifokor tomonidan shaxsiy belgilanadi va kasallikning og‘irligiga bog‘liq!

Ballondan foydalanish qoidalari.

  1. Ballondan himoya qopqoqchasi yechiladi.
  2. Oldindan tozaligiga ishonch hosil qilib, uchlik (purkagich) ballon klapanining shtokiga o‘rnatiladi.
  3. 1 minut davomida ballon chayqatiladi va dispers oqim paydo bo‘lgunicha ko‘pi bilan
    5 marta bosiladi. Oqim bo‘lmaganida operasiya yana bir marta takrorlanadi.
  4. Purkagichning erkin uchi og‘iz bo‘shlig‘iga kiritiladi, ballonni vertikal holda ushlab turib, purkagichning boshchasi bosiladi. Purkash davomiyligi – 1-2 sek.
  5. Chayishni tugatib, purkagich ballon klapanining shtokidan olinadi va uning ifloslanishini oldini olish uchun ballon himoya qopqoqchasi bilan yopiladi.
  6. Purkagichni toza joyda saqlash, har kuni iliq suv oqimida yuvib, keyinchalik iliq joyda quritish kerak.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Odatda, preparat yaxshi o‘zlashtiriladi, ammo alohida hollarda:

Immun tizimi tomonidan: allergik reaksiyalar, shu jumladan angionevrotik shish, bronxospazm.

Teri tomonidan: toshmalar, qichishish, eshakemi, muloqot joyida shish.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, mahalliy samaralar (og‘izda achishish hissi, tomoqda karasht yoki qichishish).

Boshqalar: umumiy holsizlik, nafas olishni qiyinlashishi kuzatilishi mumkin.

Har qanday noxush ko‘rinishlar yoki odatdagi bo‘lmagan reaksiyalar rivojlangan holda, preparatni keyinchalik qo‘llash bo‘yicha shifokor bilan maslahatlashing.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik, anamnezida sulfanilamidlarga og‘ir toksik-allergik reaksiyalar mavjud bo‘lganida qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Agar Siz har qanday boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, preparatni qo‘llash mumkinligi haqida albatta shifokor bilan maslahatlashing!

Paraaminobenzoy kislotaning hosilalari bilan (novokain, anestezin, dikain) bir vaqtda qo‘llanganida, preparatning mikroblarga qarshi ta‘siri susayishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Qo‘llashdagi maxsus ehtiyotkorlik choralari

Preparatni qo‘llashdan avval, ayniqsa allergiyaga moyillik bo‘lganida shifokor bilan maslahatlashing! Shifokor maslahatisiz preparatni uzoq muddat qo‘llamang.

Ilgari bu guruh preparatlarini qabul qilishda bo‘lgan reaksiyalar haqida shifokorga albatta xabar bering.

Preparatni ko‘zga tushishidan saqlaning.

Preparatni qo‘llashdan oldin og‘iz bo‘shlig‘ini qaynatilgan iliq suv bilan chayish tavsiya etiladi. Steril tamponlar yordamida og‘iz bo‘shlig‘ining shikastlangan sohalaridan (yaralar, eroziyalar) nekrotik karash olib tashlanadi. Preparat bilan og‘iz bo‘shlig‘i chayilganidan so‘ng 15-30 minut davomida ovqat iste‘mol qilishdan saqlanish kerak.

Preparat bolalarda qo‘llanganida 1-2 sekund davomida sepiladigan preparatning bir martalik dozasi 0,0076-0,0152 ml etanol (96%) saqlaydi, bu bir martalik qabulga 3-5 yoshli bolalar (tana vazni 15-21 kg) uchun 0,0004 – 0,0013 ml/kg, 6-12 yoshli bolalar uchun (tana vazni 21-38 kg) 0,0002-0,0007 ml/kg tashkil qilishini hisobga olish kerak.

Preparat qand saqlaydi, buni qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda va fruktozani tug‘ma o‘zlashtiraolmasligi bo‘lgan, glyukoza-galaktozani so‘rilishi buzilgan pasientlarda hisobga olish lozim.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi

Preparatni homiladorlik yoki emizish davrida foyda/xavf nisbatini o‘lchab, preparatni dozalash tartibiga qat‘iy rioya qilib, shifokor nazorati ostida qo‘llash mumkin.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish xususiyati.

Preparat transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi, biroq avtotransport haydovchilarida alkogolga tekshirish natijalarida xato ko‘rsatishi mumkinligini hisobga olish kerak.

Bolalar

3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparat qo‘llanmasin.

Evkalipt moyi va yalpiz moylarini saqlaganligi bois kelib chiqadigan reflektor bronxospazmni rivojlanishi mumkinligi tufayli, 3 yoshdan katta bolalarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Bolalarni davolashni shifokor nazorati ostida o‘tkazish lozim.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish hollari ta‘riflanmagan. Preparatning nojo‘ya samaralari kuchayishi mumkin.

Davolash. Preparatni bekor qilish, og‘iz bo‘shlig‘ini iliq qaynatilgan suv bilan yuvish.  Simptomatik davolash.

 

Chiqarilish shakli

30 ml 1 ballon purkagich-moslama va himoya qopqog‘i bilan birga  qutida.

 

Saqlash sharoiti

Original o‘ramda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

1,5 yil.

Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Ingalipt narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olmoq

Ingalipt barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Ingalipt haqida savollar

Ingalipt haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.0, 7 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil