Doritritsin
Doritritsin chiqarilish shakllari

Doritritsin haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Benzalkoniy xloridi, benzokain, tirotritsin, paraaminobenzoy kislotasi, ammoniyning to'rtlamchi birikmalari, preparatning har qanday boshqa komponentiga individual yuqori sezuvchanlik;
Fruktozani nasliy o'zlashtiraolmaslik va glyukoza / galaktozani so'rilishini buzilishi sindromi yoki saxaraza / izomal'taza tanqisligi (preparatning tarkibida saxaroza mavjudligi tufayli);
Og'iz bo'shlig'i va tomoqda yangi yaralar, shu jumladan yuz-jag' operatsiyasi, stomatologik muolajalardan keyin darhol;
6 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.
Farmakodinamikasi
Majmuaviy preparat, antiseptik va mahalliy og'riqsizlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Tomoqda ta'sirlanish va og'riqni, shuningdek og'iz bo'shlig'i shilliq qavatini shishini kamaytiradi.
Benzokain ko'pincha og'iz bo'shlig'i va tomoqdagi infektsion-yallig'lanish jarayonlarida kuzatiladigan yutinganda og'riqni kamaytiruvchi mahalliy og'riqsizlantiruvchi vosita bo'lib hisoblanadi.
Benzalkoniy xloridi – antiseptik, mikroorganizmlarning xujayra membranasi o'tkazuvchanligini izdan chiqaradi va fermentativ jarayonlarini tormozlaydi, ko'pgina bakteriyalar, viruslar, zamburug'lar va sodda hayvonlarning ayrim turlariga nisbatan faol.
Tirotritsin – mahalliy ta'sirga ega antibiotik. Og'iz bo'shlig'idagi grammusbat mikroorganizmlarning va spiroxetalarning keng doirasiga nisbatan faol. Tizimli ta'sirga ega antibiotiklarda kuzatilmaydigan tirotritsinning maxsus ta'sir mexanizmi tufayli, preparatga kesishgan chidamlilik yuzaga kelmaydi.
Farmakokinetikasi
Benzokain suvda kam eriydi, bu uni ichakda yomon erishini tushuntiradi. Qon plazmasida fermentlar tomonidan parchalanadi va oz miqdorda jigarda metabolizmga uchraydi. Buyraklar orqali chiqariladi.
Benzalkoniy xloridi ichakda deyarli so'rilmaydi va rezorbtiv ta'sir ko'rsatmaydi. Buyraklar orqali chiqariladi.
Tirotritsin – tizimli so'rilishi pastligi tufayli, farmakokinetikasi haqidagi ma'lumotlar mavjud emas. Ichak mikroflorasiga ta'sir ko'rsatmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homiladorlik va emizish davrida Doritritsin® preparatini faqat ona uchun kutilgan foydani homila va bola uchun potentsial xavfidan yuqori xavfidan yuqori ekanligini aniqlash uchun shifokor bilan maslahatlashgandan keyin qo'llash mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Tavsiya etilgan dozalarda dozani oshirib yuborilishi holatlari ta'riflanmagan. Doritritsin® preparatining yuqori dozalarini to'satdan qabul qilish ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar (ko'ngil aynishi, qusish, diareya), metgemoglobinemiya (nafas olishni qiyinlashishi va terining moviy rangi)ni chaqirishi mumkin. Bunday hollarda me'dani yuvish, faollashtirilgan ko'mir qabul qilish va shifokorga murojaat etish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalari
Qandli diabeti bo'lgan bemorlar uchun ma'lumot: preparatning 1 tabletkasidagi uglevodlar miqdori ≈ 0,07 non birligini (NB) tashkil qiladi.
6 yoshdan oshgan bolalarda preparatni faqat tibbiy ko'rsatmalar bo'yicha qo'llash tavsiya etiladi. Og'ir darajadagi anginada (tomoqda og'riq yuqori tana harorati, bosh og'rig'i, ko'ngil aynishi yoki qusish bilan kechadi) maslahat uchun shifokorga murojaat etish kerak. Terining ma'lum o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarida (allergik kontakt dermatit) yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari rivojlanishi mumkinligi tufayli preparatni qo'llashdan saqlanish kerak. Preparatni qo'llash va tish pastasini qo'llash orasida 1 soat intervalga rioya qilish kerak, chunki preparatning antibakterial ta'siri pasayishi mumkin. Sorbitol kuchsiz surgi ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Doritritsin® preparatining boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatli o'zaro ta'sirini ta'riflanmagan.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Ichga qabul qilish uchun buyuriladi. Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarda har 3 soatda 1 tabletkadan og'iz bo'shlig'ida sekin shimiladi. Maksimal sutkalik doza 6 tabletkani tashkil qiladi. Davolash kursi 7 kunni tashkil qiladi. Zarurati bo'yicha davolash kursini uzaytirish – shifokor tavsiyasi bo'yicha.
Preparatni qo'llagandan keyin 1 soat davomida yoki og'iz bo'shlig'i va tomoqda uvishish hissi saqlanib qolguncha ovqat qabul qilish va saqich chaynash tavsiya etilmaydi, chunki aspiratsiya va og'iz bo'shlig'i shilliq qavatini shikastlanishi xavfi mavjud.
Agar preparatni 2-3 kun qo'llagandan keyin patsientning holati yaxshilanmasa, shifokorga murojaat etish kerak.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)

















