Apteka.uz
SavatKirish

Lizobakt

Lizobakt chiqarilish shakllari

LIZOBAKT tabletkalari N30
Retseptsiz
LIZOBAKT tabletkalari N30
Bosniya va Gertsegovina
Ishlab chiqaruvchi:
Bosnalijek JSC
•121 ta dorixonada bor
Narxi
47 000 so'm dan
- Lizobakt qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Lizobaktning tarkibi
- Lizobakt ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Lizobakt narxi Toshkent dorixonalarida

Lizobakt haqida qo'llanma

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • Og'iz bo'shlig'i shilliq qavati, milklar va hiqildoqning infektsion-yallig'lanish kasalliklarini oldini olish va davolash: — stomatit; — gingivit; — og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining gerpetik shikastlanishlari; — turli etiologiyali og'iz bo'shlig'i shilliq qavati eroziyalari; — nafas yo'llari yuqori bo'limlarining kataral holatlari.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik

Tarkibi

  • lizotsim gidroxloridi 20 mg piridoksin gidroxloridi 10 mg Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, tragant, magniy stearati, natriy saxarin, vanilin.

Farmakodinamikasi

Мажмуавий препарат бўлиб, таъсири унинг таркибига кирувчи компонентларига боғлиқ.

Лизоцим оқсил табиатли фермент ҳисобланади, антисептик сифатида қўлланади. Граммусбат ва грамманфий бактерияларни, ҳамда замбуруғларни ҳужайра деворида лизис чақиради. Вирусга қарши фаолликка эга. Маҳаллий носпецифик иммунитетни бошқаришда иштирок этади. Организмнинг табиий ҳимоя омилларига тегишли.

Пиридоксин – оғиз бўшлиғи шиллиқ қаватига ҳимояловчи (афтозга қарши самара кўрсатади)  таъсир кўрсатади. Лизоцимнинг фармакодинамик ҳусусиятларига таъсир қилмайди.

Farmakokinetikasi

Preparatning farmakokinetikasi bo‘yicha ma'lumotlar taqdim etilmagan

Farmakologik ta'siri

LOR-amaliyot va stomatologiyada mahalliy qo'llash uchun antiseptik. Lizotsim oqsil tabiatli ferment (mukolitik enzim mukopeptid-N-atsetilmuramil-gidrolaza) bo'lib, antiseptik sifatida qo'llaniladi (grammusbat va grammanfiy bakteriyalar va zamburug'lar hujayra membranasining lizisini keltirib chiqaradi), shuningdek virusga qarshi faollikka ega. Piridoksin og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining regeneratsiyasiga yordam beradi va aftozga qarshi samara beradi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Kamdan-kam hollarda: allergik reaktsiyalar. Preparat yaxshi o'zlashtiriladi

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Лизобакт® ҳомиладорлик вақтида ва эмизиш даврида қўлланиши мумкин.

Dozani oshirib yuborilishi

Lizobakt preparatining dozasi oshirib yuborilishi haqida ma’lumotlar taqdim etilmagan.

Dori shaklining ta'rifi

  • Shimish uchun tabletkalar

Maxsus ko‘rsatmalari

Аллергик реакциялар пайдо бўлган ҳолларда препаратни қўллашни тўхтатиш ва шифокорга мурожаат қилиш зарур.

Ҳомиладорлик ва эмизиш даврида қўлланиши

Лизобакт® ҳомиладорлик вақтида ва эмизиш даврида қўлланиши мумкин.

Дори воситасини транспорт воситаларини ёки потенциал хавфли механизмларни бошқариш қобилиятига таъсирини ўзига хослиги

Автотранспортларни ҳайдаш ва механизмларни бошқариш қобилиятига таъсир қилмайди.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Birga qo‘llanilganda Lizobakt antibiotiklar va nitrofuranlarning (shu jumladan penitsillin, xloramfenikol, nitrofurantoin) terapevtik samarasini kuchaytiradi

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Препарат маҳаллий қўлланади. Таблеткаларни чайнамасдан, таблеткани эриган массасини оғиз бўшлиғида узоқроқ тўлиқ эриб кетгунича ушлаб турган ҳолда секин шимиш лозим.

3-7 ёшдаги болаларга одатда 1 таблеткадан суткада 3 марта, 7-12 ёшдаги болаларга –
1 таблеткадан суткада 4 марта буюрилади. Катталарга ва 12 ёшдан ошган болаларга –
2 таблеткадан суткада 3-4 марта буюрилади.

Даволаш курси 8 кун.

Sotish shartlari

Рецептсиз

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Дори шакли: шимиш учун таблеткалар

Таркиби:

Шимиш учун бир таблетка қуйидагиларни сақлайди:

фаол моддалар:

20,00 мг лизоцим гидрохлориди;

10,00 мг пиридоксин гидрохлориди;

ёрдамчи моддалар: лактоза моногидрати – 155,40 мг, трагакант камеди – 10,00 мг, магний стеарати – 4,00 мг. натрий сахаринати – 0,50 мг, ванилин – 0,10 мг.

Dori shakli

10 таблеткадан ПВХ/алюминий фольгали блистерда.

1 ёки 3 блистердан тиббиётда қўллаш бўйича йўриқнома билан бирга картон қутига жойланади.

Nojo'ya samaralari

Allergik reaksiyalar.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Lizobakt preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Lizobakt narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №23
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 1 uy, 36 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
48 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №24
Yakkasaroy tumani, Qushbegi massiv, 3 uy, 72 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
48 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №22
Chilonzor tumani, Kichik xalqa yo'li ko'ch., 41uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
48 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №5
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 53 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
48 000 so'm
Bron qilish

Lizobakt haqida savollar

Lizobakt haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.5, 8 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil