Ташкент
logo
SavatKirish

Nigepan

Nigepan chiqarish shakllari

NIGEPAN suppozitorii N10
Retseptli
NIGEPAN suppozitorii N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
•55 ta dorixonada bor
Narxi
55 000 so'm dan
- Nigepan qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Nigepanning tarkibi
- Nigepan ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Nigepan narxi Toshkent dorixonalarida

Nigepan qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Rossiya Federatsiyasi
Nimaga qarshi
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

NIGEPAN®

dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

 

Preparatning savdo nomi Nigepan®

Dori shakli Rektal suppozitoriylar

Bir suppozitoriy tarkibi:

ta‘sir qiluvchi moddalar: geparin natriy – 1000 XB (geparin natriyning 120 XB/mg faolligida 8,3 mg), benzokain – 50,0 mg;

yordamchi moddalar: suv – 19,5 mg, qattiq yog‘ (N 15, W 35 markali Vitepsol 1:1 nisbatda, NA 15, NAS 50 markali Supposir 1:1 nisbatda) – 1,25 g vaznli suppozitoriy olish uchun, distillangan monogliseridlar (Palsgaard 0093) – qattiq yog‘ miqdori 5% gacha.

Ta‘rifi

Oq  yoki  sarg‘ish tusli  oq rangli, torpedasimon shaklli suppozitoriylar.

Farmakoterapevtik guruhi

Gemorroyni davolovchi vosita.

ATX kodi: S05AX03

 

Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy preparat, antitrombotik, yallig‘lanishga qarshi va og‘riqsizlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Geparin – bevosita ta‘sir qiluvchi antikoagulyant bo‘lib, mahalliy qo‘llanganida tromblar hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi va paydo bo‘lgan tromblarni kattalashishini to‘xtatadi, yallig‘lanishga qarshi ta‘sirga ega. Benzokain mahalliy og‘riqsizlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

 

Qo‘llanilishi

Tashqi va ichki gemorroidal tugunlarning trombozi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparat komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

 

Homiladorlik va laktasiyada qo‘llanishi

Homiladorlik va laktasiya davrida Nigepan® preparatining xavfsizligi aniqlanmagan.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Rektal. Ichak o‘z-o‘zidan yoki tozalovchi xuqnadan so‘ng bo‘shalganidan keyin to‘g‘ri ichakka kiritiladi. 1 suppozitoriy sutkada 2 marta qo‘llanadi. Nigepan® preparati bilan davolash kursi 10-14 kunni tashkil qiladi.

 

Nojo‘ya ta‘siri

Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin

 

Chiqarilish shakli

Nigepan® rektal suppozitoriylar. 5 suppozitoriydan kontur uyali o‘ramga joylanadi. Ikki kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil. Preparatni yaroqlilik muddati tugagach ishlatilmasin.

 

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 20oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha.

 

Ulashish:

Nigepan narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olmoq

Nigepan barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Nigepan savollari

Nigepan fikr-mulohazalari

Reyting 4.7, 3 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil