Hemorol
Hemorol chiqarilish shakllari

Hemorol haqida qo'llanma
Umumiy ma'lumot
PASIENT UCHUN ILOVA-VARAQA
|
Ushbu ilova-varaqani to‘liq diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u pasient uchun muhim ma‘lumot saqlaydi.
Preparat reseptsiz beriladi, bu ayrim kasalliklarni shifokor ishtirokisiz davolash imkonini beradi. Lekin davolash natijalari samarali bo‘lishi uchun GEMOROL® preparatini ushbu ilova-varaqada keltirilgan ko‘rsatmalar yoki ehtiyotkorlik choralariga rioya qilgan holda qo‘llash lozim. – Ushbu ilova-varaqani, zarurat bo‘lganida uni yana qayta o‘qib chiqish uchun saqlab qo‘ying. – Agar Sizga preparat haqida qo‘shimcha ma‘lumotlar kerak bo‘lsa shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling. – Agar simptomlar bartaraf etilmasa yoki kuchaysa, shifokorga murojaat qilish kerak. |
GEMOROL®
Suppozitoriylar
Ta‘sir etuvchi moddalar:
Matricariae extractum spissum (3:1); ekstragent voda ochiщennaya 50 mg;
Belladonnae radicis extractum spissum (4:1); ekstrgent: etanol 70% v/v 20 mg;
Extractum compositum spissum (4:1) ex: Cytisi scoparii herba,
Hippocastani cortice, Tormentillae rhizomate, Millefolii herba
estragent: etanol 40% v/v 80 mg;
Benzocainum 100 mg;
Yordamchi moddalar:
Gliserin (Ye422) 150 mg;
Kattiq yog‘ 2 g gacha.
O‘ram 12 shamcha saqlaydi.
Ilova-varaqaning mazmuni
- GEMOROL® preparati o‘zi nima va u qaeday maqsadlarda qo‘llaniladi.
- GEMOROL® preparatini qo‘llashdan oldin.
- GEMOROL® preparatini qanday qo‘llash kerak.
- Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari.
- GEMOROL® preparatini saqlanishi.
- Boshqa ma‘lumotlar.
- GEMOROL® preparati o‘zi nima va u qanday maqsadlarda qo‘llaniladi.
Gemorol bu gemorroy uchun xarakterli bo‘lgan simptomlarni davolash uchun qo‘llanadigan rektal suppozitoriydir.
Gemorol to‘g‘ri ichakning shilliq qavatini surunkali yallig‘lanishida, to‘g‘ri ichakning shilliq qavatini ta‘sirlanishida va yoriqlarida qo‘llaniladi.
Gemorol suppozitoriylari benzokainning og‘riq qoldiruvchi ta‘siri tufayli og‘riqni bartaraf etadi. Preparat shuningdek mahalliy burishtiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va spazmolitik ta‘sirga ega komponentlar saqlaydi.
Preparat, keltirilgan ko‘rsatmalar bo‘yicha an‘anaviy qo‘llash uchun mo‘ljallangan va uning samaradorligi uzoq davomida qo‘llashga va tajribaga asoslangan.
- GEMOROL® preparatini qo‘llashdan oldin.
Preparatni qo‘llashdan avval kasallikni sabablarini aniqlash uchun shifokorga murojaat qilish kerak.
Katta gemorroidal tugunlarda shamchani qiritgandan keyin bosganda, sham erigunga qadar davom etadigan (taxminan 5-10 minut) og‘riq paydo bo‘lishi mumkin
GEMOROL® preparatini bolalarda qo‘llanishi: xavfsizligi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘qligi tufayli, preparatni bolalarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Homiladorlik: homiladorlik davrida ayollarda qo‘llash mumkin emas.
Emizish davri: emizikli ayollarda preparatning xavfsizligi tekshirilmagan, shuning uchun preparatni qabul qilish tavsiya qilinmaydi.
Avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash: GEMOROL® avtotransportni boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.
- GEMOROL® preparatini qanday qo‘llash kerak
Kattalarga kechasiga 1 shamchadan rektal yuboriladi, og‘ir holatlarda kuniga 2-3 shamchadan buyuriladi.
Shamchalarni og‘riq simptomlari yo‘qolgunicha qo‘llash mumkin, lekin 7 kundan oshmasligi kerak.
Shamchani plyonkadan chiqazib olish uchun plyonkani sham uchidan vertikal kesib va kuch bilan yirtish kerak.
GEMOROL® preparatini tavsiya qilingandan ortiq oshadigan dozada qabul qilinganda
Preparatni tavsiya qilingandan ortiq dozada qabul qilinganida yoki ko‘rsatilgan qo‘llash usuliga mos kelmagan usul bilan qabul qilinganda, shifokorga yoki farmasevtga murojaat qilish kerak.
- Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar
GEMOROL® preparatini qo‘llanganda nojo‘ya ta‘sirlar aniqlanmagan, lekin ular paydo bo‘lganda shifokorga murojaat qilish lozim.
Qichishish yoki qizarish paydo bo‘lishi mumkin. Allergik reaksiyalar yuz bersa yoki kasallik simptomlari zo‘raygan hollarida preparatni qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
- GEMOROL® preparatini saqlash
Preparatni 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan va ular ko‘rmaydigan joyda saqlansin.
Preparatni o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgandan keyin qo‘llash mumkin emas.
Tarkibi
Таъсир этувчи моддалар:
Matricariae extractum spissum (3:1); экстрагент вода очищенная 50 мг;
Belladonnae radicis extractum spissum (4:1); экстргент: этанол 70% v/v 20 мг;
Extractum compositum spissum (4:1) ex: Cytisi scoparii herba,
Hippocastani cortice, Tormentillae rhizomate, Millefolii herba
эстрагент: этанол 40% v/v 80 мг;
Benzocainum 100 мг;
Ёрдамчи моддалар:
Глицерин (Е422) 150 мг;
Каттиқ ёғ 2 г гача. доBolalar uchun qo'llanilishi
ГЕМОРОЛЬ® препаратини болаларда қўлланиши: хавфсизлиги тўғрисида маълумотлар йўқлиги туфайли, препаратни болаларда қўллаш тавсия қилинмайди.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Ҳомиладорлик: ҳомиладорлик даврида аёлларда қўллаш мумкин эмас.
Эмизиш даври: эмизикли аёлларда препаратнинг хавфсизлиги текширилмаган, шунинг учун препаратни қабул қилиш тавсия қилинмайди.
Dozani oshirib yuborilishi
Препаратни тавсия қилингандан ортиқ дозада қабул қилинганида ёки кўрсатилган қўллаш усулига мос келмаган усул билан қабул қилинганда, шифокорга ёки фармацевтга мурожаат қилиш керак.
Maxsus ko‘rsatmalari
Препаратни қўллашдан аввал касалликни сабабларини аниқлаш учун шифокорга мурожаат қилиш керак.
Катта геморроидал тугунларда шамчани қиритгандан кейин босганда, шам эригунга қадар давом этадиган (тахминан 5-10 минут) оғриқ пайдо бўлиши мумкин
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Катталарга кечасига 1 шамчадан ректал юборилади, оғир ҳолатларда кунига 2-3 шамчадан буюрилади.
Шамчаларни оғриқ симптомлари йўқолгунича қўллаш мумкин, лекин 7 кундан ошмаслиги керак.
Шамчани плёнкадан чиқазиб олиш учун плёнкани шам учидан вертикал кесиб ва куч билан йиртиш керак.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)












