logo
SavatKirish

Proktozan

Proktozan chiqarilish shakllari

PROKTOZAN maz 20g
Retseptsiz
PROKTOZAN maz 20g
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm, AO
•4 ta dorixonada bor
Narxi
166 000 so'm dan
PROKTOZAN suppozitorii N10
Retseptsiz
PROKTOZAN suppozitorii N10
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Stada Arzneimittel AG, Germaniya proizvedeno: Amcapharm Pharmaceutical GmbH
•4 ta dorixonada bor
Narxi
47 990 so'm dan
- Proktozan qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Proktozanning tarkibi
- Proktozan ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Proktozan narxi Toshkent dorixonalarida

Proktozan qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Germaniya,
Rossiya Federatsiyasi
Nimaga qarshi
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo‘llash ko‘rsatmalari
  • — 1 va 2 darajali gemorroy; — orqa chiqarish teshigi yoriqlari — o'tkir va surunkali anal ekzema; — to'g'ri ichak sohasidagi yallig'lanish jarayonlari (sh.j. proktit)
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
  • — o‘ziga xos yallig‘lanish jarayonlari (shu jumladan zaxm, tuberkulyoz); — bolalar yoshi; — homiladorlik; — laktatsiya davri (ko‘krak suti bilan boqish); — preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Tarkibi
  • bufeksamak 250 mg vismut subgallat 100 mg titan dioksidi 100 mg lidokain gidroxloridi monogidrati 10 mg Yordamchi moddalar: qattiq yog‘. bufeksamak 50 mg vismut subgallat 50 mg titan dioksidi 50 mg lidokain gidroxloridi monogidrati 5 mg Yordamchi moddalar: jun mumi, yengil suyuq parafin, polikos (20% polietilen + 80% yengil suyuq parafin), izopropil palmitat, sorbitan seskvioleat, sorbitol, suv.
Farmakokinetikasi
Proktozan preparatining farmakokinetikasi to‘g‘risida ma'lumotlar taqdim etilmagan
Farmakologik ta'siri
Bavosilga qarshi, mahalliy yallig'lanishga qarshi, jarohatni bitkazuvchi, qurituvchi, burishtiruvchi, mahalliy og'riqsizlantiruvchi. Bufeksamak (arilsirka kislotasi hosilasi) yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Vismut subgallat burishtiruvchi ta'sir ko'rsatadi va jarohatlar bitishiga yordam beradi. Titan dioksidi burishtiruvchi va qurituvchi ta'sir ko'rsatadi, jarohatlar bitishiga yordam beradi. Lidokain gidroxloridi mahalliy anestetik hisoblanadi.
Nojo'ya ta'sirlar
  • Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (perianal soha terisining achishishi, qichishishi, qizarishi, shish, pufakchalar, qipiqlar hosil bo'lishi va boshq.) bo'lishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Proktozan preparatining dozasi oshirib yuborilishi haqida ma’lumotlar taqdim etilmagan.
Dori shaklining ta'rifi
  • Rektal va sirtga qo'llash uchun maz Rektal suppozitoriylar
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Proktozan preparatining dori o‘zaro ta’siri haqida ma’lumotlar taqdim etilmagan.
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PROKTOZAN®

Proctosan

 

Preparatning savdo nomi: Proktozan®

Dori shakli: rektal shamchalar

Tarkibi

1 shamcha quyidagilarni saqlaydi:

Faol ingredientlari: bufeksamak – 250 mg, vismut subgallati – 100 mg, titan dioksidi – 100 mg, lidokain monogidrat gidroxloridi – 10 mg;

Yordamchi ingredienti: qattiq yog‘.

Ta‘rifi: och-sarg‘ish-yashil rangli shamchalar.

Farmakologik guruhi: gemorroyni davolash uchun vosita

ATX kodi: S05AX02.

 

Farmakologik xususiyatlari

Bufeksamak (arilsirka kislotasining hosilasi) yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Vismut subgallati burushtiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi va yaralarni bitishiga yordam beradi. Titan dioksidi burishtiruvchi va qurituvchi ta‘sir ko‘rsatadi, yaralarni bitishiga yordam beradi. Lidokain monogidrat gidroxloridi mahalliy anestetikdir.

 

Qo‘llanilishi

–           1-chi va 2-chi darajali gemorroy

–           orqa teshikning yorig‘lari

–           o‘tkir va surunkali anal ekzema

–           to‘g‘ri ichak sohasidagi yallig‘lanish jarayonlari (proktit)

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, spesifik yallig‘lanish jarayonlari (sifilis, tuberkulez), bolalik yoshi, homiladorlik, laktasiya.

Qo‘llash usuli va dozalari

1 shamchadan sutkada 2-3 marta rektal qo‘llanadi, imkoni boricha ichak bo‘shaganidan keyin.

O‘tkir ko‘rinishlar bosilgandan keyin 8-10 kun davomida preparatni qo‘llashni davom ettirish tavsiya qilinadi.

 

Nojo‘ya ta‘siri

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bo‘lishi mumkin (achishish, qichishish, perianal soha terisini qizarishi, shish, pufakcha va tangachalarni paydo bo‘lishi va boshq.).

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Samarasi bo‘lmaganida, noxush xislar va boshqa nojo‘ya ta‘sirlari paydo bo‘lganida, preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak. Uzoq vaqt davolashning zarurati bo‘lganida mahalliy anestetiklar saqlamaydigan dori vositalarini qo‘llash kerak. Proktozan® preparati va prezervativlar bir vaqtda qo‘llanganida prezervativlarning mustahkamligi pasayishi mumkin, bu ularning ishonchliligini pasaytiradi.

 

Chiqarilish shakli

Rektal shamchalar. 5 shamchadan PVX li kontur uyali o‘ramda. 2 kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

5 yil. Preparat o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Proktozan narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olmoq

Proktozan barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Proktozan haqida savollar

Proktozan haqida fikr-mulohazalar

Reyting 3.7, 6 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil