Ташкент
logo
SavatKirish

X-PAYLS

X-PAYLS chiqarish shakllari

X PAYLS maz 30g
Retseptsiz
X PAYLS maz 30g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
L’amar Natural Product Pvt. Ltd
•13 ta dorixonada bor
Narxi
76 200 so'm dan
- X-PAYLS qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- X-PAYLSning tarkibi
- X-PAYLS ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- X-PAYLS narxi Toshkent dorixonalarida

X-PAYLS qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

X-PAYLS

X-PILES

 

Preparatning savo nomi: X-Payls

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun surtma

Tarkibi:

100 g surtma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

Uyatchan mimoza (Mimosa pudica) barglari ekstrakti                  5,0 g;

Oq eklipta (Eclipta alba) o‘ti ekstrakti                                       3,0 g;

Barbadoss aloe (Aloe barbadensis) barglari ekstrakti               3,0 g;

Viteksa (Vitex nigundo) barglari ekstrakti                               3,0 g;

Hind azadiraxtasi (Azadirachta indica) po‘stlog‘i ekstrakti    0,5 g;

Sarisoq piyoz (Allium sativum) ekstrakti                                     0,5 g;

Sariq ituzum (Solanum xanthocarpum) o‘ti ekstrakti                0,5 g;

Qora ituzum (Solanum nigrum) o‘ti ekstrakti                              0,5 g;

Kamfora                                                                                           1,225 g;

Natriy tetraborati                                                                       1,0 g;

Rux oksidi                                                                                      1,0 g;

yordamchi moddalar: oq parafin – 15,0 g; sitostearil – 6,8 g; sitomakrogol 1000 – 1,2 g; suyuq parafin – 6,0 g; stearin kislotasi – 1,0 g; propilenglikol – 7,5 g; xlorokrezol –
0,1 g; tozalangan suv – kerakli miqdorda.

Ta‘rifi: yot kiritmalarsiz, och jigarrang rangdan to‘q jigarrang ranggacha bo‘lgan surtma.

Farmakoterapevtik guruhi: bavosilni mahalliy davolash uchun qo‘llanadigan vosita.

ATX kodi: C05AX03

Farmakologik xususiyatlari

Surtmaning tarkibidagi komponentlar antibakterial, yallig‘lanishga qarshi, qichishishga qarshi, tinchlantiruvchi, jarohatni bitishiga yordam beruvchi, immunomodulyator, gemostatik va og‘riqsizlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Ta‘sir mexanizmi va samaradorligi «X-Payls» surtmasining tarkibiga kiruvchi faol moddalarning xususiyatlariga asoslangan. «X-Payls» surtmasi shilliq qavatning regenerasiyasini tezlashtirishga yordam beradi, qon ketishlarga moyillikni kamaytiradi. Bir-birining ta‘sirini kuchaytiradigan tabiiy moddalarning majmuasi hisobiga, umuman surtma qo‘llanganida ijobiy samarasini tez rivojlanishi kuzatiladi.

Qo‘llanilishi

Tashqi gemorroy, orqa teshikni yoriqlari, eroziyasi va mikrojarohatlari, qichishishida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat gigienik muolajalar o‘tkazilganidan so‘ng qo‘llansin.

Kattalarga preparatni qo‘llashdan oldin shikastlangan sohani nam salfetka bilan asta-sekin tozalab, surtmani surtishga tayyorlash kerak. So‘ngra namlikni tualet qog‘ozi yoki yumshoq mato yordamida ehtiyotkorlik bilan quritish kerak.

Surtma shikastlangan sohaga kuniga 3-4 marta (ertalab, tunda va har safar ich kelganidan keyin) surtiladi. Surtma shuningdek orqa teshik atrofidagi teriga ham surtiladi.

12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llanadi. «X-Payls» tabletkalari bilan birga qo‘llash yanada tezroq sog‘ayishiga olib keladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kam hollarda allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Tadqiqotlar vaqtida aniqlanmagan. Preparatning ingredientlariga individual yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Kuzatilmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga, homiladorlik va laktasiya davrida shifokor bilan maslahatlashib o‘tkaziladi. Preparat qo‘llanganidan so‘ng 24 soat davomida orqa teshikdan ko‘p miqdorda qonli ajralma ajralsa, yoki terapevtik samarasi kuzatilmasa, proktolog bilan qo‘shimcha ravishda maslahatlashish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Kuzatilmagan. Tavsiya etilgan bir martalik va sutkalik dozalari ahamiyatli darajada oshirib yuborilganida allergik reaksiyalarni rivojlanish ehtimoli oshishi mumkin.

Chiqarilish shakli

30 g dan tubada. Tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

+27oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz

Ulashish:

X-PAYLS barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

X-PAYLS haqida savollar

X-PAYLS haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil