Kontraktubeks
Kontraktubeks chiqarilish shakllari

Kontraktubeks haqida qo'llanma
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- -Jarrohlik operatsiyalari, amputatsiyalar, kuyishlar va travmalardan keyin paydo bo'ladigan gipertrofik va keloid chandiqlar -Bo'g'imlar ankilozlari (kontrakturalari) -Dyupuytren kontrakturasi -Travmatik pay kontrakturalari -Homiladorlikdan keyingi chandiqlar -Atrofik chandiqlar (xususan, acne yoki furunkulezdan keyin paydo bo'ladigan) -Operatsiyadan keyingi davrda yoki baxtsiz hodisadan keyin patologik chandiqlar hosil bo'lishining oldini olish Bolalarda qo'llash mumkin.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatning ta’siri o‘rganilmagan
Tarkibi
- Piyoz ekstrakti 10 g Geparin 5000 XB Allantoin 1 g Yordamchi moddalar: Sorbin kislotasi, Metil-4-gidroksibenzoat, Parfyum, DROM 2700, Ksantan, Polietilenglikol 200, tozalangan suv.
Farmakokinetikasi
Farmakologik ta'siri
Nojo'ya ta'sirlar
- Kamdan-kam hollarda: mahalliy teri reaktsiyalari.
Dori shaklining ta'rifi
- Sirtga qo'llash uchun gel Kontraktubeks plastiri - bu tananing barcha yuzalarida ishlatilishi mumkin bo'lgan yupqa, egiluvchan va yumshoq plastinka. Ochiq yaralarda va shilliq qavatlarda ishlatilmasin.
Maxsus ko‘rsatmalari
Ta'sirni kuchaytirish uchun preparatni oldindan bug'langan teriga surtish kerak. Fizioterapevtik tadbirlar bilan birgalikda qo'llash mumkin.
Yangi chandiqlarni davolashda ultrabinafsha nurlanish, sovuq ta'siri va intensiv massajdan saqlanish kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Preparatning bir marta qo‘llashdagi sarfi o‘rtacha 20-25 sm maydondagi chandiq yuzasiga 0,5 sm gel. Sutkasiga 2-3 marta qo‘llaniladi, chandiq to‘qimasiga yengil ishqalanadi. Yangi chandiqlarda davolash kursi o‘rtacha 4 haftani tashkil qiladi.
Eski qattiq chandiqlarda tunga gel bilan okklyuzion bog‘lam qo‘yiladi. Davolash kursi o‘rtacha 3-6 oyni tashkil qiladi.
Dyupyuitren kontrakturasida davolash kursi o‘rtacha 12 oyni tashkil qiladi.
Profilaktika uchun jarohat epitelizatsiyasidan keyingi faza ishlatiladi (granulyatsiyaga surtilmaydi).
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)


















