Farmateks
Farmateks chiqarilish shakllari





Farmateks haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, vaginit, qin yoki bachadon bo’yni shilliq qavatini yaralanishi va ta’sirlanishida qo’llash mumkin emas.
Farmakodinamikasi
Benzalkoniy xloridi bir vaqtda spermitsid va antiseptikdir. Spermitsid ta’siri ta’sir qiluvchi moddaning spermatozoid membranalarini parchalash (avval dumini, so’ngra boshchasini) qobiliyati bilan bog’liq, bu shikastlangan spermatozoid tomonidan tuxum xujayrani urug’lantiraolmasligiga olib keladi. Samarasi qinga yuborilganidan keyin darhol rivojlanadi.
Farmateks preparatini qo’llash homiladorlikni paydo bo’lish xavfini kamaytiradi, lekin butunlay bartaraf etmaydi.
Qinning normal mikroflorasiga (shu jumladan, Doderlyayn tayoqchasiga) ta’sir qilmaydi.
Farmateks xayz davri, libido va ayollar fertil davriga ta’sir ko’rsatmaydi.
In vitro Neisseria gonorrhoeae, Chlamydia spp., Trichomonas vaginalis., Herpes simplex 2 turi, Staphylococcus aureus nisbatan faol. Mycoplasma spp. ga ta’sir ko’rsatmaydi va Gardnella vaginalis, Candida albicans, Haemophilus ducreyi va Treponema pallidum ga kuchsiz ta’sir qiladi.
Farmakokinetikasi
Benzalkoniy xloridi qin shilliq qavatidan so’rilmaydi, oddiy suv bilan yuvilganda bartaraf qilinadi va normal fiziologik ajralmalar bilan chiqariladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Preparat kontratseptiv vosita hisoblanadi, homiladorlik vaqtida qo’llanmaydi. Homiladorlik vaqtida bu spermitsidni tasodifan qo’llanganda, homilaga xech qanday salbiy ta’sirlar aniqlanmagan.
Onaning sutiga kirib borishi juda kam miqdorda ma’lum salbiy ta’sirlar ko’rsatmasdan amalga oshirilishi mumkin. Preparatni laktatsiya davrida qo’llash mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi hollari aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalari
Farmateks homiladorlikdan saqlanish uchun samarali preparatdir, agar preparat to’g’ri qo’llanilsa. Biroq, spermitsid mahalliy kontratsepsiyasi doim gormonal kontratsepsiyasi, bachadon ichki kontratsepsiyasi, qin diafragmasi, servikal qopqog’i yoki prezervativlarga nisbatan doim samarasiz.
Jinsiy aloqadan 2 soat oldin va keyin jinsiy a’zolarni tozalash uchun sovundan foydalanish ta’qiqlanadi, chunki sovun Farmateksning ta’sir qiluvchi moddasini parchalaydi.
Jinsiy aloqadan keyin tashqi jinsiy a’zolarni faqat toza suv bilan tozalash mumkin. Jinsiy aloqadan 2 soatdan keyin qinni tozalash mumkin.
Qinga yuborilgan Farmateksning kontratseptiv ta’sirini pasayishi xavfi sababli, vanna qabul qilish, dengizda, basseynda va suv xavzalarida cho’milish mumkin emas.
Qin kasalliklarini davolashda qin dori vositalari bilan davolash to’xtamagunigacha Farmateksni qo’llashni vaqtincha to’xtatish kerak.
Bu kontratsepsiya usuli jinsiy aloqa yo’li bilan o’tadigan yoki Odam immun tanqisligi virusi sabab bo’lgan infeksiyalardan himoya qilmaydi. Ushbu kasallliklardan faqat to’siqli kontratseptiv usuli –prezervativ mavjud.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga preparatning salbiy ta’siri to’g’risida ma’lumotlar yo’q.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Qin ichiga qo’llaniladigan har qanday dori vositasi preparatning spermitsid ta’sirini pasaytirishi mumkin. Faol modda-benzalkoniy xlorid sovun ta’sirida parchalanadi, shuning uchun xattoki kam miqdorda bo’lsa ham jinsiy a’zolarni tozalash uchun sovundan foydalanish ta’qiqlanadi.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Qin ichiga qo’llash uchun.
Chalqancha yotgan holda, kapsulani jinsiy aloqadan 10 minut oldin qinga chuqur yuboriladi. Ta’sir davomiyligi – 4 soat. Har bir takroriy jinsiy aloqadan oldin albatta yangi kapsulani yuborish kerak.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)















