Ташкент
logo
SavatKirish

FARMATEKS suppozitorii 18,9mg N10

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Frantsiya
Farmakoterapevtik guruh:

Ginekologik kasalliklarni davolashda boshqa dori vositalari. Mahalliy qo’llash uchun kontratseptivlar. Intravaginal kontratseptivlar.

Ishlab chiqaruvchi:Innotera Shuzi
ATX kodi:G02BB
Barcha Farmateks dorilari
103 ta dorixonada bor
Narxi 9 800 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 103 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

FARMATEKS suppozitorii 18,9mg N10 o'xshash dorilari

Narxi
105 800 so'm dan
MASTODINON tabletkalari N60
Retseptsiz
MASTODINON tabletkalari N60
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bionorica SE
Narxi
143 800 so'm dan
Narxi
105 800 so'm dan
KLIMAKSAN GOMEOPATICHYeSKIY gomeopatik granulalar 10g
KLIMAKSAN GOMEOPATICHYeSKIY gomeopatik granulalar 10g
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «NPF «MATERIA MEDIKA XOLDING»
•90 ta dorixonada bor
Narxi
16 000 so'm dan

FARMATEKS suppozitorii 18,9mg N10 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:

1 suppozitoriy  saqlaydi

Faol modda — 37,8 mg benzalkoniy xloridining 50% suvli eritmasi, bu 18,9 mg benzalkoniy xloridiga mos keladi         

Yordamchi moddalar:Giproloza, Witepsol S 51 qattiq yog’i 

Chiqarilish shakli  

Qin suppozitoriylari.

5 suppozitoriydan quyi zichlikka ega polietilen bilan qoplangan PVX plyonka stripda.

1 yoki 2 strip qo’llash bo’yicha yo’riqnomasi bilan karton qutida.

Farmakodinamikasi

Benzalkoniy xloridi bir vaktning o’zida spermitsid va antiseptik vosita xisoblanadi. Faol modda spermatozoidlarning membranasini parchalaydi. Spermatozoidlarning parchalanishi  ikki bosqichda kechadi: dastlab dumini, so’ngra boshchasini, bu shikastlangan spermatozoid tomonidan tuxum xujayrani uro’g’lanish imkonini yo’q bo’lishiga olib keladi.

Usulning samaradorligi qo’llanish bo’yicha tavsiyalarni to’liq va aniq rioya etilishiga bog’lik.

Qinning saprofit florasi kontratseptivlar ta’sirida o’zgarmaydi — Farmateks laktobatsillar (Doderlyayn tayoqchasiga) miqdoriga ta’sir qilmaydi.

Farmateks gormonal preparati emas va xayz davri, libido va ayollar fertil davriga ta’sir ko’rsatmaydi.

Benzalkoniy xloridi antiseptik ta’siriga ham ega:

In vitro sharoitida, preparat jinsiy yo’li bilan o’tadigan kasalliklarga nisbatan faol, ayniqsa: Neisseria gonorrhoeae, Chlamydia spp., Trichomonas vaginalis, Herpes simplex 2 tipi, Staphylococcus aureus. Mycoplasma spp. ga ta’sir qilmaydi va Gardnerella vaginalis, Candida albicans, Haemophilus ducreyi va  Treponema pallidum ga sust ta’sir qiladi.

  • In vivo sharoitida, ba’zi elementlar jinsiy yo’li bilan o’tadigan kasalliklarga nisbatan faol.

 Profilaktik sifatida foydalanish to’g’risida ma’lumotlar yo’q.

Farmakokinetikasi
Benzalkoniy xloridi qin shilliq qavatidan so’rilmaydi, oddiy suv bilan yuvilganda bartaraf qilinadi va normal fiziologik ajralmalar bilan chiqariladi.
Farmakoterapevtik guruh

Ginekologik kasalliklarni davolashda boshqa dori vositalari. Mahalliy qo’llash uchun kontratseptivlar. Intravaginal kontratseptivlar.

Dori shakli

Qin suppozitoriylari

Nojo'ya samaralari

-Allergik reaksiyalar, kontakt dermatit, qin va/yoki sherigining jinsiy olatida qichishish va achishish, og’riqli siyish.

-Ular paydo bo’lishi hollarida Farmateksni qo’llashni to’xtatilsin.

Maxsus saqlash sharoitlari

Farmateks homiladorlikdan saqlanish uchun samarali preparatdir, agar  preparat to’g’ri  qo’llanilsa. Biroq, spermitsid mahalliy kontratsepsiyasi doim gormonal kontratsepsiyasi,  bachadon ichki kontratsepsiyasi, qin diafragmasi, servikal qopqog’i yoki prezervativlarga nisbatan doim samarasiz.

Kontratsepsiyaning samaradorligi preparatni to’g’ri qo’llashga bog’liq.

  • Xar bir jinsiy aloqadan oldin muntazam ravishda qo’llaniladi
  • Jinsiy aloqadan 2 oldin va keyin jinsiy a’zolarni tozalash uchun sovundan foydalanish ta’qiqlanadi, chunki sovun Farmateksning ta’sir qiluvchi moddasini parchalaydi.
  • Jinsiy aloqadan keyin faqat toza suv bilan tashqi jinsiy a’zolarni tozalash mumkin. Jinsiy aloqadan 2 soatdan keyin qinni tozalash mumkin.
  • Qinga yuborilgan Farmateksning kontratseptiv ta’sirini pasayishi xavfi sababli vanna qabul qilish dengizda, basseynda va suv xavzalarida cho’milish mumkin emas.
  • Qin kasalliklarini davolashda qin dori vositalari bilan davolash to’xtamagunigacha Farmateksni qo’llashni vaqtincha to’xtatish kerak.

Bu kontratsepsiya usuli jinsiy aloqa yo’li bilan o’tadigan yoki Odam immun tanqisligi virusi sabab bo’lgan infeksiyalardan himoya qilmaydi. Ushbu kasallliklardan faqat to’siqli kontratseptiv usuli –prezervativ mavjud.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri

Ta’siri yo’q.

Qo'llanilishi

Reproduktiv yoshdagi ayollar uchun mahalliy kontratsepsiya, ayniqsa:

-peroral kontratseptivlar va bachadon ichki kontratsepsiyasini qo’llash mumkin bo’lmaganda;

— tug’ruqdan keyingi davrda, laktatsiya davrida, homiladorlikni to’xtatishda,

— menopauzada;

-muntazam bo’lmagan jinsiy aloqalarda;

-qin diafragmasi yoki bachadon ichi spirali qo’llanganida qo’shimcha mahalliy kontratsepsiya sifatida qo’llaniladi.

-doimiy qo’llaniladigan peroral kontratseptivlarni qabul qilishni o’tkazib yuborish yoki kechikishda. Bu holatda xayz davrigacha bo’lgan kun davomida ikki turdagi kontratsepsiyani qo’llash tavsiya etiladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

-preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik

-kolpit, vaginit

-qin yoki bachadon bo’yni shilliq qavatini yaralanishi va ta’sirlanishida

-ruxiy kasalliklar bilan og’rigan odamlarda yoki kontratseptiv vositalardan foydalanishga to’sqinlik qiladigan jinsiy a’zolarda aralashuvlarga yo’l qo’ymagan shaxslarda

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Qin ichiga qo’llaniladigan har qanday dori vositasi  preparatning spermitsid ta’sirini pasaytirishi mumkin. Faol modda —  benzalkoniy xlorid sovun ta’sirida parchalanadi, shuning uchun  xattoki  kam miqdorda bo’lsa ham jinsiy a’zolarni tozalash uchun sovundan foydalanish ta’qiqlanadi.

Ta'rifi

Oq rangli, silindrik shaklli, oxiri konussimon suppozitoriylar.

Dozirovkasi

Qin ichiga qo’llash uchun.

Chalqancha yotgan holda, suppozitoriyni jinsiy aloqadan 5 minut oldin qinga chuqur yuboriladi. Ta’sirining davomiyligi – 4 soat. Har bir takror jinsiy aloqadan oldin albatta yangi kapsulani yuborish kerak.


Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshrib yuborilishi hollari aniqlanmagan. 

FARMATEKS suppozitorii 18,9mg N10 boshqa chiqarish shakllari

FARMATEKS krem vaginalniy 72g 1,2%
FARMATEKS krem vaginalniy 72g 1,2%
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Laboratoire Innotech International manufactured by Innothera Chouzy
Narxi
148 000 so'm dan
Narxi
148 000 so'm dan
FARMATEKS krem 72,0g 1,2%
Retseptsiz
FARMATEKS krem 72,0g 1,2%
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Laboratorii Shemino/Innotera Shuzi
Narxi
148 000 so'm dan
FARMATEKS tabletkalari 20mg N12
Retseptsiz
FARMATEKS tabletkalari 20mg N12
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Innotera Shuzi
Narxi
45 000 so'm dan
FARMATEKS vaginal kapsulalar N6
FARMATEKS vaginal kapsulalar N6
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Katalent Frans Beynxeym S.A./Innotera Shuzi

FARMATEKS suppozitorii 18,9mg N10 analoglari

BENATEKS suppozitorii N10
BENATEKS suppozitorii N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm, AO
FARMATEKS krem 72,0g 1,2%
Retseptsiz
FARMATEKS krem 72,0g 1,2%
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Laboratorii Shemino/Innotera Shuzi
Narxi
148 000 so'm dan
FARMATEKS tabletkalari 20mg N12
Retseptsiz
FARMATEKS tabletkalari 20mg N12
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Innotera Shuzi
Narxi
45 000 so'm dan
FARMATEKS vaginal kapsulalar N6
FARMATEKS vaginal kapsulalar N6
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Katalent Frans Beynxeym S.A./Innotera Shuzi
Narxi
148 000 so'm dan
FARMATEKS krem vaginalniy 72g 1,2%
FARMATEKS krem vaginalniy 72g 1,2%
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Laboratoire Innotech International manufactured by Innothera Chouzy
Narxi
148 000 so'm dan

FARMATEKS suppozitorii 18,9mg N10 savollari

FARMATEKS suppozitorii 18,9mg N10 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil