FARMATEKS tabletkalari 20mg N12

Mahalliy qo’llash uchun kontratseptiv vosita.
FARMATEKS tabletkalari 20mg N12 qo'llanmasi
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda:
Miristalkoniy xloridi ……………………. 20,0 mg
YOrdamchi moddalar:
natriy gidrokarbonati …………………….110,0 mg
limon kislotasi ………………………………..96,0 mg
kolloid kremniy dioksid …………………..12,0 mg
mikrokristall sellyuloza …………………172,0 mg
magniy stearati …………………………………….5,3 mg
laktoza monogidrati ………………………….363,0 mg
makrogol 6000 ……………………………………..20,7 mg
Chiqarilish shakli
Qin tabletkalari 20,0 mg
12 tabletkadan silikagelli polietilen tiqin bilan berkitilgan polipropilen tubada. 1 tuba qo’llash bo’yicha yo’riqnomasi bilan birga karton qutida.
Farmakodinamikasi
Miristalkoniy xloridi bir vaqtning o’zida spermitsid va antiseptik vosita hisoblanadi. Spermitsid ta’siri ta’sir etuvchi moddaning spermatozoidlarning membranasini parchalashi (dastlab dumini, so’ngra boshchasini) bilan bog’liq, bu shikastlangan spermatozoid tomonidan tuxum xujayrani urug’lanish imkonini yo’q bo’lishiga olib keladi. Samarasi qinga yuborilgandan keyin 10 minut o’tgach rivojlanadi.
Farmateksni qo’llash homilador bo’lish xavfini ahamiyatli darajada kamaytiradi, ammo uni to’liq bartaraf qilmaydi.
In vitro sharoitida Neisseria gonorrhoeae, Chlamydia spp., Trichomonas vaginalis, Herpes simplex 2 tipi, Staphylococcus aureus ga nisbatan faol. Mycoplasma spp. ga ta’sir qilmaydi va Gardnerella vaginalis, Candida albicans, Haemophilus ducreyi va Treponema pallidum ga sust ta’sir qiladi.
Qinning normal mikroflorasiga (shu jumladan Doderlyayn tayoqchasiga) va hayz ko’rish sikliga ta’sir qilmaydi.
Farmakokinetikasi
Farmakoterapevtik guruh
Mahalliy qo’llash uchun kontratseptiv vosita.
Dori shakli
Qin tabletkalari.
Nojo'ya samaralari
Allergik reaksiyalar, kontakt dermatit, qinda va/yoki sherikning jinsiy a’zosida qichishish va achishish, og’riqli siyish.
Ular paydo bo’lgan hollarda Farmateks preparatini qo’llashni to’xtatish kerak.
Agar yo’riqnomada keltirilgan nojo’ya samaralardan birontasi chuqurlashsa yoki Siz yo’riqnomada ko’rsatilmagan har qanday boshqa nojo’ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.
Maxsus saqlash sharoitlari
Kontratsepsiyaning samaradorligi preparatni to’g’ri ishlatishga bog’liq.
- Jinsiy aloqadan 2 soat oldin va jinsiy aloqadan keyin 2 soat davomida jinsiy a’zolarni tozalash uchun sovun ishlatish taqiqlanadi, chunki sovun Farmateksning ta’sir etuvchi moddasini parchalaydi.
- Jinsiy aloqadan keyin darhol tashqi jinsiy a’zolarni faqat toza suv bilan tozalash mumkin. Qinni yuvish jinsiy aloqadan keyin 2 soat o’tgach bajariladi.
- Qinga kiritilgan Farmateks bilan vanna qabul qilish, dengizda, basseynda va suv xavzalarida cho’milish, keyingi kontratseptiv ta’sirini pasayishi xavfi tufayli mumkin emas.
- Farmateks preparatini qinning kasalligi paydo bo’lganida, to qin dori vositalari bilan davolash tugagunicha ishlatishni to’xtatish kerak
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga preparatning salbiy ta’siri to’g’risida ma’lumotlar yo’q.
Qo'llanilishi
Reproduktiv yoshdagi ayollar uchun (shu jumladan peroral kontratseptivlarni yoki bachadon ichki kontratsepsiya qo’llashga qarshi ko’rsatma bo’lganida; tug’ruqdan keyingi davrda, emizish davrida; homiladorlik to’xtatilgandan keyin; menopauzadan oldingi davrda; nomuntazam jinsiy aloqada; peroral kontratseptivlarni muntazam ishlatishda o’tkazib yuborilgan yoki qabul qilish kechikilgan holda) mahalliy kontratsepsiyada qo’llanadi.
Qin diafragmasini yoki bachadon ichki kontratsepsiya ishlatilganida qo’shimcha mahalliy kontratsepsiya sifatida qo’llanadi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, vaginit, qin va bachadon bo’yni shilliq qavatini yaralanishi va ta’sirlanishida qo’llash mumkin emas.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Qinga yuborilgan har qanday dori vositasi preparatning spermatsid ta’sirini kamaytirishi mumkin. Yod eritmalari (shu jumladan yodonatning 0,1% li eritmasi) preparatni faolsizlantiradi.
Ta'rifi
Oq, dumaloq hidsiz, markazida teshigi bo’lgan tabletkalar.
Dozirovkasi
Qinga qo’llash uchun.
To’liq erishi uchun suv bilan xo’llangan tabletka yotgan holatda qinga chuqur qilib, jinsiy aloqadan 10 minut oldin yuboriladi. Ta’sir davomiyligi – 3 soatni tashkil etadi. Har bir qayta jinsiy aloqadan oldin albatta yangi tabletkani yuborish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi belgilari ta’riflanmangan.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Preparat kontratseptiv vosita hisoblanadi, homiladorlik vaqtida qo’llanmaydi.
Miristalkoniy xloridi kontratsepsiyasi fonida homiladorlik aniqlansa, homiladorlikni kechishiga ta’siri aniqlanmagan. Ko’krak suti bilan chiqarilmaydi, emizish davrida qo’llash mumkin.
Hajm/og'irlik
FARMATEKS tabletkalari 20mg N12 o'xshash dorilari


Farmateks boshqa chiqarish shakllari


FARMATEKS tabletkalari 20mg N12 analoglari


FARMATEKS tabletkalari 20mg N12 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi
{
"data": {
"id": 29796,
"stores_apteka_id": 305663,
"slug": "farmateks-n12-tabl-vag",
"stores_apteka_slug": "farmateks-tab-20mg-n12",
"name": "FARMATEKS tabletkalari 20mg N12",
"brand_name": "FARMATEKS",
"image": "uploads/iblock/f5a/f5a4853a564875ca74eddd567fd6ef5c.webp",
"atx_code": "G02BB",
"drug_form_id": 1,
"over_the_counter": true,
"prescription_type": "non_prescription",
"availability": "available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": true,
"has_delivery": true,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Innotera Shuzi",
"representative": {
"id": 142692,
"slug": "laboratoire-innotech-international",
"name": "Laboratoire Innotech International"
},
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 1081,
"slug": "ginekologicheskie",
"name": "Ginekologik dorilar",
"external_link_title": "Ginekolog maslahati",
"external_link": "https://med24.uz/uz/doctors/ginekolog"
},
"drug_group": {
"id": 6415,
"slug": "farmateks",
"name": "Farmateks"
},
"is_purchasable": true,
"country": {
"id": 38,
"slug": "franciya",
"name": "Frantsiya"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 6497,
"slug": "benzalkoniya-khlorid",
"name": "Benzalkoniya xlorid"
}
],
"tags": []
}
}











