FARMATEKS krem vaginalniy 72g 1,2%

Ginekologik kasalliklarni davolashda boshqa dori vositalari. Mahalliy qo’llash uchun kontratseptivlar. Intravaginal kontratseptivlar
FARMATEKS krem vaginalniy 72g 1,2% o'xshash dorilari


FARMATEKS krem vaginalniy 72g 1,2% qo'llanmasi
Retseptsiz.
100 g kremda
Faol modda:
2,4 g benzalkoniy xloridining 50% eritmasi, bu 1,2 g benzalkoniy xloridiga muvofiq keladi;
Yordamchi moddalar: suvsiz limon kislotasi, makrogol va etilenglikol palmitostearati (TefozÒ 63), lavanda moyi essensiyasi, natriy gidrogenofosfat dodekagidrati, tozalangan suv.
Chiqarilish shakli
Qin kremi 1,2%
72 g dan krem membranali va membranani teshish uchun peforatorli yuqori zichlikdagi polietilendan buraladigan qopqoqli alyuminiy tubalarda. Tuba ichidan himoyalovchi epoksifenol lak bilan qoplangan. Bir tuba qo’llash bo’yicha yo’riqnomasi va past zichlikdagi polietilendan dozator bilan karton qutida.
Benzalkoniy xloridi bir vaqtda spermitsid va antiseptikdir Spermitsid ta’siri ta’sir qiluvchi moddaning spermatozoid membranalarini parchalash (avval dumini, so’ngra boshchasini) qobiliyati bilan bog’liq, bu shikastlangan spermatozoid tomonidan tuxum xujayrani urug’lantiraolmasligiga olib keladi. Samarasi qinga yuborilganidan keyin darhol rivojlanadi.
Farmateks preparatini qo’llash homiladorlikni paydo bo’lish xavfini kamaytiradi, lekin butunlay bartaraf etmaydi.
Qinning normal mikroflorasiga (shu jumladan, Doderlyayn tayoqchasiga) ta’sir qilmaydi.
Farmateks xayz davri, libido va ayollar fertil davriga ta’sir ko’rsatmaydi.
In vitro Neisseria gonorrhoeae, Chlamydia spp., Trichomonas vaginalis., Herpes simplex 2 turi, Staphylococcus aureus nisbatan faol. Mycoplasma spp. ga ta’sir ko’rsatmaydi va Gardnella vaginalis, Candida albicans, Haemophilus ducreyi va Treponema pallidum ga kuchsiz ta’sir qiladi.
Benzalkoniy xloridi qin shilliq qavatidan so’rilmaydi, oddiy suv bilan yuvilganda bartaraf qilinadi va normal fiziologik ajralmalar bilan chiqariladi.
Ginekologik kasalliklarni davolashda boshqa dori vositalari. Mahalliy qo’llash uchun kontratseptivlar. Intravaginal kontratseptivlar
Qin kremi
Allergik reaksiyalar, kontakt dermatit, qin va/yoki sherikning jinsiy olatida qichishish va achishish, og’riqli siyish.
Ular paydo bo’lgan hollarda Farmateksni qo’llash to’xtatilsin.
Agar yo’riqnomada ko’rsatilgan har qanday nojo’ya samaralar og’irlashsa, yoki Siz yo’riqnomada ko’rsatilmagan har qanday boshqa nojo’ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.
Farmateks homiladorlikdan saqlanish uchun samarali preparatdir, agar preparat to’g’ri qo’llanilsa. Biroq, spermitsid mahalliy kontratsepsiyasi doim gormonal kontratsepsiyasi, bachadon ichki kontratsepsiyasi, qin diafragmasi, servikal qopqog’i yoki prezervativlarga nisbatan doim samarasiz.
Jinsiy aloqadan 2 soat oldin va keyin jinsiy a’zolarni tozalash uchun sovundan foydalanish ta’qiqlanadi, chunki sovun Farmateksning ta’sir qiluvchi moddasini parchalaydi.
Jinsiy aloqadan keyin tashqi jinsiy a’zolarni faqat toza suv bilan tozalash mumkin. Jinsiy aloqadan 2 soatdan keyin qinni tozalash mumkin.
Qinga yuborilgan Farmateksning kontratseptiv ta’sirini pasayishi xavfi sababli, vanna qabul qilish, dengizda, basseynda va suv xavzalarida cho’milish mumkin emas.
Qin kasalliklarini davolashda qin dori vositalari bilan davolash to’xtamagunigacha Farmateksni qo’llashni vaqtincha to’xtatish kerak.
Bu kontratsepsiya usuli jinsiy aloqa yo’li bilan o’tadigan yoki Odam immun tanqisligi virusi sabab bo’lgan infeksiyalardan himoya qilmaydi. Ushbu kasallliklardan faqat to’siqli kontratseptiv usuli –prezervativ mavjud.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga preparatning salbiy ta’siri to’g’risida ma’lumotlar yo’q.
Reproduktiv yoshdagi ayollar uchun mahalliy kontratsepsiya, ayniqsa:
-
peroral kontratseptivlar va bachadon ichki kontratsepsiyasini qo’llash mumkin bo’lmaganda;
-
menopauzadan oldingi davrda;
-
muntazam bo’lmagan jinsiy aloqalarda;
-
qin diafragmasi yoki bachadon ichi spirali qo’llanganida qo’shimcha mahalliy kontratsepsiya sifatida qo’llaniladi, ayniqsa uzoq vaqt nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar qo’llanilganda
-
doimiy qo’llaniladigan peroral kontratseptivlarni qabul qilishni o’tkazib yuborish yoki kechikishda. Bu holatda xayz davrigacha bo’lgan kun davomida ikki turdagi kontratsepsiyani qo’llash tavsiya etiladi.
- tug’ruqdan keyingi davrda, laktatsiya davrida, homiladorlikni to’xtatishda,
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, vaginit, qin va bachadon bo’yni shilliq qavatini yaralanishi va ta’sirlanishi.
Qin ichiga qo’llaniladigan har qanday dori vositasi preparatning spermitsid ta’sirini pasaytirishi mumkin. Faol modda — benzalkoniy xlorid sovun ta’sirida parchalanadi, shuning uchun xattoki kam miqdorda bo’lsa ham jinsiy a’zolarni tozalash uchun sovundan foydalanish ta’qiqlanadi.
Lavanda hidiga ega oq bir xil krem
Vaginal qo’llash uchun.
Dozatorni tubaga qopqoqning o’rniga o’rnating. Tubani ichidagisini sekin bosib dozator to’lgunicha (porshenning oxirigacha) shunday chiqarish kerakki, bunda havo pufakchalarni hosil bo’lmasligi kerak. Dozatorni tyubikdan yechib oling. Tubani qopqoqcha bilan yoping.
CHalqancha yotgan holda, kremni dozator yordamida asta-sekin porshenga bosib qinga chuqur kiritish kerak. Ta’sir davomiyligi — 10 soat. Har bir qayta jinsiy aloqa oldidan albatta kremning yangi porsiyasini kiritish kerak.
Bir doza (5 g krem) bir jinsiy aloqaga mo’ljallangan.
Dozani oshirib yuborilishi hollari aniqlanmagan.
Homiladorlik
Preparat kontratseptiv vosita hisoblanadi, homiladorlik vaqtida qo’llanmaydi. Homiladorlik vaqtida bu spermitsidni tasodifan qo’llanganda, homilaga xech qanday salbiy ta’sirlar aniqlanmagan.
Laktatsiya davri
Onaning sutiga kirib borishi juda kam miqdorda ma’lum salbiy ta’sirlar ko’rsatmasdan amalga oshirilishi mumkin. Preparatni laktatsiya davrida qo’llash mumkin . Ona suti bilan ajralmaydi, laktatsiya davrida qo’llash mumkin.
FARMATEKS krem vaginalniy 72g 1,2% boshqa chiqarish shakllari


FARMATEKS krem vaginalniy 72g 1,2% analoglari













