Apteka.uz
SavatKirish

Gelmintoks

Gelmintoks chiqarilish shakllari

GELMINTOKS tabletkalari 250mg N3
Retseptli
GELMINTOKS tabletkalari 250mg N3
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Laboratoire Innotech International, Fransiya proizvedeno. Innothera Chouzy
•88 ta dorixonada bor
Narxi
25 300 so'm dan
GELMINTOKS suspenziya dlya priema vnutr 15ml 125mg/2,5ml
Retseptli
GELMINTOKS suspenziya dlya priema vnutr 15ml 125mg/2,5ml
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Innotera Shuzi
•90 ta dorixonada bor
Narxi
47 000 so'm dan
GELMINTOKS tabletkalari 250mg N3
Retseptli
GELMINTOKS tabletkalari 250mg N3
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Innothera Chouzy
•88 ta dorixonada bor
Narxi
25 300 so'm dan
GELMINTOKS tabletkalari 125mg N6
Retseptli
GELMINTOKS tabletkalari 125mg N6
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Innothera Chouzy
•98 ta dorixonada bor
Narxi
21 800 so'm dan
GELMINTOKS suspenziya 15ml 125mg/2,5ml
Retseptli
GELMINTOKS suspenziya 15ml 125mg/2,5ml
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Innothera Chouzy
•90 ta dorixonada bor
Narxi
47 000 so'm dan
GELMINTOKS tabletkalari 125mg N6
Retseptli
GELMINTOKS tabletkalari 125mg N6
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Laboratoire Innotech International, Fransiya proizvedeno. Innothera Chouzy
•98 ta dorixonada bor
Narxi
21 800 so'm dan
- Gelmintoks qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Gelmintoksning tarkibi
- Gelmintoks ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Gelmintoks narxi Toshkent dorixonalarida

Gelmintoks haqida qo'llanma

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GELMINTOKS

HELMINTOX

Preparatning savdo nomi:  Gelmintoks

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): pirantel (pyrantel)

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 125 mg va 250 mg

1 tabletkaning tarkibi                                                  125 mg                        250 mg

Faol modda:

Pirantel embonati                                                            360,5 mg                     721,0 mg

(pirantelga qayta hisoblanganda)                                               (125,0 mg)                   (250,0 mg)

Yordamchi moddalar:

O‘ta jelatinlangan makkajo‘xori kraxmali                   19,95 mg                     39,9 mg

Povidon                                                                               15,75 mg                     31,5 mg

Natriy kroskaramellozasi                                               16,8 mg                       33,6 mg

Magniy stearati                                                                 7,00 mg                       14,0 mg

Plyonka qobiqning tarkibi:

SepifilmTM 002 (gipromelloza,                                      12,5 mg                       25,0 mg

mikrokristall sellyuloza,

makrogol 8 stearati, I turi)

SepispersTM AR3065 sariq (propilenglikol,             8,3 mg                         16,6 mg

titan dioksidi (Ye 171), sariq “shafaq”

bo‘yovchisi (Ye 110)

suvsiz substansiyasiga qayta hisoblanganda                  7,5 mg                         15,0 mg

Ta‘rifi: uzunchoq, sarg‘ish-to‘q sariq rangli, bir tomonida riskali plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Ko‘ndalang kesimida limon-sariq rangli yadrosi mavjud.

Farmakoterapevtik guruhi: antigelmint vosita.

ATX kodi: R02SS01

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Gelmintlarga (gijjalarga) qarshi preparat, unga sezgir bo‘lgan gelmintlarda nerv-mushak blokadasini chaqiradi va shikastlangan gijjalarni preparat ta‘sirida qo‘zg‘alishsiz va migrasiyasini rag‘batlantirmasdan, ularni ichakdan haydab chiqarilishini ta‘minlaydi. Ichak bo‘shlig‘ida preparatga sezgir bo‘lgan yetilgan va yetilmagan ikkala jinsga mansub gelmintlarga qarshi faol. Ostrisalar (Enterobius vermicularis), askaridalar (Ascaris lumbricoides), ankilostomalar (Ankylostoma duodenale va Necator americanus) chaqirgan invaziyalarda yuqori samarali.

Farmakokinetikasi

Me‘da-ichak yo‘llaridan deyarli so‘rilmaydi. Tana vazniga 12,5 mg/kg bo‘lgan bir martalik dozani qabul qilingandan keyin qon plazmasida pirantelning konsentrasiyasi 1-3 soat davomida 0,05-0,13 mkg/ml ni tashkil qiladi. Jigarda N-metil-1,3-propadiamingacha qisman metabolizmga uchraydi. Ichak orqali chiqarilishi – taxminan 90% o‘zgarmagan holda, 7% – buyraklar orqali o‘zgarmagan holda yoki metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Askaridoz, enterobioz (ostrisalarni yuqishi), ankilostomidozda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga qabul qilish uchun buyuriladi.

Tabletkalar kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar uchun mo‘ljallangan.

Gelmintoksni sutkaning har qanday vaqtida, oldindan surgi vositalarni qabul qilmasdan qo‘llash mumkin, nahorga qabul qilish shart emas.

Ostrisalar va askaridalar:

Enterobioz va askaridozni davolash uchun preparatni bir marta tavsiya qilingan dozada buyuriladi:

Odatdagi dozalash – tana vazniga 12,5 mg/kg bir marta, ya‘ni:

6 yoshdan oshgan bolalar: 10 kg tana vazniga 125 mg li 1 tabletka, bir marta;

tana vazni 75 kg dan kam bo‘lgan kattalarga: 250 mg dan 3 tabletka, bir marta;

tana vazni 75 kg dan ortiq bo‘lgan kattalarga: 250 mg dan 4 tabletka, bir marta buyuriladi;

Qayta yuqishini oldini olish uchun, preparat qabul qilishni 3 xaftadan keyin takrorlash tavsiya qilinadi.

Ankilostomalar:

Endemik hududida, Necator americanus ni yuqishi hollarida yoki Ankylostoma duodenale ni og‘ir darajali yuqishi hollarida dozalash ikki-uch kun davomida kuniga 25 mg/kg ni (bir yoki ikki qabulga) tashkil qiladi, ya‘ni:

– bolalarga: 10 kg tana vazniga 250 mg har kuni;

tana vazni 75 kg dan kam bo‘lgan kattalarga: kuniga 1,5 g;

– tana vazni 75 kg dan ortiq bo‘lgan kattalarga: kuniga 2 g buyuriladi.

Endemiya hududidan tashqarida Ankylostoma duodenale ni yuqishi hollarida bir marta qabul qilishga 12,5 mg/kg dozada buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, diareya va ishtahani yo‘qolishi (ko‘pincha bu simptomlar gijjalarni nobud bo‘lishi bilan bog‘liq) kam qayd qilinadi;

Allergik reaksiyalar: qichishish, eshakemi, ekzantema.

“Jigar” transaminazalarining faolligini biroz qisqa muddatli oshishi;

Bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, charchoqlik hissi, uyquchanlik yoki uyqusizlik, eshitishni buzilishi, gallyusinasiyalar, ongni xiralashishi, parasteziyalar, gipertermiya.

Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralarning birontasi og‘irlashsa, yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Pirantel va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik; miasteniya; jigar yetishmovchiligi; emizish davri.

6 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Levamizol, piperazinni bir vaqtda buyurish tavsiya qilinmaydi.

Plazmada teofillinning konsentrasiyasini oshiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Gelmintoksni buyurishda maxsus tayyorgarlik va parhez talab qilinmaydi. Jigar kasalliklari mavjud bo‘lgan hollarda shifokorni ogohlantirish kerak.

Har qanday boshqa gelmintlarga qarshi preparatlar kabi, Gelmintoksni buyurishdan oldin xonani sinchkovlik bilan tozalash, bolalar o‘yinchoqlarini yuvish, uyqudan oldin va uyqudan keyin dush qabul qilish va ichki kiyimlarni almashtirishni yodda tutish kerak. Davolash kunlari va preparatni qabul qilgandan keyin bir necha kun davomida choyshablarni issiq dazmol bilan dazmollash maqsadga muvofiqdir.

Qayta yuqishdan saqlanish maqsadida gigiena qoidalariga qat‘iy rioya qilish kerak: qo‘llarni yuvish, tirnoqlarni olish va tozalash, chov sohasi qichishiga yo‘l qo‘ymaslik, choyshab va ichki kiyimlarni har kuni almashtirish kerak. Bir vaqtda oilaning hamma a‘zolarini davolash tavsiya qilinadi. Kasallikni yuqishi ko‘pincha hech qanday simptomlar bilan namoyon bo‘lmasligi mumkin.

Davolash tugatilganidan keyin ahlatni gelmint tuxumlarini borligini tekshirish yuzasidan nazorat tekshirishlarini o‘tkazish kerak.

Homiladorlik va emizish

Homiladorlik vaqtida agar ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Preparatni ona sutiga kirishi haqida ma‘lumotlar yo‘q, shuning uchun emizish davrida preparatni buyurish zarurati bo‘lsa, emizishni to‘xtatish kerak.

Transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparatni transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga salbiy ta‘siri haqida ma‘lumotlar yo‘q.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Hatto dozani yaqqol oshirib yuborilishi ham jiddiy intoksikasiyani chaqirmaydi. Spesifik antidoti yo‘q. Me‘dani yuvish va shifokorga murojaat qilish tavsiya qilinadi.

 

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

250 mg dan 3 tabletkalar yoki 125 mg dan 6 tabletka PVX/alyumin folga blisterda.

Bir blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • Askaridoz, enterobioz (gijja bilan zararlanish), ankilostomidoz

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • — miasteniya; — jigar yetishmovchiligi; — pirantel va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarga preparatni ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak.

Tarkibi

  • 1 tab. pirantel (embonat shaklida) 250 mg Yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, natriy kraxmal glikolati, magniy stearati, metilgidroksipropiltsellyuloza, polietilenglikol 400 monostearati, propilenglikol, titan dioksidi, alyuminiy oksidi lakidagi sariq-apelsin bo‘yoqchisi. pirantel (embonat shaklida) 125 mg Yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, natriy kraxmal glikolati, magniy stearati, metilgidroksipropiltsellyuloza, polietilenglikol 400 monostearati, propilenglikol, titan dioksidi, alyuminiy oksidi lakidagi sariq-apelsin bo‘yoqchisi. pirantel (embonat shaklida) 125 mg Yordamchi moddalar: kristallanadigan sorbitol 70%, glitserol, polisorbat 80, soya letsitini, polividonli yordamchi modda, suvsizlantirilgan limon kislotasi, natriy benzoat, silikon emulsiyasi, alyuminiy va magniy kolloid silikati, tozalangan suv, aromatizator - qora smorodina karameli

Farmakodinamikasi

Antelmintik preparat unga sezgir gelmintlarning nerv-mushak blokadasini keltirib chiqaradi va ta'sirlangan qurtlarning ko'chishini qo'zg'atmasdan yoki rag'batlantirmasdan ularni haydab chiqarishni ta'minlaydi. Ichak lümeninde u har ikki jinsdagi etuk va etuk bo'lmagan sezgir gelmintlarga qarshi samarali bo'ladi.

Pinworms (Enterobius vermicularis), yumaloq chuvalchanglar (Ascaris lumbricoides), ankilostoma duodenale va Necator americanus tomonidan qo'zg'atilgan invaziyalarga qarshi yuqori samarali.

Farmakokinetikasi

MIYdan deyarli absorbtsiya qilinmaydi. 12,5 mg/kg dozada bir marta ichga qabul qilingandan so‘ng plazmadagi konsentratsiya (0,05–0,13 mkg/ml) 1–3 soat davomida saqlanib turadi. Qisman jigarda N-metil-1,3-propandiamingacha metabolizmga uchraydi. Ichak orqali — taxminan 93% o‘zgarmagan holda, 7% — buyraklar orqali o‘zgarmagan holda yoki metabolit ko‘rinishida chiqariladi.

Farmakologik ta'siri

Gijjalarga qarshi preparat unga sezgir gijjalarda nerv-mushak blokadasini keltirib chiqaradi va zararlangan gijjalarni qo'zg'atmasdan va migratsiyasini rag'batlantirmasdan ularning chiqarib yuborilishini ta'minlaydi. Ichak bo'shlig'ida har ikki jinsdagi etuk va etilmagan sezgir gijjalarga qarshi samarali. Ostritsalar (Enterobius vermicularis), askaridalar (Ascaris lumbricoides), ankilostomalar (Ankylostoma duodenale va Necator americanus) keltirib chiqargan invaziyalarga qarshi yuqori samarali.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ba'zida - ko'ngil aynishi, qusish, qorinda og'riqlar, diareya, ishtaha yo'qolishi (ko'pincha bu simptomlar gelmintlarning nobud bo'lishi bilan bog'liq), jigar transaminazalari faolligining biroz qisqa muddatli oshishi. MNT va periferik asab tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, charchoq hissi, uyquchanlik yoki uyqusizlik, eshitishning buzilishi, gallyutsinatsiyalar, ongning chalkashishi, paresteziyalar. Allergik reaktsiyalar: qichishish, eshakemi, ekzantema. Boshqalar: gipertermiya.

Bolalar uchun qo'llanilishi

6 oygacha bo'lgan bolalarda ehtiyotkorlik bilan foydalaning

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik vaqtida agar ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potensial xavfdan ustun bo’lgan hollardagina ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Preparatni ona sutiga kirishi haqida ma’lumotlar yo’q, shuning uchun laktatsiya davrida preparatni buyurish zarurati bo’lsa, emizishni to’xtatish kerak.


Jigar faoliyati buzilganida

Jigar etishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan foydalaning.

Dozirovkasi

  • 125 mg 125 mg/ 2,5 ml 250 mg

Dozani oshirib yuborilishi

Hatto dozani yaqqol oshirib yuborilishi jiddiy zaharlanish belgilarini chaqirmaydi. Spetsifik antidoti yo’q. Me’dani yuvish va shifokorga murojaat qilish tavsiya qilinadi.

Dori shaklining ta'rifi

  • Ichish uchun suspenziya och-sariq rangli, qora smorodina va karamelga xos hidli; cho'kma tushishi mumkin; qo'lda chayqatilganda zarrachalar oson suspenziyaga o'tadi. Qobiq bilan qoplangan tabletkalar Sariq-zarg'aldoq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar, cho'zinchoq, bir tomonida chiziqchasi bo'lgan; siniqda - limon-sariq rangli yadro.

Maxsus ko‘rsatmalari

Mavjud jigar kasalliklari haqida shifokorga xabar berish kerak. Enterobiozda birga yashovchi barcha odamlarni bir vaqtda davolash zarur (yuqish ko'pincha simptomsiz kechadi). Qayta yuqtirishni oldini olish uchun gigiyena qoidalariga qat'iy rioya qilish kerak (qo'llarni yuvish, tirnoqlarni olish va tozalash, oraliq sohasini qashlashga yo'l qo'ymaslik, har kuni choyshab va ich kiyimni almashtirish). Davolash tugaganidan so'ng gelmintlar tuxumlari mavjudligiga axlatning nazorat tekshiruvini o'tkazish kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Piperazin bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas (ta'sir susayishi).

Bir vaqtda qo'llanilganda pirantel plazmada teofillin konsentratsiyasini oshiradi.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

DozalashIchishga qabul qilish uchun.

Tabletkalar kattalar va 6 yoshdan katta bolalar uchun mo'ljallangan.

Gelmintoksni kunning istalgan vaqtida, surgilarni oldindan qabul qilmasdan, och qoringa bo'lishi shart emas holda qabul qilish mumkin.



Ostritsalar va askaridalar

Enterobioz va askaridozni davolashda preparat tavsiya etilgan dozada bir marta buyuriladi.

Odatiy dozalash – 12,5 mg/kg vazn bir marta, ya'ni:

- 6 yoshdan katta bolalarga: 10 kg vaznga 1 tabletka 125 mg bir marta;

- vazni 75 kg dan kam bo'lgan kattalarga: 250 mg dan 3 tabletka bir marta;

- vazni 75 kg dan ortiq bo'lgan kattalarga: 250 mg dan 4 tabletka bir marta.

Qayta zararlanishning oldini olish uchun preparatni qabul qilishni 3 haftadan keyin takrorlash tavsiya etiladi.



Ankilostomalar:

Endemiya zonalarida, Necator americanus bilan zararlanganda yoki Ankylostoma duodenale bilan og'ir zararlanish holatida, doza 25 mg/kg/kuniga (bir yoki ikki qabulda) ikki-uch kun davomida, ya'ni:

- bolalarga: har kuni 10 kg vaznga 250 mg

- vazni 75 kg dan kam bo'lgan kattalarga: kuniga 1,5 g

- vazni 75 kg dan ortiq bo'lgan kattalarga: kuniga 2 g.

Endemiya zonalaridan tashqarida Ankylostoma duodenale bilan zararlanish holatida (yengilroq kechadi) bir qabulga 12,5 mg/kg dozada buyuriladi.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Gelmintoks preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Gelmintoks narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №25
Chilonzor tumani, Qizil Sharq ko'ch., 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
27 500 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №8
Chilonzor tumani, Cho'ponota ko'ch., 1A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
27 500 so'm
Bron qilish
Target Farm №9
Mirzo Ulug'bek tumani, Sayram ko'ch., 2 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
27 500 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №28
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 51 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
27 500 so'm
Bron qilish

Gelmintoks haqida savollar

Gelmintoks haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.9, 7 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil