Apteka.uz
SavatKirish

Pirantel

Pirantel chiqarilish shakllari

PIRANTEL tabletkalari 250mg N30
PIRANTEL tabletkalari 250mg N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
•18 ta dorixonada bor
Narxi
72 000 so'm dan
Pirantel tabletkalari 250mg N3
Pirantel tabletkalari 250mg N3
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
«POLFARMA» AO
•108 ta dorixonada bor
Narxi
10 000 so'm dan
- Pirantel qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Pirantelning tarkibi
- Pirantel ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Pirantel narxi Toshkent dorixonalarida

Pirantel qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Polsha,
Hindiston
Nimaga qarshi
Faol modda

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PIRANTEL

PYRANTEL

 

Preparatning savdo nomi: Pirantel

Ta‘sir etuvchi moda (XPN): pirantel embonati

Dori shakli: tabletkalar.

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 250 mg pirantel;

yordamchi moddalar: etilsellyuloza, povidon, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, apelsin xushbo‘yi, kartoshka kraxmali.

Ta‘rifi: dumalok shakldagi tabletkalar, ikki tomonlama yassi, bo‘luvchi riska bilan, qum – sarik rangli kul rang yashil, bilinmas nuktachalar bilan, apelsin mazali va xidli, yorug‘likda to‘k tus oladi, rangi sarik- jigarrang rangiga o‘zgaradi.

Farmakoterapevtik guruhi: Antigelmint vosita.

ATX kodi: R02SS01.

Farmakologik xususiyatlari

Pirantel – me‘da-ichak yo‘llarida dumaloq chuvalchanglarga ta‘sir qiluvchi gijjalarga qarshi preparatdir.

Nikotin reseptorlarini faollashtirish yo‘li bilan ichak parazitlarining mushaklarini shikastlaydi. Xolinesterazani susaytiradi. Parazitlarning nerv va mushaklarini bloklab, surgi vositalarini qo‘shimcha qo‘llamasdan ham ularning me‘da-ichak yo‘llaridan chiqarilishini osonlashtiradi. Preparat parazitlarga rivojlanishining erta bosqichida va ularning yetilgan shakllariga ham ta‘sir qiladi; preparat lichinkalarga ularni to‘qimalarga migrasiyasi jarayonida ta‘sir qilmaydi.

Pirantel quyidagi dumaloq chuvalchanglarga nisbatan faol:

Enterobius vermicularis

– Ascaris lumbrioides

– Ancylostoma doudenale

– Necator americanus

– Trichostrongylus orientalis va Trichostrongylus colubriformis

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Me‘da-ichak yo‘llarida kuchsiz so‘riladi.

10 mg/kg tana vazniga bir martalik dozada qabul qilinganidan keyin preparatning plazmadagi konsentrasiyasi 1 – 3 soat davomida 0,05 – 0,13 mkg/ml ni tashkil qiladi.

Taqsimlanishi

Preparatni yo‘ldosh orqali va ona sutiga o‘tishi, shuningdek preparatni biologik to‘qimalarlar va suyuqliklarga kirishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q (nazariy jihatdan preparatning so‘rilishi minimal).

Metabolizmi

Me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilgan preparatning minimal miqdori jigarda N-metil-1,3-propandiamingacha qisman metabolizmga uchraydi.

Organizmdan chiqarilishi

Peroral qabul qilingan preparatning dozasini 50% dan ko‘prog‘i o‘zgarmagan holda ahlat va 15% dan kamrog‘i o‘zgarmagan holda yoki N-metil-1,3-propandiamin metaboliti ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • Ascaris lumbricoides chaqirgan Askaridoz
  • Enterobius vermicularis chaqirgan Enterobioz
  • Ancylostoma duodenale i Necator americanus chaqirgan Ankilostomidoz.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat ichga, ovqatlanish vaqtida yoki undan keyin, suv bilan birga qabul qilinadi.

Tabletkani yutib yuborishdan avval yaxshilab chaynash yoki maydalash lozim.

Ascaris lumbricoides, Enterobius vermicularis, Ancylostoma duodenale i Necator americanus chaqirgan kasalliklarda pasientning yoshi va tana vazniga qarab quyidagi dozalar tavsiya etiladi:

Pasientning yoshi 250 mg li tabletkalar mg
2 yoshdan 6 yoshgacha

6 yoshdan 12 yoshgacha

12 yoshdan oshgan va tana vazni 75 kg dan yuqori bo‘lmagan kattalar

Tana vazni 75 kg dan yuqori bo‘lgan kattalar

1

2

3

 

4

250

500

750

 

1000

Askaridoz va enterabiozda (shuningdek ushbu kasalliklarni birga qo‘shishida) umumiy davolovchi doza (10 mg/kg tana vazniga) bir martada buyuriladi.

Ankilostomidozda sutkalik doza (10 mg/kg tana vazniga) 3 kun davomida qabul qilinadi.

Nekatorozning og‘ir shakllarida (Necator americanus ning massiv invaziyalari) 20 mg/kg tana vazniga dozada 2 kun davomida buyuriladi.

Diqqat!

  1. Enterobiozni davolashda bir vaqtda barcha birga yashayotganlarni davolash lozim.
  2. Gigiena qoidalariga qat‘iy rioya qilish kerak.
  3. Preparat bilan davolash kursi yakunlanganidan keyin 14 kun o‘tgach nazoratli parazitologik tekshirishlar o‘tkazilishi lozim.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat qabul qilinganidan keyin nojo‘ya samaralari faqat ayrim hollardagina bo‘lishi mumkin va ular davolash tugaganidan keyin o‘tib ketadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari quyidagi toifalarga bo‘linadi:

  • Juda tez-tez (≥1/10)
  • Tez-tez (≥1/100 to <1/10)
  • Tez-tez emas (≥1/1 000 to <1/100)
  • Kam (≥1/10 000 to <1/1 000)
  • Juda kam (<1/10 000), noma‘lum tez-tezlik bilan (tez-tezligini mavjud ma‘lumotlar asosida aniqlashning imkoni yo‘q).

Me‘da-ichak buzilishlari

Kam hollarda: ko‘ngil aynishi, qusish, me‘dada og‘riq va spazmlar, diareya, ishtahani yo‘qolishi.

Noma‘lum tez-tezlik bilan: ich kelishiga qistovlar.

Nerv tizimini buzilishlari

Kam hollarda: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik, uyqusizlik.

Noma‘lum tez-tezlik bilan: gallyusinasiyalar, dezorientasiya, paresteziya.

Teri va teri osti kletchatkasini o‘zgarishlari

Kam hollarda: teri toshmasi.

Umumiy va qo‘llash joyining holati

Kam hollarda: holsizlik.

Noma‘lum tez-tezlik bilan: isitma.

Jigar va o‘t yo‘llari faoliyatini buzilishlari

Kam hollarda: aminotransferazalar faolligini o‘tkinchi oshishi.

Ichki quloq va labirint faoliyatini buzilishlari

Noma‘lum tez-tezlik bilan: eshitishni buzilishlari

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Pirantelga yoki yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Shifokorni yoki farmasevtni kabul qilayotgan barcha dori vositalari, shu jumladan reseptsiz va usimlikdan qilingan dori vositalari xakida ma‘lumot berish kerak.

Piperazin bilan bir vaqtda qo‘llanmasin. Birga qo‘llash antagonistik ta‘sir ko‘rsatadi.

Pirantel plazmada teofillinning konsentrasiyasini oshirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Pirantelni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak – quyidagi pasientlarga alohida shifokor nazorati zarur:

  • jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar, chunki davolash jarayonida preparat AspAT ning konsentrasiyasini oshirishi mumkin,
  • oziqlanishi yetarli bo‘lmagan yoki anemiyasi bo‘lgan pasientlar.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Agar bemor homilador bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsa yoki homilador bo‘lsa yoki homiladorlikka shubxa qilayotgan bo‘lsa shifokor yoki farmasevt bilan maslaxatlashish kerak. Hayvonlarda o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida pirantelni homilaga zararli ta‘siri aniqlanmagan.

Pirantelni homiladorlik vaqtida qo‘llashning xavfsizligi bo‘yicha nazoratli tekshirishlar o‘tkazilmagan, shuning uchun preparatni bu davrda kamdan-kam hollarda, ona uchun taxmin qilinayotgan foyda, homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin. Preparatni emizish davrida qo‘llashning xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q. Laktasiya davrida ayollarga buyurish tavsiya etilmaydi. Agar pirantel bilan davolash juda zarur bo‘lsa, emizishni to‘xtatish kerak.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Transport vositalarini boshqarish va harakatlanayotgan mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga preparatning ta‘sirini tekshirishlari o‘tkazilmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

 Tavsiya qilingandan ko‘ra yuqori dozani qabul qilgan bo‘lsa, darxol shifokor yoki farmasevt bilan maslaxatlashish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi simptomlari:

Ko‘rishni buzilishi, dezorientasiya, bosh aylanishi, xushdan ketish yoki yotgan yoki o‘tirgan holatdan turganda bosh aylanishi, terlash, ilgari kuzatilmagan charchoqlik yoki holsizlik hissi, muntazam bo‘lmagan puls; tirishishlar, mushaklarni qaltirashi va holsizligi; holdan toyish hissi, asfiksiya (bo‘g‘ilish, xushdan ketish).

 

 

 

Davolash:

Spesifik ziddi zahari yo‘q. Doza oshirib yuborilgan hollarda simptomatik va tutib turuvchi davolash (me‘dani erta yuvish, nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini tutib turish, qon bosimini tutib turish).

 

Chiqarilish shakli

250 mg li tabletkalar, 3 tabletkadan alyumin folgali blisterda. 1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga davlat va rus tillarida, karton qutiga solingan.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Pirantel preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Pirantel narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №6
Yunusobod tumani, 7 Mavzesi, 48 uy, 3 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
23 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №1
Shayxontoxur tumani, Farobiy ko'ch., 29 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
23 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №8
Chilonzor tumani, Cho'ponota ko'ch., 1A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
23 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №29
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 6 kirish, 9 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
23 900 so'm
Bron qilish

Pirantel barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Pirantel haqida savollar

Pirantel haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.3, 3 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil