Apteka.uz
SavatKirish

GELMINTOKS tabletkalari 125mg N6

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Frantsiya
Faol modda:Pirantel
Farmakoterapevtik guruh:

Antigelmint preparatlari. Tetragidropirimidin hosilalari. Pirantel

Ishlab chiqaruvchi:Innothera Chouzy
ATX kodi:P02CC01
Barcha Gelmintoks dorilari
26 ta dorixonada bor
Narxi 21 800 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 26 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

GELMINTOKS tabletkalari 125mg N6 haqida qo'llanma

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi:                                                                    

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

125 mg

250 mg

faol modda:

   

Pirantel embonati                                                                                      

(pirantelga qayta hisoblanganda) 

360,5 mg

(125,0 mg)

721,0  mg

(250,0 mg)

yordamchi moddalar:

   

O’ta jelatinlangan makkajo’xori kraxmali 

34,00 mg                    

68,00  mg

Natriy karboksimetilkraxmali 

18,50 mg

31,50  mg

Magniy stearati

7,00   mg 

14,50  mg

Plyonka qobiqning tarkibi:



SepifilmTM 002 (gipromelloza, mikrokristall sellyuloza, makrogola 400 stearati)  

     12,50 mg   28,20 mg

SepispersTM AR3065 sariq (propilenglikol, titan dioksidi (E171), sariq “shafaq” bo’yovchisi (E110), gipromelloza, suv)

7,50  mg

16,80 mg

Talk   

0,10 mg

0,20 mg


Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

250 mg dan 3 tabletkalar yoki 125 mg dan 6 tabletka PVX/alyumin folga blisterda. Bitta blister tibbiyotda qo’llanilishiga doir yo’riqnomasi bilan birga karton qutida.

Farmakodinamikasi

Gelmintlarga gelmintlarga qarshi preparat, unga sezgir bo’lgan gelmintlarda nerv-mushak blokadasini chaqiradi va shikastlangan gelmintlarni qo’zg’alishsiz va migratsiyasini rag’batlantirmasdan, ularni ichakdan haydab chiqarilishini ta’minlaydi. Ichak bo’shlig’ida preparatga sezgir bo’lgan yetilgan va yetilmagan ikkala jinsga mansub gelmintlarga qarshi faol. Ostritsalar (Enterobius vermicularis), askaridalar (Ascaris lumbricoides), ankilostomalar (Ankylostoma duodenale va Necator americanus) chaqirgan invaziyalarda yuqori samarali.

Farmakokinetikasi

Me’da-ichak yo’llaridan deyarli so’rilmaydi. Tana vazniga 12,5 mg/kg bo’lgan bir martalik dozani qabul qilingandan keyin qon plazmasida pirantelning konsentratsiyasi 1-3 soat davomida 0,05-0,13 mkg/ml ni tashkil qiladi. Jigarda N-metil-1,3-propadiamingacha qisman metabolizmga uchraydi. Ichak orqali chiqarilishi – taxminan 93 % o’zgarmagan holda, 7% — buyraklar orqali o’zgarmagan holda metabolitlar ko’rinishida chiqariladi.

Farmakoterapevtik guruh

Antigelmint preparatlari. Tetragidropirimidin hosilalari. Pirantel

Dori shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Nojo'ya samaralari

Me’da-ichak yo’llari tomonidan ko’ngil aynishi, qusish, qorinda og’riq, diareya va ishtahani yo’qolishi (ko’pincha bu simptomlar gelmintlarni nobud bo’lishi bilan bog’liq) kam qayd qilinadi;

Allergik reaksiyalar – qichishish, eshakemi, ekzantema.

“Jigar” transaminazalarining faolligini biroz qisqa muddatli oshishi;

Bosh og’rig’i, bosh aylanishi, charchoqlik hissi, uyquchanlik yoki uyqusizlik, eshitishni buzilishi, gallyutsinatsiyalar, ongni xiralashishi, parasteziyalar, gipertermiya.

Agar yo’riqnomada ko’rsatilgan nojo’ya samaralarning birontasi og’irlashsa, yoki Siz yo’riqnomada ko’rsatilmagan har qanday boshqa nojo’ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.

Maxsus ko‘rsatmalari

Gelmintoksni buyurishda maxsus tayyorgarlik va parhez talab qilinmaydi.

Jigar kasalliklari mavjud bo’lgan hollarda shifokorni ogohlantirish kerak. Har qanday boshqa gelmintlarga qarshi preparatlar kabi, Gelmintoksni buyurishdan oldin xonani sinchkovlik bilan tozalash, bolalar o’yinchoqlarini yuvish, uyqudan oldin va uyqudan keyin dush qabul qilish va ichki kiyimlarni almashtirishni yodda tutish kerak. Davolash kunlari va preparatni qabul qilgandan keyin bir necha kun davomida choyshablarni issiq dazmol bilan dazmollash maqsadga muvofiqdir.

Qayta yuqishdan saqlanish maqsadida gigiena qoidalariga qat’iy rioya qilish kerak: qo’llarni yuvish, tirnoqlarni kesish va tozalash, chot sohasi qichishga yo’l qo’ymaslik, choyshab va ichki kiyimlarni har kuni almashtirish kerak. Bir vaqtda oilaning hamma a’zolarini davolash tavsiya qilinadi. Yuqishi ko’pincha hech qanday belgilar bilan namoyon bo’lmasligi mumkin.

Davolash tugatilganidan keyin ahlatni gelmint tuxumlarini borligiga nazorat tekshirishlarini o’tkazish kerak.

Transport vositalarini va va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri

Preparatni transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga salbiy ta’siri haqida ma’lumotlar yo’q.

Qo'llanilishi

Askaridoz, enterobioz (ostritsalarni yuqishi), ankilostomidozda qo’llaniladi.


Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Pirantel va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik; miasteniya; jigar yetishmovchiligi; emizish davri.

6 yoshgacha bo’lgan bolalarda qo’llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Levamizol, piperazinni bir vaqtda buyurish tavsiya qilinmaydi. 

Plazmada teofillinning konsentratsiyasini oshiradi.



Ta'rifi

Uzunchoq, sarg’ish-zarg’aldoq rangli, bir tomonida riskasi bo’lgan, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Ko’ndalang kesimida limon-sariq rangli yadrosi mavjud.

Dozirovkasi

Ichga qabul qilish uchun.

Tabletkalar kattalar va 6 yoshdan katta bolalar uchun mo’ljallangan.

Gelmintoksni sutkaning har qanday vaqtida, oldindan surgi vositalarni qabul qilmasdan qo’llash mumkin, nahorga qabul qilish shart emas.

Ostritsalar va askaridalar:

Enterobioz va askaridozni davolash uchun preparatni bir marta tavsiya qilingan dozada buyuriladi:

Odatdagi dozalash – tana vazniga 12,5 mg/kg bir marta, ya’ni:

— 6 yoshdan katta bolalar: 10 kg tana vazniga 125 mg li 1 tabletka, bir marta;

— tana vazni 75 kg dan kam bo’lgan kattalarga: 250 mg dan 3 tabletka, bir marta;

— tana vazni 75 kg dan ortiq bo’lgan kattalarga: 250 mg dan 4 tabletka, bir marta;

Qayta yuqishini oldini olish uchun, preparat qabul qilishni 3 xaftadan keyin takrorlash tavsiya qilinadi.

Ankilostomalar:

Endemik hududida, Necator americanus ni yuqishi hollarida yoki Ankylostoma duodenale ni og’ir darajali yuqishi hollarida dozalash ikki-uch kun davomida kuniga 25 mg/kg ni (bir yoki ikki qabulga) tashkil qiladi, ya’ni:

— bolalarga: 10 kg tana vazniga 250 mg har kuni

— tana vazni 75 kg dan kam bo’lgan kattalarga: kuniga 1,5 g

— tana vazni 75 kg dan ortiq bo’lgan kattalarga: kuniga 2 g

Endemiya hududidan tashqarida (yanada osonlashadi) Ankylostoma duodenale ni yuqishi hollarida bir marta qabul qilishga 12,5 mg/kg dozada buyuriladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Hatto dozani yaqqol oshirib yuborilishi jiddiy zaharlanish belgilarini chaqirmaydi. Spetsifik antidoti yo’q. Me’dani yuvish va shifokorga murojaat qilish tavsiya qilinadi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik vaqtida agar ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potensial xavfdan ustun bo’lgan hollardagina ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Preparatni ona sutiga kirishi haqida ma’lumotlar yo’q, shuning uchun laktatsiya davrida preparatni buyurish zarurati bo’lsa, emizishni to’xtatish kerak.

Jigar faoliyati buzilganida

Jigar etishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan foydalaning

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. GELMINTOKS tabletkalari 125mg N6 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Gelmintoks boshqa chiqarish shakllari

GELMINTOKS tabletkalari 250mg N3
Retseptli
GELMINTOKS tabletkalari 250mg N3
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Innothera Chouzy
•28 ta dorixonada bor
Narxi
25 300 so'm dan
GELMINTOKS suspenziya dlya priema vnutr 15ml 125mg/2,5ml
Retseptli
GELMINTOKS suspenziya dlya priema vnutr 15ml 125mg/2,5ml
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Innotera Shuzi
•90 ta dorixonada bor
Narxi
47 000 so'm dan
GELMINTOKS tabletkalari 250mg N3
Retseptli
GELMINTOKS tabletkalari 250mg N3
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Laboratoire Innotech International, Fransiya proizvedeno. Innothera Chouzy
•28 ta dorixonada bor
Narxi
25 300 so'm dan
GELMINTOKS suspenziya 15ml 125mg/2,5ml
Retseptli
GELMINTOKS suspenziya 15ml 125mg/2,5ml
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Innothera Chouzy
•90 ta dorixonada bor
Narxi
47 000 so'm dan
GELMINTOKS tabletkalari 125mg N6
Retseptli
GELMINTOKS tabletkalari 125mg N6
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Laboratoire Innotech International, Fransiya proizvedeno. Innothera Chouzy
•26 ta dorixonada bor
Narxi
21 800 so'm dan

GELMINTOKS tabletkalari 125mg N6 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Target Farm №1
Mirzo Ulug'bek tumani, Yuzrabot ko'ch., 1A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
24 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №10
Yunusobod tumani, Yunusobod, 8-mavze, 29-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
24 000 so'm
Bron qilish
Target Farm №3
Yashnobod tumani, Oltin tepa ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
24 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №6
Bektemir tumani, Suvsoz 2 mavzesi, 29/3 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
24 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №7
Bektemir tumani, Suvsoz 2 mavzesi, 77 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
24 000 so'm
Bron qilish
Target Farm №7
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk ipak yo'li ko'ch., 299 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
24 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №9
Mirobod tumani, Oybek koʻchasi 44-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
24 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №23
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 1 uy, 36 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
24 200 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №24
Yakkasaroy tumani, Qushbegi massiv, 3 uy, 72 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
24 200 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №22
Chilonzor tumani, Kichik xalqa yo'li ko'ch., 41uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
24 200 so'm
Bron qilish

GELMINTOKS tabletkalari 125mg N6 haqida savollar

GELMINTOKS tabletkalari 125mg N6 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilari

GELMINTOKS tabletkalari 125mg N6
Retseptli
GELMINTOKS tabletkalari 125mg N6
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Innothera Chouzy
•26 ta dorixonada bor
Narxi
21 800 so'm dan
Narxi
148 000 so'm dan
Narxi
96 900 so'm dan
FLYUDITEK sirop so vkusom karameli 125ml 50mg/ml
Retseptsiz
FLYUDITEK sirop so vkusom karameli 125ml 50mg/ml
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Innothera Chouzy
•10 ta dorixonada bor
Narxi
53 500 so'm dan
FLYUDITEK sirop so vkusom banana 125ml 20mg/ml
Retseptsiz
FLYUDITEK sirop so vkusom banana 125ml 20mg/ml
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Innothera Chouzy
•9 ta dorixonada bor
Narxi
55 000 so'm dan
GELMINTOKS suspenziya 15ml 125mg/2,5ml
Retseptli
GELMINTOKS suspenziya 15ml 125mg/2,5ml
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Innothera Chouzy
•90 ta dorixonada bor
Narxi
47 000 so'm dan
FLEBODIA 600 tabletkalari 600mg N60
Retseptsiz
FLEBODIA 600 tabletkalari 600mg N60
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Innothera Chouzy
•30 ta dorixonada bor
Narxi
348 000 so'm dan
FLEBODIA 600 tabletkalari 600mg N30
Retseptsiz
FLEBODIA 600 tabletkalari 600mg N30
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Innothera Chouzy
•17 ta dorixonada bor
Narxi
179 900 so'm dan
IDEOS tabletkalari N30
Retseptsiz
IDEOS tabletkalari N30
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Innothera Chouzy
•6 ta dorixonada bor
Narxi
55 500 so'm dan
GELMINTOKS tabletkalari 250mg N3
Retseptli
GELMINTOKS tabletkalari 250mg N3
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Innothera Chouzy
•28 ta dorixonada bor
Narxi
25 300 so'm dan
FLEBODIA 600 tabletkalari 600mg N15
Retseptsiz
FLEBODIA 600 tabletkalari 600mg N15
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Innothera Chouzy
•1 ta dorixonada bor
Narxi
118 000 so'm dan

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil