Flyuditek
Flyuditek chiqarilish shakllari



Flyuditek haqida qo'llanma
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- — yopishqoq, qiyin ajraladigan balg'am hosil bo'lishi bilan kechuvchi o'tkir va surunkali bronx-o'pka kasalliklari (traxeit, bronxit, traxeobronxit, bronxial astma, bronxoektatik kasallik); — yopishqoq, qiyin ajraladigan shilliq hosil bo'lishi bilan kechuvchi o'rta quloq, burun va uning yondosh bo'shliqlarining o'tkir va surunkali yallig'lanish kasalliklari (rinit, o'rta otit, sinusit); — bronxoskopiya va/yoki bronxografiyaga tayyorgarlik.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- — zo‘rayish fazasidagi oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi; — surunkali glomerulonefrit (zo‘rayish fazasida), tsistit; — 1 oylikkacha bo‘lgan (bolalar uchun 2% sirop uchun) va 15 yoshgacha bo‘lgan (5% sirop uchun) bolalar; — homiladorlikning I trimestri (5% sirop uchun); — karbotsisteinga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Surunkali glomerulonefritda (anamnezda), oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasida (anamnezda), homiladorlikning II va III trimestrlarida va ko‘krak suti bilan boqish davrida preparatni ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak
Tarkibi
- Karbotsistein 5,0 g Yordamchi moddalar: Glitserol 5,0 g Metilparagidroksibenzoat 0,15 g Saxaroza 35,0 g Bo‘yoqchi quyosh botishi sariq (E110) 0,0016 g Bo‘yoqchi patentlangan ko‘k V (E131) 0,001 g Natriy gidroksidi pH 6,2 gacha Karamel aromatizatori 0,2 g Tozalangan suv 100 ml gacha Karbotsistein…………………………………. 2,0 g Yordamchi moddalar: Glitserol……………………………………….. 5,0 g Metilparagidroksibenzoat………………….. 0,15 g Saxaroza………………………………………... 70,0 g Bo‘yoqchi quyosh botishi sariq (E 110)… 0,001 g Natriy gidroksidi……………………………... pH 6,2 gacha Banan aromatizatori…………………….. 0,2 g Tozalangan suv……………………………….. 100 ml gacha
Farmakodinamikasi
Karbotsistein balg’am erituvchi mukolitik vosita ekanligini ifodalaydi. Asosan glikoproteinlarning disulfid bog’lamlarni uzish bilan, gelsimon balg’amga ta’sir ko’rsatadi va balg’am ko’chishiga olib keladi.
Farmakokinetikasi
Farmakologik ta'siri
Nojo'ya ta'sirlar
- Ko'ngil aynishi, qusish, diareya, epigastriyda og'riq, meteorizm, oshqozon-ichakdan qon ketishi, bosh aylanishi, holsizlik, noqulaylik, yakka hollarda - allergik reaktsiyalar (qichishish, eshakemi, ekzantema, angionevrotik shish). Agar yo'riqnomada ko'rsatilgan har qanday nojo'ya ta'sirlar kuchaysa, yoki Siz yo'riqnomada ko'rsatilmagan boshqa har qanday nojo'ya ta'sirlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.
Bolalar uchun qo'llanilishi
Dori vositasini bronxial obstruksiyani og’irlashtirish xavfi bo’lganligi uchun 2 yoshdan kichik bolalarga tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Karbotsistein homiladorlik vaqtida faqatgina zarur hollarda qo’llash mumkin.
Ushbu preparatni qo’llash vaqtida emizish ruxsat etiladi.
Dozirovkasi
- 2% 20 mg/ml 5% 50 mg/ml
Dozani oshirib yuborilishi
Dori shaklining ta'rifi
- Sirop 5% tiniq suyuqlik ko'rinishida, och-yashil rangli, jigarrang tusli, karamel hidli. Bolalar uchun sirop 2% tiniq suyuqlik ko'rinishida, zarg'aldoq rangli, banan hidli bolalar uchun sirop
Maxsus ko‘rsatmalari
Faqat kattalar uchun.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar bir osh qoshiq siropda saxaroza miqdori – 5,25 g ekanligini e'tiborga olishlari kerak.
Transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatning transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga salbiy ta'siri haqida ma'lumotlar yo‘q.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
15 ml dan kuniga 3 marta, afzalrog'i ovqatdan 1 soat oldin yoki ovqatdan 2 soat keyin.
Davolash shifokor maslahatisiz 8-10 kundan ortiq davom etmasligi kerak.
15 ml sirop 750 mg karbotsistein saqlaydiDozani oshirib yuborishgastralgiya, ko'ngil aynishi, diareya
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)















