Apteka.uz
SavatKirish

Bromgeksin

Bromgeksin chiqarilish shakllari

BROMGEKSIN GRINDEKS sirop 100ml 4mg/5ml
BROMGEKSIN GRINDEKS sirop 100ml 4mg/5ml
Latviya
Ishlab chiqaruvchi:
Grindeks, AO
•6 ta dorixonada bor
Narxi
46 000 so'm dan
BROMGEKSIN sirop so vkusom abrikosa 100 ml 4mg/5ml
BROMGEKSIN sirop so vkusom abrikosa 100 ml 4mg/5ml
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Farmstandart-Leksredstva, OAO
•27 ta dorixonada bor
Narxi
20 000 so'm dan
BROMGEKSIN 8 BERLIN XEMI tabletkalari 8mg N25
Retseptsiz
BROMGEKSIN 8 BERLIN XEMI tabletkalari 8mg N25
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Germaniya proizvedeno: Menarini-Von Heyden GmbH
•117 ta dorixonada bor
Narxi
16 000 so'm dan
BROMGEKSIN 4 BERLIN XEMI eritma dlya priema vnutr 60ml 4mg/5ml
Retseptsiz
BROMGEKSIN 4 BERLIN XEMI eritma dlya priema vnutr 60ml 4mg/5ml
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Berlin Chemie AG (Menarini Group)
•117 ta dorixonada bor
Narxi
25 000 so'm dan
BROMGEKSIN tabletkalari 8mg N10
BROMGEKSIN tabletkalari 8mg N10
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy zavod medisinskix preparatov, OAO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
1 200 so'm dan
BROMGEKSIN tabletkalari 8mg N10
BROMGEKSIN tabletkalari 8mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
LAXISAM Pharmaceuticals, OOO (upakov.) Borisovskiy zavod medisinskix preparatov, OAO, Belarus (proiz.)
•1 ta dorixonada bor
Narxi
1 200 so'm dan
BROMGEKSIN sirop 100 ml 4mg/5ml
BROMGEKSIN sirop 100 ml 4mg/5ml
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
ROZLEKS FARM OOO
•27 ta dorixonada bor
Narxi
20 000 so'm dan
BROMGEKSIN sirop 100 ml 4 mg/5 ml
BROMGEKSIN sirop 100 ml 4 mg/5 ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Novo Farm Komplekt, SP OOO
•27 ta dorixonada bor
Narxi
20 000 so'm dan
- Bromgeksin qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Bromgeksinning tarkibi
- Bromgeksin ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Bromgeksin narxi Toshkent dorixonalarida

Bromgeksin qo'llanmasi

Ishlab chiqaruvchi
Ishlab chiqarilish joyi
Latviya,
O'zbekiston,
Rossiya Federatsiyasi,
Germaniya,
Polsha,
Belarusiya,
Hindiston
Nimaga qarshi

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • Bromgeksin qo'llaniladi: - yuqori yopishqoqlikka ega balg'am hosil bo'lishi bilan kechuvchi bronx-o'pka kasalliklarini davolash (bronxial astma, mukovistsidoz, sil, pnevmoniya, traxeobronxit, obstruktiv bronxit, bronxoektazlar, o'pka amfizemasi, pnevmokonioz); - operatsiyadan oldingi davrda va davolash va diagnostik ichki bronxial manipulyatsiyalar o'tkazishda bronxial daraxtni sanatsiya qilish; - operatsiyadan keyin bronxlarda quyuqlashgan yopishqoq balg'am to'planishining oldini olish.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • — preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik; — yara kasalligi (zo‘rayish bosqichida); — homiladorlik (I trimestr); — laktatsiya. Ehtiyotkorlik bilan: — buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi; — sekretning haddan tashqari to‘planishi bilan kechadigan bronxlar kasalliklari; — anamnezda oshqozondan qon ketishi; — 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar

Tarkibi

  • 1 tab. bromgeksin gidroxloridi 8 mg 1 tab. bromgeksin gidroxloridi 8 mg 1 ml Bromgeksin Nikomed eritmasi faol modda bromgeksin gidroxloridini - 0,8 mg saqlaydi. Yordamchi moddalar: levomentol, sorbitol, metil paragidroksibenzoat, 3%-li spirt, suyultirilgan xlorid kislotasi, tozalangan suv. Bromgeksin 4mg; Yordamchi moddalar: propilenglikol, sorbitol, o‘rik aromatizatori, xlorovodorod kislotasi, suv toz Bromgeksin 8mg/5ml; Yordamchi moddalar: propilenglikol, natriy benzoat, oziq-ovqat sorbiti, kislota limon monogidrati, saxarin, vanilin, suv Bromgeksin 8mg; Yordamchi moddalar: qand kukuni, laktoza, kartoshka kraxmali, kaltsiy stearati. 5 ml sirop saqlaydi: 4 mg bromgeksin gidroxloridi, 5 mg metil-p-gidroksibenzoat, 2 g sorbit, 0,625 ml 96% etil spirti. Bromgeksin g/x 0,08g; Yordamchi moddalar: propilenglikol, oziq-ovqat sorbiti, qahrabo kislotasi, evkalipt moyi, aromatizator, natriy benzoat, etil spirti, suv Bromgeksin g/x 8mg; Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, povidon, magniy stearati. Bromgeksin g/x 8mg; Yordamchi moddalar: qand kukuni, laktoza, kartoshka kraxmali, kaltsiy stearati. 5 ml sirop saqlaydi: 4 mg bromgeksin gidroxloridi, 5 mg metil-p-gidroksibenzoat, 2 g sorbit, 0,625 ml 96% etil spirti. Bromgeksin g/x 8mg; Yordamchi moddalar: saxaroza, kartoshka kraxmali, laktoza monogidrati, kaltsiy stearati, mikrokristall glyukoza. bromgeksin gidroxloridi – 0,08 g; Yordamchi moddalar: propilenglikol – 25,00 g, sorbitol – 40,00 g, o‘rik hidli aromatik modda kontsentrati – 0,05 g, xlorid kislotasi 0,1 M (3,5 %) eritmasi – 0,156 g, tozalangan suv – 49,062 g. bromgeksin gidroxloridi - 0,08g; Yordamchi moddalar: propilenglikol , sorbit, benzoy kislotasi, mentol, limon kislotasi, saxarin, vanilin, tropeolin, oziq-ovqat aromatizatorlari, suv 100 ml gacha bromgeksin gidroxloridi – 8,000 mg. Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati – 34,400 mg, makkajo‘xori kraxmali – 14, 600 mg, jelatin – 1,800 mg, kolloid kremniy dioksidi – 0,600 mg, magniy stearati – 0,600 mg; Bromgeksin gidroxloridi 0,800 g Yordamchi moddalar: Yulduzsimon anis mevalari moyi 0,025 g Achchiq fenxel mevalari moyi 0,075 g Levomentol 0,150 g Timyan o‘ti moyi 0,025 g Yalpiz moyi 0,025 g Evkalipt moyi 0,025 g Saxaroza 10,000 g Polisorbat 80 0,400 g Etanol 96% 36,000 g Kontsentrlangan xlorid kislotasi. 36% 0,039 g Kaliy fosfati digidrati 0,600 g Natriy gidrofosfati dodekagidrati 0,031 g Tozalangan suv 51,805 bromgeksin gidroxloridi 4 mg Yordamchi moddalar: propilenglikol, sorbitol (2 g/5 ml), o‘rik aromatizatori №521708, xlorid kislotasi 0.1M (3.5% eritma), tozalangan suv bromgeksin gidroxloridi 8 mg Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, jelatin, yuqori dispersli kremniy dioksidi, magniy stearati, saxaroza, kaltsiy karbonat, magniy karbonat asosli, talk, bo‘yoqchilar (E104 va E171), makrogol 6000, povidon, dekstroza siropi, karnauba mumi. bromgeksin gidroxloridi 0,008 g, yordamchi moddalar: saxaroza (qand), kartoshka kraxmali, kaltsiy stearati. bromgeksin gidroxloridi 8 mg; yordamchi moddalar: laktoza (sut qandi), kartoshka kraxmali, saxaroza (qand), kaltsiy stearati. bromgeksin gidroxloridi 8 mg; yordamchi moddalar: laktoza, saxaroza, kartoshka kraxmali, kaltsiy stearati, karboksimetilkraxmal natriy. 4 mg li bitta tabletka saqlaydi: faol modda: bromgeksin gidroxloridi 100 % moddaga qayta hisoblanganda - 4 mg; yordamchi moddalar', laktoza monogidrati -77,5 mg, mikrokristall tsellyuloza - 15 mg, kroskarmelloza natriy - 2 mg, kolloid kremniy dioksidi - 1 mg, kaltsiy stearati - 0,5 mg.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi: Bromgeksin dori vositasi ichga qabul qilinganda me'da-ichak traktida 30 daqiqa ichida deyarli to‘liq (99%) so‘riladi. Qonda Сmax dori vositasi qabul qilingandan so‘ng taxminan 1 soatdan keyin erishiladi. Taqsimlanishi: Jigar orqali «birinchi o‘tish» effekti oqibatida biokiraolishligi past (taxminan 20%). Qon oqsillari bilan bog‘lanishi yuqori va 80-90% ni (o‘rtacha 95%) tashkil qiladi, gematoensefalik va yo‘ldosh to‘siqlari orqali o‘tadi. Metabolizmi: Jigarda bromgeksin demetillanish va oksidlanishga uchraydi, farmakologik faol ambroksolgacha metabolizmga uchraydi. Chiqarilishi: Yarim chiqarilish davri (Т?) to‘qimalardan sekin qayta diffuziya oqibatida 15 soatni tashkil qiladi. Buyraklar orqali chiqariladi. Surunkali buyrak yetishmovchiligida metabolitlarning chiqarilishi buziladi. Umumiy klirens 800 ml/daq; faqat jigar qon oqimi bilan belgilanadi. Og‘ir jigar yetishmovchiligida bromgeksin klirensi pasayadi, surunkali jigar yetishmovchiligida esa uning metabolitlari klirensi pasayadi. Ko‘p marta qo‘llanilganda bromgeksin kumulyatsiya qilishi mumkin. Bromgeksin farmakokinetikasi keksa odamlarda yoki jigar yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda o‘rganilmagan. Ushbu guruh bemorlarida ushbu dori vositasini qo‘llash tajribasi cheklangan. Jigar va buyraklarning og‘ir kasalliklari bo‘lgan bemorlarda bromgeksin chiqarilishi sekinlashishi munosabati bilan uni qo‘llash orasidagi intervalni oshirish tavsiya etiladi.

Farmakologik ta'siri

Mukolitik (sekretolitik) vosita, balg'am ko'chiruvchi va kuchsiz yo'talga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Balg'am qovushqoqligini pasaytiradi (mukoprotein va mukopolisaxarid tolalarini depolimerizatsiya qiladi, bronxial sekretning seroz komponentini oshiradi); hilpillovchi epiteliyni faollashtiradi, balg'am hajmini oshiradi va ko'chishini yaxshilaydi. Nafas olish jarayonida alveolyar hujayralar barqarorligini ta'minlovchi endogen surfaktant ishlab chiqarilishini rag'batlantiradi. Samara davolash boshlanganidan 2-5 kun o'tgach namoyon bo'ladi. Farmakokinetika Ichga qabul qilinganda oshqozon-ichak traktida deyarli to'liq (99%) 30 daqiqa ichida so'riladi. Biokiraolishligi 80% ni tashkil qiladi. Yo'ldosh to'sig'i va gematoensefalik to'siq (GET) orqali o'tadi. Jigarda demetillanish va oksidlanishga uchraydi, farmakologik faol ambroksolgacha metabolizmga uchraydi. T1/2 – 15 soat (to'qimalardan sekin qayta diffuziya tufayli). Buyraklar orqali chiqariladi. Surunkali buyrak etishmovchiligida metabolitlarning chiqarilishi buziladi. Ko'p marta qo'llanilganda kumulyatsiya bo'lishi mumkin.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Immun buzilishlar, teri va teri osti kletchatkasi shikastlanishlari: tez-tez emas – yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (toshma, Kvinke shishi, hansirash, qichishish, eshakemi); kamdan-kam hollarda – bronxospazm; juda kamdan-kam hollarda – anafilaktik reaktsiyalar, shu jumladan anafilaktik shok. Oshqozon-ichak buzilishlari: tez-tez emas, uzoq muddat qabul qilinganda ko'ngil aynishi, qusish, dispepsiya, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligining kuchayishi; diareya bo'lishi mumkin. Umumiy buzilishlar: tez-tez emas – isitma. Juda kamdan-kam hollarda Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroz kabi teri reaktsiyalari yuzaga kelishi mumkin. Stivens-Djonson sindromi yuzaga kelishining dastlabki bosqichlarida isitma, tana og'riqlari, tumov, yo'tal va tomoq og'rig'i kabi nospetsifik grippsimon simptomlar rivojlanishi mumkin. Shuning uchun ushbu simptomatika mavjud bo'lganda, agar bu asosiy kasallik kechishi bilan izohlanmasa, Bromgeksin DV qo'llashni to'xtatish kerak.

Dozirovkasi

  • 0,8 mg/ml 4 mg 4 mg/5 ml 4mg/5ml 8 mg 8 mg/ml

Dozani oshirib yuborilishi

Odamda Bromgeksin Nikomed preparatini qo‘llashda hayot uchun xavfli bo‘lgan doza oshib ketish holatlari noma’lum. Quyidagi belgilar bo‘lishi mumkin: ko‘ngil aynishi, qusish va boshqa oshqozon-ichak buzilishlari. Davolash: Maxsus antidoti yo‘q. Doza oshirib yuborilganda qusishni chaqirish, so‘ngra bemorga suyuqlik (sut yoki suv) berish kerak. Preparat qabul qilingandan keyin 1-2 soat ichida me’dani yuvish tavsiya etiladi.

Dori shaklining ta'rifi

  • oq rangli, yassi-tsilindrik, faskali tabletkalar. Draje Har ikki tomoni biroz qavariq, sariqdan yashil-sariq ranggacha bo'lgan draje; draje yadrosi - deyarli oq rangli. Ichish uchun tomchilar Oqdan sarg'ish yoki kulrang tusli oq ranggacha bo'lgan dumaloq yassi-tsilindrik, faskali tabletkalar. «Marmarlik» bo'lishiga yo'l qo'yiladi tiniq, rangsiz kuchsiz tovlanuvchi suyuqlik ichish uchun eritma Ichish uchun eritma rangsiz, tiniq yoki kuchsiz tovlanuvchi, o'ziga xos hidli. Ichish uchun eritma tiniq, rangsiz, biroz yopishqoq, o'ziga xos o'rik hidli Sirop tabletkalar Qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Bromgeksin yo‘tal markazini bostiruvchi dori vositalari (shu jumladan kodein) bilan bir vaqtda tayinlanmaydi, chunki bu suyulgan balg‘am ko‘chishini qiyinlashtiradi (nafas yo‘llarida bronxial sekret to‘planishi). Bromgeksin mikroblarga qarshi terapiyaning dastlabki 4-5 kunida antibiotiklarning (amoksitsillin, eritromitsin, sefaleksin, oksitetrasiklin), sulfanilamid dori vositalarining o‘pka to‘qimasiga kirishiga yordam beradi. Bromgeksinni ba’zi nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (masalan, salitsilatlar, fenilbutazon yoki butadion) bilan birga qo‘llash oshqozon shilliq qavati ta’sirlanishini keltirib chiqarishi mumkin. Ishqoriy eritmalar bilan mos kelmaydi.

Umumiy ma'lumot

 

TIBBIYOTDA QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

BROMGEKSIN-RNP

tabletkalar

 

Savdo nomi

BROMGEKSIN-RNP

 

Faol moddalarining XPN

Bromhexinum

Preparatning tarkibi

1 tabletka saqlaydi:

ta‘sir etuvchi modda: bromgeksin gidroxloridi – 8 mg

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, talk, magniy stearati, makkajo‘xori kraxmali, mikrokristallik sellyuloza, aerosil.

Preparatning ta‘rifi

Ikkiyoqlama qabariq, oq yoki sarg‘ish tusli oq rangi chetlari aniq tabletkalar.

Chiqarilish shakli

Tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi va ATS kodi

Mukolit vositalar, R05C B02.

Farmakologik xususiyatlar

Farmakodinamik xususiyatlari

Bromgeksin organizmda ambroksolga aylanadi, u seroz xujayralarni va bronxlarning shilliq qavatidagi Klark xujayralarining faoliyatini rag‘batlantiradi. Birinchilar ko‘proq seroz komponentni chiqaradi, u bronxial shilliqni suyultiradi va uning xajmini oshiradi, boshqalari gidrolazalarni chiqaradi, ular bronxial shilliqning mukopolisaxaridlari tolasini parchalab, uning yopishqoqligini pasaytiradi. Lipillovchi epitiliyning faolligini va bronx va bronxiollarning drenajlanishini oshiradi. Surfaktantning ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi. Nazal va laringeal shilliqning yopishqoqligini pasaytiradi.

Farmakokinetik xususiyatlari

Ichga qabul qilinganidan keyin me‘da-ichak yo‘llaridan deyarli to‘liq so‘riladi. Biokiraolishligi jigardan birinchi o‘tishi hisobiga 80% ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Gematoensefalik va yo‘ldosh to‘siqlari orqali o‘tadi. Jigarda demetillanish va oksidlanishga duchor bo‘ladi. Buyraklar orqali chiqariladi. Surunkali buyrak yetishmovchiligida metabolitlarining chiqarilishi buziladi. Qayta yuborilganda to‘planib qolishi mumkin.

Qo‘llanilishi

Yopishqoq balg‘amning shakllanishi bilan kechuvchi nafas tizimining kasalliklari, ayniqsa turli etiologiyali o‘tkir va surunkali bronxitlar, shu jumladan bronxektazlar bilan asoratlangan, bronxial astmaning infeksion-allergik shakli, o‘pka tuberkulyozi,

pnevmoniyalar; jarrohlik aralashuvlaridan keyin bronxlarda yopishqoq, qiyin ajraladigan balg‘amning to‘planishini oldini olish uchun.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat ichga, ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qo‘llanadi.

Kattalar va 14 yoshdan oshgan bolalarga-8-16 mg dan kuniga 3 marta.

6-14 yoshli bolalarga va tana vazni 50 kg gacha bo‘lgan pasientlarga – 8 mg dan kuniga 3 marta.

6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 4 mg dan kuniga 3 marta.

Davolash kursining davomiyligi – 4-28 kun.

Preparatni 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparat sirop shaklida buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kam, uzoq muddat qabul qilinganida ko‘ngil aynishi, qusish, dispeptik ko‘rinish, me‘da yarasi kasalligining zo‘rayishi, allergik reaksiyalar (teri toshmalari, yuzni shishi, rinit va boshqaalar); transaminazalarning qon zardobidagi darajasini oshishi paydo bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qabul qilish to‘xtatiladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Bromgeksinga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik (I uch oyligi), emizish.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Belgilari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya.

Davolash: simptomatik.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolash davrida preparatning sekretolik ta‘sirini tutib turish uchun yetarli miqdorda suyuqlik iste‘mol qilish tavsiya qilinadi.

Bromgeksin holsizlangan bemorlarga va bronxoobstruktiv sindromli bemorlarga (bronxial sekretni yo‘qotish kerak) ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Preparat me‘da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligi bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo‘llanilishi

Homiladorlikning II va  III uch oyligida preparat faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun bo‘lgan potensial xavfdan ustun bo‘lganida qo‘llanadi. Emizish davrida qo‘llash kerak bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.

Transport vositalarini va qurilmalarini boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparatni transport vositalarini va qurilmalarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

 

Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri

Bromgeksin suyultirilgan bronxial sekretning drenajini qiyinlashishi mumkinligi tufayli kodein bilan buyurilmaydi.

Bromgeksin antibiotiklarning o‘pka to‘qimasiga kirishiga (eritromisin, sefaleksin, oksitetrasiklin) yordam beradi. Bromgeksinni nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (salisilatlar, fenilbutazon) bilan birga buyurish, me‘da shilliq qavatining ta‘sirlaniishini chaqirishi mumkin.

Bromgeksin ishqoriy eritmalar bilan nomutanosib.

Chiqarilish shakli

Tabletkalar 8 mg li №20 blisterda.

1, 2 yoki 10 kontur uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15-25°S haroratda.

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Berish tartibi

Shifokor reseptisiz.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Bromgeksin preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Bromgeksin narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
D5 №4
Shayxontoxur tumani, Samarqand Darvoza ko'ch., 1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
16 800 so'm
Bron qilish
D5
Olmazor tumani, Sag'bon ko'ch., 246 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
16 800 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №26
Chilonzor tumani, Muqumiy ko'ch., 4 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
19 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Virusologiya 24
Yunusobod tumani, Yangishaxar, 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
19 500 so'm
Bron qilish

Bromgeksin barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Bromgeksin haqida savollar

Bromgeksin haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 7 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil