BROMGEKSIN sirop 100 ml 4mg/5ml

BROMGEKSIN sirop 100 ml 4mg/5ml haqida qo'llanma
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganda me'da-ichak traktida (MITY) 30 daqiqa ichida deyarli to'liq (99%) so'riladi. Biologik kira olishligi - taxminan 80%. Yo'ldosh va gematoensefalik to'siqlar (GEB) orqali o'tadi.
Jigarda demetillanish va oksidlanishga uchraydi, farmakologik faol ambroksolgacha metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri (Т1/2) - 15 soat (to'qimalardan sekin qayta diffuziya oqibatida). Buyraklar orqali chiqariladi. Surunkali buyrak yetishmovchiligida (SBYe) metabolitlarning chiqarilishi buziladi. Ko'p marta qo'llanilganda kumulyatsiya qilinishi mumkin.
Nojo'ya samaralari
Allergik reaksiyalar, ko'ngil aynishi, qusish, dispepsiya, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligining kuchayishi, bosh aylanishi, bosh og'rig'i, "jigar" transaminazalari faolligining oshishi (juda kam hollarda).
Maxsus ko‘rsatmalari
Davolash vaqtida yetarli miqdorda suyuqlik qo'llash zarur, bu bromgeksinning balg'am ko'chiruvchi ta'sirini oshiradi.
Davolashni postural drenaj yoki ko'krak qafasining vibratsion massaji bilan birga olib borish kerak, bu bronxlardan sekret chiqarilishini osonlashtiradi.
Bromgeksin shakar saqlamaydi, sirop tarkibiga shakar o'rnini bosuvchilar kiradi, shuning uchun qandli diabeti, semizligi bo'lgan bemorlarda qo'llash mumkin.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Gipersezuvchanlik, me'da va o'n ikki barmoqli ichak peptik yarasi, homiladorlik (I trimestr), laktatsiya davri, 6 yoshgacha bo'lgan bolalar (8 mg/5 ml sirop uchun).
Ehtiyotkorlik bilan:
Buyrak yetishmovchiligi, jigar yetishmovchiligi, bronxlarda ortiqcha sekret to'planishi bilan kechuvchi kasalliklar, anamnezda - me'da-ichakdan qon ketishi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Yo'tal markazini bostiruvchi dori vositalari (shu jumladan kodein) bilan bir vaqtda tayinlanmaydi, chunki bu suyultirilgan balg'am ko'chishini qiyinlashtiradi (nafas yo'llarida bronxial sekret to'planishi).
Ishqoriy eritmalar bilan nomutanosib. Bromgeksin antibiotiklar, sulfanilamidlarning mikroblarga qarshi terapiyaning dastlabki 4-5 kunida bronxial sekretga kirishiga yordam beradi.
Dozirovkasi
8 mg/5 ml sirop kattalar va 14 yoshdan katta bolalarga 8-16 mg dan (5-10 ml) sutkada 3 marta, 6-14 yoshli bolalarga - 8 mg dan (5 ml) sutkada 3 marta buyuriladi.
4 mg/5 ml sirop bolalarga quyidagi dozalarda buyuriladi: 2 yoshgacha 2 mg dan (2,5 ml) sutkada 3 marta, 2-6 yoshda - 4 mg dan (5 ml) sutkada 3 marta, 6-14 yoshda - 8 mg dan (10 ml) sutkada 3 marta.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: ko'ngil aynishi, qusish, diareya va boshqa dispeptik buzilishlar.
Davolash: sun'iy qusish, me'dani yuvish (qabul qilingandan keyingi dastlabki 1-2 soat ichida).
Hajm/og'irlik
BROMGEKSIN sirop 100 ml 4mg/5ml o'xshash dorilari



BROMGEKSIN sirop 100 ml 4mg/5ml xususiyatlari
Bromgeksin boshqa chiqarish shakllari






BROMGEKSIN sirop 100 ml 4mg/5ml analoglari












