BROMGEKSIN 4 BERLIN XEMI eritma dlya priema vnutr 60ml 4mg/5ml

yoʼtal va shamollash kasalliklarida qoʼllaniladigan preparatlar, mukolitiklar
BROMGEKSIN 4 BERLIN XEMI eritma dlya priema vnutr 60ml 4mg/5ml haqida qo'llanma
Saqlash shartlari
30°C dan yuqori boʼlmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Hech qanday dori preparatlarini kanalizatsiya yoki maishiy chiqindilar bilan tashlab yubormang. Kerak boʼlmagan dori preparatini qanday utilizatsiya qilish toʼgʼrisida dorixona xodimi bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhit himoyasiga yordam beradi.
Sotish shartlari
Retseptsiz.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:
Bir oʼlchov qoshiq (5 ml) Bromgeksin 4 Berlin-Xemi eritmasi tarkibida quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 4 mg bromgeksin gidroxloridi;
yordamchi moddalar: malьtitol (E965), benzoy kislotasi (E210), oʼrik xushboʼyi kukuni, suvsiz limon kislotasi, tozalangan suv.
Saqlash sharoiti
30°C dan yuqori boʼlmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Hech qanday dori preparatlarini kanalizatsiya yoki maishiy chiqindilar bilan tashlab yubormang. Kerak boʼlmagan dori preparatini qanday utilizatsiya qilish toʼgʼrisida dorixona xodimi bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhit himoyasiga yordam beradi.
Farmakodinamikasi
Bromgeksin – oʼsimlikdan olinadigan faol modda - vazitsinning sintetik hosilasidir. U bronxial trakt darajasida sodir boʼladigan sekretolitik va sekretomotor taʼsirga ega. Hayvonlarda oʼtkazilgan tajribalarda bu preparat bronxial sekretdagi seroz komponentning ulushini oshirishi koʼrsatib berildi. Tukli epiteliy ishining faollashuvi va shilimshiqni yopishqoqligining pasayishi uning transportini osonlashtiradi deb hisoblanadi.
Bromgeksinni qoʼllash fonida balgʼam va bronxial sekretlarda antibiotiklardan amoksitsillin, eritromitsin va oksitetratsiklin kontsentratsiyasining ortishi kuzatiladi. Ushbu taʼsirning klinik ahamiyati aniq emas.
Farmakokinetikasi
Ichilgandan soʼng, bromgeksin deyarli toʼliq soʼriladi; uning yarim chiqarilish davri taxminan 0,4 soatni tashkil qiladi. Ichilganda Tmax 1 soatni tashkil qiladi. Jigar orqali birinchi oʼtishning taʼsiri taxminan 80% ni tashkil qiladi. Bunda biologik faol metabolitlar hosil boʼladi. Plazma oqsillari bilan bogʼlanish 99% ni tashkil qiladi.
Plazmadagi kontsentratsiyasining pasayishi koʼp bosqichli jarayondir. Taʼsiri toʼxtaydigan yarim chiqarilish davri taxminan 1 soatni tashkil qiladi. Bundan tashqari, yarim chiqarilishning yakuniy davri taxminan 16 soatni tashkil qiladi. Bu toʼqimalarda oz miqdordagi bromgeksinning qayta taqsimlanishidan kelib chiqadi. Taqsimot hajmi tana vaznining har bir kg ga taxminan 7 litrni tashkil qiladi. Bromgeksin organizmda toʼplanmaydi.
Bromgeksin platsenta toʼsigʼi orqali oʼtadi, shuningdek, orqa miya suyuqligi va ona sutiga oʼtadi.
Chiqarilishi asosan jigarda hosil boʼlgan metabolitlar shaklida buyraklar orqali sodir boʼladi. Bromgeksinning oqsil bilan bogʼlanishining yuqori darajasi va uning katta taqsimot hajmi, shuningdek, toʼqimalardan qonga sekin qayta taqsimlanishi tufayli preparatning biron bir salmoqli qismini dializ yoki majburiy diurez bilan chiqarish ehtimoli past.
Jigarning ogʼir kasalliklarida boshlangʼich moddaning klirensi pasayishi mumkin. Ogʼir buyrak yetishmovchiligida bromgeksin metabolitlarining yarimchiqarilish davrining uzayishi istisno qilinmaydi. Fiziologik sharoitda oshqozonda bromgeksin nitrozlanishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruh
yoʼtal va shamollash kasalliklarida qoʼllaniladigan preparatlar, mukolitiklar
Nojo'ya samaralari
Nojoʼya taʼsirlar paydo boʼlish tez-tezligiga koʼra quyidagicha tasniflanadi:
Juda tez-tez: ≥1/10.
Tez-tez: ≥1/100 dan <1/10 gacha.
Baʼzan: ≥1/1000 dan <1/100 gacha.
Kamdan kam: ≥1/10 000 dan <1/1 000 gacha.
Juda kam: <1/10 000.
Nomaʼlum: (mavjud maʼlumotlar asosida tez-tezligini baholab boʼlmaydi).
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Kamdan kam: yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (masalan, qiynalib nafas olish).
Nomaʼlum: anafilaktik reaktsiyalar, jumladan, anafilaktik shok, angionevrotik shish va qichishish.
Meʼda-ichak yoʼli tomonidan buzilishlar
Baʼzida: koʼngil aynishi, qorin ogʼrigʼi, qusish, diareya.
Teri va teri osti toʼqimalari tomonidan buzilishlar
Kamdan kam: toshma, eshakemi.Nomaʼlum: teri tomonidan ogʼir nojoʼya reaktsiyalar (jumladan, koʼp shaklli eritema, Stivens-Jonson sindromi/toksik epidermal nekroliz va oʼtkir umumiy ekzantematoz pustulez).
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi reaktsiyalar
Baʼzan: tana haroratining koʼtarilishi.
Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, anafilaktik reaktsiyalar yoki teri va shilliq qavatlardagi yaqinda paydo boʼlgan oʼzgarishlari yuzaga kelsa, darhol shifokorga murojaat qilish va, bromgeksinni qabul qilishni toʼxtatish lozim.
Boʼlishi mumkin boʼlgan nojoʼya reaktsiyalar haqidagi xabarlar
Dori preparatini roʼyxatdan oʼtkazilgandan keyin boʼlishi mumkin boʼlgan nojoʼya reaktsiyalar haqidagi xabarlar muhim rolь oʼynaydi va ushbu dori vostasiga nisbatan “foyda/xavf” mutanosibligini kuzatib borishni davom ettirishga imkon beradi. Sogʼliqni saqlash tizimi xodimlaridan quyidagi manzil boʼyicha Oʼzbekistondagi “Berlin-Xemi АG” Kompaniyasining Vakolatxonasiga har qanday boʼlishi mumkin boʼlgan nojoʼya reaktsiyalar haqida xabar berish talab etiladi: Toshkent sh., 100031, Аfrosiyob koʼch., 12a (biznes-markaz).
Maxsus ko‘rsatmalari
Teri reaktsiyalari
Bromgeksin qabuli bilan bogʼliq boʼlgan ogʼir darajadagi teri reaktsiyalari haqida xabarlar mavjud, masalan, koʼp shaklli eritema, Stivens-Jonson sindromi(SJS)/toksik epidermal nekroliz (TEN) va oʼtkir tarqalgan ekzantematoz pustulez (OʼTEP). Kuchayib boruvchi teri toshmasi simptomlari yoki belgilari (baʼzida pufakchalar bilan yoki shilliq qavatlarning shikastlanishili) mavjud boʼlsa, bromgeksin bilan davolash darhol toʼxtatilishi va tibbiy yordamga murojaat qilinishi lozim.
Meʼda va oʼn ikki barmoqli ichakning yarasi
Bromgeksin 4 Berlin-Xemi ni hozirgi vaqtda yoki anamnezida oshqozon yoki oʼn ikki barmoqli ichak yarasi boʼlgan bemorlar qabul qilmasligi lozim, chunki bromgeksin oshqozon-ichak yoʼli shilliq qavatining toʼsiq xususiyatlariga taʼsir qilishi mumkin.
Oʼpka va nafas yoʼllari
Shilliq sekretsiyasi kuchayishi mumkinligi sababli, Bromgeksin 4 Berlin-Xemini bronxial motorikasi buzilgan va shilimshiq sekretsiyasi kuchaygan hollarda (masalan, kam uchraydigan birlamchi siliar diskineziyada) ehtiyotkorlik bilan qoʼllash lozim.
Jigar va buyrak tomonidan buzilishlar
Buyrak funktsiyasi buzilgan yoki ogʼir darajadagi jigar kasalligi boʼlsa, Bromgeksin 4 Berlin-Xemi juda ehtiyotkorlik bilan qoʼllanilishi lozim, yaʼni, qabullar orasidagi oraliq uzoqroq yoki dozalar miqdori pastroq boʼlishi kerak.
Ogʼir buyrak yetishmovchiligida jigarda hosil boʼlgan bromgeksin metabolitlari toʼplanishi mumkin.
Jigar faoliyatini, ayniqsa, uzoq muddatli davolashda davriy nazorat qilish tavsiya etiladi.
Pediatrik profilьdagi patsientlar
2 yoshgacha boʼlgan bolalarda Bromgeksin 4 Berlin-Xemi preparatini qoʼllash faqat shifokor nazorati ostida ruxsat etiladi.
Benzoy kislotasi, malьtitol
Ushbu dorivor mahsulotning bir oʼlchov qoshigʼida 5 mg benzoy kislotasi mavjud.
Benzoy kislotasi yangi tugʼilgan chaqaloqlarda (4 haftagacha) sariqlikni (teri va koʼzning sargʼayishi) kuchaytirishi mumkin. Bilirubinning albumin bilan birikmalaridan siqib chiqarilishi natijasida bilirubinemiyaning kuchayishi oqibatida neonatal sariqlik kuchayishi mumkin, bu esa yadroviy sariqlik kasaliga (miya toʼqimalarida konʼyugirlanmagan bilirubinni toʼplanishiga) oʼtishi mumkin.
Ushbu dori preparati tarkibida malьtitol mavjud. Fruktozani koʼtaromaslik bilan bogʼliq kam uchraydigan irsiy muammolari bor bemorlar ushbu dori preparatini qabul qilmasliklari lozim. Malьtitol yengil ichni yumshatuvchi taʼsirga ega boʼlishi mumkin. Malьtitolning kaloriyaliligi 2,3 kkal/g ni tashkil qiladi.
Fertillik, homiladorlik va laktatsiya
Homiladorlik
Hozirgi vaqtda odamlarda homiladorlik davrida bromgeksinni qoʼllash tajribasi mavjud emas; shuning uchun homilador ayollarda Bromgeksin 4 Berlin-Xemini qoʼllash faqat shifokor tomonidan «foyda/xavf» nisbati toʼliq baholanganidan keyin ruxsat etiladi va homiladorlikning birinchi uy oyligidada foydalanish tavsiya etilmaydi.
Koʼkrak bilan emizish davri
Faol modda ona sutiga oʼtganligi sababli, Bromgeksin 4 Berlin-Xemi ni laktatsiya davrida qoʼllash mumkin emas ("Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar" boʼlimiga qarang).
Fertillik
Hayvonlarda oʼtkazilgan tadqiqotlarda bromgeksinning fertillikka zararli taʼsiri aniqlanmagan ("Xavfsizlik boʼyicha klinikgacha boʼlgan maʼlumotlar" boʼlimiga qarang).
Avtotransportni boshqarish va mexanizmlarga texnik xizmat koʼrsatish qobiliyatiga taʼsiri
Bromgeksin 4 Berlin-Xemi transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat koʼrsatish qobiliyatiga taʼsir qilmaydi yoki ahamiyatsiz taʼsir koʼrsatadi.
Qo'llanilishi
Shilliqning hosil boʼlishi va chiqarilishining buzilishi bilan kechadigan bronxlar va oʼpkaning oʼtkir va surunkali kasalliklari uchun sekretolitik terapiyada qoʼllaniladi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Faol moddaga yoki xar qanday yordamchi moddalaridan biriga yuqori sezuvchanlik (“Tarkibi” boʼlimiga qarang).
Bromgeksin 4 Berlin-Xemi ni laktatsiya davrida qoʼllash mumkin emas.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Bromgeksin 4 Berlin-Xemi preparatini va yoʼtalga qarshi vositalarni (yoʼtalni bostiruvchi vositalar) birgalikda qoʼllaganda, yoʼtal refleksini bostirish tufayli – xavf tugʼdiruvchi sekret toʼplanishiga olib kelishi mumkin, bu esa bunday koʼrsatmalar ushbu kombinatsiyalangan davolashda ayniqsa diqqat bilan koʼrib chiqilishi lozimligini anglatadi.
Meʼda-ichak yoʼlini taʼsirlanishini keltirib chiqaradigan preparatlar bilan bir vaqtda qoʼllaganda ularning oshqozon shilliq qavatini taʼsirlash xususiyati oʼzaro kuchayishi mumkin.
Ta'rifi
shaffof, rangsiz, sal quyuqroq eritma
Dozirovkasi
Dozalash
Agar oʼzga tartib buyurilmagan boʼlsa, Bromgeksin 4 Berlin-Xemi preparatini quyidagicha dozalash tavsiya etiladi:
Kattalar va 14 yoshdan oshgan oʼsmirlar Bromgeksin 4 Berlin-Xemi dan sutkasiga 3 marta 2-4 oʼlchov qoshiqlaridan qabul qilishadi (sutkasiga 24-48 mg bromgeksin gidroxloridiga toʼgʼri keladi).
6 yoshdan 14 yoshgacha boʼlgan bolalar va oʼsmirlar, shuningdek, vazni 50 kg dan kam boʼlgan bemorlarga sutkasiga 3 marta 2 oʼlchov qoshiqlaridan Bromgeksin 4 Berlin-Xemi buyuriladi (sutkasiga 24 mg bromgeksin gidroxloridiga toʼgʼri keladi).
6 yoshgacha boʼlgan bolalarga kuniga 3 marta 1 oʼlchov qoshiqdan bromgeksin 4 Berlin-Xemi buyuriladi (kuniga 12 mg bromgeksin gidroxloridiga toʼgʼri keladi). 2 yoshgacha boʼlgan bolalarda Bromgeksin 4 Berlin-Xemi preparatini qoʼllash faqat shifokor nazorati ostida ruxsat etiladi.
Bemorlarning maxsus guruhlari uchun koʼrsatmalar
Buyrak funktsiyasi buzilgan yoki ogʼir darajadagi jigar kasalligi boʼlsa, Bromgeksin 4 Berlin-Xemi juda ehtiyotkorlik bilan qoʼllanilishi lozim, yaʼni, qabullar orasidagi oraliq uzoqroq yoki dozalar miqdori pastroq boʼlishi kerak ("Maxsus koʼrsatmalar" boʼlimiga qarang).
Qoʼllash usuli
Ichish uchun eritma.
Suyuqlikni yetarli miqdorda isteʼmol qilish foydali taʼsir koʼrsatishi mumkin.
Davolashning davomiyligi koʼrsatmalarga va kasallikning kechishiga qarab individual ravishda belgilanadi. Bromgeksin 4 Berlin-Xemi preparatini shifokor bilan maslahatlashmasdan 4-5 kun dan ortiq qabul qilmaslik lozim.
Agar Siz Bromgeksin 4 Berlin-Xemi ni qabul qilishni unutgan boʼlsangiz
Oʼtkazib yuborilgan dozani toʼldirish uchun ikki martali doza miqdorini qabul qilish kerak emas.
Agar Siz Bromgeksin 4 Berlin-Xemi ni qabul qilishni unutib qoʼysan yoki kerakli dozadan pastroq dozani qabul qilgan boʼlsangiz, keyingi safar buyurilgan odatdagi dozani qabul qiling.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish alomatlari
Insonda xavfli boʼlgan dozani oshirib yuborish holatlari hozirgi paytgacha maʼlum emas.
Dozani oshirib yuborish holatlari boʼyicha tadqiqot eʼlon qilingan, unga koʼra bromgeksinni haddan tashqari oshirib yuborishning 25 ta holatdan 4 tasida qusish kuzatilgan, uch nafar yosh bolada ongning xiralashuvi, ataksiya, diplopiya, yengil darajadagi metabolik atsidoz va taxipnoe kuzatilgan. Yosh bolalarda bromgeksinni 40 mg gacha boʼlgan miqdorda qabul qilgandan soʼng, ushbu moddani tanadan chiqarish boʼyicha choralar koʼrilmaganda ham, alomatlar mavjud boʼlmagan.
Insonda surunkali zaharlanish isboti mavjud emas.
Dozani oshirib yuborishdagi terapevtik chora-tadbirlar
Doza ancha oshirib yuborilganida qon aylanishini nazorat qilish va zarur boʼlganda simptomatik davolash buyuriladi. Bromgeksinning past toksikligi tufayli, odatda, soʼrilishini kamaytirish yoki uning tanadan chiqarilishini tezlashtirish uchun invazivligi baland choralarga ehtiyoj qolmaydi. Bundan tashqari, farmakokinetik xususiyatlari (katta taqsimot hajmi, qayta taqsimlash jarayonlarining sekinligi va oqsillar bilan ancha bogʼlanishi) tufayli dializ va jadallashtirilgan diurez moddaning tanadan chiqarilishiga sezilarli taʼsir koʼrsatmaydi.
2 yoshdan oshgan bolalar odatda preparatni ancha miqdorda qabul qilgandan keyin ham faqat yengil alomatlar kuzitalgani sababli, 80 mg gacha bromgeksin gidroxloridi (masalan, Bromgeksin 4 Berlin-Xemi preparatining 100 ml) qabul qilinganda bromgeksinni tanadan chiqarish choralarini koʼrishning hojati yoʼq; yosh bolalarda bu chegara 60 mg bromgeksin gidroxloridi (6 mg/kg tana vazniga) ni tashkil qiladi.
Eslatma
Preparatni yanada yuqoriroq dozalarda qabul qilganda, yordamchi moddalarning taʼsirini ham hisobga olish kerak ("Maxsus koʼrsatmalar" boʼlimiga qarang).
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homiladorlik
Hozirgi vaqtda odamlarda homiladorlik davrida bromgeksinni qoʼllash tajribasi mavjud emas; shuning uchun homilador ayollarda Bromgeksin 4 Berlin-Xemini qoʼllash faqat shifokor tomonidan «foyda/xavf» nisbati toʼliq baholanganidan keyin ruxsat etiladi va homiladorlikning birinchi uy oyligidada foydalanish tavsiya etilmaydi.
Koʼkrak bilan emizish davri
Faol modda ona sutiga oʼtganligi sababli, Bromgeksin 4 Berlin-Xemi ni laktatsiya davrida qoʼllash mumkin emas ("Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar" boʼlimiga qarang).
Xususiyatlari
Xavfsizlik boʼyicha klinikagacha maʼlumotlari
Surunkali toksiklik
Har xil hayvon turlarida (kalamushlar, sichqonlar, itlar) moddani juda yuqori dozalarda va uzoq vaqt davomida qoʼllash bilan olib borilgan tadqiqotlarda normal terapevtik foydalanish paytida insonlar uchun biron alohida toksiklik aniqlanmadi.
Mutagen va kantserogen potentsiali
in vitro (Eyms testi) va in vivo/in vitro sharoitdagi (sut emizuvchi vositachisi bilan sinov) tajribalarida mutagen taʼsir aniqlanmadi. Kalamushlarda oʼtkazilgan kantserogenlik tadqiqotlarida bromgeksinning kantserogenligi xususida hech qanday dalil topilmadi.
Reproduktiv tizimga nisbatan toksiklik
Bromgeksin platsenta toʼsigʼini kesib oʼtadi. Hayvonlarda oʼtkazilgan tajribalarda kalamushlar, sichqonlar va quyonlarda bromgeksinning teratogen taʼsiriga dalillar topilmadi. Terapevtik dozalarda bromgeksin naslning rivojlanishida va xulq-atvor reaktsiyalarida buzilishlarga olib kelmadi. Bromgeksin fertilikka taʼsir qilmagan.
Hajm/og'irlik
Yaroqlilik muddati (oy)
Ochilmagan oʼramda: 3 yil.
Oʼram birinchi marta ochilgandan soʼng: 6 oy.
Bromgeksin 4 Berlin-Xemi ni yorliqda va tashqi karton oʼramda "goden do" soʼzlarigacha keltirilgan yaroqlilik muddati tugagandan soʼng ishlatmang. Koʼrsatilgan oyning oxirgi kuni yaroqlilik muddati tugaydigan sana hisoblanadi.
BROMGEKSIN 4 BERLIN XEMI eritma dlya priema vnutr 60ml 4mg/5ml o'xshash dorilari


Bromgeksin boshqa chiqarish shakllari


BROMGEKSIN 4 BERLIN XEMI eritma dlya priema vnutr 60ml 4mg/5ml analoglari








