Ташкент
logo
SavatKirish

Fluimutsil

Fluimutsil chiqarish shakllari

FLUIMUSIL tabletkalari 0,6g N10
Retseptsiz
FLUIMUSIL tabletkalari 0,6g N10
Shveytsariya
Ishlab chiqaruvchi:
Zambon Svitserland Ltd
•1 ta dorixonada bor
Narxi
6 500 so'm dan
- Fluimutsil qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Fluimutsilning tarkibi
- Fluimutsil ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Fluimutsil narxi Toshkent dorixonalarida

Fluimutsil qo'llanmasi

Farmakoterapevtik guruh

balg‘am ko‘chiruvchi mukolitik vosita.

Ishlab chiqarilish joyi
Shveytsariya
Nimaga qarshi
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Atsetiltsisteinga yuqori sezuvchanlik, zo‘rayish bosqichidagi me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar, laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: me'da va 12 barmoq ichak yara kasalligi, qizilo‘ngach venalarining varikoz kengayishi, qon tupurish, o‘pkadan qon ketishi, fenilketonuriya, bronxial astma, buyrak usti bezlarining kasalliklari, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, arterial gipertenziya ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.


Farmakodinamikasi

Mukolitik vosita, balg‘amni suyultiradi, uning hajmini oshiradi, balg‘am ajralib chiqishini yengillashtiradi. Ta'siri atsetiltsisteinning erkin sulьfgidril guruhlarini balg‘amning nordan mukopolisaxaridlarining ichki- va molekulalararo disulьfid bog‘larini uzish qobiliyati bilan bog‘liq, bu mukoproteinlarning depolimerizatsiyasiga va balg‘amning qovushqoqligini kamayishiga olib keladi. Yiringli balg‘amda faolligini saqlaydi.

Bokalsimon xujayralar tomonidan qovushqoqligi kamroq sialomutsinlarning sekretsiyasini oshiradi, bronxlarning shilliq qavatining epitelial xujayralariga bakteriyalarning adgeziyasini pasaytiradi. Bronxlarning mukoz xujayralarini rag‘batlantiradi, ularning sekreti fibrinni eritadi. LOR-a'zolarining yallig‘lanishli kasalliklarida hosil bo‘luvchi sekretga xam o‘xshash ta'sir ko‘rsatadi. Elektrofil oksidlovchi toksinlarni neytrallash qobiliyatiga ega SH-guruhi bilan bog‘liq bo‘lgan antioksidant ta'sir ko‘rsatadi. Atsetiltsistein xujayralarning ichiga yengil kiradi, 

L-tsisteingacha atsetilsizlanadi, undan xujayra ichki glyutation sintezlanadi. Glyutation – yuqori reaktiv tripeptid, endogen va ekzogen erkin radikallarni va toksinlarni tutib oluvchi kuchli antioksidant, sitoprotektor. Atsetiltsistein xujayralarning oksidlovchi-qaytariluvchi jarayonlarida ishtirok etuvchi xujayra ichki glyutationning kamayib ketishini oldini oladi va sintezini oshishiga yordam beradi, shunday qilib zararli moddalarning detoksikatsiyasiga yordam beradi. Paratsetamol bilan zaharlanishda atsetiltsisteinning antidoti sifatidagi ta'siri shu bilan tushuntiriladi.

Alьfa1-antitripsinni (elastazaning ingibitori), faol fagotsitlarning miyeloperoksidazasi tomonidan ishlab chiqariladigan oksidlovchi – HOCI ning faolsizlantiruvchi ta'siridan himoya qiladi. Shuningdek yallig‘lanishga qarshi ta'sirga ega (o‘pka to‘qimasida yallig‘lanishni rivojlanishiga javobgar bo‘lgan erkin radikallar va faol kislorod saqlovchi moddalarning hosil bo‘lishini susaytirishi hisobiga).


Farmakokinetikasi

Fluimutsil peroral qabul qilinganida yaxshi so‘riladi. U darhol jigarda sisteingacha deatsetillanadi. Qonda erkin va plazma oqsillari bilan bog‘langan atsetiltsistein  va uning metabolitlarining (tsistein, sistin, diatsetiltsistein) harakatdagi muvozanati kuzatiladi. Jigar orqali «birinchi o‘tish» ni yuqori samarasi tufayli, atsetiltsisteinning biokiraolishligi taxminan 10% ni tashkil qiladi. Atsetiltsistein xujayralararo bo‘shliqqa kiradi, asosan jigarda, buyrakda, o‘pkada, bronxial sekretda taqsimlanadi.

Plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga peroral qabul qilinganidan keyin 1-3 soat o‘tgach erishiladi va 15 mmolь/l ni tashkil qiladi, plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 50%. 

T1/2 – taxminan 1 soat, jigar sirrozida 8 soatgacha oshadi. Buyrak orqali nofaol metabolitlari ko‘rinishida (noorganik sulьfatlar, diatsetiltsistein) chiqariladi, ahamiyatsiz qismi ichak orqali o‘zgarmagan xolda chiqariladi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi.



Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Preparat homiladorlikda faqat, agar ona uchun taxmin qilinayotgan foyda, homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lganida buyuriladi.

Laktatsiya davrida preparatni buyurishning zarurati bo‘lgan holda emizishni to‘xtatish kerak.

va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozirovkasi

Ichga qo‘llanadi. Kattalarga: 600 mg 1 vishillovchi tabletka 1/3 stakan suvda eritiladi va kuniga bir marta qabul qilinadi.Davolash kursining davomiyligini individual baholash kerak. O‘tkir kasalliklarda davolash kursining davomiyligi 5 kundan 10 kungachani tashkil qiladi; surunkali kasalliklarni davolashda – bir necha oygacha (shifokorning tavsiyasi bo‘yicha).
 

Dozani oshirib yuborilishi

Atsetiltsistein kuniga 500 mg/kg dozada qabul qilinganida dozani oshirib yuborilish belgilari va siptomlarini chaqirmaydi.
Simptomlari: Quyidagi simptomlar: ko‘ngil aynishi, qusish va diareya kuzatilishi mumkin. 
Davolash: Konkret antidoti yo‘q, davolash simptomatik hisoblanadi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Bronxial astmasi va obstruktiv bronxiti bo‘lgan bemorlarga atsetiltsisteinni ehtiyotkorlik bilan, bronxial o‘tkazuvchanlikni muntazam nazorati ostida buyurish kerak.

Preparat aspartam saqlaydi, shuning uchun uni fenilketonuriyasi bo‘lgan bemorlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Yengil oltingugurt hidini bo‘lishi, ta'sir etuvchi moddaning o‘ziga xos hididir.

Atsetiltsisteinni eritishda shisha idishdan foydalanish, metall va rezinali yuzalar bilan kontaktdan saqlanish kerak.

Atsetiltsistein gistaminni metabolizmiga ahamiyatsiz darajada ta'sir qilishi mumkin, shuning uchun gistaminni o‘zlashtiraolmasligi bilan xastalangan patsiyentlarda o‘zlashtiraolmaslik simptomlari paydo bo‘lganida (bosh aylanishi, vazomotor rinit, qichishish) uzoq muddat davolash uchun preparatni qo‘llanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Maxsus tadqiqotlar o‘tkazilmagan, transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.



Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Atsetiltsisteinni yo‘talga qarshi vositalar bilan birga qo‘llash yo‘tal refleksini susayishi tufayli balg‘amning dimlanishini kuchaytirishi mumkin. 

Tetratsiklinlar (doksitsiklindan tashqari), ampitsillin, amfoteritsin V kabi antibiotiklar bilan bir vaqtda qo‘llanganda, ularni atsetiltsisteinning tiol guruhi bilan o‘zaro ta'siri bo‘lishi mumkin, bu ikkala preparatning faolligini pasayishiga olib keladi. Shuning uchun bu preparatlarni qabul qilishlar orasida interval 2 soatdan kam bo‘lmasligi kerak.

Atsetiltsistein va nitroglitserinni bir vaqtda qabul qilish, nitroglitserinning tomirlarni kengaytiruvchi  va dezagregant ta'sirini kuchayishiga olib kelishi mumkin.

Atsetiltsistein paratsetamolning toksik samaralarin bartaraf qiladi.



Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: 

faol madda: 600 mg atsetiltsistein; 

yordamchi moddalar: 680 mg limon kislotasi, 500 mg natriy gidrokarbonati, 20 mg aspartam, 100 mg limon aromatizatori.

Chiqarilish shakli

Vishillovchi tabletkalar 600 mg.

2 yoki 10 tabletkadan laminatsiyalangan alyumin folьga [poliamid – alyuminiy – polietilen/polietilen - alyuminiy] kontur uyali o‘ramda (blister).

1 yoki 2 blisterdan (10 tabletkadan) yoki 5 yoki 10 blisterdan (2 tabletkadan) tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.



Farmakoterapevtik guruh

balg‘am ko‘chiruvchi mukolitik vosita.

Dori shakli

vishillovchi tabletkalar

Nojo'ya samaralari

Keyinchalik jadvalda noxush reaktsiyalar tizim-a'zo sinfi bo‘yicha va namoyon bo‘lish tez-tezligi bo‘yicha (juda tez-tez (>1/10), tez-tez (>1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (>1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (>1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10000) va noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholash mumkin emas).

Tez-tezlikni har bir guruhi bo‘yicha noxush holatlar jiddiylikni kamayib borishi tartibida keltirilgan.

Tizim-a'zolari sinfi Noxush reaktsiyalar

tez-tez emas 

(>1/1000 - <1/100) kam hollarda 

(<1/10000 - <1/1000) juda kam hollarda (<1/10000) noma'lum 

Immun tizimi  tomonidan buzilishlar O‘ta yuqori  sezuvchanlik Anafilaktik shok, 

anafilaktik/anafilaktoid reaktsiya

Nerv tizimi  tomonidan buzilishlar Bosh og‘rig‘i

Eshitish a'zolari va  ichki quloq tomonidan buzilishlar Quloqlarda shovqin

Yurak tizimi  tomonidan buzilishlar Taxikardiya

Qon tomiri tomonidan buzilishlar Qon ketishi

Nafas a'zolari, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i  tomonidan buzilishlar Bronxospazm dispnoe

Me'da-ichak  buzilishlari Qusish, 

diareya, stomatit, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi Dispepsiya

Teri va teri osti  to‘qimalariga tegishli  buzilishlar 

Eshakemi, 

toshma, angionevrotik shish, qichishish

Umumiy buzilishlar va  qo‘llash joyida buzilishlar

  Pireksiya Yuzni shishi

Tahlillar va  tekshirishlar Pasaygan arterial bosimi

Juda kam hollarda atsetiltsisteinni qo‘llanishi bilan xronologik bog‘liqlikda Stivens-Djonson sindromi va Layell sindromi kabi jiddiy teri reaktsiyalarini paydo bo‘lishi to‘g‘risida xabar qilingan. Ko‘pchilik hollarda bir vaqtda qo‘llanadigan hech bo‘lmaganda bitta preparat yuqorida ko‘rsatilgan shilliq-teri sindromiga jalb qilinishi mumkin. Shu sababli teri yoki shilliq qavatini biron-bir yangi o‘zgarishlari paydo bo‘lganida kechikmasdan shifokorga murojaat qilish va atsetiltsistein qabulini kechikmasdan to‘xtatish lozim.

Atsetiltsistein ishtirokida trombotsitlar agregatsiyasini pasayishi turli tadqiqotlar bilan tasdiqlangan. Klinik ahamiyati hanuzgacha aniqlanmagan.



Ta'rifi

Oq rangli, dumaloq shaklli, yuzasi g‘adir-budir, limon, biroz oltingugurt hidili tabletkalar.

Tabletkalar suvda eritilganidan keyin olingan preparat eritmasi biroz tovlanuvchi, limon aromatizatorining hidi va mazasiga ega bo‘lishi kerak.


Sotuvi

Retseptsiz.

Fluimutsil barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Fluimutsil savollari

Fluimutsil fikr-mulohazalari

Reyting 4.6, 7 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil