Apteka.uz
SavatKirish

Lazolvan

Lazolvan chiqarilish shakllari

LAZOLVAN tabletkalari 30mg N20
Retseptsiz
LAZOLVAN tabletkalari 30mg N20
Gretsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Boehringer International GmbH, Germaniya proizvedeno: Boehringer Ingelheim Ellas AE
•3 ta dorixonada bor
Narxi
45 000 so'm dan
LAZOLVAN sirop 100ml 30mg/5ml
Retseptsiz
LAZOLVAN sirop 100ml 30mg/5ml
Ispaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi-Aventis Deutschland GmbH, Germaniya proizvedeno: Boehringer Ingelheim Espana S.A.
•36 ta dorixonada bor
Narxi
32 500 so'm dan
LAZOLVAN sirop 100ml 15mg/5ml
Retseptsiz
LAZOLVAN sirop 100ml 15mg/5ml
Ispaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Beringer Ingelxaym Espana S.A.
•52 ta dorixonada bor
Narxi
44 000 so'm dan
LAZOLVAN eritma dlya ingalyasiy 100ml 7,5mg/ml
Retseptsiz
LAZOLVAN eritma dlya ingalyasiy 100ml 7,5mg/ml
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Boehringer Ingelheim International GmbH, Germaniya proizvedeno: Istituto de Angeli S.R.L.Loc.
•1 ta dorixonada bor
Narxi
55 000 so'm dan
- Lazolvan qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Lazolvanning tarkibi
- Lazolvan ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Lazolvan narxi Toshkent dorixonalarida

Lazolvan haqida qo'llanma

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

LAZOLVAN®

LASOLVAN

 

Preparatning savdo nomi: LAZOLVAN

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ambroksol

Dori shakli: ingalyasiya uchun eritma

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 7,5 mg ambroksol gidroxloridi;

yordamchi moddalar: limon kislotasi monogidrati (Ye330), dinatriy gidrofosfati digidrati (Ye339), natriy xloridi, benzalkoniy xloridi, tozalangan suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki kuchsiz jigarrang rangli eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: Yo‘talga qarshi vositalar bilan majmuadan tashqari balg‘am ko‘chiruvchi vosita. Mukolitik vositalar.

ATX kodi: R05CB06.

Farmakologik ta‘siri

Farmakodinamikasi

Klinik oldi tadqiqotlari LAZOLVANning faol ingredienti ambroksol nafas yo‘llarining sekresiyasini oshirishini ko‘rsatdi. Ambroksol o‘pka surfaktantini ishlab chiqarilishini kuchaytiradi va siliar faollikni rag‘batlantiradi, bu shilliqni oqimi va tashilishini (mukosial klirensi) yaxshilanishiga olib keladi. Mukosiliar klirensni yaxshilanishi klinik-farmakologik tadqiqotlar bilan isbotlangan. Sekretni suyulishi va mukosiliar klirensni yaxshilanishi balg‘amni ko‘chishiga olib keladi va yo‘talni yengillashtiradi.

Quyon ko‘zi modelida mahalliy og‘riq qoldiruvchi ta‘siri kuzatilgan, u natriy kanallarini bloklovchi xususiyatlari bilan tushuntiriladi. In vitro sharoitda o‘tkazilgan tadqiqotlar ambroksol gidroxloridi neyronlardagi natriy kanallarini qaytuvchan va dozaga bog‘liq ravishda bloklashini ko‘rsatgan.

In vitro sharoitda ambroksol gidroxloridi qondan va to‘qimadagi munonuklear va polimorfnonuklear xujayralardan sitokinlarni ajralib chiqishini ahamiyatli darajada kamaytirishini aniqlangan.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Ambroksol gidroxloridining darhol ajralib chiqadigan barcha peroral shakllarini so‘rilishi tez va terapevtik diapazonda proporsional ravishda bog‘liqlik bilan yetarli darajada to‘liq bo‘ladi. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga darhol ajralib chiqadigan dori shakli ichga qabul qilingandan 1-2,5 soatdan keyin va ta‘siri uzaytirilgan dori shakli qabul qilingandan o‘rtacha 5,5 soatdan keyin erishiladi. 30 mg tabletka qabul qilingandan keyin mutloq biokiraolishligi 79% ni tashkil qilgan. Ta‘siri uzaytirilgan kapsulalarning nisbiy biokiraolishligi darhol ajralib chiqadigan tabletkalarning 60 mg sutkalik dozasiga (30 mg kuniga ikki marta) nisbatan 95% (me‘yorlashtirilgan doza) tashkil qilgan.

Taqsimlanishi

Ambroksol gidroxloridini qondan to‘qimalarga taqsimlanishi tez va samarali amalga oshadi, bunda ta‘sir etuvchining eng yuqori konsentrasiyasi o‘pkada aniqlanadi. Ichga qabul qilingandan keyin taqsimlanish xajmi 552 l ni tashkil etadi. Terapevtik diapazonda plazmadagi oqsillar bilan bog‘lanishi taxminan 90% ni tashkil etadi.

Metabolizmi va chiqarilishi

Ichga qabul qilingan dozaning taxminan 30% tizimoldi metabolizmi natijasida chiqariladi.

Ambroksol gidroxloridining metabolizmi glyukuronizasiya va dibromantranil kislotasi (taxminan dozaning 10%) va bir necha ikkilamchi metabolitlarigacha parchalanish yo‘li bilan asosan jigarda metabolizmga uchraydi. Odam jigari mikrosomalarida o‘tkazilgan tadqiqotlar ambroksol gidroxloridini dibromantranil kislotasiga metabolizmi uchun CYP3A4 javob berishini ko‘rsatgan.

3 kun davomida peroral qabul qilinganda dozaning taxminan 6% erkin shaklda, dozaning taxminan 26% esa kon‘yugatlari ko‘rinishida siydikda aniqlangan. Ambroksol gidroxloridini organizmdan yarim chiqarilishi davri 10 soatni tashkil qiladi. Umumiy klirensi minutiga 660 ml diapazonda bo‘ladi, buyrak klirensi umumiy klirensning taxminan 83% ni tashkil qiladi.

Pasientlarning alohida guruhidagi farmakokinetikasi

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda ambroksol gidroxloridini chiqarilishi kamayadi, bu qon plazmasida uning darajasini 1,3-2 marta oshishiga olib keladi.

Boshqalar

Ambroksolning farmakokinetikasi pasientning yoshi va jinsiga klinik jahatdan bog‘liq emas va shuning uchun dozalashni o‘zgartirish talab etilmaydi.

Ovqat ambroksol gidroxloridining biokiraolishligiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Qo‘llanilishi

O‘tkir va surunkali bronx-o‘pka kasalliklarida balg‘am ajralib chiqishi buzilishlarini davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Agar shifokor tomonidan o‘zgacha buyurilmagan bo‘lsa, quyidagi dozalar tavsiya etiladi:

5 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1-2 ml eritma kuniga 1-2 marta buyuriladi.

Kattalar va 5 yoshdan oshgan bolalar: 2-3 ml eritma kuniga 1-2 marta buyuriladi.

LAZOLVAN ingalyasiya uchun eritmani ingalyasiya uchun turli moslamalarda qo‘llash mumkin. Ingalyatordan chiqayotgan havoni maksimal darajada namligini oshirish uchun uni 1:1 nisbatda fiziologik tuzli eritmalar bilan aralashtirish mumkin.

LAZOLVAN ingalyasiya uchun eritmani kromoglisien kislotasi bilan aralashtirish mumkin emas. Agar arashtirish natijasida rN 6,3 dan yuqori arashma hosil bo‘lsa, LAZOLVAN ingalyasiya uchun eritmani boshqa eritmalar, masalan ingalyasiya uchun ishqoriy eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas.

rN ning yuqori qiymati ambroksol gidroxloridini erkin asosini cho‘kmaga tushishiga yoki eritmani xiralashishiga olib kelishi mumkin.

Ingalyasiyaning o‘zi yo‘talni chaqirishi mumkin, shuning uchun ingalyasiya vaqtida odatdagi tartibda nafas olish kerak.

Ingalyasiyadan oldin eritmani tana haroratigacha isitish kerak. Bronxial astmasi pasientlarga ingalyasiyani bronxolitik preparatlarni qabul qilgandan keyin o‘tkazish kerak.

Agar nafas yo‘llarining o‘tkir kasalliklarini davolaganda simptomlar yaxshilanmasa yoki yomonlashsa, shifokorga murojaat etish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya samaralar quyida tizim-a‘zolar sinfi va tez-tezlik bo‘yicha quyidagi toifalar bo‘yicha sanab o‘tilgan:

Juda tez-tez: ≥1/10.

Tez-tez: ≥1/100 dan <1/10 gacha.

Juda tez-tez: ≥1/1000 dan <1/100 gacha.

Kam hollarda: ≥1/10000 dan <1/1000 gacha.

Juda kam hollarda: <1/10000.

Noma‘lum: mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida tez-tezligini aniqlash mumkin emas.

Immun tizimi tomonidan: noma‘lum: anafilaktik reaksiyalar (shu jumladan, anafilaktik shok), angionevrotik shish va o‘ta yuqori sezuvchanlikning boshqa reaksiyalari.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: kam hollarda: toshma va eshakemi, noma‘lum: qichishish.

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez: disgevziya.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: tez-tez: ko‘ngil aynishi, og‘iz bo‘shlig‘ida sezuvchanlikni pasayishi, tez-tez emas: qusish, diareya, dispepsiya, qorinda og‘riq, og‘izni qurishi, kam hollarda: tomoqni qurishi. Shuningdek jig‘ildon qaynashi haqida ham xabar berilgan.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan: tez-tez: tomoqda sezuvchanlikni pasayishi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Faol moddaga yoki dori vositasining boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Jigar va buyrak faoliyatini og‘ir darajada buzilishi.

Preparatning biron-bir komponentiga kam uchraydigan nasliy o‘zlashtiraolmaslik bo‘lgan hollarda dori vositasini qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ambroksol qo‘llanilgandan keyin antibiotiklarning (amoksisillin, sefuroksim va eritromisin) bronxial sekretdagi va so‘lakdagi konsentrasiyasi oshadi.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri haqida xabar berilmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi bo‘lgan pasientlar ambroksol gidroxloridini ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak.

Vaqt bo‘yicha balg‘am ko‘chiruvchi vositalar, shu jumladan ambroksol gidroxloridini buyurishga mos kelgan Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz kabi terini og‘ir darajadagi shikastlanishi haqida ma‘lum. Bu holatlarning ko‘pchiligi asosiy kasallikning og‘irligi yoki boshqa dori vositalarini bir vaqtda qabul qilish bilan bog‘lash mumkin. Bundan tashqari, Stivens-Djonson sindromi yoki toksik epidermal nekrolizning erta bosqichida pasientlarda nospesifik grippsimon simptomlar: tana haroratini oshishi, qaltirash, rinit, yo‘tal va tomoqda og‘riq paydo bo‘lishi mumkin. Ushbu simptomlar yanglishtirishi mumkin, shuning uchun yuqori nafas yo‘llarining virusli infeksiyalarida qo‘llanadigan dori vositalari bilan simptomatik davolash mumkin. Teri yoki shilliq qavatlarni yangi shikastlanishlari paydo bo‘lganida darhol shifokorga murojaat etish kerak, ehtiyotkorlik chorasi sifatida ambroksol gidroxloridini qo‘llashni esa to‘xtatish kerak.

Buyrak faoliyatini buzilishlarida LAZOLVAN faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyingina qo‘llanishi mumkin.

LAZOLVAN benzalkoniy xloridi konservanti saqlaydi. Ingalyasiyada u nafas yo‘llarining giperreaktivligi bilan sezgir pasientlarda bronxospazm chaqirishi mumkin.

 

 

Homiladorlik va laktasiya davri

Ambroksol yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda homiladorlik, embrional, prenatal, postnatal rivojlanish va tug‘ruqqa bevosita yoki bilvosita noxush ta‘sirini aniqlamagan.

Homiladorlikning I uch oyligida LAZOLVANni qo‘llash mumkin emas, II va III uch oylikda – ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Homiladorlikning III uch oylikda o‘tkazilgan har tomonlama tadqiqotlarda homilaga salbiy ta‘siri aniqlanmagan.

Ambroksol ko‘krak suti bilan ajraladi. Garchi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda noxush samaralarining ehtimoli kam bo‘lsada, LAZOLVANni emizikli onalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Avtomobilni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparatni avtomobil va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri haqidagi holatlar noma‘lum. Tegishli tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanmasin!

Dozani oshirib yuborilishi

Odamda dozani oshirib yuborilishi holatlari noma‘lum. Dozani to‘satdan oshirib yuborilganda va/yoki shifokor hatolarida dozani oshirib yuborilishi simptomlari LAZOLVANni tavsiya etilgan dozalarda qabul qilinganda kuzatiladigan ma‘lum nojo‘ya ta‘sirlariga mos keladi. Bunday hollarda simptomatik davolash talab etilishi mumkin.

Chiqarilish shakli

Ingalyasiya uchun eritma 7,5 mg/ml.

100 ml dan birinchi ochish nazoratli polipropilen buraladigan qopqoqcha va polietilen tomchilagichli to‘q rangli shisha flakonda. Flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va o‘lchov qoshiqchasi bilan karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Ambroksol yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Preparatning biron-bir komponentini kam kuzatiladigan nasliy o'zlashtirolmaslik (“Ehtiyotkorlik choralari” bo'limiga qarang).
2 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.

Farmakodinamikasi

Sekretomotor, sekretolitik va balg'am ko'chiruvchi ta'sirlarga ega. LAZOLVAN ning faol moddasi bo'lgan ambroksol gidroxloridi klinik oldi tadqiqotlarda bronxial sekret seroz komponentining sekretsiyasini rag'batlantirishini ko'rsatdi. Shuningdek, u alьveolalar va bronxiolalardagi Klar hujayralarida joylashgan II tip pnevmotsitlarga bevosita ta'sir qilishi natijasida sirt-faol moddalarning sekretsiyasini oshiradi, hamda hilpillovchi epiteliy faolligini rag'batlantiradi. Ta'riflangan samaralar balg'amning qovushqoqligini kamayishini va mukotsiliar klirensning yaxshilanishini chaqiradi. Mukotsiliar klirensning yaxshilanishi klinik farmakologik tadqiqotlarda aniqlangan. Balg'amni seroz komponentining sekretsiyasini oshishi va mukotsiliar klirensning kuchayishi balg'amni ko'chirish qobiliyatiga ega va yo'talni yengillashtiradi.
Ta'siri uzaytirilgan 75 mg LAZOLVAN kapsulalarini 6 oy davomida qabul qilgan, O'SOK bo'lgan patsiyentlarda, davolashning ikkinchi oyining oxiriga kelib platseboga nisbatan xurujlarning ishonarli darajada pasayishi aniqlangan. LAZOLVAN guruhi patsiyentlarida kasallik kunlari sonini ishonarli darajada kamayishi va antibakterial preparatlarning qabul qilish kunlarining sonini kamayishi kuzatilgan. Shuningdek, platsebo guruhiga nisbatan LAZOLVAN guruhidagi bemorlarda balg'amni qiyin ajralishi, yo'tal, hansirash va auskulьtativ simptomlar kabi baholanadigan simptomlarning statistik ahamiyatli yaxshilanishi kuzatilgan.
Quyonlar ko'zining modelida o'tkazilgan tadqiqotlarda ambroksol gidroxloridining mahalliy og'riqni qoldiruvchi ta'siri kuzatilgan, ehtimol, bu preparatning natriy kanallarini bloklash xususiyati bilan bog'liqdir. In vitro sharoitda o'tkazilgan testlar preparat neyronli natriy kanallarini qaytuvchan va dozaga bog'liq holda bloklashini ko'rsatdi. Ambroksol gidroxloridining yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatish qobiliyati in vitro sharoitda tadqiqotlarda aniqlangan. In vitro sharoitda o'tkazilgan testlarda preparat aylanib yuruvchi va to'qima mononuklear va polimorf nuklear hujayralardan sitokinlarning ajralib chiqishini ahamiyatli darajada kamaytirgan.
20 mg li shimish uchun tabletkalar shaklidagi ambroksol gidroxloridi tomog'ida og'riq bo'lgan patsiyentlarda o'tkazilgan klinik tadqiqotlarda tomoqdagi og'riqni va qizarishni ahamiyatli darajada kamaytirishini ko'rsatdi.
Ushbu farmakologik xususiyatlar klinik tadqiqotlardagi samaralardan olingan qo'shimcha kuzatuvlar, yuqori nafas yo'llarining buzilishlarini ambroksolni bilan ingalyatsiya qilib davolashda qo'llaganda og'riqni tez yengillashtirishini ta'minlashini tasdiqlaydi.
Ambroksol gidroxloridini yuborish amoksitsillin, sefuroksim, eritromitsin va doksitsiklin kabi antibiotiklarning balg'amda va bronxial sekretdagi kontsentratsiyasini oshiradi. Hozirgi kunda ushbu samaraning klinik ahamiyati isbotlanmagan.

Farmakokinetikasi

So'rilishi So'rilishi – yuqori, og'iz orqali qabul qilgandan so'ng, maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti –– 1-2,5 soat. Taqsimlanishi Ambroksol gidroxloridini qondan to'qimalarga taqsimlanishi tez amalga oshadi va yaqqol bo'ladi, bunda faol moddaning eng yuqori kontsentratsiyasi o'pkalarda aniqlanadi. Og'iz orqali qabul qilingandan so'ng taqsimlanish hajmi 552 l ni tashkil etadi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi – 90%, gematoentsefalik va yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi, ko'krak suti bilan chiqariladi. Metabolizmi va chiqarilishi Metabolizmi – jigarda kon'yugatsiya hisobiga kuzatiladi, dibromantranil kislotasi (dozasining taxminan 10%), glyukuron kon'yugatlari va bir qancha ikkinchi darajali metabolitlarni hosil qiladi. Odamning jigar mikrosomalarini tadqiqoti, CYP3A4 ambroksolning metabolizmiga javob beruvchi predominant izoshakli ekanligini ko'rsatdi. Peroral buyurilgan dozaning taxminan 30% tizim oldi metabolizmi natijasida chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 10 soatni tashkil qiladi. Umumiy klirensi minutiga 660 ml diapozoni bo'ladi, buyrak klirensi umumiy klirensining taxminan 8% ni ta'minlaydi. 5 kundan keyin qabul qilingan dozaning taxminan 83% siydik bilan chiqariladi. Ayrim guruh patsiyentlarda farmakokinetikasi Dori vositasi jigarda metabolizmga uchrashi va buyrak orqali chiqarilishi sababli, buyrak funktsiyasi og'ir darajada buzilganida ambroksolning jigarda hosil bo'ladigan metabolitlarini to'planishi kuzatilishi mumkin. Jigar funktsiyasini buzilishlari bo'lgan patsiyentlarda ambroksol gidroxloridni chiqarilishi pasayadi, bu qon plazmasida uning darajasini 1,3-2 marta oshishiga olib keladi. Tadqiqotlar ambroksolning farmakokinetikasi patsiyentning yoshi va jinsiga bog'liq emasligini va shu sababli dozasini o'zgartirishni talab qilmasligini ko'rsatdi. Ovqatlanish ambroksol gidroxloridning biokiraolishligiga ta'sir ko'rsatmaydi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik
Ambroksol gidroxloridi yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi. Hayvonlardagi o'tkazilgan tadqiqotlarda preparatning homiladorlikka, embrional/fetal rivojlanishga, tug'ruqqa yoki postnatal rivojlanishga bevosita yoki bilvosita salbiy ta'siri aniqlanmagan. Preparatni homiladorlikning 28 xaftasidan keyingi muddatlarida keng klinik qo'llash tajribasi homilaga salbiy ta'siri bo'yicha xech qanday tasdiqlarni aniqlamagan.
Shu bilan birga, homiladorli vaqtida xar qanday dori vositalarini qo'llanilishiga tegishli odatdagi ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish tavsiya etiladi.
LAZOLVAN preparatini, ayniqsa homiladorlikning birinchi uch oyligi vaqtida qo'llash tavsiya etilmaydi.
Emizish davri
Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda Ambroksol organizmdan ko'krak suti bilan chiqarilishi aniqlangan. Emizish davrida preparatni qo'llash tavsiya etilmaydi.
Fertillik
Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda preparatning fertillikka bevosita yoki bilvosita noxush ta'siri aniqlanmagan.

Dozani oshirib yuborilishi

Odamda dozani oshirib yuborilishi simptomlari ta'riflanmagan. Dozasi bexosdan oshirib yuborilganida va/yoki shifokorning xatolari xabar berilgan holatlar tavsiya etilgan dozalarda qabul qilinganda kuzatiladigan simptomlar LAZOLVAN ning ma'lum nojo'ya ta'sirlariga mos keladi. Ko'ngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya bo'lishi mumkin. Davolash: preparat qabul qilinganidan so'ng birinchi 1-2 soat davomida qusishni sun'iy ravishda chaqirish, me'dani yuvish; yog'li mahsulotlarni qabul qilish, simptomatik davolash o'tkaziladi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Ambroksol gidroxloridi kabi mukolitik vositalar qabul qilish bilan bog'liq terini kuchli shikastlanishi, jumladan Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekrolizni bir necha hollari xaqida xabarlar berilgan. Bu hollarni, odatda yondosh kasallikni og'irlik darajasi yoki boshqa preparatlarni bir vaqtda qabul qilish bilan tushuntirish mumkin. Bundan tashqari, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekrolizning erta bosqichlarida patsiyentlarda grippni eslatuvchi nospetsifik kasallikni boshlang'ich belgilari: tana haroratini oshishi, butun bo'ylab tana og'riq, rinit, yo'tal va tomoqda og'riq paydo bo'lishi mumkin. Bu belgilarni paydo bo'lishi kerak bo'lmagan shamollashga qarshi preparatlar bilan simptomatik davolashga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun teri va shilliq qavatni shikastlanishi paydo bo'lganida zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak, ambroksol gidroxloridi bilan davolashni esa ehtiyotkorlik choralari sifatida to'xtatish kerak.
Buyrak funktsiyasini buzilishlarida yoki jigar funktsiyasini og'ir darajadagi buzilishlarida LAZOLVAN ni faqat shifokor bilan maslahatlashgandan so'ng qabul qilish kerak. Dori vositasi jigarda metabolizmga uchrashi va buyrak orqali chiqarilishi sababli buyrak funktsiyasini og'ir darajadagi buzilishida ambroksolning jigarda hosil bo'ladigan metabolitlarini to'planishi amalga oshishi mumkin.
2 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga buyurilganida xavf/foyda nisbatini hisobga olish kerak.
Bronxlar motorikasini buzilishi va bronxial sekretni ko'p miqdorda ajralishi bo'lgan (masalan, kam kuzatiladigan birlamchi siliar diskineziya sindromida) patsiyentlarga ko'p miqdorda balg'am ajralishini qiyinlashishi va bronxlarda tiqilib qolish xavfi borligi sababli, LAZOLVAN ni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
LAZOLVAN ning 30 mg/5 ml li siropi: 5 ml sirop 1,2 g sorbitol saqlaydi, bu sorbitolning tavsiya etilgan sutkalik dozasining 4,9 g (20 ml) ni tashkil etadi. Fruktozani kam uchraydigan nasliy o'zlashtirolmasligi bo'lgan patsiyentlarga bu preparatni qo'llash mumkin emas.
LAZOLVAN ning 15 mg/5 ml siropi: 5 ml sirop 1,2 g sorbitol saqlaydi, bu sorbitolning tavsiya etilgan sutkalik dozasining 7,4 g (30 ml) ni tashkil etadi. Fruktozani kam uchraydigan nasliy o'zlashtirolmasligi bo'lgan patsiyentlarga bu preparatni qo'llash mumkin emas. Shuningdek u biroz ich suruvchi ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Tug'ruq faoliyatini tormozlovchi preparatlar bilan mutanosib. Yo'talga qarshi preparatlar bilan birga qo'llash yo'talni kamayishi hisobiga balg'am ajralib chiqishini qiyinlashishiga olib keladi. Bronxial sekretga amoksitsillin, sefuroksim va eritromitsinning o'tishini va kontsentratsiyasini oshiradi.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

15 mg/5 ml sirop
6-12 yoshdagi bolalar: 5 ml (15 mg ambroksol gidroxloridi) dan kuniga 2-3 marta.
Ambroksol gidroxloridining maksimal dozasi kuniga 45 mg. 2-3 kundan keyin, agar patsiyentning holati yaxshilangan bo'lsa, LAZOLVAN ni kuniga 2 marta, ya'ni har 12 soatda qabul qilish mumkin.
2-5 yoshdagi bolalar: 2,5 ml (7,5 mg ambroksol gidroxloridi) dan kuniga 3 marta (har 8 soatda). Ambroksol gidroxloridining maksimal dozasi kuniga 22,5 mg. 2-3 kundan keyin, agar patsiyentning holati yaxshilangan bo'lsa, LAZOLVANNI kuniga 2 marta, ya'ni har 12 soatda qabul qilish mumkin.
2 yoshgacha bo'lgan bolalar: ushbu dori vositasini 2 yoshgacha bo'lgan bolalarga qo'llash mumkin emas.
30 mg/5 ml sirop
Kattalar: 10 ml (60 mg ambroksol gidroxloridi) dan kuniga 2 marta (har 12 soatda). Ambroksol gidroxloridining maksimal dozasi kuniga 120 mg. Agar patsiyentning holati yaxshilangan bo'lsa, LAZOLVAN ning dozasini 2 marta kamaytirish mumkin.
12 yoshdan oshgan bolalar: 5-7,5 ml (30-45 mg ambroksol gidroxloridi) dan kuniga 2 marta (har 12 soatda). Ambroksol gidroxloridining maksimal dozasi kuniga 60-90 mg.
6-12 yoshdagi bolalar: 2,5 ml (15 mg ambroksol gidroxloridi) dan kuniga 2-3 marta.
Ambroksol gidroxloridining maksimal dozasi kuniga 45 mg. 2-3 kundan keyin, agar patsiyentning holati yaxshilangan bo'lsa, LAZOLVAN ni kuniga 2 marta, ya'ni har
12 soatda qabul qilish mumkin.
2-5 yoshdagi bolalar: 1,25 ml (7,5 mg ambroksol gidroxloridi) dan kuniga 3 marta (har
8 soatda). Ambroksol gidroxloridining maksimal dozasi kuniga 22,5 mg. 2-3 kundan keyin, agar patsiyentning holati yaxshilangan bo'lsa, LAZOLVANNI kuniga 2 marta, ya'ni har 12 soatda qabul qilish mumkin.
2 yoshgacha bo'lgan bolalar: ushbu dori vositasini 2 yoshgacha bo'lgan bolalarga qo'llash mumkin emas.
Buyrak va jigar funktsiyasini buzilishlari bo'lgan patsiyentlar
Buyrak funktsiyasini buzilishlari yoki jigar funktsiyasini og'ir darajadagi buzilishlari bo'lgan patsiyentlar dori vositasini faqat shifokorning tavsiyasi bo'yicha va shifokorning nazorati ostida qabul qilishlari kerak. Bunda dori vositasining dozasini kamaytirish, yoki qabul qilishlar o'rtasidagi vaqtni oshirish kerak.
O'tkazib yuborilgan doza
Agar siz LAZOLVAN qabul qilishni unutgan bo'lsangiz yoki yetarli miqdorda qabul qilmagan bo'lsangiz, dori vositasini dozalash tartibiga muvofiq qabul qilishni davom ettiring.
Siropni suv bilan qabul qilish tavsiya etiladi.
LAZOLVAN ni ovqatlanishdan qat'iy nazar qabul qilish mumkin.
Agar simptomlar 5 kun davomida davolashdan so'ng yaxshilanmasa yoki og'irlashsa, shifokorga murojaat qilish kerak.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Lazolvan preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Lazolvan narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Europharm
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk Ipak Yoʻli dahasi, 26 uy, 13 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
45 000 so'm
Buyurtma berish
А5
Mirobod tumani,
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-02:00
45 000 so'm
А5 Filial Markaz 1
Mirzo Ulug'bek tumani, 1 mavze, 6/1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
45 000 so'm

Lazolvan haqida savollar

Lazolvan haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.5, 8 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil