Ташкент
logo
SavatKirish

Ambroksol

Ambroksol chiqarish shakllari

AMBROKSOL ADJIO sirop 100ml 30mg/5ml
Retseptsiz
AMBROKSOL ADJIO sirop 100ml 30mg/5ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
•51 ta dorixonada bor
Narxi
14 000 so'm dan
AMBROKSOL tabletkalari 30mg N20
Retseptsiz
AMBROKSOL tabletkalari 30mg N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
•133 ta dorixonada bor
Narxi
2 400 so'm dan
AMBROKSOL tabletkalari 30mg N20
Retseptsiz
AMBROKSOL tabletkalari 30mg N20
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
GNSLS OZ,OOO proizvedeno Zdorove, FK, OOO
•133 ta dorixonada bor
Narxi
2 400 so'm dan
AMBROKSOL tabletkalari 30mg N20
Retseptsiz
AMBROKSOL tabletkalari 30mg N20
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy zavod medisinskix preparatov, OAO
•133 ta dorixonada bor
Narxi
2 400 so'm dan
AMBROKSOL SOFARMA sirop 100ml 15mg/5ml
Retseptsiz
AMBROKSOL SOFARMA sirop 100ml 15mg/5ml
Bolgariya
Ishlab chiqaruvchi:
Sofarma, AO
•91 ta dorixonada bor
Narxi
7 000 so'm dan
AMBROKSOL tabletkalari 30mg N20
Retseptsiz
AMBROKSOL tabletkalari 30mg N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Lekxim-Xarkov AO
•133 ta dorixonada bor
Narxi
2 400 so'm dan
AMBROKSOL tabletkalari 30mg N20
Retseptsiz
AMBROKSOL tabletkalari 30mg N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Torimed Pharm, OOO
•133 ta dorixonada bor
Narxi
2 400 so'm dan
AMBROKSOL tabletkalari 30mg N20
Retseptsiz
AMBROKSOL tabletkalari 30mg N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy Zavod MP OAO
•133 ta dorixonada bor
Narxi
2 400 so'm dan
- Ambroksol qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Ambroksolning tarkibi
- Ambroksol ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Ambroksol narxi Toshkent dorixonalarida

Ambroksol qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
O'zbekiston,
Rossiya Federatsiyasi,
Bolgariya,
Belarusiya,
Hindiston,
Moldova,
Xitoy,
Ukraina,
Janubiy Koreya,
Serbiya
Nimaga qarshi
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo‘llash ko‘rsatmalari
  • Yopishqoq balg'am hosil bo'lishi bilan kechuvchi nafas yo'llari kasalliklari: o'tkir va surunkali bronxit, pnevmoniya, O'SOK, balg'am ko'chishi qiyinlashgan bronxial astma, bronxoektatik kasallik. O'pkaning prenatal yetilishini stimulyatsiya qilish, chala tug'ilgan chaqaloqlar va yangi tug'ilgan chaqaloqlarda respirator distress-sindromni davolash va oldini olish (muddatidan oldin tug'ruq xavfi bo'lganda va homiladorlikning 28 va 34 haftalari oralig'ida ko'rsatma bo'yicha sun'iy muddatidan oldin tug'ruqlarda, agar klinik manzara homiladorlik muddatini 3 kunga uzaytirishni taxmin qilishga imkon bersa).
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
  • — galaktozani o‘zlashtira olmaslik, laktaza tanqisligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi kabi kam uchraydigan irsiy kasalliklar (shifobaxsh tabletkalar uchun); — fenilketonuriya (shifobaxsh tabletkalar uchun); — homiladorlik (I trimestr); — 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar (shifobaxsh tabletkalar); — preparatning barcha komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Ehtiyotkorlik bilan: jigar yetishmovchiligi, buyrak yetishmovchiligi, oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, homiladorlik (II va III trimestr), laktatsiya davri, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar (sirop).
Tarkibi
  • 5 ml ambroksol gidroxloridi 15 mg Yordamchi moddalar: benzoy kislotasi - 0.01 g, gietelloza - 0.0075 g, sorbitol - 2.5 g, glitserol - 0.75 g, propilenglikol - 0.15 g, natriy saxarinat - 0.0015 g, malina aromatizatori - 0.0025 g, suv - 5 ml gacha. faol modda – ambroksol gidroxloridi - 0,30 g yordamchi moddalar: propilenglikol - 5,0 g, etanol 95 % (etil spirti) - 2,28 g, sorbitol (sorbit)- 42,0 g, metilparagidroksibenzoat - 0,05 g, propilparagidroksibenzoat - 0,02 g, banan aromatizatori - 0,10 g, tozalangan suv 100 ml gacha. har bir tabletka saqlaydi: ta'sir etuvchi modda – ambroksol gidroxloridi - 30 mg; yordamchi moddalar ? laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, kaltsiy stearati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi. 1 ml eritma saqlaydi: Faol modda: ambroksol gidroxloridi - 7,500 mg Yordamchi moddalar: benzalkoniy xlorid - 0,225 mg, natriy xlorid - 6,220 mg, limon kislotasi - 2,000 mg, natriy gidrofosfati digidrati - 4,350 mg, suv - 989,705 mg 5 ml ambroksol gidroxloridi 30 mg Yordamchi moddalar: benzoy kislotasi - 0.01 g, gietelloza - 0.0075 g, sorbitol - 2.5 g, glitserol - 0.75 g, propilenglikol - 0.15 g, natriy saxarinat - 0.0015 g, o‘rik aromatizatori - 0.0025 g, suv - 5 ml gacha. ambroksol gidroxloridi 0.3 g Yordamchi moddalar: natriy benzoat 0.5 g, sorbitol 40 g, limon kislotasi monogidrati 0.067 g, natriy sitrati pentaseskvigidrati 0.17 g, 1,2-propilenglikol 20 g, riboflavin 0.0025 g, mevali aromatizator (oziq-ovqat aromatik essentsiyasi) 0.1 g, tozalangan suv 100 ml gacha. ambroksol gidroxloridi 60 mg Yordamchi moddalar: natriy gidrotsitrat, natriy gidrokarbonat, povidon K25, natriy saxarinat, aspartam, natriy sulfat, natriy siklamat, limon kislotasi, laktoza monogidrati, limon aromatizatori 502336, limon aromatizatori (limon tetraromati 987323), mannitol, makrogol 6000. ambroksol gidroxloridi 15 mg Yordamchi moddalar: sorbitol, limon kislotasi, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, glitserol, propilenglikol, natriy saxarin, malina essentsiyasi, tozalangan suv. ambroksol gidroxloridi 15 mg Yordamchi moddalar: benzoy kislotasi, glitserol 85%, sorbitol 70%, gidroksietiltsellyuloza 6000 mPas (gietilloza), malina aromatizatori, tozalangan suv. ambroksol gidroxloridi 30 mg Yordamchi moddalar: laktoza, kopovidon, aerosil, kaltsiy stearati, krospovidon. Ambroksol gidroxloridi 30mg; Boshqa ingredientlar: laktoza, kopovidon, aerosil, kaltsiy stearati, krospovidon. ambroksol gidroxloridi 75 mg Yordamchi moddalar: gipromelloza, kollidon, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati Ambroksol gidroxloridi; Boshqa ingredientlar: laktoza, kopovidon, aerosil, kaltsiy stearati, krospovidon.
Farmakokinetikasi
Ambroksol uchun me'da-ichak traktidan (MIY) tez va deyarli to‘liq absorbtsiya xos bo‘lib, konsentratsiyalarning terapevtik oralig‘ida dozaga chiziqli bog‘liqlik kuzatiladi. Biokiraolishligi 70-80% ni tashkil qiladi. Peroral qabul qilinganda qon plazmasidagi maksimal konsentratsiya (Сmax) 0,5 - 3 soatdan keyin erishiladi. Konsentratsiyalarning terapevtik oralig‘ida plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 90% ni tashkil qiladi. Peroral qo‘llanilganda ambroksolning qondan to‘qimalarga o‘tishi tez sodir bo‘ladi. Preparat faol komponentining eng yuqori konsentratsiyalari o‘pkada kuzatiladi. Gematoensefalik to‘siq, yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi. Yuborilgan peroral dozaning taxminan 30% jigar orqali birlamchi o‘tish effektiga uchraydi. Inson jigar mikrosomalarida o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, СYР3А4 izofermenti ambroksol metabolizmi uchun javobgar bo‘lgan ustun izoforma hisoblanadi. Ambroksolning qolgan qismi jigarda faol bo‘lmagan metabolitlargacha metabolizmga uchraydi. Ambroksolning yarim chiqarilish davri (Т1/2) 10 soatni tashkil qiladi. Buyraklar orqali chiqariladi: 90% metabolitlar ko‘rinishida, 10% o‘zgarmagan holda. Yosh va jinsning ambroksol farmakokinetikasiga klinik ahamiyatga ega ta'siri aniqlanmagan, shuning uchun ushbu belgilar bo‘yicha dozani to‘g‘irlashga asos yo‘q.
Farmakologik ta'siri
Preparat balg'am ko'chiruvchi, mukolitik ta'sirga ega. Balg'am qovushqoqligining pasayishi balg'amda mavjud bo'lgan mukopolisaxaridlarning depolimerizatsiyasi natijasida sodir bo'ladi. Mukopolisaxaridlarning depolimerizatsiyasi birinchi navbatda ularning molekulalaridagi disulfid bog'lanishlarning uzilishi bilan bog'liq. Ambroksol hilpillovchi epiteliyning harakat faolligini oshiradi, mukotsiliar transportni kuchaytiradi, balg'amning seroz va shilliq komponentlari nisbatini normallashtiradi. Gidrolizlovchi fermentlarni faollashtirib va Klark hujayralaridan lizosomalar ajralib chiqishini kuchaytirib, balg'am qovushqoqligini pasaytiradi. Balg'amning nafas yo'llaridan chiqib ketishini engillashtiradi. Ambroksol alveolalarda surfaktant sintezi va sekretsiyasini oshirish orqali o'pkaning prenatal rivojlanishini rag'batlantiradi. Nafas olish tizimining surunkali kasalliklari natijasida surfaktant sintezi kamayadi, bundan tashqari, sirt faol fosfolipidlar va yallig'lanish oqsillari o'rtasida bog'lanishlar hosil bo'lishi tufayli surfaktant xususiyatlari o'zgaradi.
Nojo'ya ta'sirlar
  • Nojo'ya ta'sirlar tez-tezligi quyidagi darajalarda taqdim etilgan: juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100 dan
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Ambroksol Adjio homiladorolik vaqtida, ayniqsa birinchi uchoylikda qabul qilish mumikn emas. Ambroksol Adjio ona sutiga kiradi, biroq chaqaloqqa preparatning terapevtik dozalarini salbiy ta'sirining juda kam ehtimoli bor. Laktatsiya davrida preparatni qabul qilish zarurati tug'ilganda, emizishni to'xtatish to'g'risidagi masalani xal etish kerak.
Qo'llashdan oldin yo'riqnomani diqqat bilan o'qib chiqing.

Dozirovkasi
  • 15 mg/5 ml 15 mg/5ml 15mg/5ml 3 mg/ml 30 mg 30mg, 60mg 60 mg 60mg 75 mg
Dozani oshirib yuborilishi
Belgilari: jig‘ildon qaynashi, dispepsiya, diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinning yuqori qismida og‘riqlar. Qisqa muddatli bezovtalik paydo bo‘lishi haqida xabarlar mavjud. Yaqqol doza oshirib yuborilganda arterial bosimning sezilarli pasayishi mumkin. Davolash: sun’iy qusish, preparat qabul qilingandan keyingi dastlabki 1-2 soat ichida me’dani yuvish; yog‘ saqlovchi mahsulotlarni qabul qilish, simptomatik terapiya.
Dori shaklining ta'rifi
  • tiniq, rangsiz yoki jigarrang tusli eritma, kuchsiz o'ziga xos hidli. tiniq, rangsiz yoki jigarrang tusli eritma, kuchsiz o'ziga xos hidli. Oqdan sarg'ish tusli oq ranggacha bo'lgan, kuchsiz limon hidli, dumaloq, yassi-tsilindrik, har ikki tomonida faskali va bir tomonida chiziqchali shinpillovchi tabletkalar. Banan iforli rangsiz yoki biroz sarg'ish tiniq suyuqlik. Uzaytirilgan ta'sirga ega kapsulalar biroz yopishqoq tiniq, rangsiz suyuqlik, meva hidli. Sirop Sirop gomogen, tiniq, rangsiz, malina hidli. Sirop gomogen, tiniq, rangsiz, malina hidli. Sirop biroz yopishqoq, tiniq, rangsiz, o'rik hidli Sirop biroz yopishqoq, tiniq, rangsiz, malina hidli. Tabletkalar oq yoki sarg'ish tusli oq rangli, yassi-tsilindrik, faskali va chiziqchali tabletkalar Oq yoki deyarli oq rangli, yassi-tsilindrik shaklli, chiziqchali va faskali tabletkalar.
Maxsus saqlash sharoitlari

Bronxial astmadan aziyat chekuvchi bemorlarda nafas yo'llarining nospetsifik ta'sirlanishi va ularning spazmi oldini olish uchun ambroksol ingalyatsiyasidan oldin bronxolitiklarni qo'llash mumkin.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Amoksitsillin, sefuroksim, eritromitsin va doksisiklinning bronxial sekretga kirishini kuchaytiradi. Yo‘talga qarshi vositalar bilan bir vaqtda qo‘llash balg‘am ko‘chishini qiyinlashishiga olib keladi. Tug‘ruq faoliyatini tormozlovchi preparatlar bilan mutanosib. Amoksitsillin, sefuroksim, eritromitsin va doksisiklinning bronxial sekretga kirishini kuchaytiradi. Yo‘talga qarshi vositalar bilan bir vaqtda qo‘llash balg‘am ko‘chishini qiyinlashishiga olib keladi. Tug‘ruq faoliyatini tormozlovchi preparatlar bilan mutanosib.
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA AMBROKSOL-VISHFA

AMBROKSOLVISHPHA

Preparatning savdo nomi: Ambroksol-Vishfa

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ambroksol gidroxloridi

Dori shakli: sirop

Tarkibi:

5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: ambroksol gidroxloridi – 15 mg;

yordamchi moddalar: propilenglikol, metilparagidroksibenzoat (Ye218), propilparagidroksibenzoat (Ye216), 96% li etanol, sorbit (Ye420), “Qulupnay xushbo‘yi” aromatizatori (Ye124 saqlaydi), tozalangan suv.

Ta‘rifi: pushti rangli, o‘ziga xos hidli, shirin ta‘mli tiniq siropsimon suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi. Yo‘tal va shamollash kasalliklarida qo‘llanadigan vositalar. Mukolitik vositalar. ATX kodi: R05CV06.

Farmakologik xususiyatlari

Ta‘sir etuvchi modda – ambroksol gidroxloridi – nafas yo‘llari bezlari sekresiyasini oshiradi. Ambroksol o‘pkada surfaktant ajralishini kuchaytiradi va siliar faollikni rag‘batlantiradi, buning oqibatida shilimshiq ajralishi va chiqarilishi yaxshilanadi (mukosiliar klirens). Suyuqlik sekresiyasi faollashuvi va mukosiliar klirensning oshishi shilimshiq chiqarilishini yaxshilaydi va yo‘talni kamaytiradi.

Ambroksol gidroxloridining natriy kanallarini bloklovchi xususiyati bilan tushuntiriladigan mahalliy og‘riqsizlantiruvchi samarasi quyon ko‘zi modelida kuzatilgan. In vitro sharoitida o‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘rsatishicha, ambroksol gidroxloridi neyronli natriy kanallarini bloklaydi; bog‘lanishi qaytar va konsentrasiyasiga bog‘liq bo‘lgan.

In vivo sharoitidagi tajribalarda ambroksol gidroxloridi qondan sitokinlar ajralishi va mononuklear hamda polimorfnuklear hujayralarning to‘qimalarda bog‘lanishini ahamiyatli kamaytiradi.

Farmakokinetikasi

Ambroksol gidroxloridining so‘rilishi tez va yetarlicha to‘liq, terapevtik diapazonda chiziqli bog‘liqlikka ega. Qon plazmasidagi maksimal darajasiga tez ajraluvchi dori shaklini peroral qabul qilinganda 1-2,5 soatda erishiladi.

Peroral qabul qilinganda ambroksol gidroxloridining qondan to‘qimalarga taqsimlanishi faol moddaning o‘pkalarda eng yuqori konsentrasiyasi bilan tez va keskin ifodalangan. Peroral qabul qilinganda taqsimlanish hajmi 552 l deb aniqlangan. Qon plazmasida terapevtik diapazonda preparatning taxminan 90% oqsillar bilan bog‘lanadi.

Peroral qabul qilingandan keyin dozaning taxminan 30% tizim oldi metabolizmi orqali chiqariladi.

Ambroksol gidroxloridi, ba‘zi metabolitlaridan tashqari, asosan (taxminan 10%) jigarda glyukuronizasiya va dibromantranil kislotasiga parchalanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi.

Peroral 3 kun qabul qilinganida dozaning taxminan 6% erkin shaklda, ayni vaqtda taxminan 26% – kon‘yugasiya bo‘lgan shaklda siydikda bo‘ladi.

Qon plazmasidan yarim chiqarilish davri taxminan 10 soatni tashkil qiladi. Umumiy klirensi umumiy klirensning 8% ini tashkil qiladigan jigar klirensi bilan            660 ml/min o‘rtasida bo‘ladi.

Jigar funksiyasi buzilgan pasientlarda ambroksol gidroxloridining chiqarilishini kamayishi uning qon plazmasidagi darjasini 1,3-2 baravar yuqori bo‘lishini ta‘minlaydi.

Ambroksol gidroxloridining terapevtik diapazoni yetarlicha keng bo‘lganligi tufayli dozani o‘zgartirish shart emas.

Pasientning yoshi va jinsi ambroksol gidroxloridining farmakokinetikasiga klinik ahamiyatli ta‘sir qilmaydi, shu sababli dozaga tuzatish kiritish kerak emas.

Ovqat iste‘mol qilish ambroksol gidroxloridining biokiraolishligiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Qo‘llanilishi

Bronxlar sekresiyasini buzilishi va shilimshiqning chiqarilishini susayishi bilan bog‘liq o‘tkir va surunkali bronxopulmonal kasalliklarda sekretolitik davolash uchun qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Agar boshqacha tayinlanmagan bo‘lsa,  preparatning tavsiya etilgan dozasi quyidagicha:

2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: 2,5 ml dan sutkada 2 marta (sutkada 15 mg ambroksol gidroxloridiga ekvivalent);

2 dan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: – 2,5 ml dan sutkada 3 marta (sutkada 22,5 mg ambroksol gidroxloridiga ekvivalent);

6 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: – 10 ml dan sutkada 3 marta (sutkada 30-45 mg ambroksol gidroxloridiga ekvivalent);

kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga: dastlabki 2-3 kunda 10 ml dan sutkada 3 marta (sutkada 90 mg ambroksol gidroxloridiga ekvivalent), keyin – 10 ml dan 2 marta (sutkada 60 mg ambroksol gidroxloridiga ekvivalent).

Zarur bo‘lganda kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga terapevtik samara dozalari 20 ml dan sutkada 2 marta oshirilishi bilan kuchaytirilishi mumkin (sutkada 120 mg ambroksol gidroxloridiga ekvivalent).

Preparatni ovqat iste‘mol qilishga bog‘liq bo‘lmagan holda qabul qilish mumkin. Umuman qo‘llash davomiyligi bo‘yicha cheklovlar yo‘q, lekin davomli davolashni tibbiy kuzatuv ostida olib borish lozim.

Ambroksol-JFF, 15 mg/5ml li siropni shifokor maslahatisiz 4-5 kundan uzoq vaqt qo‘llamaslik kerak.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya ta‘sirlarning tez-tezligini baholash uchun quyidagi tasnif qo‘llanilgan:

juda tez-tez: ≥1/10;

tez-tez: ≥1/100-≥1/10;

tez-tez emas: ≥1/1000-≥1/100;

kam hollarda: ≥1/10000-≥1/1000;

juda kam hollarda: <10000;

noma‘lum: mavjud ma‘lumotlar asosida aniqlashning imkoni yo‘q.

Immun tizim, teri va teri osti kletchatkasi tomonidan:

kam hollarda – teri toshmasi, eshakemi;

noma‘lum – eritema, angionevrotik shish, qichishish, anafilaktik reaksiyalar (jumladan anafilaktik shok), boshqa o‘ta yuqori gipersezuvchanlik reaksiyalari; terining og‘ir shikastlanishlari: Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi);

Nerv tizimi tomonidan:

tez-tez – disgevziya (ta‘m sezishning buzilishi);

Me‘da-ichak tomonidan:

tez-tez – ko‘ngil aynashi, og‘izda sezuvchanlikning pasayishi;

tez-tez emas – qusish, diareya, dispepsiya, qorinda og‘riq, og‘iz qurishi;

juda kam hollarda – qabziyat, so‘lak oqishi;

noma‘lum – tomoq qurishi.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi a‘zolari va ko‘ks oralig‘i tomonidan:

tez-tez – xalqumda sezuvchanlikning pasayishi;

juda kam hollarda – rinoreya;

noma‘lum – dipnoe, (o‘ta yuqorisezuvchanlik reaksiyalari simptomlari kabi).

Siydik chiqarish tizimi tomonidan:

juda kam hollarda – dizuriya.

Umumiy buzilishlar:

tez-tez emas – isitma, shilliq qavatlar tomonidan reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Ambroksol gidroxloridi yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Preparatning yordamchi moddalari bilan nomutanosibligi mavjud bo‘lgani tufayli kam uchraydigan nasliy holatlarda preparatni qo‘llash mumkin emas (“Maxsus ogohlantirishlar” bo‘limiga qarang).

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Dori vositasini yo‘talga qarshi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash yo‘tal refleksi susayishi tufayli shilliqning haddan tashqari ko‘p yig‘ilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bunday majmua shifokor tomonidan kutilayotgan samara va mumkin bo‘lgan xavf nisbati baholangandan keyin mumkin bo‘ladi. .

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Qo‘llashda zarur xavfsizlik choralari

Teri shikastlanishi haqida faqatgina bir necha xabarlar kelib tushgan: Stivens-Djonson va Layell sindromlari ambroksol qabul qilish vaqti bilan mos kelgan. Ko‘pincha ularni asosiy kasallik kechishining og‘irligi va/yoki boshqa preparat bilan bir vaqtda qo‘llash bilan tushuntirish mumkin. Shuning uchun teri yoki shilliq qavatlarning yangi shikastlanishlari paydo bo‘lganda darhol tibbiy yordamga murojaat qilish va ambroksol gidroxloridi bilan davolashni to‘xtatish zarur.

Shuningdek Stivens-Djonson va Layell sindromlarining boshlang‘ich bosqichlari pasientlarda nospesifik, isitma, tanani zirqirashi, rinit, yo‘tal va tomoqda og‘riq kabi gripp simptomlarining boshlanish belgilariga o‘xshash bo‘lishi mumkin. Bunday nospesifik, gripp simptomlarini boshlanish belgilariga o‘xshash bo‘lganda yo‘tal va shamollashga qarshi preparatlar bilan noto‘g‘ri simtomatik davo olib borilishi mumkin.

Bronxlar motorikasi buzilganda va shilimshiq sekresiyasi kuchayganda (masalan, birlamchi siliar diskineziya kabi kam uchraydigan kasalliklarda) Ambroksol-JFF, siropini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash zarur, chunki ambroksol shilimshiq sekresiyasini kuchaytirishi mumkin.

Buyrak funksiyasi buzilgan yoki og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar preparatni faqat shifokor maslahatidan keyin qabul qilishlari kerak. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar ambroksol va jigarda metabolizmga uchraydigan, keyin esa buyrak orqali chiqariladigan boshqa ta‘sir etuvchi moddalarni qabul qilganda jigarda hosil bo‘ladigan metabolitlarning to‘planishi sodir bo‘ladi.

Preparatning har bir tavsiya etilgan maksimal sutkalik dozasida (30 ml) 10,5 g sorbit saqlanadi. Kam uchraydigan fruktozani nasliy o‘zlashtira olmaydigan pasientlar ushbu preparatni qabul qilishlari mumkin emas. Preparat shuningdek surgi samarasiga ega.

Preparat qand saqlamaydi, shu tufayli uni qandli diabet bemorlariga qo‘llash mumkin.

1 ml preparat 2% dan 3% gacha etanol saqlaydi, shuning uchun 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparat iliq qaynagan suv bilan suyultiriladi.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi.

Ambroksol gidroxloridi yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Hayvonlarda olib borilgan tadqiqotlarda ambroksol gidroxloridining homiladorlik kechishiga, embrion/homila rivojlanishiga yoki postnatal rivojlanishga bevosita yoki bilvosita zararli ta‘siri aniqlanmadi.

Ambroksol gidroxloridini qo‘llanilishi klinik tadqiqotlar natijasida homiladorlikning 28-haftasidan keyin homilaga birorta ham zararli ta‘siri aniqlanmagan.

Homiladorlikning I uch oyligida preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Ambroksol gidroxloridi ko‘krak sutiga o‘tadi. Garchi go‘daklarga noxush ta‘siri kutilmasa ham, preparatni emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilishiga oid ma‘lumotlar mavjud emas. Ambroksol gidroxloridining avtotransportni va boshqa mexanizmlarni boshqarishdagi reaksiya tezligiga ta‘sirining sinovlari o‘tkazilmagan.

Bolalar.

Preparatni pediatrik amaliyotda qo‘llash mumkin. 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda shifokor ko‘rsatmasiga ko‘ra qo‘llaniladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Bugungi kunda dozani oshirib yuborilishining spesifik simptomlariga oid xabarlar mavjud emas. Dozani oshirib yuborilishi va/yoki preparatni noto‘g‘ri qo‘llash holatlari haqidagi ayrim xabarlarda ma‘lum qilingan simptomlar dori vositasining tavsiya etilgan dozalardagi ma‘lum nojo‘ya ta‘sirlariga mos keladi va simptomatik davoni talab etadi.

 

Chiqarilish shakli

100 ml dan flakonda yoki bankada, dozalovchi stakanchasi bilan qutida.

 

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

4 yil.

O‘ram birinchi ochilgandan keyin preparat 6 oy davomida yaroqli.

Dorixonalarpdan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Siropning har 5 ml quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 30 mg ambroksol gidroxloridi;
yordamchi moddalar: sorbit rastvori, propilena glikolь, natriy benzoati, sukraloza, limon kislotasi mogogidrati, xushbo'ylashtirilgan sirop asosi - q.s., bo'yovchi Ponso 4R.

Nojo'ya samaralari

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, eshakemi, angionevrotik shish; ayrim hollarda - allergik kontakt dermatit, anafilaktik shok.

Kam hollarda: holsizlik, bosh og'rig'i, diareya, og'iz va nafas yo'llarining qurishi, ekzantemalar, rinoreya, qabziyat, dizuriya.

Yuqori dozalarda uzoq vaqt qo'llanilganda: gastralgiya, ko'ngil aynishi,

Qo'llanilishi

Ambroksol quyidagilarda buyuriladi:
- yuqori va quyi nafas yo'llarining qovushqoq balg'amni ajralib chiqishi bilan kechuvchi o'tkir va surunkali bronxopulьmonal yallig'lanish kasalliklarida (o'tkir va surunkali bronxit, pnevmoniya);
- rino-faringeal yo'llarning qovushqoq balg'amni ajralib chiqishi bilan kechuvchi yallig'lanish kasalliklarida (laringit, faringit, sinusit va rinit);
- balg'amni ko'p miqdorda ajralib chiqishi bilan kechuvchi obstruktiv bronxitda va bronxial astmada;
- bronxoektatik kasallikda;
- surunkali pnevmoniyada qo'llanadi.

Ambroksol narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olmoq

Ambroksol barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Ambroksol haqida savollar

Ambroksol haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 8 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil