Ташкент
logo
SavatKirish

Espol

Espol chiqarish shakllari

ESPA NAS 0,6 paket 3,0 poroshok N20
ESPA NAS 0,6 paket 3,0 poroshok N20
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Lindofarm GmbX
ESPA NAS 0,2 paket 3,0 poroshok N20
ESPA NAS 0,2 paket 3,0 poroshok N20
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Lindofarm GmbX
ESPA BASTIN 0,02 tabletkalari N10
ESPA BASTIN 0,02 tabletkalari N10
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Edvans Farma GmbX
ESPA BASTIN 0,01 tabletkalari N10
ESPA BASTIN 0,01 tabletkalari N10
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Edvans Farma GmbX
ESPOL maz 30g 10%
ESPOL maz 30g 10%
Ishlab chiqaruvchi:
OAO «Nijfarm»
- Espol qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Espolning tarkibi
- Espol ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Espol narxi Toshkent dorixonalarida

Espol qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

ESPOL®

dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

 

Preparatning savdo nomi

Espol®

Xalqaro patentlanmagan yoki guruhlangan nomi

Achchiq qalampir mevalarining ekstrakti&

Dori shakli

Sirtga qo‘llash uchun surtma

Tarkibi

Ta‘sir etuvchi modda: achchiq qalampirning quyuq ekstrakti (1% kapsaisinoidlar yig‘indisini saqlovchi) – 100,0 mg;

Yordamchi moddalar: dimetilsulfoksid – 30,0 mg, koriandr moyi – 2,5 mg, lavanda moyi – 2,5 mg, xloroform – 25,0 mg, lanolin – 90,0 mg, qattiq parafin – 40,0 mg, vazelin – 1 g gacha.

Ta‘rifi

Och-jigarrangdan to qizg‘ish-jigarrang rangligacha bo‘lgan, o‘ziga xos kuchsiz hidli surtma.

Farmakoterapevtik guruhi

O‘simlikdan olingan mahalliy qo‘zg‘atuvchi vosita.

ATX kodi: M02AV.

Farmakologik ta‘siri

Mahalliy qo‘zg‘atuvchi, “chalg‘ituvchi”, og‘riq qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi, mahalliy qon aylanishini kuchaytiradi.

Surtma surilganida 10-15 minut o‘tgach giperemiya (terini qizarishi) va issiqlik tuyg‘usi paydo bo‘ladi.

Qo‘llanilishi

Lat yeyish, teri qoplamalarining butunligini buzilishisiz paylarni cho‘zilishi va uzilishi; paylarni cho‘zilishlari, bo‘g‘imlarni chiqishi va suyak sinishlarning asoratlari; miozit, artralgiya, artrit, lyumbago, bel-dumg‘aza radikuliti, deformasiyalovchi artrozda qo‘llanadi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik, teri qoplamalarining butunligini buzilishi, homiladorlik va laktasiya davri, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Qo‘llash usuli va dozalari

Sirtga qo‘llanadi. 2-3 g surtma kuniga 2-3 marta surtiladi va biroz ishqalanadi. Samarasi quruq qizdiruvchi bog‘lov qo‘yilganida kuchayadi. Davolash davomiyligi 1 sutkadan 10 sutkagacha tashkil qiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar (qichishish, terini po‘st tashlashi) bo‘lishi mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborish hollari qayd qilinmagan.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Boshqa dori vositalari bilan birga qo‘llash mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Surtmani ko‘zga, shilliq qavatlariga va terining shikastlangan joylariga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Allergik reaksiyalar paydo bo‘lganida surtmani ishqalab singdirish to‘xtatiladi, surtmaning qoldiqlari esa sovunli suv bilan xo‘llangan salfetka yordamida yo‘qotiladi.

Qo‘llagandan keyin qo‘llarni sovunlab yuvish zarur.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Ta‘sir qilmaydi.

Chiqarilish shakli

Sirtga qo‘llash uchun 10% li surtma. 15, 20, 25, 30, 35, 40 g dan alyumin tubalarda.

Har bir tuba preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

20oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil. Yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng preparat ishlatilmasin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:
Sotuvi

Espol barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Espol savollari

Espol fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil