Normodoks
Normodoks chiqarilish shakllari

Normodoks haqida qo'llanma
Umumiy ma'lumot
Preparatning savdo nomi: Normodoks (Normodox)
Dori shakli: Ichakda eruvchi qobik bilan qoplangan tabletkalar.
ATX kodi: R06AA09
Chiqarilish shakli: Ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Har bir blisterda 10 tabletka. 3 yoki 10 blister tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Dorixonalardan berish tartibi: Resept buyicha.
Qo‘llash ko‘rsatmalari
– homiladorlikning erta toksikozi bilan bog‘liq ko‘ngil aynishi va qusish;
– turli genezli ko‘ngil aynishi (jumladan funksional buzilishlar, ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari yoki dori vositalarini qabul qilish bilan bog‘liq holatlarda);
– uyquning buzilishi, uyqusizlik va uyquga ketish qiyinlashgan holatlar (doksilaminning sedativ ta’siri bilan bog‘liq);
– B6 vitamini tanqisligi bilan bog‘liq holatlar (kompleks davolash tarkibida), shu jumladan noto‘g‘ri ovqatlanish, cheklovchi parhezlar yoki organizmning ehtiyoji oshgan davrlarda;
– nerv tizimining funksional buzilishlari bilan kechuvchi holatlarda (kompleks terapiya tarkibida), jumladan asabiylik, umumiy holsizlik, tez charchash;
– umumiy holsizlik, charchoq va organizmning moslashuv imkoniyatlari pasaygan holatlarda yordamchi vosita sifatida.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
– doksilaminga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
– yopiq burchakli glaukoma;
– prostata bezining adenomasi, siydikni tutilishi;
– me‘da va o‘nikki barmoq ichakning yara kasalligi;
– yurak ishemik kasalligida qo‘llash mumkin emas.
Tarkibi
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
Faol moddalar: Doksilamin suksinati – 10 mg; piridoksin gidroxloridi – 10 mg
Yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, laktoza, natriy metilparaben, natriy propilparaben, magniy stearati, talk, aerosil, AKRI KOAT L- 100, aseton, izopropil spirti, dibutilftalat, titan dioksidi, sanset sarigi, polietilenglikol-6000.
Farmakokinetikasi
Doksilamin suksinati. So‘rilishi – yukori, jigarda metabolizmga uchraydi. Gistogemotik to‘siqlar orqali yaxshi o‘tadi (gematoensefalik to‘siqni xam qushib). Uzgarmagan xolda 60% buyraklar orqali, qisman – me‘da-ichak yullari orqali chiqariladi.
Piridoksin gidroxloridi. Ingichka ichakda tez so‘riladi. Jigarda farmakologik faol metabolitlarining xosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi (piridoksal fosfat va piridoksaminofosfat). Barcha to‘qimalarga yaxshi utadi; asosan jigarda to‘planadi.
Yuldosh orqali utadi, ko‘krak suti bilan ajraladi. Buyraklar orkali. shuningdek gemodializ vaqtida chiqariladi.
Farmakologik ta'siri
Doksilamin suksinati. Etanolaminlar guruxi N1-gistamin reseptorlarining blokatori. Preparat uxlatuvchi, sedativ va M-xolinobloklovchi ta‘sir kursatadi. Uyquga ketish vaktini qisqartiradi, uyquning davomiyligi va sifatini oshiradi, bunda uyquning bosqichlarini uzgartirmaydi. Ta‘sirining davomiyligi – 6-8 soat.
Piridoksin gidroxloridi. B6 vitamini (Piridoksin gidroxloridi) – moddalar almashinuvida qatnashadi; markaziy va periferik nerv tizimining normal faoliyati uchun zarur. Organizmga tushgach u fosforlanib, piridoksal-5-fosfatga aylanadi va aminokislotalarning karboksil gurhini ajralishi amalga oshiruvchi fermentlar tarkibiga kiradi. Triptofan, metionin. sistein, glutamin va boshqa aminokislotalarning almashinuvida qatnashadi, eritrositlarning xosil bo‘lishini rag‘batlantiradi, ko‘pchilik neyromediatorlarning (dopamin, noradrenalin, adrenalin, gistamin, serotonin) biosintezida qatnashadi. Gistaminning almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Lipidlar almashinuvini normallashishiga yordam beradi. Piridoksinning alohida tanqisligi juda kam, asosan maxsus sun‘iy ozuklantirishda bo‘lgan bolalarda uchraydi (diareya, tirishishlar, anemiya bilan namoyon bo‘ladi, periferik nevropatiya rivojlanishi mumkin). Sianokobalamin bilan birga nerv tuqimasidagi yallig‘lanish jarayoninn yokotadi va uning regenerasiyasini tezlashtiradi.
Nojo'ya ta'sirlar
Allergik reaksiyalar, ko‘ngil aynishi, kunduzgi vaqtdagi uyquchanlik, og‘izning qurishi, akkomodasiyaning parezi, kabziyat, siydikning tutilishi, kam – tirishishlar kuzatilishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homiladorlik davrida preparatni qo‘llash mumkin, ayniqsa homiladorlikning erta toksikozida ko‘ngil aynishi va qusishni kamaytirish maqsadida. Preparatni qo‘llash shifokor nazorati ostida amalga oshirilishi lozim.
Laktatsiya davrida qo‘llash masalasi shifokor bilan maslahatlashgan holda hal etiladi, chunki doksilamin ko‘krak sutiga o‘tishi va bolada uyquchanlikni chaqirishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: nojuya reaksiyalarining kuchayishi.
Davolash: simptomatik davolash. Maxsus antidoti yuk.
Dori shaklining ta'rifi
Zarzarg‘aldoq rangli, dumaloq, ikki tomoni qabariq, ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Maxsus ko‘rsatmalari
Jigarning og‘ir shikastlanishlarida preparat uning faoliyatini yomonlashishini chaqirishi mumkin.
Avtomobilni xaydash va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri:
Extiyotkorlik bilan tavsiya qilinadi.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Doksilamin suksinati
Barbituratlar, benzodiazepinlar, klonidin, opioid analgetiklar, neyroleptiklar, anksiolitiklar bilan bir vaqtda qullanganida markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta‘sir kuchayadi. Apomorfinga bo‘lgan qusish refleksini pasaytirishi mumkin. M-xolinobloklovchi vositalar bilan birga qabul qilinganida nojuya ta‘sirlarini paydo bo‘lishini xavfi oshadi: ogizni qurishi, siydikni tutilishi. Alkogolni preparatning sedativ ta‘sirini kuchaytirishi tufayli, alkogolli ichimliklar va alkogol saqlovchi dori preparatlarini iste‘mol qilishdan saqlanish lozim.
Piridoksin gidroxloridi
Diuretiklarning ta‘sirini kuchaytiradi; levodopaning faolligini susaytiradi. Yurak glikozidlari (piridoksin miokardda qisqaruvchi oqsillar sintezini oshirishga yordam beradi), glutamin kislotasi, kaliy va magniy asparaginati bilan mutanosib. Tiamin va sianokobalamin bilan farmasevtik nomutanosib.
Saqlash sharoitlari
Quruk, yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati: 3 yil.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Tavsiya etilgan doza kuniga 1/2 tabletkadan 1 tabletkagacha. Tabletkalar ozgina kam mikdordagi suyuklik bilan birga qabul qilinadi. Tabletkalarni uxlashdan oldin qabul kilish kerak. Agarda davolash samarasiz bulsa. shifokor tavsiyasi bo‘yicha doza kuniga 2 tabletkagacha oshirilishi mumkin.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)












