Apteka.uz
SavatKirish

ASIBROKS

ASIBROKS chiqarilish shakllari

ASIBROKS inyeksiya uchun eritma 300mg/3ml 3ml N10
Retseptli
ASIBROKS inyeksiya uchun eritma 300mg/3ml 3ml N10
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Tursiya proizvedeno: Mefar Ilac Sanayii A.S.
•1 ta dorixonada bor
Narxi
80 000 so'm dan
ASIBROKS tabletkalari 200mg N20
ASIBROKS tabletkalari 200mg N20
Estoniya
Ishlab chiqaruvchi:
Rotapharm Limited, Velikobritaniya proizvedeno: PharmaEstica Manufacturing OÜ
•31 ta dorixonada bor
Narxi
33 600 so'm dan
- ASIBROKS qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- ASIBROKSning tarkibi
- ASIBROKS ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- ASIBROKS narxi Toshkent dorixonalarida

ASIBROKS qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Turkiya,
Buyuk Britaniya,
Ruminiya,
Estoniya
Faol modda

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ASIBROKS

asibroX

 

Preparatning savdo nomi: Asibroks

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): asetilsistein

Dori shakli: vishillovchi tabletkalar.

Tarkibi:

Asibroks 200 mg

1 vishillovchi tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 200 mg asetilsistein;

yordamchi moddalar: askorbin kislotasi, suvsiz natriy karbonati, natriy gidrokarbonati, suvsiz limon kislotasi, sorbitol, natriy sitrati, makrogol 6000, natriy saxarini, «Limon» aromatizatori.

Asibroks 600 mg

1 vishillovchi tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 600 mg asetilsistein;

yordamchi moddalar: askorbin kislotasi, suvsiz natriy karbonati, natriy gidrokarbonati, suvsiz limon kislotasiya, sorbitol, natriy sitrati, makrogol 6000, natriy saxarini, «Limon» aromatizatori.

Ta‘rifi: yassi silindrik, oq rangli, faskali, o‘ziga xos hidli, biroz marmarsimon tabletkalar

Farmakoterapevtik guruhi: balg‘am ko‘chiruvchi vosita.

ATX kodi: R05CB01

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Asetilsistein – mukolitik, balg‘am ko‘chiruvchi vosita bo‘lib, sistein aminokislotasining hosilasidir. Erkin sulfgidril guruhi hisobiga asetilsistein balg‘amning nordon mukopolisaxaridlarini bisulfit bog‘larini uzadi, bu mukoproteidlarning depolimerizasiyasiga olib keladi va bronxial sekretning qovushqoqligini kamayishiga yordam beradi. Mukosiliar klirensni oshishi hisobiga balg‘amni ajralib chiqishini yengillashtiradi. Asetilsistein shuningdek antioksidant va pnevmoprotektor xususiyatlariga ham ega, bu sulfgidril guruxlarni erkin radikallarni bog‘lash xususiyati bilan bog‘liq. Bundan tashqari, asetilsistein detoksikasiyaning muhim omili hisoblangan, glitationning sintezini oshishiga yordam beradi. Asetilsisteinning bu xususiyati parasetamol va boshqa moddalar (aldegidlar, fenollar va boshqalar) bilan o‘tkir zaharlanishlarida uni antidot sifatida qo‘llash imkoniyatini beradi.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganidan so‘ng asetilsistein ovqat hazm qilish yo‘llarida tez va deyarli to‘liq so‘riladi. Ichga qabul qilinganidan so‘ng asetilsisteinning biokiraolishligi taxminan 10% ni tashkil etadi. Ichga qabul qilinganidan so‘ng maksimal konsentrasiyasiga 1-3 soatdan keyin erishiladi.

Jigarda sisteingacha (farmakologik faol metaboliti) va diasetilsistein, sistin va keyinchalik – aralash disulfitlargacha metabolizmga uchraydi. Asetilsistein va uning metabolitlari organizmda turli shakllarda: qisman – erkin substansiya ko‘rinishida, qisman – qon plazmasi proteinlari bilan bog‘langan holda, qisman – inkorporasiyalangan aminokislotalar holida aniqlanadi. Organizmdan siydik bilan nofaol metabolitlar (noorganik sulfatlar, diasetilsistein) ko‘rinishida deyarli to‘liq chiqariladi. Asetilsisteinning ozgina miqdorigina axlat bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Qon plazmasidan yarim chiqarilish davri taxminan 1 soatni tashkil etadi va jigardagi biotransformasiya tezligiga bog‘liq. Jigar yetishmovchiligida u 8 soatgacha uzayishi mumkin.

Asetilsistein yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tishi va amniotik suyuqlikda to‘planishi mumkin.

Qo‘llanilishi

Nafas a‘zolarining, qovushqoq, qiyin ajraladigan balg‘amni ko‘p hosil bo‘lishi bilan kechuvchi quyidagi kasalliklarda:

  • o‘tkir va surunkali bronxitlar;
  • obstruktiv bronxit;
  • laringotraxeit;
  • pnevmoniya;
  • bronxoektazlar;
  • bronxial astma;
  • bronxiolitlar;
  • mukovissidoz;
  • o‘tkir va surunkali sinusitda, o‘rta quloq otitida sekretni ajralib chiqishini yengillashtirish uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Asibroks ichga qabul qilinadi.

600 mg asetilsistein saqlovchi bir tabletka 200 ml xona xaroratidagi ichimlik suvida yoki 200 mg asetilsistein saqlovchi bir tabletka 100 ml xona haroratidagi ichimlik suvida eritiladi.

Preparatni ovqatdan keyin qabul qilish kerak. Suyuqlikni qo‘shimcha qabul qilish asetilsisteinning mukolitik samarasini kuchaytiradi. Eritilganidan keyin darhol qabul qilish kerak, istisno hollarda tayyor eritmani 2 soatga qoldirish mumkin.

Kattalar va 14 yoshdan oshgan o‘smirlarga preparat 200 mg dan sutkada 2-3 marta yoki      600 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi.

6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 200 mg dan sutkada 2 marta qabul qilish tavsiya etiladi.

2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 200 mg sutkada 1 marta buyuriladi.

Mukovissidozda:

  • kattalar va 14 yoshdan oshgan o‘smirlarga 200 mg dan sutkada 2-3 marta yoki 600 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi
  • 6 yoshdan oshgan bolalarga 200 mg dan sutkada 3 marta qabul qilish tavsiya etiladi
  • 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 200 mg dan sutkada 2 marta buyuriladi
  • tana vazni 30 kg dan ortiq bo‘lgan pasientlar preparatni sutkada 800 mg gacha bo‘lgan dozada qabul qilishlari mumkin.

Qisqa muddatli shamollash kasalliklarida preparatni qabul qilish davomiyligi 5-7 kunni tashkil etadi. Surunkali bronxitlar va mukovissidozda preparatni infeksiyani oldini olish samarasiga erishish uchun uzoqroq vaqt qabul qilish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

MNT tomonidan: kam hollarda – bosh og‘rig‘i, quloqlarda shovqin.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kam hollarda – stomatit; ayrim hollarda – ko‘ngil aynishi, qusish, jig‘ildon qaynashi, diareya.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: ayrim hollarda – arterial bosimni tushishi, taxikardiya.

Nafas tizimi tomonidan: yakka hollarda – yuqori sezuvchanlik reaksiyasini ko‘rinishi sifatida o‘pkadan qon ketishi rivojlanishi mumkin.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi; yakka hollarda – bronxospazm (asosan bronxlarning giperreaktivligi bo‘lgan pasientlarda).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

  • asetilsisteinga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar (600 mg asetilsistein saqlovchi tabletkalar uchun);
  • homiladorlik va laktasiya davri;
  • me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini zo‘rayish bosqichida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Asetilsistein va yo‘talga qarshi vositalar bir vaqtda qo‘llanganida, yo‘tal refleksini bostirilishi tufayli, balg‘amni ajralib chiqmasdan, nafas yo‘llarida to‘planishi paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bunday majmualarni ehtiyotkorlik bilan tanlash kerak.

Asetilsisteinni bronxolitiklar bilan sinergizmi kuzatiladi.

Asetilsistein va nitrogliserinni bir vaqtda qabul qilish nitrogliserinning qon-tomirlarini kengaytiruvchi ta‘sirini kuchayishiga olib kelishi mumkin.

Antibiotiklar (penisillinlar, sefalosporinlar, eritromisin, tetrasiklin va amfoterisin V) va proteolitik fermentlar bilan farmasevtik nomutanosibdir.

Metallar, rezina bilan kontaktda o‘ziga xos xidga ega bo‘lgan sulfidlar hosil bo‘ladi. Penisillinlar, sefalosporinlar, tetrasiklinning so‘rilishini kamaytiradi (ularni asetilsistein ichga qabul qilinganidan keyin kamida 2 soat o‘tgach qabul qilish kerak).

Maxsus ko‘rsatmalar

Asibroksni qon tupurishda, o‘pkadan qon ketishida, qizillo‘ngach venalarini varikoz kengayishi, buyrak usti bezlarining kasalliklari, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda extiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Bronxial astma va obstruktiv bronxitda asetilsisteinni bronxial o‘tkazuvchanlikni muntazam nazorati ostida ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga asetilsisteinni faqat hayotiy ko‘rsatmalarga qarab, va qat‘iy nazoratga (tana vazniga maksimum 10 mg/kg) rioya qilgan holda buyurish mumkin.

Asibroks tarkibida sorbitol va natriy saxarini saqlaydi, shuning uchun preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslaxatlashish kerak.

Preparatni qabul qilish vaqtida shisha idishlardan foydalanish kerak, metallar, rezina, kislorod, yengil oksidlanuvchi vositalar bilan kontaktda bo‘lishdan saqlanish kerak.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik va laktasiya davrida preparatni qo‘llash bo‘yicha adekvat va yaxshi nazoratli tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Asibroks preparatini homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Pediatriyada qo‘llanishi

Preparatani 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas (600 mg asetilsistein saqlovchi tabletkalar uchun tegishli).

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Asibroks avtomobilni xaydash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: diareya, qusish, qorinda og‘riq, jig‘ildon qaynashi va ko‘ngil aynishi kuzatilishi mumkin.

Davolash: simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

Asibroks 200 mg №20

2 vishillovchi tabletkalar laminasiyalangan stripda. 10 laminasiyalangan striplar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Asibroks 600 mg №10

2 vishillovchi tabletkalar laminasiyalangan stripda. 5 laminasiyalangan striplar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Namlik va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Tabletka olinganidan keyin tuba zich berkitilsin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz beriladi.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. ASIBROKS preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

ASIBROKS narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №6
Yunusobod tumani, 7 Mavzesi, 48 uy, 3 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
52 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №20
Mirzo Ulug'bek tumani, TTZ 2 daha, Gulsanam ko'ch., 12A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
52 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №11
Yunusobod tumani, Yunusota ko'ch., 15 daha, uy 43
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
52 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №10
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 15 uy, 12-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
52 900 so'm
Bron qilish

ASIBROKS barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

ASIBROKS haqida savollar

ASIBROKS haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil